Qachon shifokorga murojat qilish lozim?
Agar sizda yuqoridagi qo'shumcha ko'rsatkichlar bo'lsa;
Agar hayz siklingiz birdaniga o'zgargan bo'lsa;
Hayz davomiyligi va hajmi o'zgargan bo'lsa;
Og'riq oldingiga nisbatan kuchliroq yoki davomiyroq bo'lib qolgan bo'lsa.
Shifokor nima qiladi?
Siydik va qon analizlarini tekshiradi;
Kichik toz a'zolarini ultra tovushli diagnostika qiladi;
Gesteroskopiya yoki laporoskopiya muolajasini o'tkazadi. Bunda kichik toz a'zolari anomaliyalar mavjudligiga chuqur tekshiruvdan o'tkaziladi.
Hayz davomida og'riq bo'lishi davolanadimi?
Agar bunga biron kasallik sabab bo'lmasa yo'q. Shirokor maslahati bilan og'riqqa qarshi biron og'riq tushiruvchi dori ichsa bo'ladi. Hayz og'rig'i biron kasallik tufayli bo'layotgan bo'lsa, u holda o'sha kasallik davolanadi.
JINSIY GIGIYENA.
Ayollar uchun jinsiy gigiyenaga rioya qilish juda muhim. Chunki tana nozik aʼzolarining salomatligi ularni pokiza tutishdan boshlanadi. Qin mikroflorasida ozgina oʻzgarish ham bakterial vaginoz kasalligi kelib chiqishi ehtimolini kuchaytiradi. Oʻz navbatida vaginozning oʻz vaqtida davolanmaganligi jinsiy aʼzolar yalligʻlanishiga, hatto bepushtlikka olib kelishi mumkin.
Jinsiy gigiyena (ayollar uchun muhim tavsiyalar)
Kamida ikki marta
Har kuni jinsiy aʼzolar ozodaligiga ahamiyat berish. Kuniga kamida ikki marta chayinish, oy kunlari hamda yozning jaziramasida uch-toʻrt marta yuvinish. Agar gigiyenaga rioya qilishning imkoni boʻlmasa, maxsus nam sochiqchalardan foydalanish talab etiladi.
Iliq suv
Jinsiy aʼzolarni yuvishda foydalaniladigan suv, albatta, iliq boʻlishi lozim. Qaynoq suv tashqi jinsiy aʼzolar terisi qurishiga, sovugʻi esa shamollashga sabab boʻladi.
Maxsus vositalar kerakmi?
Tozalik muolajalari uchun maxsus vositalardan foydalanish tavsiya etiladi. Ular tarkibida sut kislotasi mavjud boʻlsa, yana-da yaxshi. Odatda, qindagi sogʻlom muhitni laktobakteriyalar taʼminlab beradi va ular jinsiy aʼzoni tashqaridan xavf solishi mumkin boʻlgan turli infeksiyalardan himoyalaydi. Agar antibakterial, antiseptik xususiyatga ega boʻlgan vosita (masalan, atir)lar koʻp ishlatilsa, bakteriyalar muvozanati buzilib, jinsiy ʼzolarda kandidoz yoki disbakterioz yuzaga keladi. Jinsiy gigiyena uchun tozalash vositalarini dorixona va katta doʻkonlardan xarid qilishni maslahat beramiz. Shundagina qalbaki mahsulotdan himoyalana olasiz. Ushbu vositalarni, saqlash muddati 12 oy, deb qayd etilganini tanlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |