Bank faoliyati indd


«A» Bank depozitlarining tarkibi va dinamikasi



Download 282,88 Kb.
bet35/81
Sana23.01.2022
Hajmi282,88 Kb.
#405729
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81
Bog'liq
bank faoliyati tahlili (2)

«A» Bank depozitlarining tarkibi va dinamikasi


(foizda)

Depozitlarning turi


2009 y.


2010 y.


2011 y.



2011-yilda 2009-yilga nisbatan o‘zgarishi, punkt

1.Transaksion depozitlar

93,9

80,2

77,2

-16,7

2. Muddatli depozitlar

5,3

15,9

15,6

+10,3

3. Jamg‘arma depozitlari

0,8

3,9

7,2

+6,4

Depozitlar-jami

100,0

100,0

100,0

X

Ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, «A» bankda tahlil qilingan davr mobaynida transaksion depozitlarning depozit bazasi umumiy hajmidagi salmog‘ining sezilarli darajada pasayishi yuz berdi. Bu esa ijobiy holat hisob- lanadi. Chunki transaktsion depozitlar salmog‘ining pasayishi muddatli va jamg‘arma depozitlarining salmog‘ining sezilarli darajada o‘sishi hisobiga yuz bergan. Mazkur holatlar, pirovard natijada, bankning resurslar bazasi- ni mustahkamlanayotganligidan, bank depozit siyosatining samaradorligini oshirish yuzasidan sezilarli tadbirlarni amalga oshirilayotganligidan dalolat

beradi. Ayniqsa, tahlil qilingan davr mobaynida jamg‘arma depozitlarining depozitlar umumiy hajmidagi salmog‘ini 7,2 foizga yetganligi va tahlil qilin- gan davr mobaynida 6,4 punktga o‘sganligi ijobiy holat hisoblanadi. Buning boisi shundaki, birinchidan, jamg‘arma depozitlarining asosiy qismini tashkil etuvchi aholining muddatli omonatlari arzon va barqaror resurs manbai hi- soblanadi; ikkinchidan, respublikamizda aholining ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lari inflyatsion jarayonlar uchun jiddiy manba hisoblanadi. Rivojlangan industrial mamlakatlar, xususan, AQSh, Yaponiya, Germaniya, Avstriya mamlakatlarida aholi to‘lovlarining asosiy qismi naqd pulsiz shakl- da amalga oshiriladi. Shuning uchun ham mazkur mamlakatlar amaliyotida naqd pullar inflyatsion jarayonlar uchun manba bo‘lib hisoblanmaydi.

Respublikamizning boshqa yirik banklarida ham jamg‘arma depozitlariga xos bo‘lgan, yuqorida qayd qilingan holatni kuzatish mumkin.

Tijorat banklari depozit siyosatining samaradorligini tavsiflovchi muhim omillardan biri depozitlarning bank passivlarining umumiy hajmi- dagi salmog‘ining o‘zgarishi hisoblanadi. Rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida depozitlar tijorat banklari balansining passivida salmog‘iga ko‘ra birinchi o‘rinni egallaydi. Ikkinchi o‘rinda depozitsiz resurs manbalari turadi, uchinchi o‘rinni esa, bank kapitali egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi bank amaliyotida esa, yirik tijorat banklari balansining passivida salmog‘iga ko‘ra birinchi o‘rinni depozitsiz resurs manbalari, ikkinchi o‘rinni bank kapitali, uchinchi o‘rinni esa depozitlar egallaydi.

Biz quyida «A» bank depozitlarining passivlar hajmidagi salmog‘ini ko‘rib chiqamiz.

Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, «A» bankda, tahlil qilingan davr mobaynida depozitlarning passivlar umumiy hajmidagi salmog‘i yuqori darajada pasay- gan. Bu esa, albatta, salbiy holat hisoblanadi. Chunki, birinchidan, depozit- siz resurs manbalari depozitlarga nisbatan bahosi sezilarli darajada yuqori bo‘lgan resurs manbalari hisoblanadi; ikkinchidan, bank kapitali moliyalash- tirishning nisbatan qimmat shakli hisoblanadi.

2009–2011-yillar mobaynida «A» bankda depozitlar salmog‘i ko‘rsatkichining keskin pasayib ketishida banklararo kreditlar va kapi- tal salmog‘ining yuqori sur’atlarda o‘sishi asosiy rolni o‘ynadi. Masalan, 2009–2011-yillar mobaynida banklararo kreditlarning passivlarning umu- miy hajmidagi salmog‘ining o‘sishi 960,9 foizni tashkil qildi. Bunday dara- jada yuqori o‘sish bankning xorijiy banklarning va xalqaro moliya-kredit tashkilotlarining kredit liniyalarini o‘zlashtirishdagi faolligi bilan izohla- nadi.



4.4-jadval


Download 282,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish