Kutiladigan natijalar
|
O‘qituvchi: mavzu qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning faolligi oshadi. O‘quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg‘onadi. Mavzuda o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalardan kelib chiqqan holda o‘quvchilar bilimi baholanadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va yozma axborotlarni mustaqil o‘rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o‘rgatiladi.
O‘quvchi: yangi bilimlarni egallaydi. Yakka va guruh bo‘lib ishlash malakasiga ega bo‘ladi. Og‘zaki va yozma nutqi rivojlanadi. Eslab qolish qobiliyati (xotirasi) mustahkamlanadi.O‘z-o‘zini nazorat qilish, ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi shakllanadi. Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi. Jarayonni baholay oladi va munosabat bildiradi.
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)
|
O‘qituvchi:Yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtiradi va darsga tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog‘laydi va solishtiradi. Pedagogik mahoratini oshiradi.
O‘quvchi:Matn bilan mustaqil ishlashni o‘rganadi.O‘z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo‘shimcha materiallar topadi, ularni o‘rganadi.O‘z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: o’quvchilar bilan salomlashish, yo’qlama qilish, uy vazifasini so’rash va darsni tashkillash
II. O’tgan mavzuni so’rash: tezkor savol javob o’tkazish orqali o’tilgan mavzuni takrorlash.
III. Asosiy qism: Yangi mavzuni tushuntirish
Ayrim bakteriyalar tirik o'simlik, hayvon va odam orga-nizmida, ular hujayrasida yashab, oziqlanadi. Bunday bakteriyalar parazit bakteriyalar deb ataladi. Ularning faoliyati natijasida o'simlik, hayvon va odam organizmida turli kasalliklar paydo bo'ladi, shu bois parazit bakteriyalar kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar deb ham yuritiladi. Parazit yoki kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar (yoki ularning sporalari) o'simlik, hayvon va odam organizmiga havo, ovqat, suv, teridagi jarohatlar orqali kirib, tirik hujayralar hisobiga yashaydi, tez ko'payadi va uning faoliyati natijasida hosil bo'lgan zaharli moddalar qonga o'tadi. Natijada organizm zaharlanadi va kasal bo'ladi. Parazit bakteriyalar orasida odamlarda sil, terlama, bo'g'ma, vabo, o'lat va boshqa ko'pgina yuqumli kasalliklarni paydo qiladiganlari bor. Yuqumli kasallikni paydo qiluvchi bakteriya kasalligi bemordan sog'lom kishiga o'tsa, unga kasallikning yuqishi deyiladi. Yuqumli kasallik bilan og'rigan bemor bilan sog' odam bir idishdan ovqat yesa, bitta o'rin-ko'rpada yotib, bitta sochiqdan va kiyim-kechakdan foydalansa, kasallik bemordan sog' kishiga yuqishi mumkin. Tozalik va ozodalikka rioya qilinmasa, yuqumli kasalliklarning sababchilari ayniqsa tez tarqaladi. Ilgarilari, hali odamlar yuqumli kasalliklarning paydo bo'lish sabablari va ularga qarshi kurashish choralarini bilmagan davrlarda terlama, vabo va o'lat singari yuqumli kasalliklar epidemiyalaridan goho butun-butun qishloqlarning aholisi qirilib ketgan. Hozirgi davrda shifokorlar kasallik paydo qiladigan bak-teriyalarning hayotini va ularga qarshi kurash choralarini yaxshi biladilar. Kasal odamlar turgan joylar, maktablar, bolalar bog'chalari kasallik sababchilari — bakteriyalarni yo'qotish uchun dezinfeksiya qilinadi. Odamlarni terlama, bo'g'ma, qizamiq va chechakdan saqlash uchun ular emlanadi. Odamlarning o'z badanini va kiyim-boshini toza tutishi, turarjoy va maktablar (sinflar)ning ozoda saqlanishi, xonalarning tez-tez shamollatib turilishi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashning muhim vositasidir. Kasallik paydo qiluvchi bakteriyalarga qarshi kurashda shahar va qishloqlarni ozoda saqlash katta ahamiyatga ega. Ko'pgina daraxt va butalarning havoga maxsus moddalar (fitonsidlar) ajratib turishi va bu moddalarning havodagi kasallik tug'diruvchi bakteriyalarni kuchsizlantirishi olimlar tomonidan aniqlangan. Gledichiya, archa, yong'oq, terak shunday moddalarni ayniqsa ko'p ajratadi. Davlatimiz shaharlar, qishloqlar va boshqa aholi yashaydigan joylarni ko'kalamzorlashtirishga katta e'tibor bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |