Muhim tushunchalar: Boshqarishning asosiy vazifalari, rejalashtirish va nazorat, muvofiqlashtirish, motivlash va rag’batlantirish, tashkil topish, menejment, ehtiyojlar, moddiy va manaviy, samarali boshqaruv, zamonaviy menejment.
5.1 Boshqarish funksiyasining mohiyati va o‘zaro bog‘liqligi
Boshqarish — boshqalarni o‘zing to‘g‘ri deb hisoblagan narsani bajarishga undash emas, bu aniq maqsad sari boshqalarni harakatga qo‘zg‘ashdir. Bu jarayon imkoniyatlarni topish va maqsad qo‘yishga asoslanadi. Boshqarish tashabbuskorlari oldindan rejalashtirilgan, qanday erishish yo‘llarini bilishni o‘ylamagan holda, kuniga millionlab telefon gaplashuvlarini amalga oshiradilar. Vaqt va pul bekorga sarflanadi. Katta va kichik xatolar qimmatga tushadi. Faqat kim rejalashtirsa, u tashkil qilishi mumkin.
U kim nimaga javob berishini (boshqarish jarayoni tizimi) qanday ketmaketlikda boshlashni (jarayonni bilish), buning uchun qanday vositalar zarurligini (jarayonni ta’minlanishi) aniqlashi zarur.
Bunda boshqarish jarayonini rivojlantirish, muhim bo‘linishga yetib keladi. Bu punktda boshqaruvning “ishlab chiqaruvchidan” ajralishidir. Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish ko‘proq mustaqil ishlashga intilishni taqozo qiladi. Buni ishlab chiqarish masalalarini ilgari surgan mutaxassislik xususiyati talab qiladi. “Kim ishlab chiqarsa u boshqarmaydi, kim boshqarsa, ishlab chiqarmaydi”—degan tamoyil barcha hollarda tasdiqlanadi.
Boshqarishni amerikaliklar oddiy qilib quyidagicha ta’riflaydi: “Biror ishni boshqalar qo‘li bilan bajarish”. Kim boshqarsa aniq maqsadlar qo‘yishi va uni ko‘rishi kerak. Bajaruvchi agar u ish hatto uning sog‘lig‘iga putur yetkazsa ham, to‘la qog‘ozli portfeli bilan uyga ketsa ham, yakshanba kunlari ishga kelsa ham, hamma narsani o‘zi hal qilishga harakat qiladi, chunki hamma narsani hammadan yaxshi biladi va haqiqatga ham to‘g‘ri keladi, boshqaruvchi “ishlab chiqaruvchi” dan farqli ravishda o‘z “vakolatlarini” boshqalarga beradi. “Ishlab chiqaruvchi” o‘zi uchun eng yaxshi xodimdir. Nemis iqtisodiyotining urushdan keyingi katta yutuqlarga ma’lum darajada shunday “ishlab chiqaruvchi”larning bor kuchini sarflab ishlashi orqali erishilgan edi. Ammo ular bir narsani bilmaydi: ular boshqalarning o‘sishi uchun sharoit yaratmaydilar. “Ishlab chiqaruvchi” boshqarishni bilmaydi, chunki u kim nimaga qobiliyatli ekanligini ko‘rsatishga imkoniyat bermaydi, u muvaffaqiyatlarni faqat o‘ziniki qilib, boshqalarni bunday rag‘batdan mahrum qiladi.
Boshqarish jarayoni — doimo ijodiy jarayon, u yangi g‘oyalarni takomillashtirishga tayyorgarlikni talab qiladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda boshqarish bu ilm. Kim uning isbotsiz qoidalariga amal qilsa, u ma’lum talablar qo‘yadi. Bu talablarga u mos kelishi kerak, aks holda har bir xato pul bilan o‘lchanadi, undan ham yomoni u sizga ishongan kishilarni e’tiqodini so‘ndiradi. Xatolar shunga olib keladiki, kishilar o‘z imkoniyatlarini ochmaydilar, ishlashni xohlamaydilar, mojaro vujudga keladi. Har bir kishi o‘z ish joyiga o‘z energiyasini olib keladi. Bu energiyaning potensiali rahbarning o‘z xodimlari imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun to‘la sharoit yaratib berishiga bog‘liqdir. Boshqarishning vazifasi bu energiyani qoniqish hosil qiladigan aniq natijalar olishga yo‘llashdir. Ko‘pchilik o‘z faoliyatini kunlik (oylik, yillik) rejalashtiradi, so‘ng uni amalga oshirish uchun resurslar tashkil qiladi. Bunday kundalik ishlar qator boshqarish funksiyalaridan tashkil topadi.
Boshqarish jarayonida quyidagi asosiy funksiyalar amalga oshiriladi:
Rejalashtirish va nazorat, tashkil qilish hamda motivlashtirish. Ularning har biri o‘ziga xos va bog’liqlikda amalga oshiriladi. (4-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |