Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/111
Sana23.01.2023
Hajmi2,11 Mb.
#901640
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   111
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

 
4.6. Ariza va uni yozish tartibi 
Ariza – bu muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, 
taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy xayotda 
eng ko’p qo’llaniladigan va keng tarqalgan ish hujjatdir. Maktab o’quvchisi va 
talaba, ishchi va yuqori mansabdor shaxs - jamiyatning barcha ongli a’zosi ariza 
yozishdan holi emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha 
ekan, ariza yo’llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma-xildir. Arizalar 
bog’cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o’quv yurti rektoriga, savdo 
shaxobchasi mudiriga, rayon rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, 
iltimos yoki shikoyatini ko’rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har 
qanday rahbar nomiga yozilishi mumkin. 
Xajmi uslubi va turidan kat’iy nazar ariza o’zining umumiy zaruriy qismlarga 
ega va ushbu qismlarning izchilligi asosida tuziladi.


67 
Arizaning asosiy qismlari: 
-Ariza yo’llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi 
-Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi 
-Hujjatning nomi (Ariza); 
-Asosiy matn (Taklif, iltimos, shikoyat); 
-Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa); 
-Ariza yozuvchining imzosi, Ismi va Ota ismining bosh harfi, familiyasi; 
-Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy).
Shuni eslatib o’tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham 
birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o’zi ishlayotgan korxona yoki idora 
rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur bo’lmaydi. 
Bunday hollarda xodim o’zi ishlaydigan bo’lim (qism, brigada va xokazo) va 
lavozimini ko’rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko’pchilik arizalar uchun ilovalarning 
ham xojati bo’lmaydi. 
Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalar bilan 
tushunarli qilib yozilishi kerak. Hujjat tilining aniqligi, tushunarliligi uni tezroq 
amalga oshishiga xizmat qiladi. Mehnatkashlarning ariza va shikoyatlarini o’z 
vaqtida va diqqat e’tibor bilan ko’rib chiqish esa boshqaruv idoralarining muhim 
vazifalaridan biri, qonunchilikning mustahkam garovidir. 
Ariza asosan qo’lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. 
Mazmuni va uslubiga ko’ra arizalar bir xil emas, ya’ni bir necha so’zdan iborat 
bo’lishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikning o’ylantirayotgan ijtimoiy 
masalalar yuzasidan fikr mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo’lishi ham mumkin. 
Shu nuqtai nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza 
matni katta bo’lish bilan birga unga ilovalar qilinishi mumkin. 
Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat 
arizalari ham bo’ladi. Xizmat arizalari – fuqarolar yoki tashkilotlarning o’z 
huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma 
axborotlaridir. Davo arizalari ana shunday arizalardandir. Iltimos va shikoyat 


68 
mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks ettirgan arizalarga hamda davo 
arizalarga nisbatan ko’p qo’llaniladi. 
Ishga qabul qilishda ariza yozish va uni rasmiylashtirish tartibi. Yuqorida 
sanab o’tilgan zaruriy qismlardan kelib chiqqan holda tashkilot xodimlari 
tomonidan yoziladigan arizalarni odatdagi joylashuvi quyidagicha ko’rinishga ega. 
 
Tashkilot yoki mansabdor shaxs nomiga yozilgan hujjat – ariza, unda ishga 
qabul qilish, boshqa lavozimga o’tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, ta’til 
berish kabi va boshqa iltimoslar bayon etilgan bo’ladi. Xodim arizani qoida 
tariqasida, qo’lda erkin shaklda yoki mazkur tashkilotda ishlab chiqilgan muayyan 
namunadagi blankda yozadi.
Ta’kidlab o’tish kerakki, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida ko’zda 
tutilgan bir qator hollarda (ishga qabul qilish jarayonidan tashqari) xodimning 
arizasi majburiy hisoblanadi. 
Ariza aksariyat hollarda tanlov asosida xodimni ishga qabul qilishda yoki 
ishga olinayotgan nomzod bir qator lavozim egalari (bo’lim boshlig’i, bosh 
buxgalter, 
yurist-konsultant 
va 
h.) 
bilan 
kelishish 
zaruriyatiga 
ko’ra 
rasmiylashtiriladi. Ishga qabul qilish to’g’risidagi arizaga tarkibiy bo’linma rahbari 
yoki yetakchi mutaxassisning kelishuv to’g’risidagi vizasi qo’yilib, oklad yoki 
mehnatga haq to’lashning boshqa usuli ko’rsatiladi. Xodimlarni ishga qabul qilish 
huquqi berilgan tashkilot rahbari xodimni ishga qabul qilish to’g’risida o’z 
rezolyustiyasini qo’yadi. Shundan keyin ariza ishga qabul qilish bilan bog’liq 
tegishli hujjatlarni tayyorlash uchun kadrlar xizmatiga kelib tushadi. 


69 
a) 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish