TAYANCH IBORALAR: Oybekning hayot yo‟li. Nasr.
Prozada lirik, lirikada
prozaik. Ilk she'riy to‟plamlari va izlanish natijalari. Oybek lirikasining o`ziga xos
xususiyatlari. Na'matak she'ri tahlili. Akademik yozuvchi. Avtobiografik asar.
Biz Oybek timsolida eng ko`p va samarali ijod qilgan yozuvchini
ko`ramiz. U XX asr o`zbek adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qo`shgan
shoir va adibdir. Musomuhammad Toshmuhammad o`g`li Oybek 1905-yilning 10-
yanvarida Toshkentning Eski shaharida hunarmand to‟quvchi
oilasida dunyoga
keldi. Otasi Toshmuhammad aka dastlab bo‟zchilik, keyin baqqolchilik qilgan.
1911-17-yillarda Oybek Govkush mahallasidagi eskicha maktabda savodini
chiqaradi.
1921-yilda sho`ro maktabini tamomlab, A.Navoiy nomli ta'lim-tarbiya
texnikumiga o`qishga kirdi. Bu yerda uning eskicha va yangi maktablarda olgan
bilimlari
qatoriga Pushkin, Lermontov va Tolstoy singari jahon tan olgan
daholarning sabog`i qo`shildi. 1925-yilda O`rta Osiyo davlat universiteti ijtimoiy
fanlar fakultetining iqtisodiyot bo`limiga o`qishga kirdi. Oradan ikki yil o`tgach,
bilimini chuqurlashtirish, rus tilini puxtaroq o`rganish maqsadida o`qishini
Leningrad (hozirgi Sankt-Peterbburg) shahridagi Plexanov nomli Xalq xo`jaligi
institutiga ko`chiradi. ammo bu shaharning sovuq havosi Oybekning sog`ligiga
yomon ta'sir qildi va o`qishni tugatishiga imkon bermadi. Natijada Oybek oliy
tahsilni yana O`rta Osiyo davlat universitetining iqtisod fakultetiga ko`chirib, uni
1929-32-yillarda tugatdi. Oybek universitetda 1935-yilgacha ishlaydi.
Bu paytda
Oybek bir necha to`plamlar e‟lon qilib, shoir sifatida tanilib qolgan edi. 1935-37-
yillardan Oybek O`zbekiston fanlar komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutiga
ilmiy xodim bo`lib ishga o`tdi.
1942-yilda O`zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilishi munosabati
bilan Oybek akademiklikka saylandi va 1944-yildan 1949-yilgacha O`zbekiston
yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining raisi bo`ldi. Ayni payitda "Sharq yulduzi"
jurnalining bosh muharriri lavozimini ham bajardi. Oybekning bunday o`sib-
unishi, obro`sining oshishi ichi qora "do`stlari" ning g`ashini keltirar edi. Unga
qarshi kurash boshlandi. Dastlab "Navoiy", keyin "Oltin vodiydan shabadalar"
romaniga hujum uyushtirildi va oxiri Oybek xasta bo`lib safdan chiqdi, ammo u
ilmiy va ijodiy faoliyatini bo`shashtirmadi. 1958-yilda O`z.FAning til va adabiyot
instituti organi bo`lgan "O`zbek tili va adabiyoti" jurnalini tashkil qildi. Umrining
oxirigacha shu jurnalda bosh muharrir bo`lib yurdi. Muso Toshmuhammad o`g`li
Oybek 1968-yilning 1-iyulida vafot etdi.
Oybekning birinchi she'riy to`plami "Tuyg`ular" nomi bilan 1926-yilda bosilib
chiqqan. Bu to`plamga kirgan she'rlari o`z paytida shuhrat topa olmadi.
"Na'matak" she'ri shu qadar sehrli,
jozibali, shu qadar tuyg`ularga boy, hisni
shu qadar jo`shtiradiki, nazarimda, na‟matak guli shoir ijodining timsoliga aylanib
ketgandek taassurot qoldiradi. Uning o`z hidi, ko`rinishi, go`zalligi bor.
O`zbekiston xalq shoiri R.Parfi bu she'r haqida "XX asr asr adabiyoti olamida
Oybek deb atalgan muqaddas tog` bor. Uning osmonlariga bo‟y cho‟zgan yuksak
g‟oyalarida quyoshga savat-savat oq gul ko`targan na‟mataklar nafis chayqaladi"
der ekan, Oybek she'riyatining ko`rimliligi, yoqimtoyligiga e‟tiborni tortadi.
Bu she'r ona tabiatning o`zligini
chuqur his qilgan, undan zavqlangan, "viqor-la
o‟shshaygan qoyalar", "vahshiy toshlar"dan ham ajib bir go`zallik topa olgan,
tarovat sezgan shaydoyi
xassos insonning dil rozi, donishmand shoirning so`z
bilan chizgan miniatyur manzarasidir.
"Na‟matak" go‟yo she'r emas, ohangrabo kuy, u go‟yo badiiy asar emas, balki
nafosat, go`zallik ma‟budasi, xushbo‟y gul, shaffof chashma, o`ynoqi anhor,
jozibali suratdir! Bu she'r tabiatni go`zal manzarasigina emas,
ayni paytda shoir
hayotining bir parchasiga aylanib ketganligi bilan ham qadrlidir.
Oybekdan 19 ta doston yetib kelgan. Ular qatoriga “Dilbar-davr qizi”, “O‟ch”,
“Temirchi Jo‟ra”, “Baxtigul va Sog‟indiq”, “Qahramon qiz”, “Qizlar”, “Zafar va
Zahro”, “Navoiy va Guli” kabi dostonlarini kiritish mumkin. Shundan Amir Temur
haqidagi dostoni tugallanmay qolgan, "Mahmud Torobiy" esa dramatik dostondir.
"Davrim jarohati" xalqaro mavzuga bag`shlangan. Bu doston 1965-yilda
Xirosima va Nagasaki halokatining 20 yilligi munosabati bilan yozilgan. Doston
quyidagi gazabnok misralar bilan boshlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: