13
Tahlilning mazmuniga ko‘ra amalga oshiriladigan
tahlillar uning mazmu-
ni va ko‘zlangan maqsadiga ko‘ra yuqorida ko‘rib o‘tilgan tahlil subyektla-
rining barchasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Lekin, lokal va tematik tahlil asosan ichki tahlil sirasiga kiradi.
Kompleks tahlil asosan bankning ma’lum bir hisobot davridagi faoliyati-
ni o‘rganishga qaratilmog‘i lozim. Lokal tahlilda bankning ma’lum bir
fi
liali
faoliyati yoki ma’lum bir faoliyat turi, masalan, kredit operatsiyalari tahlil
qilinadi. Tematik tahlilda faoliyatning ayrim turlari, ularni yanada samarali-
roq tashkil etish maqsadida o‘rganiladi.
Tahlil qilinayotgan davrga ko‘ra bank faoliyati
tahlili quyidagicha tasnif-
lanadi.
3-chizma
Operativ, joriy va istiqbolli tahlillar bankning ichki tahlili hisoblanadi.
Ular asosan amalga oshirilayotgan bank operatsiyalarini baholash, unga
ta’sir etayotgan omillarni aniqlash, kelgusida faoliyat samaradorligini oshi-
rish uchun istiqbolli chora-tadbirlar belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Operativ tahlil odatda har bir operatsiyani amalga oshirishi uchun mas’ul
bo‘lgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Joriy va istiqbolli tahlillar
bankning ichki apparati tomonidan amalga oshiriladi. Qaror qabul qilish
uchun bank boshqaruviga taqdim etiladi. Bank boshqaruvi tahlil natijalarini
umumlashtirgan holda faoliyat samaradorligini
yaxshilash yuzasidan Qaror-
lar qabul qiladi.
Bundan tashqari iqtisodiy adabiyotlarda tahlil boshqaruv obyektiga qarab
moliyaviy va boshqaruv tahliliga ajratilishi ham ta’kidlab o‘tilgan.
Operativ
Bank
operatsiyalarini
amalga oshirish
jarayonida amalga
oshiriladi
Joriy
Ma’lum
muddatda
(kundalik,
haftalik, oylik)
o‘tkaziladi
Istiqbolli
Kelgusi davrda
bank strategik
rejalarini aniqlash,
biznes
rejani
muvo
fi
qlashtirish
maqsadida
o‘tkaziladi.
TAHLIL DAVRI BO‘YICHA
14
Moliyaviy tahlilda pul mablag‘larining harakati, daromadlar tarkibi va
miqdori, xarajatlar tarkibi, moliyaviy natijalari, moliyaviy resurslar, moli-
yaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari va faoliyat rentabelligi kabilar hisob tizimi
va moliyaviy hisobotlar ma’lumotlaridan foydalangan holda o‘rganiladi.
Boshqaruv tahlilida asosan bankka chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘larini
samarali
boshqarish, passiv va aktiv operatsiyalarini muvo
fi
qlashtirish, kredit
portfelini boshqarish, mehnatning tashkil etilishi, asosiy vositalar va yordam-
chi materiallardan samarali foydalanish, daromad va xarajatlarni boshqarish
kabilar nazarda tutiladi.
Yuqorida
bildirilgan
fi
krlarni xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bank faoli-
yati tahlilining turlari har xil bo‘lishiga qaramasdan, ulardan tahlil jarayonida
o‘rganilayotgan ko‘rsatkichning mazmun-mohiyatiga qarab turli usullarni
qo‘llab, taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farqlar va bu farqlarni
keltirib chiqargan omillar aniqlanadi.
Bank faoliyati tahlili jarayonida ma’lum bir bankning faoliyatini boshqa
bir bankining faoliyati bilan taqqoslab o‘rganish
ham muhim ahamiyatga
ega.
Bir bankning hududlardagi
fi
liallari faoliyatining turli jabhalarini taqqos-
lash orqali, Bank boshqaruvi ilg‘or amaliyot tajribasini ommalashtirish
imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Respublikamizda O‘zbekiston Respublikasi
banklari assotsiatsiyasi qoshida tashkil etilgan «Axbor Reyting» kompani-
yasi tomonidan mavjud barcha tijorat banklarining har choraklik va yillik
faoliyatlari natijalari xalqaro andozalarga asoslangan holda tahlil qilinadi.
Uning natijalariga asosan bank faoliyati baholanadi. Bu o‘z
navbatida,
banklar tomonidan raqobat muhitida uning raqobatbardoshligini oshirish
uchun faoliyatining qaysi jihatlarini samarali boshqarish haqida chora-tadbir-
lar belgilashiga yordam beradi.
Bank faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qilishda statistikada
qo‘laniladigan guruhlash, iqtisodiy indekslash, zanjirli almashtirish, balans,
korelyatsiya,
regretsiya, matritsa kabi uslublardan har tomonlama foydala-
niladi. Hozirgi zamon bank texnologiyalari, matematik dasturlardan oqilona
foydalanish faoliyat tahlilining tezkorligi va samaradorligini oshiradi.