Baliqchilik asoslari


Kasallikka qarshi kurashish va oldini olish tadbirlari



Download 7,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/152
Sana26.03.2022
Hajmi7,01 Mb.
#510811
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   152
Bog'liq
pU4n1szOyjGzyXFBcaVKO4crJPnzmEvEZJKo3RoP

Kasallikka qarshi kurashish va oldini olish tadbirlari. Hovuz-
larda joylashgan va tashib o‘tishga moslashgan kitlar rafidaska-
ridozga tekshirilishi shart. Zararlangan baliqlarni sog‘lom suv
havzalariga tashlash qat’iyan man etiladi. Hovuzli xo‘jaliklarda
kasallik aniqlanganida, barcha yirtqich baliqlar ovlanadi va bun-
day hovuzlarga qaytadan, yangidan yirtqich baliqlarni joylashtirish
bir yildan so‘ng amalga oshiriladi. Òabiiy nosog‘lom suv havzala-
rida rafidaskaridlarga qarshi kurashishning ratsional usuli — bu
kitlarni (asosiy xo‘jayinlari) ovlashdir. Ular sonining kamayishi
zog‘orabaliqlar rafidaskaridlarning lichinkalari bilan zararlani-
shini ham keskin kamaytiradi. Qolgan baliqlar ham ovlanadi,
zararlangan baliqlar hovuzlarga kirishining oldi olinadi.
Filometroidoz — bu zog‘orabaliq, sazan va ularning gibridlari
bo‘lgan baliqlarning gelmintoz kasalligi bo‘lib, uni Philometridae
oilasiga mansub Philometroides lusiana nematodasining jinsiy
voyaga yetgan shakli mushak to‘qimasida, teri tangachalardagi
kosachalarda, lichinkalari esa ichki organlarda (jigar, buyrak,
suzgich pufagi, ichki yog‘ qatlamlarida) parazitlik qilishi oqiba-
tida qo‘zg‘atilib, kasallik organizmning umumiy intoksikatsiyasi
bilan xarakterlanadi.
Qo‘zg‘atuvchisi. Jinsiy voyaga yetgan filometroideslar och qizil
tusda bo‘lib, ayrim jinsli, urg‘ochilarning uzunligi 80—125 mm,


194
eni 0,8—1 mm, kutikulasi oq tusdagi so‘rg‘ichlar bilan qoplangan.
Bosh tomoni konussimon shaklda, 4 ta tepachasi mavjud bo‘lib,
ular orasida parazitning og‘iz teshigi joylashgan, undan og‘iz kap-
sulasiga, kalta qizilo‘ngach va ichakka o‘tib tugaydi. Ichakning uchi
berk holatda. Parazitning dum tomonida 4 ta jinsiy so‘rg‘ichi bor.
Òana bo‘shlig‘i xaltasimon shakldagi bachadon bilan to‘lib
turadi. Parazit tuxumlari ovalsimon shaklda — 0,032—0,042 mm.
Òuxumdon uzunchoq-ovalsimon shaklda bo‘lib, tananing ol-
dingi va orqa qismida joylashgan. Urg‘ochi nematodalar tirik li-
chinka tug‘adi. Erkaklarning uzunligi 2,9—5,5 mm, eni esa 0,035—
0,046 mm. Suzgich pufagining devorida, kamroq esa buyrak va
ichki yog‘da (jinsiy yog‘) parazitlik qiladi, oq tusda bo‘lib, ku-
tikulasi silliq. Parazitning dum qismida kloaka joylashgan bo‘lib,
undan 2 ta bir-biriga teng, uzunligi 1,17—0,25 mm keladigan
spikula chiqib turadi.

Download 7,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish