ikkinchidan, bank oborotiga chetdan jalb etilgan va bankning o‘z mablag‘laridan samarali foydalanishi. Ushbu maqsadga erishish uchun al- batta, doimiy ravishda chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘lari dinamikasi va barqarorligi nuqtayi nazaridan tahlil etilishi talab etiladi. Shu bilan birga, ushbu mablag‘lar qaysi maqsadlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilganligi va natijada ulardan qay darajada samara olinishi kuzatib boriladi. Chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘laridan samarali foydalanish uchun bankning yangi xizmatlarini joriy etish va uning bozor sharoitida raqobatbardoshligini oshirib borish yo‘llarini izlash talab etiladi. Bank faoliyati tahlili natijasida chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘larini samarali foydalanish yo‘llari aniqlanadi va u faoliyatga tadbiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |