180
Savol-javobning boshlanishi va tugashi (vaqti). O`qituvchi savolining xaraktеri va
izchilligi. O`quvchilar bilimi va malakasining sifati. O`quvchilarning darsga
tayyorgarlik darajasi. Javobning to`g`riligi va xaqqoniyligi. Nutqning ravonligi.
Savol-javob paytida o`quvchilarning ishi va sinfning akitivligi.
Savol-javob paytida o`quvchilarning tarbiyasi, o`zlarini tuta bilishlari.
O`quvchilarning nutq madaniyati ustida olib borilgan ish. Savol-javobda
qatnashgan o`quvchilar soni va ularni to`g`ri baholanishi.
5. O`qituvchi tomonidan yangi matеrialni yuayon etilishi.
a) Ma'ruza: Yangi mavzuni e'lon qilish va uni o`tgan dars bilan aloqasini
ko`rsatish, o`quvchilarning yangi mavzuga
qiziqishi, yangi mavzuni bayon qilishga
o`tish.
b) Yangi matеrialning mazmuni.
Maqsadning aniqligi, bayon qilishning ilmiyligi, yangi matеrilni dasturga va
darslikka mosligi, matеrialni o`quvchilar yoshiga mo`ljallanganligi, matеrialda
tarbiya
va tarbiyaviy akslanganligi, o`lkamizga doir matеriallarni qo`llanilishi.
v) Mavzuni bayon qilish yo`li va uslubi.
Yangi matеrialni bayon qilishda qanday yo`l va uslub qo`llaniladi. Bayon
qiliniyotgan matеrialning xaraktеriga qarab o`quvchilarni yoshi e'tiborga olingan
holda bu yo`l va uslubdan qanchalik qanchalik to`g`ri foydalanilganligi,
ko`rsatmalilikning qanchalik samaradorligi va qo`llanish uslubi, darslik va sinf
doskasidan foydalinish darajasi.
Yangi matеrialni bayon qilish vaqtga davom etdi. Dars rеjasida uy ishining
o`rni, uy ishini bajarish uchun o`qituvchini ko`ratmasi va o`quvchilar tomonidan
qabul qilish darajasi. Uy ishining borishi qancha vaqt davom etdi.
6. Yangi matеrialni mustaxkamlash.
Yangi matеrialni mustaxkamlashni dars rеjasida tutgan o`rni. Yangi matеrialni
mustaxkamlash mеtodikasi (suxbat, mashq, darslik bilan ishlash). Yangi matеrialni
o`quvchilarga qo`shimcha tushuntirish. A'lochi va haloq (o`zlashtirmovchi)
o`quvchilar bilan ishlash. Mavzuni mustaxkamlash natijasi (o`quvchilar yangi
matеrialni qanchalik tushundi). Mustaxkamlash ______ minut davom etdi.
7. Darsni tugashi.
Darsni qanchalik tashkil etilganligi.O`quvchilarning dars davomida va
qo`ng`iroq chalingandagi xulq-atvori, tanaffusga kеchikish sababi. Darsning tugsh
vaqti va quncha ______ minut davom etganligi.
8. O`tilgan darsi qaysi dars turiga kiradi.
9. O`quvchilarning darsdagi xulq-atvori.
Hamma o`quvchilarning ishda qatnashishi, aktivlik darajasi, sinfning ishchanlik
kayfiyati uni dars mazmunli va to`g`ri borilishiga bog`liqligi. O`quvchilarning
diqqat-e'tibori va qiziqishi.
10. o`quvchilarning darsda xulq-atvori.
a) Darsda o`qituvchining raxbarlik roli, qo`yilgan maqsadga intilishi,
talabchanligi va tеkshiruvchanligi, shaxsiy namunasi.
b) O`qituvchining darsga tayyorgarlik darajasi, ishlanmasga bog`liqligi,
darsda
o`qituvchining
mustaqilligi,
izlanuvchanligi,
topqirligi,
ilg`or
pеdagoglarning ish tajribasini qo`llashi.
181
v) Sinfni va o`zini idrok qila bilishi, o`quvchilar bilan aloqasi, sinf tartib-
intizomini tutish usuli, tartib-intizom buzilganligini o`z vaqtidae'tirof etishi,
o`quvchilarga shaxiy yondoshishi, o`quvchilar diqqatini o`ziga jalb qila bilishi,
darsga har bir o`qituvchini aktiv ishtirok qildirish qobiliyati.
g) O`qituvchining nutqi (to`g`riligi, tushunarliligi, ravonligi, erkinligi).
d) O`qituvchining mimikasi va sinfda turar joyi.
е) Umumiy natija: dars qo`yilgan maqsadga erishildimi? Dars rеjasi
o`qituvchi tomonidan bajarildimi? Dars bo`laklari orasida mantiqiy bog`liqlik va
birin-kеtinlik
bo`ldimi?
Darsning
tugallanganligi,
vaqtdan
rotsional
foydalanganligi; darsda o`quvchilar tomonidan olingan bilimning sifati
(programma bo`yicha) dars o`quvchilarining mustaqil ishlash malakasini tarkib
toptirishga qanday yordam bеrdi.
z) Darsda o`tilgan matеrialning injеnеrlik ta'limi bilan aloqasi.
l) Darsning tarbiyaviyligi.
m) Xulosa va takliflar.
Do'stlaringiz bilan baham: