Bakteriologik razvedka va bakterial vositalarni indikatsiya qilish Bu tadbirning mohiyati yuqori bakterial qurol ta’sirini yo‘qotish, qurol qo‘Ilanganini tasdiqlash, qo‘llash usullarini, masshtabini, bakterial agent turi va tibbiyot holatini yaqin orada taxminlash, bilish. Bakterial qidiruv uchun SENM, oMatga qarshi stansiya qoshida epidemik qidiruv guruhi tashkil etiladi. Guruh tarkibida o'simliklarni va hayvonlarni o‘rganuvchi xizmat vakillari ham qatnashadi. Asosiy vazifasi indikatsiya uchun o‘simlik, oiganlar, kasallar- dan namunalar (sinama) olib, 1-1,5 soatdan kechiktirmasdan maxsus transportda laboratoriyaga jo'natish. Bu yuqori malakali mutaxassislari bor toifali viloyat SENMlarida tekshiriladi. Xos indikatsiya uchun namuna (sinama) olish, qachonki xos bo'lmagan indikatsiya musbatnatija berganda, birdaniga aholi orasida ommaviy kasallik paydo bo‘lganda, hududda ma’lum bir xil belgilar paydo boiganda olib boriiadi. Sinamalar shunday hisob-kitob bilan olinishi kerakki, unda dushman tomonidan b iologik hujum uchun ishlatilgan mikroorganizmlar miqdori maksimal darajada bo‘lishi lozim. Ovqat mahsulotlari bevosita ifloslangan bo‘lsa, undan sinama Ovqat mahsulotlari bevosita ifloslangan bo‘lsa, undan sinama olinadi. Qolgan hollarda ularga nisbatan sanitar ekspertiza o‘tkaziladi va foydalanish to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Indikatsiya - ekspress va tezlashtirish usulida olib boriladi va ular xos indikatsiyaning asosini tashkil etadi. Ekspertizaga moyil sinama olish indikatsiya bo‘yicha qoilanmada ko‘rsatilgan usul bo‘yicha o‘ta xavfli infeksiya bilan ishlash rejimi va qoidasi bilan tanish. maxsus tayyorlangan mutaxassis tomonidan olib boriladi, u himoya kiyimida va gazniqobda ishlaydi. Sinama olishda, maxsus to‘plam qoilaniladi (ular sinama olish qoidalari yoki instruksiya bilan ta’minlangan bo‘ladi). Ekspertiza uchun olingan sinama FMTXning mos keladigan laboratoriyasiga maxsus transportda yo‘na!tiriladi. Bu laboratoriyalarda sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus Bu laboratoriyalarda sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus instruksiyasiga asoslanib odamlarning, hayvonlaming va atrof- muhitning zararlanmasligi uchun mos ish rejimiga rioya etiladi. Ovqat mahsulotlarining va suvning bakteriologik vositalar bilan zararlanishini sanitariya ekspertiza qilishning asosiy maqsadi quyidagilar: 1. Bakteriologik vositalarni o‘z vaqtida ovqat va suvda topish. 2. Ovqat va suvning bakteriologik vositalar bilan zararlanishini o‘z vaqtida aniqlash. 3. Bakteriologik vosita turini va zararlanish o‘chog‘i chegarasini topish. 4. Ovqatni, suvni zararsizlantirish va to‘liq dezinfeksiya samarasmi aniqlash. Faqat ekspertiza natijasiga asoslanib ovqat mahsulotlari, suvdan foydalanish, yo‘qotish (ikkilamchi qayta ishiab boshqa maqsadlarda foydalanish) bo‘yichato‘g‘ri qaror chiqarilishi mumkin. Biologik qurol qoMlanilganligi to‘g‘risida ma’lumot olinishi bilan darrov FM organlari farmoyishiga asosan zararlanish o‘chog‘ida karantin o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |