Ushbu satrlar M.Shayxzodaning ijodkor sifatidagi mustahkam e‟tiqodini anglatib
turibdi. Bu yo‟ldan shoir umrining oxirgigacha toyilmadi. U she'riyatda
haybarakallachilikdan, "ura- ura" dan, madhiyabozlikdan o`zini tortdi. Xalqning
ruhiga madad berguvchi, uni olg`a mardona qadam tashlashga ruhlantirguvchi
asarlar yaratdi. Shu ma‟noda Shayxzodaning har bir she'ri
davrning siyosiy
hayotidan chetda qolgan emas. Bu haqda shoirning o`zi ham shunday yozgan:
Men dunyoda bo`lmadim ishq shoiri,
Birida "yasha-yasha" birida "go`zal-pari"
Ikki daftar yozayotgan shoir-poir emasman
She'rda ko`z bo’yovchilik o’chirilsin dillardan.
Biz frontda badiiy so`z rotasiga askarmiz,
Yengil batareyadan otash bilan so`zlarmiz!
Shoirning "Kurash nechun?", "Berlinda sud bo`lgusi", "Kapitan Gastello",
"Qasos", "Yo`q, men o‟lgan emasman!" singari o‟nlab she'rlari urush yillarida
yozilgan. Shoir she'riyatiga xos jo‟shqinlik va boy his-tuyg`ularning bevosita
ifodasi bu she'rlarda aniq ko‟zga tashlanadi. Urushdan keyingi yillarda Shayxzoda
asosan, mehnat va tinchlik mavzusida she'rlar yozdi.
M.Shayxzoda o`zbek adabiyotiga o`zining bir necha ballada va dostonlari
bilan ham hissa qo‟shdi. Shoirning "Muhammad to‟pchi"(1943) balladasi urush
yillarida katta jasorat va qahramonlik ko`rsatgan o`zbek
yigiti Muhammadjon
Ibrohimovga bag`ishlanadi. U frontda to‟potar mergan sifatada dushman
tanklarini yanchadi, qanchadan-qancha qishloqlarni ozod qiladi.
Shayxzodadan 14 ta doston qolgan. Shundan 2 tasi zamonasozlik ruhida
yaratilgan.
Ijodkor
birinchilardan
bo`lib
O`zbekiston
jumhurraisi
Y.Oxunboboyev obrazini yaratishga erishgan. 1943-yilda uning "Oqsoqol" deb
atalgan portret-dostoni e‟lon qilindi. Bundan oldinroq yaratilgan "Kulba"
balladasi, ayrim she'rlarida ham shoir ota obrazini yaratishga uringan edi. Keyin
dostonga qo‟l urdi. Doston "xolis, sershafqat, po‟latday mahkam inson" sha‟niga
bitilgan madhiyadir.
M.Shayxzoda nomini mashhur qilgan dostonlaridan biri "Toshkentnoma"dir.
1957-yilda yozilgan bu asar shoirga xos poetik
ijodining eng yaxshi namunasi,
cho‟qqisi bo`lib qoldi. Bu lirik doston bag`ishlovdan tashqari 18 bobdan iborat.
Toshkent misolida o`zbek xalqining baxti,kamoli tarannum etiladi.
Doston yaxlit syujet liniyasiga ega emas, unda lirik qahramon shoirning lirik
chekinishlari ko`proq.
Doston o`zbek she'riyatidagi rang-barang imkoniyatlardan foydalanib,
Toshkent sha‟niga qo‟yilgan muazzam haykal bo`lib qoldi. Bu haykal tobora
bo‟y cho‟zmoqda:
Men o`zbek she'rining to’qqiz vaznida
Sening dostoningni ohangga soldim.
Kuyladim o’n sakkiz bobda – qo’shiqda
Va "Toshkentnoma"ga qo’ydim so’ng nuqta.
Maqsud Shayxzodaning dramaturgiyadagi ilk qadami 20-yillarda
boshlangan. Bu haqda uning o`zi shunday yozadi: "1923-yilda yozgan "28-aprel
inqilobi" pesam sahnaga qo‟yildi". Demak, Shayxzoda 15
yasharligida drama
yaratgan. Shundan keyin oradan 20 yillar o`tib yana bu janrga murojaat qildi va
1944-yilda "Jaloliddin Manguberdi" nomli tarixiy-romantik tragediyasini yaratdi.
Unda O‟rta Osiyo xalqlarining XIII asrda mo‟g‟ul bosqinchilariga qarshi olib
borgan kurashi tasvirlangan. Asarda Jaloliddin Manguberdi xalq qahramoni
sifatida gavdalanadi. Uning vatanparvarligi,
uning kuchli irodasi, mardligi,
jangdagi jasorati va donoligi aks ettirilgan.
Voqealar Xorazm va uning atroflarida bo`lib o`tadi. Dramada Jaloliddindan
tashqari otasi Xorazmshoh, singlisi Sultonbegim, Xo`jand hokimi, xalq
lashkarboshisi
Temur Malik, Samarqand hokimi, Xorazmshohning kuyovi sotqin
Amir Badriddin, tarixchi Muhammad Nasaviy kabilarning xarakteri ham
yaratilgan. Yurtini jon-dilidan sevgan valiahd Jaloliddin mug‟ullar
Xorazmga
hujum qilganlarida otasidan qo‟shinni ixtiyoriga berishni so‟raydi. Ammo sotqin
Amir Badriddinning qutqusiga uchgan qo‟rqoq Xorazmshoh uni shohlikni qo‟lga
olmoqchi deb o‟ylab, o‟g`lini valiahdlikdan mahrum etadi. Jaloliddin uchun esa
tojdan ko‟ra Vatan a‟lodir, u Vatanga sodiq qoldi, Vatan uchun jon fido qildi.
"Mirzo Ulug‟bek” (1960) tragediyasi tarixiy-biografik janrda yaratilgan bo‟lib,
XX asr o‟zbek adabiyoti tarixida alohida o‟rin tutadi.Professor Ozod Sharafiddinov
iborasi bilan aytganda bu asar: “... uch cho‟qqining biri... “Mirzo Ulug‟bek”
tragediyasini hech bir ikkilanmagan holda jahon adabiyotining eng yorqin
namunalari bilan bir qatorga qo‟ysa bo‟ladi...”
6
.
Tragediya o`zbek xalqi tarixining yorug` yulduzi, adolatli podshoh, buyuk
munajjim, ma‟rifaparvar olim Muhammad Tarag`ay ibn Shohruh - Ulug`bekka
bag`ishlangan. Ulug`bek 15 yoshidan boshlab 40
yil saltanatni boshqardi, o`z qo‟l
ostidagi mamlakatda nisbatan osoyishtalik va adolatni barqaror etdi. O`zbek xalqi
tarixida Ulug`bek faqat "xaloyiqning ahvolini" yaxshilashni burchi deb bilgan
fuqaroparvar podshohgina emas, ayni paytda "shohlikni ma‟rifatga dastyor"
qilishni orzu etgan mutafakkir hamdir. Mana shu istagini amalga oshirishda
Ulug`bek o`z zamonasi bilan to‟qnash keldi. U o`z qo‟li bilan rasadxona qurdirdi.
1002 ta yulduzning joylashish o`rnini belgilab chiqdi, zij tuzdi, o‟nlab iqtidorli va
fidoyi shogirdlar tayyorladi. Ma‟lum bo`lishicha, Ulug`bek
tayyorlagan jadval
G.Galileyning jadvalidan sekundlarga farq qilar ekan, xolos. Ulug`bek o`zi olim
bo`lganligidan ilmning qudratiga yuqori baho beradi.
Shayxzoda adabiyotshunos olim hamdir. 1958-yilda “Alisher Navoiyning
lirik qahramoni” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ko‟plab
ilmiy maqola va risolalar yozgan, Alisher Navoiyni “
g’azal mulkining sultoni
” deb
ham Shayxzoda ta‟riflagan. Ijodkor tarjimalari ham talaygina. Mustaqillik yillarida
ijodkorga “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni berildi. 2008-yil Maqsud Shayxzoda
tavalludininh 100 yilligi keng nishonlandi.
NAZORAT SAVOLLARI:
1.
Shayxzodaning tarjimai holi haqida so`zlab bering.
2.
Adib qanday qilib ijod olamiga kirib keldi?
6
Do'stlaringiz bilan baham: