Bakteriyalarning tabiatdagi va xalq xo'jaligidagi ahamiyati



Download 0,71 Mb.
bet9/43
Sana01.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#728239
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
II chorak tayor 6 sinf

Achituvchi bakteriyalar. Bu bakteriyalarning faoliyati natijasida oziq-ovqat mahsulotlari chirimaydi, balki faqat achiydi. Azotsiz organik moddalarning bakteriyalar yordamida parchalanishiga achish deb ataladi. Oziqlanish usuliga ko'ra achituvchi bakteriyalar saprofit hisoblanadi. Ular sutda, yangi sersuv sabzavotlarda, o'tlarning barg va poyalarida yashaydi. Tabiatda achishning turlari ko'p. Achishning eng muhim xillaridan biri sut kislotasining achishidir. Bu jarayonda sut kislotali achishga sabab bo'ladigan bakteriyalar faoliyati vujudga keladi. Sut kislotali achish jarayonida parchalanayotgan shakar sut kislotasiga aylanadi, hosil bo'lgan sut kislotasi esa boshqa chirituvchi bakteriyalarning o'sishiga va ko'payishiga to'sqinlik qiladi. Shu tufayli sut kislotali achishdan sut mahsulotlari: qatiq, pishloq, suzma tayyorlashda foydalaniladi. Sirka kislotali achish sirka kislota bakteriyalari faoliyati natijasida sodir bo'ladi. Ovqatga ishlatiladigan yuqori navli sirkalar spirt yoki vinolarni sirka kislotali achitish yo'li bilan olinadi. Chirituvchi va achituvchi bakteriyalardan tashqari tuproq yoki o'simliklar ildizida yashab, havodagi erkin azotni o'z-lashtiradigan bakteriyalar ham bor. Ularga burchoqdoshlar ildizida yashaydigan tugunak bakteriyalarni misol qilib keltirish mumkin. Tugunak bakteriyalarning faoliyati natijasida tuproq azot birikmalari bilan boyiydi. Ayrim bakteriyalar tirik o'simlik, hayvon va odam orga-nizmida, ular hujayrasida yashab, oziqlanadi. Bunday bakteriyalar parazit bakteriyalar deb ataladi. Ularning faoliyati natijasida o'simlik, hayvon va odam organizmida turli kasalliklar paydo bo'ladi, shu bois parazit bakteriyalar kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar deb ham yuritiladi. Parazit yoki kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar (yoki ularning sporalari) o'simlik, hayvon va odam organizmiga havo, ovqat, suv, teridagi jarohatlar orqali kirib, tirik hujayralar hisobiga yashaydi, tez ko'payadi va uning faoliyati natijasida hosil bo'lgan zaharli moddalar qonga o'tadi. Natijada organizm zaharlanadi va kasal bo'ladi. Parazit bakteriyalar orasida odamlarda sil, terlama, bo'g'ma, vabo, o'lat va boshqa ko'pgina yuqumli kasalliklarni paydo qiladiganlari bor. Yuqumli kasallikni paydo qiluvchi bakteriya kasalligi bemordan sog'lom kishiga o'tsa, unga kasallikning yuqishi deyiladi. Yuqumli kasallik bilan og'rigan bemor bilan sog' odam bir idishdan ovqat yesa, bitta o'rin-ko'rpada yotib, bitta sochiqdan va kiyim-kechakdan foydalansa, kasallik bemordan sog' kishiga yuqishi mumkin.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish