III guruh "Zukkolar"ga beriladigan savollar:
9. Qon aylanish sistemasi ... doiradan iborat (bitta).
10. Baliqlar tanasi harorati atrof-muhit ... ta'sirida o'zgarib turadi (harorati).
11. Yurak bo'lmacha va ... iborat (qorinchadan).
12. Karbonat angidrid vena qon tomirlariga to'planib yurak ... quyiladi (bo'lmasiga).
V. Rasmga qarab baliqning qismlarini ayting. Har bir guruh o'quvchilarining faolligi aniqlanadi.
Rasmdagi baliqning qismlari quyidagilar:
Og'iz, til, halqum, qizilo'ngach, jigar, oshqozon, oshqozonosti bezi, ichak, anal teshigi.
Rasmga qarab qismlarini tekshirish uchun slayd orqali javoblarini namoyish etamiz va bunda biz yangi mavzu bo'yicha barcha о'quvchilarni baholagan bo'lamiz.
O'quvchilarni baholash (2 daqiqa).
Rag'bat kartochkalari yig'ilib g'olib guruh e'lon qilinadi va kundaliklarga baholar qo'yib chiqiladi.
VI. Uyga vazifa (1 daqiqa).
Sinfdagi barcha o'quvchilar "Baliqning ichki tuzilishi" mavzusini o'qib kelishi, mavzuga doir qisqa savol- javoblar yozishi kerak.
"5"-«Ofarin» bilan rag'batlantirilgan o'quvchilar test tuzib keladi.
"4"-«Barakalla» bilan rag'batlantirilgan o'quvchilar qisqa savol-javoblar yozadi.
"3"-«Izlanuvchan» bilan rag'batlantirilgan o'quvchilar mavzu yakunida berilgan savollarga javob yozib kelishadi.
BIOLOGIYA FANINI O'QITISHDA
TA'LIM TARBIYA MASAIAIARI
O'zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali barkamol shaxs — fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi.
Ushbu vazifalarni hal etish uzluksiz ta'lim tizimida o'qitiladigan barcha o'quv fanlari qatori biologiyaning ham zimmasiga yuklanadi. Barkamol shaxs — fuqaroni shakllantirish vazifasining muvaffaqiyatli hal etilishi, avvalo, o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni talab etadi.
Tabiat to'g'risidagi yetakchi fanlarning biri sanalgan biologiya zimmasiga o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ancha mas'uliyatli vazifalar tushadi. Shu sababli ham maktab biologiya o'quv fanining mazmuni o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda katta imkoniyatlarga ega.
Biologiyani o'qitishda, avvalo, o'quvchilarni biologiyaning asosiy g'oya, nazariya, qonuniyatlari va tushunchalari, amaliyot, xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida tutgan o'rni, biologik bilimlarni o'zlashtirishning ahamiyati bilan tanishtirish nazarda tutiladi va shu orqali o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va insonning tabiat va jamiyatga ongli munosabatini tarkib toptirish bilan uzviy bog'langan holda ta'lim-tarbiyaviy tizim vujudga keltiriladi.
Mazkur tizim o'zida o'ouvchilarnina fan asoslarini mustahkam o'zlashtirishi barobarida, ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish, o'quvchilarni ma'naviy- axloqiy yetuk, vatanparvar, ekologik, estetik, iqtisodiy, jismoniy, gigiyenik bilimlarga ega mehnatsevar etib tarbiyalash masalalarini mujassamlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |