2.3. AKULALAR YOKI PLASTINKA JABRALILAR
Ko’ppak akula – yoki dengiz iti juda ko’pchilik akulalar kabi suvda juda tez suzadi, asosan baliqlarni tutib eb dengizda yirtqichlik bilan hayot kechiradi.
Tashqi ko’rinishi – bo’yi 1 m ga boradi. Gavdasi uzunchoq duk shaklida bo’ladi, boshining uchida uzun qazich burni bor. Orqasiga borgan sari tana torayib dumga aylanadi, dum asosiy harakat organidir. Dum suzgich qanotining pallalari bir xilda emas, ichida o’q skeleti bo’lgan yuqori pallasi uzun, pastki pallasi kalta bo’ladi. Shuning uchun ham qanoti getorostirkal tipda tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |