3-jadval
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ishchi kuchi bozoridagi vaziyat (2019 yil)11
№
|
Hududlar
nomi
|
Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga ish so‘rab murojaat qilganlar soni
|
shundan ishga joylashti-rilganlar
|
Xaq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnash-ganlar
|
Kasbga tayyorlashga yuboril-ganlar
|
Kvota o‘rinlariga ishga joylashtiril-ganlar
|
1.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
20033
|
19834
|
1041
|
238
|
2568
|
|
Viloyatlar:
|
|
|
|
|
|
2.
|
Andijon
|
31754
|
30546
|
310
|
230
|
6839
|
3.
|
Buxoro
|
21173
|
20559
|
121
|
135
|
7225
|
4.
|
Jizzax
|
14639
|
13767
|
497
|
373
|
2607
|
5.
|
Qashqadaryo
|
25435
|
24441
|
486
|
263
|
2595
|
6.
|
Navoiy
|
12508
|
11610
|
165
|
165
|
5132
|
7.
|
Namangan
|
27761
|
26547
|
2087
|
456
|
5996
|
8.
|
Samarqand
|
38545
|
37691
|
1106
|
582
|
11650
|
9.
|
Surxondaryo
|
12055
|
11181
|
233
|
233
|
4482
|
10.
|
Sirdaryo
|
6737
|
6092
|
155
|
162
|
1476
|
11.
|
Toshkent
|
20331
|
19288
|
280
|
209
|
10512
|
12.
|
Farg‘ona
|
41042
|
40227
|
702
|
652
|
12974
|
13.
|
Xorazm
|
16064
|
14139
|
767
|
876
|
2908
|
14.
|
Toshkent sh.
|
12106
|
8216
|
22
|
2920
|
12853
|
Jami
|
300183
|
284138
|
7972
|
7494
|
89817
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 20 apreldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 117-sonli qarorining ilovasiga asosan ishga joylashish darajasini baholash mezoniga ko‘ra indikator ko‘rsatkichi 75 foizdan kam bo‘lsa, indikatorning sifat bahosi – past, 75 foizdan 85 foizgacha bo‘lsa – mo‘‘tadil, 85 foizdan 90 foizgacha bo‘lsa – o‘rtacha, 90 foizdan yuqori bo‘lsa – yuqori hisoblanadi12.
2019 yilda ishga joylashish darajasi 93.4 foizni tashkil etib, bu ko‘rsatkich buyicha yuqori daraja hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasida ish bilan bandlar soni yildan-yilga oshib, ish bilan bandlikda tarkibiy o‘zgarish bo‘lib, keyingi yillarda nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida bandlar soni va ulushi oshmoqda.
4. O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va bandlikni ta’minlash maqsadli dasturlarini amalga oshirishning hozirgi holati tahlili
2015 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi doirasida mamlakatimizda quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha jami 990,5 mingta ish o‘rni tashkil etildi (4-jadval):
4-jadvaldan ko‘rinib turganidek, 2015 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bo‘yicha 987,5 mingta ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan. Haqiqatda 2015 yilda yaratilgan ish o‘rinlari soni 990,5 mingtani tashkil etgan. YA’ni dasturga nisbatan yaratilgan ish o‘rinlari soni 0,3 foizga ortig‘i bilan bajarilgan.
4-jadval
O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan ish o‘rinlari soni (2015 yil)13
№
|
Hududlar
nomi
|
2019 yilda yaratiladigan yangi ish o‘rinlari soni,
dastur bo‘yicha
|
Haqiqatda
2019 yilda yaratilgan ish o‘rinlari soni
|
Dasturiga nisbatan, % hisobida
|
1.
|
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
|
49 841
|
50014
|
100,3
|
|
viloyatlar
|
|
|
|
2.
|
Andijon
|
79 986
|
82542
|
100,1
|
3.
|
Buxoro
|
73 452
|
75622
|
100,3
|
4.
|
Jizzax
|
50 048
|
52012
|
100,2
|
5.
|
Qashqadaryo
|
90 961
|
89469
|
100,6
|
6.
|
Navoiy
|
41 087
|
65463
|
100,3
|
7.
|
Namangan
|
75456
|
75709
|
100,5
|
8.
|
Samarqand
|
94 500
|
94639
|
100,1
|
9.
|
Surxondaryo
|
66 657
|
66699
|
100,1
|
10.
|
Sirdaryo
|
51 150
|
40209
|
100,1
|
11.
|
Toshkent
|
87 520
|
88215
|
100,5
|
12.
|
Farg‘ona
|
92 823
|
92931
|
100,1
|
13.
|
Xorazm
|
60 200
|
60631
|
100,7
|
14.
|
Toshkent shaxri
|
95 956
|
93470
|
100,1
|
|
Respublika bo‘yicha jami
|
987 539
|
990 447
|
100,3
|
2015 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ish o‘rni yaratildi:
1. Maqsadli dasturlarga muvofiq 261,6 mingta ish o‘rni, shuning 115,9 mingtasi sanoatda, 67,3 mingtasi xizmat ko‘rsatish va servis sohasida, 49,1 mingtasi qishloq xo‘jaligida (chorvachilikda, parrandachilikda, bog‘dorchilikda, baliqchilikda, asalarichilikda, sabzavotchilikda, ipakchilikda, uzumchilikda) tashkil etildi (5-jadval).
5-jadval
O‘zbekiston Respublikasida maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etilgan ish o‘rinlari soni (2019 yil)14
№
|
Hududlar
nomi
|
Maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etilgan ish o‘rinlari
|
shundan
|
sanoatda
|
xizmat ko‘rsatishda
|
qishloq xo‘jali-gida
|
ishlamasdan turgan korxonalar faolitini tiklash
|
1.
|
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
|
10807
|
6569
|
2388
|
1507
|
343
|
|
viloyatlar:
|
|
|
|
|
|
2.
|
Andijon
|
43720
|
11819
|
19926
|
7946
|
4029
|
3.
|
Buxoro
|
11272
|
7235
|
1609
|
1490
|
938
|
4.
|
Jizzax
|
7674
|
650
|
2536
|
3045
|
1443
|
5.
|
Qashqadaryo
|
14762
|
6685
|
3676
|
3747
|
654
|
6.
|
Navoiy
|
8267
|
4864
|
1753
|
714
|
936
|
7.
|
Namangan
|
18608
|
8729
|
2664
|
2700
|
4515
|
8.
|
Samarqand
|
19399
|
8348
|
3946
|
1879
|
5226
|
9.
|
Surxondaryo
|
22369
|
12188
|
4106
|
5535
|
540
|
10.
|
Sirdaryo
|
22545
|
8209
|
3913
|
8726
|
1697
|
11.
|
Toshkent
|
25278
|
12396
|
3291
|
8431
|
1160
|
12.
|
Farg‘ona
|
17924
|
9004
|
3482
|
1260
|
4178
|
13.
|
Xorazm
|
12740
|
4550
|
3532
|
1920
|
2738
|
14.
|
Toshkent sh.
|
27391
|
14702
|
10530
|
249
|
1910
|
|
Respublika bo‘yicha jami
|
262 756
|
115 948
|
67 352
|
49 149
|
30 307
|
Navoiy, Toshkent va Jizzax viloyatlarida maxsus industrial zonalar faoliyat yuritayotganligi bu yo‘nalishda ish o‘rinlari tashkil etishning salmoqli omili bo‘lib, bu yangi korxonalarni ishga tushirishni va ishlab turgan korxonalardagi ish o‘rinlarini ko‘paytirishni ham, tarmoqlararo aloqalar (transport, qurilish va ijtimoiy infratuzilmada) zanjiri bo‘yicha o‘zaro bog‘langan ish o‘rinlarini tashkil etishni ham ta’minlagan.
YAngi qurilish hisobiga va ishlab turgan korxonalarda ish o‘rinlari tashkil etish «O‘zbekengilsanoat», «O‘zkimyosanoat», «O‘zbekneftgaz», «O‘zbekturizm», «O‘zfarmsanoat», «O‘zavtosanoat» kompaniyalari, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tizimida va boshqalarda amalga oshirilgan.
Ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash 30,3 mingta ish o‘rni tashkil etilishini ta’minlagan. Ushbu yo‘nalishda past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, istiqbolsiz korxonalarni tugatib, so‘ngra ularni ishlab chiqarish quvvatlarini hamda ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan yangi mulkdorlarga sotish bo‘yicha maqsadli «yo‘l xaritalarini» amalga oshirish mexanizmlaridan foydalanilgan. SHularning eng katta qismi Samarqand (5 220 ta ish o‘rni), Namangan (4 505 ta ish o‘rni), Farg‘ona (4 162 ta ish o‘rni), Andijon (4 026 ta ish o‘rni), Xorazm (2 721 ta ish o‘rni), Sirdaryo (1 696 ta ish o‘rni) viloyatlariga va Toshkent shahriga (1 896 ta ish o‘rni) to‘g‘ri keladi.
2. Kichik korxonalar va mikrofirmalarni jadal rivojlantirish, shuning hisobiga 290,4 ming kishining bandligi ta’minlandi. Ushbu yo‘nalish barcha mintaqalarda, ayniqsa 2019 yilda ish bilan bandligi ta’minlangan aholi umumiy sonining 74,1 foizi kichik korxonalar va mikrofirmalar ulushiga to‘g‘ri kelgan. Toshkent shahrida, shuningdek Toshkent (48,2%), Surxondaryo (44,0%), Buxoro (43,8%) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (40,9%) ish o‘rinlari tashkil etishda ustunlik qilgan (6-jadval).
2019 yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadlarga 8,5 trln. so‘m kredit ajratilgan. Bunda imtiyozli kredit resurslari ko‘proq ishchi kuchi bozorida keskin vaziyat kuzatilayotgan olis qishloq tumanlarida ish o‘rinlari tashkil etishni ko‘zda tutgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.
Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovining qat’iy belgilangan stavkasi nisbatan past ekanligi, sanoatda 5%, savdo va umumiy ovqatlanish sohasi korxonalari uchun 10% gacha ekanligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 8 avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2022-sonli qaroriga muvofiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar bu yo‘nalishda ish o‘rinlari yaratishning muhim rag‘batlantiruvchi chorasi bo‘lgan.
6-jadval
O‘zbekiston Respublikasida yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan ish o‘rinlari soni (2019- yil)15
№
|
Hududlar
nomi
|
Tijorat banklarining kichik korxonalar va mikrofirma-larni tashkil etish uchun ajratiladigan kreditlarda
|
yakka tartibdagi tadbirkor-likni rivojlan-tirish
|
Kasanachilik-ning barcha shakllarini tashkil etish
|
Fermer va dehqon xo‘jalik-larini rivojlan-tirish
|
1.
|
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
|
15968
|
2586
|
9277
|
11376
|
|
viloyatlar:
|
|
|
|
|
2.
|
Andijon
|
8852
|
9255
|
14345
|
3537
|
3.
|
Buxoro
|
27451
|
6640
|
16885
|
11774
|
4.
|
Jizzax
|
11324
|
2808
|
10999
|
11353
|
5.
|
Qashqadaryo
|
25907
|
14444
|
23544
|
10812
|
6.
|
Navoiy
|
12674
|
5517
|
5427
|
9321
|
7.
|
Namangan
|
18935
|
8328
|
27478
|
2360
|
8.
|
Samarqand
|
26323
|
11779
|
17550
|
19588
|
9.
|
Surxondaryo
|
19483
|
8440
|
10150
|
6257
|
10.
|
Sirdaryo
|
6087
|
2831
|
1639
|
7107
|
11.
|
Toshkent
|
30046
|
7710
|
15059
|
9488
|
12.
|
Farg‘ona
|
28912
|
8555
|
26485
|
11055
|
13.
|
Xorazm
|
9681
|
6251
|
17076
|
14883
|
14.
|
Toshkent sh.
|
48954
|
8706
|
8419
|
|
|
Respublika bo‘yicha jami
|
290 597
|
103 850
|
204 333
|
128 911
|
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida tashkil etilgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va uning mamlakat mintaqalaridagi hududiy filiallari faoliyati ham muhim ahamiyatga ega, ular 2019 yilning 1 yanvariga qadar, yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari, barcha turdagi soliqlar, yig‘imlar, badallar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod etilgan.
3. 2019 yilda yakka tadbirkorlik sohasi 104,3 ming kishining bandligini ta’minladi. YUridik shaxs maqomini olmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarga, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarining chakana savdosini, dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishni, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari savdosini amalga oshirayotgan, o‘z mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanayotgan, maishiy xizmatlar ko‘rsatayotgan shaxslarga solinadigan soliqning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2013 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-1887-sonli qaroriga muvofiq qat’iy belgilangan stavkalari yakka tadbirkorlikni rivojlantirish uchun haqiqiy moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlarni yaratgan.
4. Uy mehnatining barcha shakllari, shu jumladan korxonalar bilan mehnat shartnomalari bo‘yicha kooperatsiyalashgan uy mehnati, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishi 203,7 ming band bo‘lmagan fuqaroni, asosan xotin-qizlar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy nochor toifalarini, shuningdek chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini ishga joylashtirishga yordam berdi.
Faoliyatni tashkil etishning boshqa shakllarida mumkin bo‘lmagan oqilona moslashuvchan ish kuni va mehnat taqsimoti oilaviy tadbirkorlik sharoitida amalda mumkin bo‘ladi, bu esa ko‘pincha ishga joylashmay qoladigan aholi toifalarini, yosh bolali ayollarni va ishchi kuchi bozorida raqobatlasha olmaydigan boshqa toifadagi shaxslarni ham ishlab chiqarishga qisman jalb etish imkonini bergan.
Uy mehnati bo‘yicha ish o‘rinlarining katta qismi an’anaviy milliy hunarmandchilik markazlari bo‘lgan mintaqalarda — Namangan (27,3 ming), Farg‘ona (26,5 ming), Qashqadaryo (23,4 ming), Samarqand (17,5 ming), Xorazm (17,0 ming), Buxoro (16,8 ming), Andijon (14,3 ming) viloyatlarida, shu jumladan Namangan, Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona, Qarshi, Samarqand, Buxoro shaharlarida, shuningdek Kosonsoy, To‘rtko‘l, Uychi, CHortoq, CHust, Kitob, SHahrisabz, Urgut, Hazorasp, Xiva, Vobkent, G‘ijduvon, Jondor, Rishton, Asaka, Paxtaobod, SHahrixon, Qiziltepa, Nurota, Amudaryo, Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Xovos, CHiroqchi va boshqa tumanlarda tashkil etilgan.
5. Fermer va dehqon xo‘jaliklarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish asosan Samarqand, Xorazm, Buxoro, Farg‘ona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida va boshqa mintaqalarda 128,9 mingdan ortiq kishini ish bilan band qilish imkonini bergan.
2019 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining moliyaviy manbalari davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalar, investitsiyalar, korxona va aholi mablag‘lari hisoblangan (1-rasm).
1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida ish o‘rinlari tashkil qilishning asosiy moliyaviy manbalari16
Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga aholining, avvalo, qishloq aholisining bandligini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi «O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4478-sonli Farmoniga muvofiq ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishni maqbullashtirish, yagona er solig‘ini to‘lash va fermer xo‘jaliklarini kreditlash bo‘yicha imtiyozlar muhim rol o‘ynadi.
2019 yilda ish o‘rinlarining salmoqli qismi Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Toshkent, Andijon, Namangan, Buxoro viloyatlarida va Toshkent shahrida, shuningdek mehnat bilan bandlikka ehtiyojdan kelib chiqib, Surxondaryo, Xorazm, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etilgan hamda aholining ish bilan bandligi ta’minlangan.
5. O‘zbekistonda ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni
ijtimoiy himoyalash borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat jamiyat a’zolarining manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat bo‘lmasdan, balki mavjud ishchi kuchlarining ish bilan bandligini ta’minlashni ham o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o‘sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va o‘ziga xos aholi tarkibiga ega bo‘lgan respublikamizda ishchi kuchining ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlar jarayonida ushbu masalani hal etish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlash, xalq iste’mol mollarini, mahalliy xom ashyodan qurilish materiallari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag‘batlantirish. Ikkinchidan, xizmat sohasini rivojlantirish, aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmat va qurilish bo‘yicha xizmat turlarini yanada kengaytirish. Bunda ham qishloq joylarda xizmat sohasini rivojlantirishga ustunlik beriladi. Uchinchidan, qishloqda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratib, shu orqali yangi ish joylarini ochish, yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun respublikamizda qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda. To‘rtinchidan, ishdan bo‘shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o‘qitishni tashkil etishni tubdan o‘zgartirish. Bunda ishdan bo‘shayotgan va ixtisosi bo‘lmagan shaxslarga qisqa davrda, bozor iqtisodiyotiga hamda iqtisodiyotning o‘zgarib borayotgan tuzilishiga muvofiq keluvchi kasbkorni o‘rgatishga e’tibor qaratish. SHu maqsadda maxsus maslahat va o‘quv markazlari, biznes maktablarning keng tarmog‘ini yanada rivojlantirish ko‘zda tutiladi. Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo‘lmagan ishchi kuchlarini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Bu siyosat ularning o‘ta zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo‘lishga qaratiladi.
Ishchi kuchining ish bilan bandligi muammosi ko‘p qirrali bo‘lib, u barcha odamlarga o‘z qobiliyatlarini ishga solish, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o‘rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi.
Mamlakatimiz Prezidenti «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarida xizmat ko‘rsatish va kichik biznes sohasini aholi bandligini ta’minlash va hayot darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida yanada jadal rivojlantirish 2009 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini ko‘rsatib o‘tdilar. Asarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi bandligi va uning daromadlarini oshirish muammolarini hal etishda o‘ziga xos lokomotiv vazifasini bajarayotganligi, ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishda salmoqli hissa qo‘shayotganligi, uning bugungi kunda mamlakatimizda eng yirik ishchi kuchi bozori, mulkdorlar o‘rta sinfini shakllantirishning asosiy omili, millionlab odamlar uchun daromad va farovonlik manbai hisoblanishi ta’kidlab o‘tildi.
Aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda ham jiddiy sifat o‘zgarishlari ko‘zga tashlanmoqda. Biz uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan bu masalani echishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Bugungi bosqichda kasanachilik sohasi bandlik va oila byudjeti daromadlarini oshirishning qo‘shimcha manbaiga aylanib borayotganini hech kim inkor eta olmaydi. Ayni vaqtda kasanachilik fuqarolarni, birinchi navbatda, xotin-qizlar, ayniqsa, ko‘p bolali ayollarni, yordamga muhtoj nogironlar va mehnat qobiliyati cheklangan boshqa shaxslarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda. 2008 yilda kasanachilar tomonidan 34 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi va xizmatlar ko‘rsatildi. Kasanachilik uchun ish o‘rinlari ochgan korxonalar, shu borada o‘zlariga berilgan imtiyozlar hisobidan 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tejashga erishdi.
Aholini, ayniqsa qishloq aholisini ish bilan ta’minlashning yana bir muhim yo‘nalishi shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqish bilan shug‘ullanadigan kishilar sonini ko‘paytirishdan iborat. Qayd etish kerakki, bu masalada muayyan ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Mamlakatimizda qoramollarni aholiga va fermer xo‘jaliklariga kimoshdi savdolari orqali sotish, ularga maqsadli va imtiyozli kreditlar berish, veterinariya xizmati ko‘rsatishning sifati va hajmini oshirish, ozuqa bilan ta’minlash bo‘yicha samarali mexanizmlar yaratilgan. CHorvachilikni rivojlantirish dasturining ijrosi doirasida 2008 yili kimoshdi savdolarida 20 ming 300 bosh qoramol sotildi. 2009 yilda yana 24 ming 600 bosh qoramol sotilishi ko‘zda tutilmoqda. Agar 2007 yilda qoramol sotib olish uchun 42,5 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan bo‘lsa, 2008 yilda bu raqam 48 milliard 200 million so‘mni tashkil etdi17.
Mamlakatimizda ishchi kuchi bandligi samaradorligini ta’minlash uchun davlatning bandlik siyosatining quyidagi yo‘nalishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir:
- oilaviy biznes va kichik xususiy korxonalarni rivojlantirishni jadallashtirishni ta’minlash;
- mazkur maqsadlarda mikrokreditlash tizimini rag‘batlantirish;
- yirik sanoat korxonalari va nisbatan kichikroq bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari bilan kasanachilikni kengaytirish asosidagi kooperatsiyani rivojlantirish imkoniyatlaridan keng qamrovli foydalanish;
- mahalliy xomashyoni puxta qayta ishlashga va tayyor, raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan engil va oziq-ovqat qayta ishlash sanoatining ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoqlarini jadal rivojlantirish;
- xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, qishloq joylarida qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan bandlik sohalarini kengaytirish masalalarini hal etishga e’tiborni kuchaytirish;
- ishsizlarni kasbiy o‘qitish va jamoat ishlari tizimlarini takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan xizmatlar ishini faollashtirish.
Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi xalqimizning farovon turmushini ta’minlash manbai bo‘lgan ish bilan bandlik darajasining yanada oshishiga, aholining ijtimoiy muhofazasining kuchayishiga yanada keng yo‘l ochib beradi.
6. O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va ishchi kuchi bandligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari hamda istiqbollari
2020 yilda yilda ish o‘rinlari va bandlikka ehtiyoj parametrlari ishchi kuchiga talab va taklif balansiga ta’sir ko‘rsatuvchi demografik va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish omillarining tahlili, shuningdek ishchi kuchi bozorida haqiqiy tendensiyani o‘rganish asosida aniqlangan.
Prognozlarga ko‘ra, 2020 yilda demografik omillarning ishchi kuchi bozoriga sezilarli va bevosita ta’siri saqlanib qoladi (2-rasm).
2-rasm. Ishchi kuchi bozori rivojlanishining istiqbol ko‘rsatkichlari (2020 yil)18
Malumotlarga ko‘ra, 2020 yilda ishchi kuchi resurslari soni – 19.6 mln. kishini, shundan ish bilan band bo‘lganlar soni 13,4 mln. kishini, ularning o‘sishi tegishli ravishda – 1,3 va 2,3 foizni tashkil etadi.
2020 yilda O‘zbekistonda ish o‘rinlariga ehtiyoj bo‘lmagan aholi sonining 5.2 mln.kishiga etishi kutiladi (7-jadval).
7-jadval
2016 yilda O‘zbekistonda ish o‘rinlariga ehtiyoj bo‘lmagan aholi soni va tarkibi19
Ko‘rsatkichlar
|
mln. kishi
|
Ish o‘rinlariga ehtiyoj bo‘lmagan aholi soni
|
4,5
|
SHundan:
|
|
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotganlar soni
|
1,8
|
3 yoshgacha bo‘lgan bola tarbiyasi bilan band bo‘lgan ayollar
|
1,6
|
hozirgi vaqtda sog‘lig‘i va oilaviy sharoitiga ko‘ra ishga joylashish imkoniyati bo‘lmaganlar
|
1,1
|
7-jadvaldan ko‘rinadiki, respublikada ishchi kuchi va bandlikka ehtiyoj ishchi kuchi bozorida ishchi kuchini birinchi marotaba taklif etayotgan shaxslar (kollejlar, oliy o‘quv muassasalari va boshqa ta’lim muassasalarini bitiruvchilari), shuningdek ishga joylashishga muhtoj band bo‘lmagan aholi (ish va daromad manbaiga ega bo‘lmagan shaxslar qaytib kelgan migrantlar va boshqalar) hisobidan shakllanadi.
Ta’kidlash joizki, 2020 yil O‘zbekiston bo‘yicha ta’lim olishni tugatgan 511,5 ming nafar kollejlar, litseylar, oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari ilk bor, shuningdek ishga joylashishga muhtoj 706,3 ming nafar shaxs ishchi kuchi bozoriga chiqadi.
Bundan tashqari, doimiy bo‘lmagan mehnat faoliyati, ya’ni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish bilan band bo‘lgan fuqarolar soni, hisob- kitoblarga ko‘ra, 735,6 ming nafarni tashkil etadi. Doimiy bo‘lmagan daromadga ega ushbu toifadagi shaxslar doimiy ishga, ish haqi to‘lanadigan statsionar ish o‘rinlariga muhtojligi mavjud, shuningdek tarkibiy qayta o‘zgarishlar natijasiga ko‘ra ishdan bo‘shatiladigan 118,7 ming nafar ishchi potensial ishsiz omilini keltirib chiqaradi.
SHu bilan birga, chet elda ishlovchi fuqarolarni doimiy yashash joyiga qaytarishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar, shuningdek, Rossiyadagi ob’ektiv og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy holatni hisobga olgan holda, 2020 yilda O‘zbekiston ishchi kuchi bozoriga 148,3 ming nafardan ortiq ishga joylashishga muhtoj va o‘z navbatida bandlikka ehtiyojni oshiradigan shaxslar qaytishi kutilmoqda.
SHunday qilib, 2020 yilda ishchi kuchi bozorida ishchi kuchiga taklif 1236,0 ming nafarni tashkil etadi. Tabiiy sabablarga (pensiyaga chiqish, o‘lim, doimiy yashash uchun xorijiy davlatga chiqib ketish va hokazo) ko‘ra chiqib ketadigan 134,9 ming nafar ishchini, shuningdek 109,5 ming bo‘sh ish o‘rinlarini hisobga olgan holda, bu ko‘rsatkich, ish o‘rinlari va bandlikka ehtiyojdan 1,1 ming nafardan oshadi.
Ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2020 yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan dasturiy choralarning yig‘indisi 992,7 ming nafarni (yoki talabning 80,3 foizini) tashkil etadi. Bu 2020 yilda kollejlar, litseylar va oliy o‘quv muassasalarining barcha bitiruvchilarini (511,5 ming nafar), qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini (148,3 ming nafar), shuningdek ishdan bo‘shatiladigan ishchilarning bandligini ta’minlaydi va shu bilan ishsizlikni 719 ming nafar yoki 5,1% darajasida saqlab qoladi.
2020 yil dasturining hududlar va yo‘nalishlar (tarmoqlar) bo‘yicha prognoz parametrlari ish o‘rinlari va bandlikdan, ayniqsa, birinchi marotaba ishchi kuchi bozoriga kirib kelayotgan yoshlar, band bo‘lmagan shaxslar, ishdan bo‘shab qoladigan xodimlar, qaytib kelayotgan mehnat migrantlari, shuningdek sanoat, qurilish, qishloq ho‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznesning rivojlanishi munosabati bilan ishchi kuchiga bo‘lgan talabning hisob-kitobidan kelib chiqib aniqlangan.
Dasturda 2020 yilda quyidagi asosiy yo‘nalishlarda jami 992,7 mingta, shundan 396,9 mingta ish o‘rinlari yaratilishi va 595,9 ming nafar shaxsning ish bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilmoqda (8-jadval)
8-jadval
O‘zbekiston Respublikasida 2020 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlari
№
|
Yo‘nalishlar
|
jami
|
shu jumladan hududlar bo‘yicha:
|
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
|
Andijon
|
Buxoro
|
Jizzax
|
Qashqadaryo
|
Navoiy
|
Namangan
|
Samarqand
|
Surxondaryo
|
Sirdaryo
|
Toshkent
|
Farg‘ona
|
Xorazm
|
Toshkent sh.
|
1.
|
Jami dastur bo‘yicha
|
992749
|
49 863
|
80308
|
73770
|
44090
|
89024
|
41090
|
75674
|
94829
|
67000
|
40200
|
87778
|
93021
|
60274
|
95828
|
|
shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
Maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etiladigan ish o‘rinlari, jami
|
396877
|
13369
|
52248
|
23372
|
17348
|
33957
|
13055
|
27121
|
28657
|
28717
|
26294
|
20378
|
33914
|
20584
|
57863
|
|
ulardan:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.1.
|
Sanoatda
|
130782
|
4838
|
18304
|
9553
|
6374
|
10705
|
5856
|
8755
|
10332
|
6696
|
8085
|
4165
|
16091
|
8491
|
12537
|
2.2.
|
xizmat ko‘rsatishda
|
69322
|
3342
|
7951
|
4548
|
3205
|
4911
|
2592
|
3574
|
6618
|
4964
|
4372
|
1670
|
3342
|
5051
|
11182
|
2.2.1.
|
shundan turizm sohasini rivojlantirish xizmatlari
|
10044
|
380
|
1500
|
573
|
680
|
489
|
329
|
572
|
1062
|
383
|
789
|
558
|
942
|
862
|
925
|
2.3.
|
qishloq ho‘jaligida(shu jumladan chorvachilik, parrandachilik, bog‘dorchilik, asalarichilik, sabzavotchilik, ipakchilik, uzumchilikda)
|
54521
|
1594
|
16232
|
3399
|
2787
|
4186
|
1021
|
2888
|
2189
|
3540
|
9302
|
2481
|
2782
|
2100
|
20
|
2.4.
|
qurilishda, ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishda
|
56695
|
1997
|
2315
|
2044
|
1117
|
7132
|
946
|
3467
|
3979
|
7032
|
1058
|
3787
|
2105
|
1954
|
17762
|
2.5.
|
ijtimoiy infratuzilmada
|
39750
|
997
|
1623
|
1433
|
913
|
5071
|
722
|
2431
|
2783
|
4983
|
972
|
2655
|
1475
|
1366
|
12326
|
2.6.
|
ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash
|
45807
|
601
|
5823
|
2395
|
2952
|
1952
|
1918
|
6006
|
2756
|
1502
|
2505
|
5620
|
6119
|
1622
|
4036
|
2.6.1.
|
Davlat korxonalarini hususiy-lashtirish dasturlarini amalga oshirish, jumladan, davlat mulk ob’ektlarini nol xarid qiymatida sotish, bo‘sh turgan ob’ektlarni ijaraga berish
|
32302
|
354
|
5008
|
1500
|
2651
|
778
|
440
|
4205
|
1256
|
986
|
1726
|
4035
|
5142
|
1324
|
2897
|
8 -jadvalning davomi
2.6.2.
|
ishlamasdan turgan kichik korxonalar faoliyatini tiklash
|
13505
|
247
|
815
|
895
|
301
|
1174
|
1478
|
1801
|
1500
|
516
|
779
|
1585
|
977
|
298
|
1139
|
3.
|
bandlikni ta’minlash, jami
|
595872
|
36494
|
28060
|
50398
|
26742
|
55067
|
28035
|
48553
|
66172
|
38283
|
13906
|
67400
|
59107
|
39690
|
37965
|
|
quyidagilar hisobiga:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3.1.
|
tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar hisobiga kichik korxona va mikrofirmalarni rivojlantirish
|
197468
|
22146
|
1876
|
14290
|
3623
|
10238
|
12297
|
18250
|
33012
|
11846
|
727
|
32279
|
9042
|
15187
|
12655
|
3.1.1.
|
yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish
|
140916
|
5165
|
11000
|
12377
|
4460
|
14890
|
6264
|
16026
|
10432
|
8660
|
3213
|
13100
|
18944
|
7000
|
9385
|
3.2.
|
uy mehnatini barcha shakillarini tashkil qilish
|
142914
|
2580
|
7432
|
14032
|
9021
|
21355
|
1557
|
7052
|
11124
|
6367
|
568
|
13275
|
23528
|
9097
|
15925
|
3.3.
|
fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish
|
114574
|
6603
|
7752
|
9699
|
9638
|
8583
|
7917
|
7225
|
11604
|
11410
|
9398
|
8746
|
7593
|
8406
|
|
4.
|
ish o‘rinlari tarkibi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4.1.
|
Ayollar uchun
|
436854
|
20444
|
41230
|
30688
|
21340
|
21366
|
14504
|
35188
|
41061
|
31021
|
18090
|
44495
|
40555
|
24167
|
52705
|
4.2.
|
YOshlar uchun
|
484789
|
19945
|
35211
|
32458
|
21224
|
31158
|
20901
|
30859
|
52155
|
23443
|
16884
|
52666
|
60465
|
29926
|
57494
|
4.4.
|
Zaxira qilingan (kvota) ish o‘rinlari
|
102523
|
2380
|
7590
|
7714
|
3107
|
2202
|
5919
|
5990
|
9097
|
4596
|
2600
|
10655
|
16996
|
2730
|
20947
|
4.4.1.
|
shu jumladan nogironlar uchun
|
12896
|
114
|
176
|
217
|
110
|
93
|
668
|
492
|
484
|
132
|
771
|
310
|
5557
|
62
|
3710
|
Manba: 2020 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturiga 1-ilova.
Birinchidan, maqsadli kompleks dasturlarga muvofiq yangi ob’ektlarning ishga tushirilishi, ishlab turgan korxonalarni qayta jihozlash va kengaytirish natijasida 396,9 mingta ish o‘rinlari tashkil etiladi, shundan 130,8 mingtasi – sanoatda (shu jumladan, 15,5 mingtasi – kichik sanoat hududlarida), 69,3 mingtasi – xizmat ko‘rsatish va servis sohasida, 54,5 mingtasi – qishloq xo‘jaligida, 56,7 mingtasi – qurilishda, 45,8 mingtasi – ishlamasdan turgan korxonalarni tiklash hisobiga.
Hududlar bo‘yicha mazkur yo‘nalishda ish o‘rinlarining asosiy qismi Andijon (52,2 mingta), Farg‘ona (33,9 mingta), Qashqadaryo (34,0 mingta), Samarqand (28,7 mingta), Namangan (27,1 mingta), Surxondaryo (28,7 mingta), Sirdaryo (26,3), Buxoro (23,4 mingta), Toshkent (20,4 mingta) viloyatlarida va Toshkent shahrida (57,9 mingta) tashkil etiladi.
Ikkinchidan, xususiy, yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasining kengaytirish natijasida 338,4 ming nafar kishining bandligi ta’minlanadi (3-rasm).
3-rasm. 2020 yilda xususiy, yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasining kengaytirish hisobidan yaratiladigan ish o‘rinlari soni20.
YAkka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq moliyaviy-iqtisodiy vositalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilda qabul qilingan maxsus Farmonlariga muvofiq xususiy mulkchilikni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish va investitsiya iqlimi va tadbirkorlik muhitini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
2020 yilda yakka tartibdagi tadbirkorlik va boshqa kichik biznes sub’ektlari uchun kreditlashning yuqori darajasi saqlanib qoladi – tijorat banklari tomonidan ushbu maqsadlarga 13,2 trln. so‘m mablag‘lar ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bunda imtiyozli kredit resurslari asosan ishchi kuchi bozorida keskinlik mavjud bo‘lgan olis qishloq hududlarida ish o‘rinlari yaratishni nazarda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Uchinchidan, uy mehnatining, eng avvalo, korxonalar bilan mehnat shartnomalariga asoslangan kasanachilik mehnati, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish natijasida band bo‘lmagan 142,9 ming nafar fuqarolarni, asosan xotin-qizlar, nogironlar va aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj boshqa toifalarini, shuningdek qaytib kelayotgan mehnat migrantlarining ish bilan ta’minlanish imkoniyati yaratiladi.
Oilaviy tadbirkorlik sharoitida, boshqa faoliyat shaklida to‘g‘ri kelmaydigan ishchi kuchining o‘zgaruvchanligi va mehnat taqsimoti muhim hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, aholining boshqa sharoitda ishsiz qoladigan toifalari – yosh bolali ayollar va ishchi kuchi bozorida raqobatga bardosh bera olmaydigan boshqa shaxslarni ushbu yo‘nalishdagi ishlab chiqarishga jalb etish imkonini beradi.
Kasanachilik ish o‘rinlari an’anaviy hunarmandchilik markazlari hisoblanadigan mintaqalarda – Farg‘ona (23,5 mingta), Qashqadaryo (21,4 mingta), Buxoro (14,0 mingta), Toshkent (13,3 mingta), Samarqand (11,1 mingta), Xorazm (9,1 mingta), Andijon (7,4 mingta), Namangan (7,1 mingta) viloyatlarida, shu jumladan Buxoro, Qarshi, Namangan, Samarqand, Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlarida, Amudaryo, To‘rtko‘l, Asaka, Paxtaobod, SHaxrixon, Vobkeng, G‘ijduvon, Jondor, Nurota, Qiziltepa, Kosonsoy, Uychi, CHortoq, CHust, SHaxrisabz, Kitob, CHiroqchi, Urgut, Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Rishton, Xovos, Xiva, Xazorasp va boshqa tumanlarda ko‘plab tashkil etiladi.
To‘rtinchidan, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorvachilik, parrandachilik, bog‘dorchilik, baliqchilik, asalarichilik, sabzavotchilik, mahsulotlari etishtirishni ko‘paytirish natijasida 114,6 ming kishi, asosan Samarqand (11,6 ming), Xorazm (8,4 ming), Buxoro (9,7 ming), Farg‘ona (7,6 ming), Surxondaryo (11,4 ming), Qashqadaryo(8,6 ming), Toshkent (8,7 ming) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (6,6 ming) ish bilan ta’minlanadi.
Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga aholini, birinchi navbatda, qishloq aholisining bandligini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi PF-4478-son Farmoniga muvofiq ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, qishloq ho‘jaligi mahsulotlari etishtirishni maqbullashtirish, yagona er solig‘i to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar berish va fermer ho‘jaliklarini kreditlash choralari muhim rol o‘ynaydi.
SHuningdek, dasturda olis va tog‘li hududlarda tayyorlangan milliy hunarmandchilik mahsulotlari sotuvini tashkil etish, dorivor o‘simliklarni etishtirish, yig‘ish va qadoqlashni yo‘lga qo‘yish, asalarichilikni, ayniqsa ekoturizmni yanada rivojlantirish orqali 10,0 mingdan ortiq ish o‘rinlarini yaratish belgilangan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Iqtisodiyotning barqarorligi va sog‘lomligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan biri ishsizlik darajasi hisoblanadi. Biroq, har qanday mamlakatda doimiy ravishda ma’lum darajada ishsizlik mavjud bo‘ladi. Umuman olganda, mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon bo‘lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik, hududiy, yashirin va turg‘un ishsizlik turlariga bo‘linadi.
Ishsizlikning umumiqtisodiy xarakteri ishchi kuchi bozorining o‘zi, mehnatga talab va uning taklifi o‘rtasidagi mutanosiblik ishsizlikni emas, ish bilan bandlikni shakllantirishidan ham kelib chiqadi. Ishsizlik, bir tomondan, go‘yo ish bilan bandlikning «teskarisi» hisoblanadi, ikkinchi tomondan, ish bilan bandlikni shakllantiruvchi omillardan farq qiluvchi omillar ta’sirini his qiladi. SHunday bo‘lsada, ishsizlik doimo ish bilan bandlik bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi: ish bilan bandlikning ko‘payishi, qoidaga ko‘ra ishsizlikni kamaytiradi, bu esa ishsizlikni, o‘z navbatida ish bilan bandlikni ko‘paytiradi. Ta’rifga ko‘ra ishsizlik – bu ishlashni istaydigan mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo‘lmagan miqdoridir. Makroiqtisodiy jihatdan ishsizlik – bu doimo jamiyat mehnat salohiyatidan, ishchi kuchi majmuidan ishlab chiqarish omili sifatida to‘la foydalanmaganlikdir.
Aholining ish bilan bandligini ta’minlashda qator muammolar va kamchiliklar mavjud: ish bilan ta’minlanishga muxtoj aholi sonining ko‘pligi, ishsizlik darajasining yuqoriligi; dastur ijrosi nazoratining bo‘sh tashkil etilganligi, tadbirkorlar muammolarining o‘z vaqtida hal etilmasligi; xorijda ishlab qaytganlarni ish bilan ta’minlash borasidagi ishlarning samarasi past ekanligi, bu borada mavjud imkoniyatlarning ishga solinmaganligi; kasanachilik ish joylarini ko‘paytirish imkoniyatlari ishga solinmayotganligi; yangi ob’ektlarni ishga tushirish, mavjud korxonalarni modernizatsiyalash ishlari (natijadorligining past ekanligi); tashkil etilgan ish joylarining salmoqli qismi qisqa muddatli va mavsumiy xarakterga egaligi; ish bilan band aholining salmoqli qismi ish haqi past bo‘lgan sohalarda, norasmiy sektorda va barqaror bo‘lmagan ish joylarida band etilganligi.
O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar kiradi.
Birinchidan, sanoat sohasidagi asosiy dasturlarning amalga oshirilishini davom ettirish, yirik yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish va kengaytirish.
Ikkinchidan, kichik biznes korxonalari, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini, ayniqsa, qishloq joylarida rivojlantirish, uy mehnati shakllarining, shu jumladan, yirik korxonalar bilan birgalikdagi shakllarining imkoniyatlarini kuchaytirish.
Uchinchidan, uy mehnati barcha turlari, avvalambor, mehnat shartnomalariga asoslangan korxonalar bilan hamkorlikdagi shakllarini hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish.
To‘rtinchidan, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini kengaytirish.
Beshinchidan, qishloq xo‘jaligi sub’ektlarini rivojlantirish va kengaytirish, ayniqsa, tayyor qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashga, sabzavot-poliz mahsulotlarini saqlashga, issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishga ixtisoslashgan sub’ektlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Oltinchidan, vaqtinchalik faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar, shu jumladan, tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan bankrot korxonalar faoliyatini tiklash.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: “O‘zbekiston”, 2014.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2015 yil 15 maydagi PF-4725-sonli Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks rivojlantirishni ta’minlashda mahalliy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 2016 yil 22 fevraldagi PQ-2495-sonli Qarori.// lex.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 2016 yil 24 fevraldagi PQ-2497-sonli Qarori.// lex.uz
Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar. –Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017.
I.A.Karimov. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari”.-T.: O‘zbekiston, 2009.
Karimov. I.A. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to‘g‘risida. T.,O‘zbekiston. 2005 y.
Abdullaeva SH.Z. Bank ishi. Darslik. - T.: “Moliya”, 2005.
SHodmonov SH.SH., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. - T.: «IQTISOD-MOLIYA». 2010.
SHodmonov SH.SH., YAxshieva M.T., YUsupov R.A. Pul nazariyasi: O‘quv qo‘llanma. –T.: TDIU, 2009.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining mustaqillik yillaridagi(1990-2010 yillar) asosiy tendensiya va kщrsatgichlari hamda 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan prognozlari: statistik to‘plam.-T.: “O‘zbekiston” 2011.
O‘zbekiston iqtisodiyoti statistik ma’lumotlar to‘plami-T.: 2008-2016.
www.press-service.uz -O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi xukumat portali
www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi rasmiy sayti.
www.cbu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti.
www.mineconomy.uz - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi rasmiy sayti
www.mf.uz - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti
www.norma.uz -O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi sayti
www.tdiu.uz – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy sayti
Do'stlaringiz bilan baham: |