Operatsion xarajatlar ham birlamchi xujjatlar asosida tasdiqlanadi,
yani barcha
hisobvaraqlar bo‘yicha talqinlar talab qilinib, birlamchi xujjatlar bilan solishtiriladi.
Jumladan, 56100 - «Ish xaqi va xodimlarga boshqa xarajatlar» - hisobi bo‘ylcha ish
xaqlari shgat jadvali bo‘yicha o‘rnatilishi, ularni hisoblanishi, to‘lanishi, hamda ushlangan
soliqlarning va ushlanmalarning to‘g‘riligi tekshiriladi. Xodimlarga qilingan boshqa xarajatlar
ham qonuniy berilganligiga hisobotda izoh beriladi.
Qolgan barcha operatsion xarajatlarning har biri alohida yuqoridagi tartibda tekshirilib,
hisobotda izoh beriladi.
Balansdan tashqari hisobvarqlar bo‘yicha operatsiyalarni
tekshirish natijalari ham
hisobotda o‘z aksini topishi zarur.
Bundan tashqari buxgalteriya hisobi va hisoboti amaliyotlarini tekshirishda filial
tomonidan soliqlarning hisoblanishi va to‘lanishi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 18 martda
677-son bilan ro‘yxatga olingan Markaziy Bankning 98-V-sonli «O‘zbekiston Respublikasi
tijorat banklari tomonidan soliqlarni to‘lash Tartibiga asosan to‘liq qayta hisob-kitob qilib
ko‘riladi.
Bankning daromadliligi,
birinchi navbatda, xarajatlarni kamaytirishga bog`liq. Bank
ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar joriy xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi.
Odatda, banklar o`z zimmasiga operatsiya xarajatlari, ustama foizlarga ketgan
mablag`lar, shuningdek, kredit riski bilan bog`liq bo`lgan yo`qotishlarni qoplash uchun
ajratmalarni oladilar. Buxgalteriya hisobi to`g`risidagi qonunga
binoan mamlakatimizda
hisoblash tamoyiliga asosanib bank daromadlari va xarajatlari hisobga olinadi va hisobda aks
ettiriladi. Tijorat banklari buxgalteriya hisobi boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlar
buxgalteriya hisobidan farq qiladi. Uni o`zining maxsus hisobvaraqlar rejasi mavjud va bank
daromadlari va xarajatlari mana shu hisobvaraqlarda aks ettiriladi.
Respublikamiz yirik tijorat banklarida foizsiz daromadlar hajmidagi salmog`i 50 foizdan
yuqori darajani tashkil etmoqda. Jahon banki ekspertlarining fikriga ko`ra, tijorat banklari yalpi
daromadining kamida 70 foizi foizli daromadlardan tashkil topishi lozim.
7
Tijorat banklari hisobvaraqlar rejasida xarajatlar 50000- 56902 hisobvaraqlarda aks
ettiriladi. Dastlab foizli xarajatlar 50100-54904 hisobvaraqlarida aks ettiriladi.
Ularning tarkibi
quyidagicha:
- talab qilib olinguncha depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar
- jamg`arma depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar
- muddatli depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar
- O`zbekiston Respubikasi hisobvaraqlari bo`yicha foizli xarajatlar
- boshqa banklarning hisobvaraqlari bo`yicha foizli xarajatlar
- bankning tugallanmagan akseptlari bo`yicha foizli xarajatlar
- qisqa muddatli kreditlar bo`yicha foizli xarajatlar
- uzoq muddatli kreditlar bo`yicha foizli xarajatlar
- chiqarilgan qimmatli aog`ozlar bo`yicha foizli xarajatlar
- qimmatli qog`ozlar bilan oshiriladigan REPO operatsiyalari bo`yicha foizli xarajatlar
- boshqa foizli xarajatlar
Tijorat banklari daromadlari va xarajatlarini audit qilishda har bir balans moddalari shaxsiy
hisobvaraq aylanmalari bilan solishtirib chiqishdan boshlanadi. Auditor bankka kelgach dastlab
bank bosh buxgalteridan bankning kunlik balansni so`raydi. Undagi qoldiqlarni birma-bir
tekshirib chiqadi. Balans va uning moddalari shaxsiy hisobvaraqlar qoldiqlariga tengligi
tekshirilgach, auditor dasturlar tengligini tekshirishni boshlaydi.
Hamkorbank filialida IABS
dasturi va RS_Bank dasturlari ishlatiladi. Har bir berilgan kredit ikki dasturda ham bir xil
kiritilishi va ulardagi qoldiq doimo teng bo`lishi lozim. Auditor har doim dastur bilan ish
yuritadi. Uning ishchi dasturi taxminan quyidagicha bo`ladi:
7
Jahon Banki axborotnomasi II bob 7-bet.