Kambalasimonlar (Pleuronectiformes) turkumi vakillarining tanasi
yon tom ondan kuchli yassilashan, ko'zlari boshining bir yonida
joylashgan. Suzgich pufagi bo'lmaydi. U suv tubida hayot kechiradi,
yon tomoni bilan suzadi. Qorin tomoni oq, orqa tomoni qoramtir bo'ladi.
Kambalaning tuxumdan chiqqan lichinkalari dastlab suv yuzasida suzib
yuradi, keyinchalik suv tubida yashashga o'tishi bilan tanasi yon
tom o n d an yassilashib, k o 'zla ri b o sh in in g b ir yoniga k o 'ch ad i.
Kambalalaming bir necha o'n turi ma'lum. Orol va Kaspiy dengizlaridan
tashqari hamma dengizlarda uchraydi. Ular juda serpusht bo'lib, sohil
yaqiniga bir necha mingtagacha tuxum qo'yadi. Suv tubidagi har xil
umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Kambalalar tral yordamida ovlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |