Faglarning tabiati. Ko‘pgina tadqiqotchilar faglar organizmlar bo‘lib, barcha tirik organizm singari ko‘payish, o‘z nasi belgilarini, xossalarini nasldan naslga uzatish xossasiga ega va turli xil omillar ta’sirida o‘zgarishi mumkin, deb hisoblaydilar. Ular faqat rivojlana- yotgan yosh hujayralargagina ta’sir ko‘rsatishi va parchalashi mumkin.
Faglarning morfologiyasi. Ko‘pgina faglar itbaliq yoki spermato- zoid shakliga ega bo‘lib, bosh va dum qismidan iborat. Ichak tayoq- chasining Tfagi to‘liq 0‘rganilgan. Bosh qismi dum qismiga yoqacha yordamida birikadi. Dum qismi 22 buramadan iborat oqsiljild bilan qoplangan. Dum qismining pastidabazal plastinkasijoylashgan, undan fibrillalar tarqaladi. Bazal plastinkasidan lizotsim moddasi ajraladi. Ularning kattaligi, shakli, boshining kattaligi, dumining uzunligi, tuzilishi turli faglarda turlichadir. Masalan, dumi uzun, g‘ilofi qisqaradigan, dumi uzun, dumi qisqarmaydigan, dumi kalta, dumsiz va ipsimon faglar mavjud.
Faglarning kimyoviy tarkibi. Barcha viruslar singari faglar ham bitta kislota (ko‘pgina DNK fagi uchraydi) va oqsildan tashkil topgan. Nuklein kislotasining molekulasi spiralsimon buramadan iborat va bosh qismidajoylashgan. Fagningjildi kapsid oqsil tabiatli.
Faglarning spetsifikligi (mosligi). Faglar mutlaq spetsifik xossaga ega. Ma’lum turga spetsifik bo‘lgan faglar tafovut etiladi, ya’ni turdagi mikroorganizmlarga parazitlik qilish xossasiga ega bu faglar mikrob- xo‘jayini nomi bilan ataladi (stafilokokk, streptokokk, dizenteriya va b.), polivalent faglar ham bo‘lib, ular bir avlodga kiruvchi bir qancha turlami lizisga uchratishi mumkin.
Faglarning sezgir hujayrasi bilan o‘zaro ta’siri. Bujarayon ketma- ket boradigan bir qancha bosqichlardan iborat. Jarayon bir necha daqiqadan 1—2 soatgacha davom etishi mumkin. Bujarayonni ichak tayoqchasi T fagida ko‘rib chiqamiz.
bosqich adsorbsiya bosqichi. Faglar dumlari bilan o‘zlariga mos hujayra devoriga yopishadilar. Bitta hujayraga yuzlab faglar yopishishi mumkin (hujayrani lizisga uchratish uchun bitta fag ham yetarlidir).
bosqich kirish bosqichi (inyeksiya). Fag tarkibidagi nuklein kislotasi hujayra ichiga ko‘chishi, turlicha faglarda turlicha o‘tadi. Ichak tayoqchasining Tfagida bazal plastinkadagi fibrillalar yordamida hujayra devoriga yopishadi va asosi bilan hujayra devorini teshadi. Bazal plastinkadagi lizotsim moddasi sitoplazmatik membranani buzadi. Bunda jild qisqarib, fag tarkibidagi nuklein kislota hujayraga kiradi. Fagning oqsiljildi tashqarida qoladi.
bosqich reproduksiya bosqichi. Hujayra ichida oqsil va yosh faglar hosil bo‘ladi.
bosqich yetilish bosqichi. Bu bosqichda yosh faglar yetilgan faglarga aylanib to‘planadi.
bosqich lizis bosqichi. Yetilgan faglar hujayrani lizisga uchratib tashqariga chiqadi. Hujayra devori bo‘linib ketadi va yuzlab faglar tashqi muhitga, tashqariga chiqadi. Bujarayon hujayra ichidagi lizis deb nomlanadi.
Bundan tashqari, hujayradan tashqaridagi lizis ham uchraydi, bunda hujayra devoriga ko‘p miqdordagi spetsifik faglar adsorbsiyala- nadi. Ular hujayra devorida ko‘plab teshiklar hosil qiladi va hujayra ichidagi mahsulotlar shu teshiklar orqali oqib ketadi. Shunday qilib, hujayradan tashqaridagi lizisda faglar miqdori ortmaydi, chunki ular bo‘linib ko‘paymaydi.
Mikroorganizmlarga ta’sir qilish xarakteriga ko‘ra, virulent va mo‘tadil faglar farqlanadi. Virulent faglar o‘ziga mos hujayrani za- rarlab, lizisga uchratadi va yangi hujayralarni lizisga uchratuvchi ko‘p miqdorda yetilgan faglar yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi. Bunda suyuq muhit tiniqlashib, ko‘p miqdorda faglami saqlaydi va fagolizat lizis muhit hosil bo‘ladi. Zich oziqa muhitida esa qo‘shilib ketgan tiniq lizis qismlari yoki alohida steril lizis zonasi hosil bo‘ladi. Ularni negativ koloniyalar (pilakchalar) deyiladi. Bu negativ koloniyalar kattaligi va tuzilishiga ko‘ra farqlanadi.
Mo‘tadil faglar hujayralarning hammasini lizisga uchratmaydi. Ularning ayrimlari hujayraning genetik apparatiga bog‘lanib yashaydi va profaglar deb nomlanadi. Bunda birlashgan xromosomalar hosil bo‘ladi, bakteriya hujayrasi nobud bo‘lmaydi. Hujayralar bo‘linib ko‘payganda, profaglar kam bo‘linib, yangi hujayralarga bir xilda taq- simlanadi. Mikrob hujayrasining mo‘tadil (profag) fag bilan simbiozda yashashi lizogeniya, profag saqlovchi kulturani lizogen deyiladi. Bu nom profaglar hujayra xromosomasini tashlab sitoplazmaga o‘tib, virulent fagga aylanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Virulent faglar hosil bo‘lgan hujayralar nobud bo‘ladi.
Mo‘tadil faglar mikrobiologik ishlab chiqarishga zarar yetkazishi mumkin. Masalan, agar vaksina, antibiotik va boshqa biologik moddalaming shtammlari lizogen bo‘lib qolsa, mo‘tadil faglaming virulent faglarga aylanishi xavfi tug‘iladi, ishlab chiqarish shtamm- larining lizisga uchrashiga sababchi bo‘ladi. Mo‘tadil faglar mikroorganizmlar o‘zgaruvchanligiga ta’sir qiluvchi kuchli omil bo‘lib hisoblanadi. Profaglar mikrob kulturasining xossasini o‘zgartirishi mumkin, ya’ni toksin hosil qiluvchi qilib qo‘yishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |