Balxash - ko'l, qozoqcha Balqash. «Botqoq», «atrofi qamishzor» ma'nosidagi so'z. Ko'lning o'zi haqiqatan ham sayoz, qirg'oqlari botqoq, xolqob va qamishzorlardan iborat.
Bahrayn - janubi-g'arbiy Osiyodagi-Fors ko'rfazida joylashgan davlat. Davlat hududi 20 dan ortiq orollarda joylashgan bo'lib, ularning eng kattasi Bahrayn deb ataladi. Arabacha «ikki dengiz», ya'ni atrofi dengiz bilan o'ralgan orol ma'nosidagi so'z.
Bamako - shahar, Afrikadagi Mali davlatining poytaxti. Mahalliy xalq tilida bama-«timsoh», ko-«daryo», ya'ni «timsohli daryo» yoki «timsohi ko'p daryo bo'yidagi shahar» ma'nosidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |