66
Statistikada kreditlar bir necha belgilari bo‘yicha
guruhlanishi mum-
kin: Kreditning maqsadi bo‘yicha: iste’mol krediti, sanoat, savdo, qishloq
xo‘jaligi, kommunal kredit va boshqalar.
Kredit miqdori bo‘yicha kreditlar: mayda, o‘rta va yirik (katta) hajmdagi
kreditlarga bo‘linadi. Katta hajmdagi kreditlar ko‘pincha asosiy vositalarni
modernizatsiya qilishga, kapital qo‘yilmalarga beriladi. Ta’minot darajasi
bo‘yicha kreditlar: ta’minlangan va ta’minlanmagan kreditlarga bo‘linadi.
Ta’minlangan kreditlar aniq bir moddiy yoki nomoddiy boyliklar bilan ga-
rovga qo‘yilib yoki sug‘urta qilinib qaytarilishi kafolatlangan bo‘ladi.
Bozor munosabatlari sharoitida faoliyat yurituvchi subyektlar raqobatda
yengilmaslik uchun, ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashlari
lozim. Buning uchun zamonaviy asbob-uskunalar, taxnikaga,
yetarli darajada
xomashyo, materiallar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Shuning uchun ham xo‘jalik yurituvchi subyektlar asosiy vositalarini
yangilashga aylanma mablag‘larini to‘ldirishga, hamda turli to‘lov sum-
malarini (soliq to‘lovlari, olingan xomashyo, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun)
amalga oshirish uchun kredit olishga majbur bo‘ladilar.
Kreditning ahamiyati quyidagilardan kelib chiqadi:
– kredit yordamida bo‘sh turgan pul mablag‘lari jamg‘ariladi va harakat-
dagi pulga (kapital) aylantiriladi. Natijada pul muomalasining baraqaror-
lashuviga olib keladi;
– kredit vositasida pul mablag‘lari tarmoqlar (sanoat, qishloq xo‘jaligi,
transport, maorif, sog‘liqni-saqlash va boshqalar), korxonalar va aholi
o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Natijada pul mablag‘lari ular o‘rtasida erkin
ko‘chib yuradi;
– kredit yordamida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayon-
ning doiraviy aylanishi ishlab chiqarish va boshqa
sohalarning uzluksizligi
ta’minlanadi;
– kredit vositasida ishlab chiqarishning rivojlanishi, hamda mamlakat
miqyosida iqtisodiy o‘sish imkoniyati yaratiladi.
Bank kreditlari ma’lum muddatga, foizi bilan qaytarib berish va kredit-
ning ta’minlanganlik tamoyillari asosida beriladi.
Kreditning qaytarib berishligi, uni moliyadan farqlaydi. Kredit ma’lum
muddatga berilib, muddat o‘tgandan so‘ng to‘liq qaytarib berilishi lozim.
Kredit ma’lum muddatga (bir oyga, uch oy, olti oy, bir yil va undan uzoq
muddatlarga) beriladi. Kredit muddati bank va mijoz tomonidan kelishib,
kredit shartnomasida qayd qilinadi.
Mijoz kreditdan foydalanganlik uchun bankga haq to‘laydi. Bu summa
kredit foizi (ssuda foizi) sifatida hisoblab chiqiladi.
Bank bergan kredit sum-
masi ta’minlangan bo‘lishi lozim. Demak mijoz olayotgan bank kreditining
qaytarilishi kafolatlangan bo‘lishi lozim. Bank kreditining ta’minlanishi:
67
kredit olgan mijozning mol-mulkini garovga quyish yo‘li bilan, uchinchi
shaxs kafolati (ka
fi
lligi) yoki sug‘urta kompaniyalari kreditni sug‘urtalash
yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Kredit ma’lum maqsad uchun beriladi. Kreditning nima uchun berilganli-
gi kredit shartnomasida ko‘rsatiladi. Berilgan kreditni mijoz ana shu maqsad
uchun ishlatishi lozim. Kreditning maqsad bo‘yicha ishlatishini bank nazorat
qilib boradi. Agarda mijozning berilgan kreditni boshqa maqsadlar uchun
ishlatilganligi aniqlansa, kredit berish to‘xtatiladi va berilgan kreditni mud-
datidan oldin qaytarib olish choralari ko‘riladi.
Mijoz olingan kreditdan samarali foydalanishi lozim.
Kreditdan samarali
foydalanib, mijoz nafaqat olgan kreditini foizi bilan (ma’lum haq bilan) qay-
tarishi, balki mijozning o‘zi ham faoliyatini rivojlantirishi natijasida daro-
mad (foyda) olishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun ham kredit berishdan oldin,
bankning kredit bo‘limi mutaxassislari, mijoz taqdim qilgan ma’lumotlar
asosida, mijozning kreditni qaytarish (to‘lov) qobiliyatini hisoblaydi hamda
biznes-rejasini o‘rganadi.
Tijorat bank kreditlarini turli belgilari bo‘yicha tasni
fl
ash (guruhlarga
ajratish) mumkin.
Kredit nima maqsadda berilganiga qarab:
– kapital qo‘yilmalarga: binolarni va boshqa obyektlarni qurish, asbob-
uskunalarni sotib olish, asosiy vositalarni qayta qurish yoki qayta jihozlash,
kapital ta’mirlashga sar
fl
ash uchun;
– aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun.
Bunda xomashyo, materiallar,
yoqilg‘i va boshqa joriy aktivlar sotib olish uchun sar
fl
anadi;
– muomala fondlarini to‘ldirish uchun. Bunday kreditlar tovarlarni sotib
olish, saqlash va sotish jarayonlarini amalga oshirish uchun sar
fl
anadi.
Kreditning berlishi va qaytarilish muddatlariga qarab:
Qisqa va uzoq muddatli kreditlarga bo‘linadi. Qisqa muddatli kreditlar bir
yil muddatgacha beriladi. Qisqa muddatli kreditlar tovar-moddiy boyliklarni
sotib olish va hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun beriladi. Bunday kre-
ditlarni aylanma mablag‘lari yetishmayotgan subyektlar oladi.
Uzoq muddatli kreditlar asosan kapital qo‘yilmalar uchun olinib,
asosiy
vositalarni qurish, sotib olish, modernizatsiyalash uchun sar
fl
anadi. Bunday
kreditlar uch yildan ko‘proq muddatga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: