Bank auditi


 Auditorlik tashkilotlari va auditorlarning huquq va majburiyatlari



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/38
Sana20.04.2022
Hajmi1,24 Mb.
#567755
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Bog'liq
bank auditi

2. Auditorlik tashkilotlari va auditorlarning huquq va majburiyatlari 
Auditor tashkilotlari va auditorlar quyidagi huquqlarga ega: 
- O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki talablariga, shartnomada 
belgilangan aniq shartlarga muvofiq auditorlik tekshiruvining shakl va usullarini 
mustaqil ravishda belgilash; 
- bank faoliyati to’g’risidagi barcha hujjatlarini, mavjud moddiy boyliklar va 
qimmatbaho qog’ozlarni tekshirish, vujudga keladigan savollar yuzasidan sharx 
hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur qo’shimcha ma’lumotlar olish; 
- yozma so’rov bo’yicha uchinchi shaxslardan zarur ma’lumotlar olish; 
shartnomaviy asosida auditorlik tekshiruvida qatnashish uchun auditorlarni, 
auditorlik tashkilotlari yoki ularning xodimlarini jalb etish; 
- tekshirilayotgan bank zarur hujjatlarni taqdim etmagan hollarda auditorlik 
tekshiruvi o’tkazishdan bosh tortish. 
Auditorlik tashkilotlari va auditorlarning o’zlari bank faoliyati, buxgalteriya 
hisobotlarini rasmiylashtarish, shuningdek, ichki auditini tashkil etish va amalga 
oshirish yuzasidan konsalting xizmatlari ko’rsatadigan banklarda audit o’tkazish 
huquqiga ega emaslar. 
Barcha auditorlik tashkilotlari va auditorlar o’zlari bank auditini o’tkazish 
uchun zarur deb hisoblagan har qanday ma’lumot va materiallarni olish, ko’rib 
chiqish va nusxa ko’chirish, shuningdek, auditorlik tekshiruvi o’tkazilishini 
muxokama qilish uchun bank rahbariyati bilan hech qanday to’sqinliksiz 


muloqotda bo’lish borasida istisnosiz huquqga egalar. 
Banklarda audit o’tkazuvchi auditorlik tashkilotlari va auditorlar Markaziy 
bankning audit to’g’risidagi nizomiga muvofiq quyidagi talablarga amal qilishlari 
shart: 
- auditorlik tekshiruvini o’tkazishda qonunchilik hamda Markaziy bank 
me’yoriy hujjatlari talablariga, jumladan audit jarayoni hamda metodologiyasiga 
rioya etish; 
- quyidagilar haqida buyurtmachi va Markaziy bankga darhol xabar berish: 
a) mazkur bank auditorlik tekshiruvini o’tkazishda o’zi qatnasha 
olmasligining sabablari to’g’risida; 
b) audit jarayonida yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan tekshiruvda 
qatnashishga qo’shimcha auditorlarni jalb etish zarurligi to’g’risida; 
- auditorlik tekshiruvlarini professional audit andozalariga muvofiq ravishda 
yuqori malaka bilan o’tkazish; 
- tekshiruv davomida o’zlari oladigan va tuzadigan hujjatlar but saqlanishini 
ta’minlash; 
- zarurat tug’ilganda barcha ishchi hujjatlarini, hamda ularning nusxalarini 
Markaziy bankka taqdim etish. 
Auditorlar ob’ektivligi va mustaqilligi 
Auditor o’z ishini bajarishi chog’ida halol va samimiy bo’lishi zarur. U xolis 
bo’lishi hamda shaxsiy xayrixoxlik va boshqa extiroslar ob’ektiv fikr yuritishda 
halal berishiga yo’l qo’ymasligi shart. U tekshiruv natijisidan mutlaqo
manfaatdor bo’lmasligi zarur. 
Maxfiylik 
Auditor ish davomida o’ziga ma’lum bo’lgan maxfiy axborot sir saqlanishini
ta’minlashi va alohida ruxsatsiz uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi shart. 
Auditorga maxfiy axborotni sir saqlay olmagani uchun shartnoma shartlariga 
asosan ma’suliyat yuklatiladi. 

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish