Zich oziqa muhitida seriyalab suyultirish usuli. Suyuq oziqa muhitidagidek antibiotikning ikki marta suyultirilgan eritmasi tayyorlanadi. So‘ng 1 qism har bir antibiotik aralashmasidan, 9 qism eritilgan va 45°C ga sovitilgan GPA (1 ml antibiotik + 9 ml GPA) solib yaxshilab aralashtirilgach, Petri kosachasiga quyiladi.
Suyultirilgan kulturaning loyqaligini 10-loyqalanish standartiga solishtiriladi va fiziologik eritmada 107darajagacha suyultirib chiqiladi. Bakteriologik qovuzloq yordamida antibiotikli oziq muhit yuzasiga tekshirilayotgan kulturadan tomiziladi. Bitta kosachaga 20—25 shtamm tomizish mumkin. Petri kosachasini termostatda 37°C da 18—20 soatga qoldiriladi. Antibiotik aralashtirilmagan GPA solingan Petri kosachasiga tekshirilayotgan mikrob kulturasidan (kontrol) ekiladi.
Nazorat kosachalarida mikrob kulturasi o‘sganbo‘lsa, natija o‘qiladi. Bakteriyalar to‘liq o‘smagan eng oxirgi Petri kosachasidagi antibiotik mikroblami o‘ldiruvchi minimal konsentratsiya deyiladi.
Fleming bo‘yicha yo‘lakcha usuli.Bu usul antibiotikning ta’sir qilish spektrini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Petri kosachasidagi GPAda steril skalpel bilan kengligi 1 sm keladigan qilib yo‘lakcha ochiladi va qirqilgan agar olib tashlanadi. So‘ng probirkadagi erigan va 45°C ga sovitilgan GPAga ma’lum konsentratsiyadagi antibiotik eritma solinadi. Probirkadagilar yaxshilab aralashtiriladi va tayyorlangan yo‘lakchaga quyiladi, suyuqlik yo‘lakchadan toshib ketmasligi lozim. Agar qotgandan keyin qovuzloq yordamida yo‘lakchaga perpendikular holda bir qancha tekshirilayotgan mikrob kulturalari ekiladi. Ekmani termostatda 37°C da 18—24 soatga qoldiriladi.
Natijani o‘qish.Preparatga sezgir kulturalar yo‘lakchadan uzoqroqda o‘sadi, preparatga sezuvchan bo‘lmagan kulturalar esa yo‘lakcha chetigacha o‘sadi.
Optik loyqalanish standartlari bilan
ishlash usuli 1 ml oziqa muhitidagi mikrob miqdorini aniqlash uchun optik loyqalanish standarti qo‘llaniladi. Ular davlat ilmiy tekshirish institutlarida tayyorlanadi. Quyidagi loyqalanish standartlari mavjud.
1 ml.da 0,5 mlrd mikrob saqlaydi — (5-loyqalanish birligi), 1 ml.da mikrob tanachasi sonini aniqlashdan oldin mikrob aralashmasi olinadi. Buning uchun probirkadagi qiyshiq agarda o‘stirilgan mikrob kulturasiga 5—6 ml fiziologik eritma solinib, kaft orasida chayqatilib, muhit yuzasidagi mikrob kulturasi yuviladi. Hosil bo‘lgan aralashmadan steril pipetka yordamida qalinligi va diametri standart steril probirkaga solinadi. Mikrob yuvindisi optik loyqalanish standartiga solishtiriladi. Kerak bo‘lgan hollarda mikrob aralashmasini fiziologik eritma bilan kerakli loyqalanish standartiga tenglashtiriladi. Agar tayyorlangan mikrob yuvindisi miqdori standart probirkadagi ko‘rsatilgan songa to‘g‘ri keladi.