Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/111
Sana23.01.2023
Hajmi2,11 Mb.
#901640
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   111
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

 
TASHKILOTNING NOMI 
ShTATLAR JADVALI
 
«----» ------ 2018- yil uchun 
 
TASDIQLANGAN 
Tashkilotning « »_____2018- yildagi
- sonli buyrug’i 
shtat miqdori _____nafar 
Tarkibiy 
bo’lim 
Lavo 
zim 
nomi 
Shtat 
miqdori 
Tarif 
stavka 
Ustama haqi 
so’m 
Jami 
(5,6,7,8 
ustun 
lar) 
Izoh 
nomi 
kodi 









10 
Jami
Kadrlar bo’lim boshlig’i
imzo
I.Sh. Familiyasi 
Bosh buxgalter
imzo 
I.Sh. Familiyasi


58 
4.2. Lavozim yo’riqnomasi 
Lavozim yo’riqnomasi – xodimning tashkiliy-huquqiy qoidasi, uning 
majburiyatlari, 
huquqlari, 
javobgarliklarini 
tartibga 
solish 
maqsadida 
chiqariladigan va uning samarali ishlashi uchun sharoitni ta’minlaydigan normativ-
huquqiy hujjatdir. 
Lavozim yo’riqnomalari ishlar tahlili natijasida yuzaga keladi. Ular quyidagi 
qismlar bo’yicha bajariladigan ish haqidagi asosiy axborotni taqdim qiladi: 
lavozim nomi, bo’ysinuvchi xodimlar, umumiy maqsad yoki hisob berish taomili, 
asosiy vazifa yoki majburiyatlar.
Asosiy ma’lumotlarni yana ishning xarakteri yoki masshtabi haqida to’laroq 
ma’lumot beruvchi boshqa axborotlar va ularning bajarilish darajasini ko’rsatuvchi 
omillar yoki mezonlar bilan to’ldirish mumkin. Bularning barchasi ishlar 
kategoriyasi va razryadi yoki talab qilinadigan kompetenstiyalarni aniqlash uchun 
zarur bo’lib, malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish uchun yordam beradi. 
Ayrim vaqtlarda esa baholash maqsadlarida ham foydalanilishi mumkin. Agar 
lavozim yo’riqnomasi hulq-atvor jihatlarga qaratilgan bo’lsa, bunday holda 
ishlovchining bajaradigan rolining to’liq ta’rifiga aylanishi mumkin
10
.
Lavozim yo’riqnomasi - kadrlarni to’g’ri tanlash va taqsimlash, xodimlar 
mehnatini ajratish yoki birlashtirishga ko’maklashadigan hujjat hisoblanadi. 
Lavozim yo’riqnomalaridan faoliyat natijalarini baholash uchun mutaxassislarni 
attestastiyadan o’tkazish, lavozimlar bo’yicha o’zgartirishlar, rahbar lavozimlarga 
ko’tarish rezervini shakllantirishda foydalaniladi. 
Lavozim yo’riqnomalari shtat jadvalida ko’zda tutilgan barcha lavozimlar 
uchun, faoliyati bo’linma to’g’risidagi nizomni tartibga soladigan bo’linma 
rahbarining lavozimidan tashqari, ishlab chiqiladi. 
Lavozim yo’riqnomalari rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xizmatchilar 
lavozimlarining malaka ma’lumotnomasi asosida ishlab chiqiladi. 
10
Robert L. Mathis. (University of Nebraska at Omaha), John H. Jackson. (University of Wyoming) 
Human resource management. 2010, р. 135 


59 
Lavozim yo’riqnomalarini ishlab chiqishda ularning tuzilishi, bo’limlar 
mazmunini shakllantirish, ularni bayon etish ketma-ketligiga yagona yondashuvini 
ta’minlash zarur. Bunda ular lavozim yo’riqnomasining barcha doirasi, xodim 
vakolati va javobgarligini aks ettirishi, aniq va qisqacha bayoniga ega, 
moslashuvchan va dinamik bo’lishi kerak. 
M.Armstrongning “Inson resruslarini boshqarish” kitobida keltirilishicha, 
kadrlarni yollash yoki mehnat shartnomalarini tuzish maqsadida ishlab 
chiqiladigan lavozim yo’riqnomasining shakli juda sodda bo’lishi va o’ziga 
quyidagilarni olishi kerak: 

lavozim nomi; 

umumiy maqsad yoki ishning vazifalarini aniqlash; 

olinishi kerak bo’lgan eng muhim natijalar, yechiladigan masalalar, 
harakatlar yoki majburiyatlar
11

Lavozim yo’riqnomasini tuzishning umumiy talablari respublikamizda bir 
muncha xorijiy tajribadan farqli bo’lib, 8 ta zaruriy qism hamda matn qismi 5 
bo’limdan iborat. 
Lavozim yo’riqnomalari
 
o’ziga xos zaruriy qismlardan iborat: 
1.
Tashkilotning rasmiy nomi. 
2.
Tasdiqlash 
ustxati 
(hujjatning 
yuqori 
qismini 
o’ng burchagida 
joylashtiriladi). 
3.
Hujjat nomi. 
4.
Tarkibiy bo’lim nomi. 
5.
Matn (o’z ichiga quyidagi qismlarni oladi: a) Umumiy qoidalar; b) Malaka 
tavsiflari; v) Vazifalari; g) Xizmat majburiyatlari; d) Huquq va javobgarligi, e) 
O’zaro aloqalar, huquqiy munosabatlar). 
6.
Bo’lim boshlig’i lavozimi, imzosi, imzo talqini. 
7.
Kelish vizalari. 
8.
Sana. 
11
M. Armstrong. Human resource management. 2010 -p. 309-310


60 
Lavozim yo’riqnomasining matni, qoidaga ko’ra, quyidagi bo’limlardan 
iborat: 
1. Umumiy qoidalar 
2. Lavozim majburiyatlari 
3. Xuquqlar 
4. Javobgarlik 
5. O’zaro munosabatlar 
«Umumiy qoidalar» bo’limi o’z ichiga tarkibiy bo’linma belgilangan holda 
lavozimning nomi; xodim kimga bevosita bo’ysunadi; lavozimga tayinlash va 
lavozimdan ozod etish tartibi; ushbu lavozimda xodim amal qiladigan normativ, 
uslubiy va boshqa hujjatlar ro’yhati; malakaga oid talablar (ma’lumot darajasi, ish 
staji); xodimga maxsus bilimlarga nisbatan quyiladigan talablar kiradi. 
«Lavozim majburiyatlari» bo’limida xodim faoliyatining aniq mazmuni 
belgilanadi, ushbu lavozimda xodim tomonidan bajariladigan ishlarning turi, 
bajariladigan 
harakatlar 
xususiyati 
(«rahbarlik 
qiladi», 
«tayyorlaydi», 
«tasdiqlaydi», «ko’rib chiqadi», «bajaradi», «ta’minlaydi» va boshqalar) 
keltiriladi. 
«Huquqlar» bo’limida xodimga yuklatilgan majburiyatlar bajarilishi 
ta’minlanadigan xodim vakolatlari belgilanadi: ma’lum qarorlarni qabul qilish, 
muayyan masalalar bo’yicha ko’rsatmalar berish, unga berilgan vakolat doirasida 
hujjatlarga mustaqil ravishda imzo qo’yish huquqi, takliflar bilan rahbariyatga 
murojaat qilish, bo’linma yoki muassasa nomidan boshqa tashkilotlarda vakillik 
qilish huquqi va vakillik qilish chegaralari, uning yuritishiga taalluqli bo’lgan 
masalalar ko’rib chiqiladigan yig’ilishlarda ishtirok etish huquqi, ishlash uchun 
zarur bo’lgan axborotni (statistik, iqtisodiy va boshqalar) talab qilish huquqi, 
shuningdek ma’lum xarakatlarni boshqa xodimlardan talab qilish huquqi 
belgilanadi. 
«Javobgarlik» bo’limida ishni baholash mezonlari va xodimning shaxsiy 
javobgarligi o’lchovi belgilanadi. Baholash mezonlari bo’lib, ish sifati va uni o’z 
vaqtida bajarishni tavsiflaydigan ob’ektiv ko’rsatkichlar hisoblanadi. Xodimning 


61 
javobgarligi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi va intizomiy, 
ma’muriy yoki jinoiy bo’lishi mumkin. 
«O’zaro munosabatlar» bo’limida xodim kimdan, qaysi muddatlarda va 
qanday axborotni olishi; kimga, qanday va qaysi muddatlarda taqdim etishi; 
tayyorlangan hujjat loyihalarining kim bilan kelishilishi; xodimning hujjatni va 
boshqa bo’linmalar, shaxslar, tashkilotlar bilan o’zaro aloqalariga oid boshqa 
masalalarni kim bilan birgalikda tayyorlashi ko’rsatiladi. 
Har bir lavozim bo’yicha malaka tavsiflari uch qismdan tarkib topadi. 


Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish