Bank buxgalteriya hisobi



Download 102,61 Kb.
bet2/3
Sana18.07.2022
Hajmi102,61 Kb.
#818390
1   2   3
Bog'liq
НАЗОРАТ ИШИ МАВЗУ ДЕБИТОРЛИК ВА КРЕДИТОРЛИК

Debitorlik qarzlari boʻyicha aniq chegara va me’yorni belgilash. Mazkur amaliyot bevosita pul mablagʻlari harakatini samarali tashkil etish orqali faoliyat uzluksizligiga imkoni beradi. Debitorlik qarzlari boʻyicha aniq chegara va me’yorni belgilash faoliyat uzluksizligi uchun talab qilinadigan pul mablagʻlari miqdori va vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Iste’mol kreditlari, tijorat kreditlari boʻyicha aniq sxemalar ishlab chiqish (toʻlov jadvallarini ishlab chiqish). Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga) uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir. Tijorat krediti esa iste’mol kreditining tarkibiy qismi hisoblanadi va tovarlarni kreditga berishni nazarda tutadi. Mazkur amaliyotda berilayotgan kreditlar boʻyicha asosiy summaning va foizlarning qoplanish tartibi aniq grafik asosida belgilab qoʻyiladi va bu grafik kredit oluvchiga taqdim etiladi.
Xaridorlar bilan optimal hisob-kitob shaklini belgilash. Bunda misol sifatida oldindan toʻlov tizimidan keng foydalanish, akkreditivlardan maksimal foydalanish kabilarni keltirish mumkin. Akkreditivlar toʻlovni kafolatlash maqsadida tijorat bankida maxsus hisobraqam ochishni nazarda tutadi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 26 apreldagi 9/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.
Akkreditiv boʻyicha hisob-kitob qilinganida mijozning (mablagʻlarni toʻlovchining) topshirigʻi bilan va uning koʻrsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-emitent) mablagʻlarni oluvchi yoki u koʻrsatgan shaxs hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oladi.
Akkreditivning amal qilish muddati va u boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi mablagʻlarni toʻlovchi bilan mablagʻlarni oluvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi.
Shartnomada yana quyidagilar boʻlishi kerak:

  • mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi;

  • akkreditivning turi va uni bajarish usuli;

  • akkreditiv ochilganligi haqida mablagʻlarni oluvchini xabardor qilish usuli;

  • akkreditiv boʻyicha mablagʻlar olish uchun mablagʻlarni oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va aniq tavsifi;

  • tovarlar joʻnatilganidan (xizmatlar koʻrsatilgan, ishlar bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar.

Akkreditiv quyidagi turlarga boʻlinadi:

  • qoplangan (deponentlangan) akkreditiv;

  • qoplanmagan akkreditiv.

Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda, mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank uni ochish vaqtida mijozning oʻz mablagʻlarini yoki unga berilgan kreditni mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankning majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank ixtiyoriga oʻtkazishi shart.
Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda, mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka akkreditivning butun summasini mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankning mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankda yuritilayotgan hisobvaragʻidan oʻchirish huquqini beradi.
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan shaklda boʻlishi mumkin. Akkreditivda uning chaqirib olinmasligi nazarda tutilmagan boʻlsa, bunday akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv hisoblanadi.
Akkreditivlar banklar tomonidan koʻzda tutilmagan holatlar boʻyicha alohida balans hisobvaraqlarida va «Mijozlarning akkreditivlar boʻyicha depozitlari» 22602 balans hisobvaragʻida hisobga olinadi. Mablagʻlarni oluvchi uchun unga xizmat koʻrsatuvchi bankda akkreditivlar boʻyicha alohida depozit hisobvaraqlar ochiladi.
Chaqirib olinadigan akkreditiv mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan mablagʻlarni oluvchi bilan oldindan kelishilmasdan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Akkreditivning chaqirib olinishi mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank uchun hech qanday majburiyatni vujudga keltirmaydi.
Chaqirib olinadigan akkreditiv shartlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish boʻyicha mablagʻlarni toʻlovchining topshiriqlari mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank orqali beriladi va mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka, mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan esa mablagʻlarni oluvchiga xabar beriladi.
Mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank akkreditivni oʻzgartirish yoki bekor qilish boʻyicha xabarnoma olmagan taqdirda, chaqirib olinadigan akkreditiv boʻyicha barcha operatsiyalarni amalga oshirishga majbur.
Chaqirib olinmaydigan akkreditiv mablagʻlarni oluvchining roziligisiz oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
Mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank chaqirib olinmaydigan akkreditivni mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank bilan tuzilgan shartnoma asosida tasdiqlashi mumkin. Bunda chaqirib olinmaydigan akkreditiv tasdiqlangan akkreditiv hisoblanadi.
Tasdiqlangan akkreditivlarda mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank toʻlovni amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha majburiyatlar oladi. Tasdiqlangan akkreditiv mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankning roziligisiz oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
Akkreditivlar boʻyicha hisob-kitoblar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Akkreditivni boshqa shaxslar nomiga qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi.
Mablagʻlarni toʻlovchi akkreditiv ochish uchun unga xizmat koʻrsatuvchi bankka shartnomani ilova qilgan holda ikki nusxada akkreditivga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda arizaning:
birinchi nusxasi — toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
ikkinchi nusxasi — mablagʻlarni toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻidan koʻchirmaga ilova qilinadi.
Akkreditiv summasi bir vaqtning oʻzida koʻzda tutilmagan holatlar balans hisobvaragʻiga kirim qilinadi.
Akkreditiv boʻyicha shartnoma belgilangan talablarga javob bermagan taqdirda taqdirda, mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan akkreditiv ochilmaydi.
Akkreditivda nazarda tutilgan summa elektron toʻlovlar tizimi orqali mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankning hisobvaragʻiga mijozning arizasiga asosan oʻtkaziladi. Bunda bank akkreditivda nazarda tutilgan summa mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻiga kelib tushganligi haqida uni xabardor qiladi.
Elektron toʻlovlar tizimi orqali kelib tushgan akkreditivga arizalar bank tomonidan ikki nusxada chop etilib, uning bir nusxasi bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi, ikkinchi nusxasi «Toʻlov muddatini kutayotgan hisob-
kitob hujjatlari» (1-kartoteka) 90962 balans hisobvaragʻiga joylashtiriladi.
Akkreditivni muddati tugaguniga qadar mablagʻlarni oluvchi va mablagʻlarni toʻlovchi oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilangan va mablagʻlarni oluvchi tomonidan akkreditiv shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ikki nusxada taqdim qilingan taqdirda, tegishli summa uning hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi. Bunda bank tomonidan mablagʻlarni oluvchining akkreditiv shartlariga rioya qilganligi hamda ularning bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni toʻgʻri rasmiylashtirganligi tekshirilishi shart.
Mablagʻlarni toʻlovchi va mablagʻlarni oluvchi oʻrtasida tuzilgan akkreditiv boʻyicha shartnomada belgilangan shartlarning bittasi bajarilmagan taqdirda ham akkreditiv boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilmaydi.
Mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazishda bank tomonidan toʻrt nusxada memorial order rasmiylashtirilib, uning «Toʻlov maqsadi» grafasida toʻlov qaysi shartnoma asosida amalga oshirilayotgan boʻlsa, shu shartnomaning tartib raqami va sanasi koʻrsatiladi. Bunda memorial orderning:
birinchi nusxasi — tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi bilan birga bankning kunlik hujjatlari yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
ikkinchi va uchinchi nusxalari — ularga tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi ilova qilingan holda mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka yuboriladi;
toʻrtinchi nusxasi — shaxsiy hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birga mablagʻlarni oluvchiga beriladi hamda akkreditiv boʻyicha toʻlangan summa «Toʻlov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari» (1-kartoteka) 90962 balans hisobvaragʻidan hisobdan chiqariladi.
Mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan akkreditivning ijro etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankdan olingandan soʻng, akkreditiv summasi koʻzda tutilmagan hollar hisobvaragʻidan memorial orderga asosan hisobdan chiqariladi va memorial orderning bir nusxasi tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda mablagʻlarni toʻlovchiga beriladi.
Akkreditiv mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankda quyidagi holatlarda yopiladi:

  • akkreditiv muddati tamom boʻlgach;

  • mablagʻlarni oluvchining akkreditivning amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar undan foydalanishdan voz kechishi haqidagi arizasiga koʻra, agar bunday voz kechish mumkinligi akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa;

  • mablagʻlarni toʻlovchining akkreditivni butunlay yoki qisman chaqirib olish haqidagi talabiga muvofiq, agar bunday chaqirib olishga akkreditiv shartlari boʻyicha yoʻl qoʻyilsa.

Akkreditiv yopilganligi haqida mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankni xabardor qilishi kerak.
Akkreditiv mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan xabarnoma olingan kunda «Mijozlarning akkreditivlar boʻyicha depozitlari» 22602 balans hisobvaragʻidagi summadan kam boʻlmagan summaga kamaytiriladi yoki yopiladi.
Qoplangan (deponentlangan) akkreditivning foydalanilmagan summasi akkreditiv yopilishi bilan bir vaqtda mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka qaytarib berilishi kerak. Mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank qaytarib berilgan summalarni mablagʻlarni toʻlovchining mablagʻlar deponentlangan hisobvaragʻiga kiritib qoʻyishi shart.
Akkreditivdan toʻliq foydalanilmaganligi sababli, mablagʻlar toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka qaytarilgan taqdirda, bank tomonidan ochilgan koʻzda tutilmagan holatlar balans hisobvaragʻi ham yopiladi.
Akkreditiv boʻyicha qisman toʻlovlar amalga oshirilgan taqdirda, mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank amalga oshirilgan qisman toʻlovlarni koʻzda tutilmagan holatlar balans hisobvaragʻidan hisobdan chiqarib boradi.

Download 102,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish