Passivlarni boshqarish nazariyasi
quyidagi qoidalarga asoslanadi:
Birinchidan
, tijorat banklarining likvidligi muammosini hal qilishga
kapital bozoridan pul mablag‘larini jalb etish orqali erishish mumkin. Bu
qoida g‘arb davlatlari amaliyotida o‘z tasdig‘ini va amaliy qo‘llanishini
topgan.
Ikkinchidan,
tijorat banki o‘z likvidligini federal zaxira tizimi, bank-
korrespondent, yevrovaluta bozorida ssudalariga murojaat etish yo‘li
bilan ta’minlanishi mumkin.
Tijorat banklari aktiv va passivlarni boshqarish nazariyalarini
amaliyotga qo‘llayotganda doimo daromadlilik, likvidlik va to‘lovlilik
o‘rtasidagi muvozanatni saqlashlari lozim.
Bank passivlarini boshqarishdan asosiy maqsad – bankka daromad
keltirmaydigan mablag‘lar miqdorini qisqartirish va «arzon» mablag‘lar
jalb qilish orqali bank daromadliligini yuqori darajaga ko‘tarishdir.
Demak, aktivlar va passivlarni boshqarishning muhim vazifasi eng past
xatar darajasi asosida foiz tushumlari bilan foiz to‘lovlari o‘rtasidagi
barqaror farqni ta’minlashdir.
Nazariy jihatdan aktivlar va passivlarni boshqarishni alohida-alo-
hida o‘rganish mumkin. Lekin amaliyotda ular bir-biriga uzviy bog‘-
langan. Chunki balansning passiv qismidan joy olgan mablag‘lar manba-
yini tahlil qilmasdan turib, aktiv operatsiyalarni amalga oshirish mumkin
emas. Masalan, mijozning kredit talabnomasini qondirish uchun bank
o‘zining qancha mablag‘i mavjud ekanligini, agar zarur bo‘lsa, qancha
miqdorda depozit mablag‘i jalb qilishi kerakligini aniqlashi lozim.
Bank boshqaruvchisi aktivlar va passivlarni boshqarish orqali
quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
•
aksionerlar va omonatchilarni himoya qilish;
•
naqd pulga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida likvidlikni
ta’minlash, shu bilan bir qatorda, harakatsiz aktivlarni investitsiyalarga
yo‘naltirish;
•
daromadlilikni oshirish maqsadida jalb qilingan va kreditga berilgan
mablag‘lar o‘rtasidagi foiz stavkalari orasidagi farqni boshqarish;
•
tavakkalchilikning ma’qul darajasi bilan xorijiy valutani ay-
irboshlash operatsiyalaridan daromad olish;
•
moliyaviy tavakkalchilikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ka-
pitalning yetarlilik darajasini ta’minlash.
Buning uchun:
•
bankning daromadi va xarajati o‘rtasidagi marja spredni orttirish
va saqlanishini ta’minlash;
•
bankning yuqori likvidligini ta’minlash;
•
kreditlarning xatar darajasi, qaytishining ta’minlanganlik shakl-
lari va daromadlilik darajasi bo‘yicha joylashtirish;
•
foiz stavkalarining o‘zgarishini sezuvchan aktivlar bilan shu
xususiyatga ega passivlarni teng nisbatini ta’minlash lozim.
Shunday qilib, aktivlar va passivlarni boshqarish uchun quyidagilar
bajariladi:
•
axborotlarni to‘plash;
•
ularni tahlil qilish;
•
kredit siyosati bo‘yicha qarorlar qabul qilish asosida bankning
kelajakdagi rejalarini belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |