MAVZU:
BAKTERIAL KASALLIKLARNING ASOSIY
BELGILARI. GULLI PARAZITLARNING ASOSIY
GURUHLARI
Topshiriq va mashg‘ulot o‘tish tartibi:
Bakteriyalar qo‘zg‘atadigan
kasalliklarni tashqi belgilari bilan tanishish. Talabalar bakteriyalarni sof
kulturasi va gerbariylarni mikroskopda ko‘rib, rasmlarni daftarlariga
chizadilar.
Bakteriyalarning umumiy tavsifi
.
Bakteriyalar bir xujayrali
xlorofilsiz organizmlardir. Bakteriyalar juda yupka qobiq bilan o‘ralgan
protoplazmadan iboratdir. Ularning o‘lchami 0.06-0.3 dan 3.5
mikrongacha bo‘lishi mumkin. Bakteriyalar ko‘pincha sharsimon,
tayoqchasimon shaklga ega bo‘ladi. Deyarli xamma bakteriyalar
xivchinga ega bo‘lib, bu xivchinlar xujayraning
bir yoki ikki uchiga,
ayrim xollarda esa butun xujayra bo‘ylab joylashgandir. Xivchinlar
yordamida bakteriyalar xarakatlanadi. Xivchinga ega bo‘lmagan
bakteriyalar xarakatlanmaydi. Fitopatogen bakteriyalarda bir qator
fermentlar: proteaza, amilaza, protopektinaza va boshqalar bor. Mavjud
fermentlarning yuqori darajali faolligi tufayli bakteriyalar o‘simlik
ichiga kirib, xujayra devorlarini emiradi, xujayrani nobud bo‘lishi tufayli
patologik
jarayon kuzatiladi, bu esa kasallikni turli xil ko‘rinishlarda
namoyon bo‘ladi.
Bakteriyalar o‘simlik ichiga turli yoriqlar, qirilgan joy va boshka
mexanik shikastlangan qismidan
hamda tabiiy tirqishlar ustida,
chechevichka orqali kiradi.
O‘simlarda bakteriyalar qo‘zg‘atadigan kasalliklarni parenximali
va parenximali-o‘tkazuvchi to‘qima kasalliklarga bo‘lish mumkin.
Parenximali kasalliklar
tufayli parenxima to‘qimalari zararlanadi.
Bunda kasallik dog‘lanish, chirish va shishlarni hosil bo‘lishi bilan
namoyon bo‘ladi.
Dog‘lanish.
Kasallikni bu turi zararlangan o‘simlik a’zolarida
noaniq shaklli yoki burchakli dog‘larni hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi.
Bakteriyalar uchun xos bo‘lgan dog‘lar zamburug‘larnikidan
farq qilib,
ularning sirtida g‘ubor yoki qora nuqtalar kuzatilmaydi. Bundan tashqari
dog‘larni hosil bo‘lish davrida ular yog‘simon ko‘rinishda bo‘ladi. Misol
qilib, 1) g‘o‘zani gommozini; 2) bodring bakteriozini; 3)
tamakini
bakteriya keltiradigan kasalligini olishimiz mumkin.
Chirish.
O‘simlikning ozuqa moddasiga boy bo‘lgan a’zolari -
piyozboshi, tuganak, ildizmeva va boshqa qismlarida bakteriyalar
chirishni yuzaga keltiradi. Bunda avval xujayra oralig‘idagi modda
keyinchalik xujayra po‘sti emiriladi. Zararlangan o‘simlik a’zosi
oldin
yumshaydi, so‘ngra yoqimsiz hid chiqarib xo‘l chirish yuzaga keladi.
Bunga misol qilib kartoshkaning xo‘l chirish kasalligini olish mumkin.
1
2
1-g‘o‘za gommozi;2-kartoshkaning xo‘l chirishi