Kredit hajmi va uning aylanishi tahlili
Tijorat banklari mijozlarga juda ko‘p turli muddatlarga kreditlar beradi. Har bir mijozlarga berilgan kreditlarning hajmi (xoh u milliy sumda yoki chet el valyutasida bo‘lsin) aniq va uning qaytarilishi nazorat qilib boriladi. Tijorat banklari bo‘limlari bo‘yicha kredit hajmlari va ularning ma’lum davrlarda (oy, chorak, yil) o‘zgarish harakatlarni o‘rganish lozim. Buning uchun hiso- bot davri boshidagi kredit qoldiqlari (boshlang‘ich qoldiq summasi) (BKS) hisobot davrida yangidan berilgan kredit summalari (YaKS) hajmi, hisobot davrida qaytarilgan kredit summalari (QKS) va hisobot davri oxirida qol- gan kredit summalari (OKS) hajmi ko‘rsatilgan jadval tuzish kerak bo‘ladi. Bu jadvalda kreditning qaysi manabalardan berilganligi alohida ko‘rsatilishi mumkin. Demak bunda balans usulini qo‘llab, kreditning hajmiga va uning qaytarilishiga umumiy omillar ta’sirini aniqlash mumkin bo‘ladi.
BKS + YaKS = QKS + OKS;
Bu ma’lumotlar asosida, yangidan berilgan kreditlar summasi kredit qoldig‘ining necha foizini tashkil etilishini, shuningdek, qaytarilgan kredit- lar summasi kredit qoldiqlarining qancha foizini tashkil qilishni hisoblash mumkin. Albatta bu ko‘rsatkichlar banklarda turlicha bo‘lishi, u asosan kre- dit muddatiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Lekin bu ko‘rsatkichlarni bir bank bo‘limida bir necha davrini dinamikada o‘rganish kredit hajmi va uning qay- tarilishi bo‘yicha muhim ma’lumotlarni beradi.
Bu borada bank bo‘yicha kreditning o‘rtacha hajmini va uning aylanuv- chanligini o‘rganish ham qiziqdir. Kredit statistikasida kredit hajmi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Kredit hajmi ma’lum davrga berilgan kredit sum- malaridan (barcha mijozlarga berilgan) qaytirilgan kredit summalarini ayi- rib tashlanganligiga teng. Kredit qo‘yilmalari hajmi banklar va mijozlar bo‘yicha qisqa va uzoq muddatga berilgan kredit hajmi va hissalari aniq- lanib o‘rganiladi. Kreditning o‘rtacha hajmi vaznli arifmetik o‘rtacha bilan aniqlanishi mumkin. Bunda kredit summalari (Pi) kredit muddatlariga (ti)
ko‘paytirilib kredit muddatlari yig‘indisiga bo‘linadi.
i i Ð
Ð
Ðt ; bu yerda kreditning o‘rtacha hajmi
i
t
Kreditning aylanuvchanligi hisobot davridagi kredit aylanmasi (kredit aylanma summasi – mijozlardan qaytarib olingan kreditlar summasining yig‘indisi tushiniladi) summasini kredit resurslarining o‘rtacha summasiga bo‘lib topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |