Balandligi 10 metr bo’lgan narvondan sakrab, umuman jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?



Download 19,19 Kb.
Sana03.06.2022
Hajmi19,19 Kb.
#632662
Bog'liq
MANTIQIY SAVOLLAR


MANTIQIY SAVOLLAR

  1. Balandligi 10 metr bo’lgan narvondan sakrab, umuman jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak? (Narvonning eng quyi pog’onasidan sakrash).

  2. Qanday sharoitda qora mushukka uyga kirish eng qulay bo’ladi? (Uyning eshigi ochiq bo’lganda).

  3. Ikki ota va ikki o’g’il yo’lda ketayotib, 3 ta olma topib olishdi. Ularning har biriga bittadan olma tegdi. Bu qanday sodir bo’ldi? (Ular bobo, ota va farzand edilar).

  4. Qanday idishdan umuman hech qanday ovqat yeb bo’lmaydi? Bo’sh idishdan.

  5. «To’yingda elak bilan suv tashiy» degan ibora mavjud. Bu mumkinmi? Xa, suvni avval muzlatib olish kerak

  6. Kun va tun nima bilan tugaydi? «N» harfi bilan.

  7. Beshta yigit bir etikda qolishi uchun nima qilish kerak? Ularning har birining bittadan etigini yechib olish.

  8. Xo’roz o’zini parranda deb atashi mumkinmi? Yo’q, xo’roz gapirishni bilmaydi.

  9. Uning balandligi ham, bo’yi ham, eni ham yo’q, lekin uni o’lchasa bo’ladi. U nima? Harorat, vaqt.

  10. Tuxumni balandlikdan tashlab yuborishdi. U pastga tomon 3 metr tushganda ham yorilmadi. Buning sababi nimada? Tuxum 10 metr balandlikdan tashlangandi. 3 metr o’tgach, sinishi uchun yana 7 metr masofa qolgandi.

MANTIQIY MASALALAR

  1. Ikki kishi shaxmat o’ynayotgan edi. Ularning har biri 5 martadan yutdi. Bu qanday qilib mumkin? Ular boshqa-boshqa odamlar bilan o’ynayotgan edilar.

  2. Haydovchi yuk mashinasini haydab ketayotgan edi. Mashinaning yoritgichlari (faralari) o’chgan, osmonda oy ham ko’rinmasdi. Shu vaqt yo’lni bir ayol kesib o’ta boshladi, lekin haydovchi u ayolni uzoqdan ko’ra oldi. Haydovchining bunday muvaffaqqiyati nimaga bog’liq edi? Chunki o’sha vaqt kunduzi edi.

  3. Sun’iy yo’ldosh yer orbitasini 1 soat 40 daqiqada aylanib chiqadi, lekin teskari yo’nalishda shu aylanib chiqish uchun 100 daqiqa vaqt ketadi. Buning sababini izohlang. 100 daqiqa == 1 soat 40 daqiqa

  4. Juda mashhur mantiqiy masala. Cho’pon karam, qo’y va bo’rini olib ketayotgan edi. Oldidan daryo chiqib qoldi. Qarasa sohilda qayiq turibdi, faqat unga cho’pon o’zi bilan birga uchta narsadan birini olib o’tirishi mumkin edi. Cho’pon qo’y, karam va bo’rini sohilni narigi betiga olib o’tish uchun nima qilishi kerak? (Cho’pon qarovisiz qolganda bo’ri qo’yni, qo’y esa karamni yeb qo’yishi mumkin). Avval cho’pon o’zi bilan qo’yni olib o’tadi, uni tashlab, qaytib keladi va bo’rini olib o’tadi. Bo’rini qoldirib, qo’yni yana oldingi sohilga qaytib olib keladi. Endi qo’yni qoldirib, karamni olib o’tadi va sohilning narigi betiga (bo’ri turgan tomonga) qoldirib keladi. Oxirgi o’rinda qaytib kelib, nihoyat qo’yni olib o’tadi.

  5. Bir erkak bozorga borib, 50 so’mga ot sotib oldi. Bir hafta o’tgach, otlarning narxi qimmatladi va erkak foyda qilaman deb olgan otini 60 so’mga sotib yubordi. Bir-ikki kun o’tgach, uzoq safarga chiqish uchun ulovi yo’qligini o’ylab, borib endigi safar 70 so’mga ot sotib oldi. Qimmat olib qo’ydimmikin deb uzoq o’ylanib, nima bo’lsa-bo’ldi deb o’sha otni 80 so’mga sotib yubordi. Erkak qancha zarar yoki foyda ko’rdi? (-50) + 60 + (-70) + 80 = 20 so’m foyda qildi.

  6. Ikki odam bir vaqtning o’zida daryo sohiliga kelishdi. Ularning maqsadi daryoning narigi sohiliga o’tish edi. Qarasa qayiq turibdi, ammo u ulardan faqat bittasini ko’tara olardi. Shunga qaramay, ularning ikkalasi ham ko’zlaganlaridek daryoning narigi sohiliga o’ta olishdi. Ular buni qanday qilib epladilar? Ikkala kishi dastavval daryoning turli sohillari tomonida edilar.

  7. Oq bo’lganda tozalash kerak bo’ladi, yashil bo’lganda esa toza hisoblanadi. Gap nima haqida bormoqda? Maktab doskasi.

  8. Italiyaning bayrog’i qizil-oq-yashil rang ketma-ketligidan iborat. Qaysi mevaning ko’ndalang kesimi ularga bu ranglarni tanlashga yordam bergan? Tarvuz.

  9. Yuliy Sezar o’z qo’shinlariga qalqon va qilichlarini qimmatbaho narsalar bilan bezatishni buyurgan. Nima uchun? Shu holda qo’shinlari o’z qurol-aslahalarini osonlikcha tashlab qochishmagan.

  10. Bir kasalxonada bemorlar soni qabul qila olish ko’rsatkichidan oshib keta boshlayverdi. Bemorlarning aksariyati YTH jarohat olgan haydovchilar edi. Bemorlar sonini kamaytirish uchun shahar ma’muriyati haydovchilarga xavfsizlik kamarini taqishni majburiy qilib qo’ydi. Vaqt o’tgach, statistika o’rganilganda YTH-lar soni kamaymagani, ammo kasalxonaga tushgan bemorlar soni ancha ko’payganini aniqlandi. Buning sababi nimada? Chunki xavfsizlik kamari taqilganda YTH’da vafot etadiganlar soni kamaydi, ular jarohat tufayli kasalxonaga tusha boshladi. Oldin esa vafot etishi sababli kasalxonaga tushmasdilar.

Download 19,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish