Bakalavr bosqichi 2


-mavzu Badiiy matnning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 260,89 Kb.
bet67/91
Sana23.08.2021
Hajmi260,89 Kb.
#154562
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91
Bog'liq
Badiiy matnning lingvistik tahlili

12-mavzu

Badiiy matnning o‘ziga xos xususiyatlari

Reja:

  1. Badiiy matn.

  2. Badiiy matn tili tilshunoslikning dolzarb mavzularidan biri ekanligi.

  3. Badiiy matnning estetik xususiyatlari.

Badiiy matn badiiy asar mazmunini ifodalagan, funksional jihatdan tugallangan, tilning tasvir imkoniyatlari asosida shakllangan, o‘zida turli uslub ko‘rinishlarini muallif ixtiyoriga ko‘ra erkin jamlay oladigan, kishilarga estetik zavq berish xususiyatiga ega bo‘lgan g‘oyat murakkab butunlik hisoblanadi. Badiiy matnda boshqa uslub matnlarida bo‘lganidek qat’iy mantiq, soddalik, tushunarlilik, normativlik kabi qonuniyatlarga to‘la-to‘kis amal qilinavermaydi. Unda badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalaniladi. Ta’sirchanlik birinchi planga ko‘tariladi. Ohangdor, jozibador so‘zlar ko‘p qo‘llaniladi. Tasvirlanayotgan voqelikda uyg‘un bir musiqa, ichki bir garmoniya sezilib turadi. Insonni ruhan to‘lqinlantirish, yig‘latish, kuldirish, xayolot olamiga yetaklash, o‘yga cho‘mdirish, estetik tafakkurini shakllantirish, voqea-hodisalarga teran, boshqacha nazar bilan boqishga o‘rgatish kabi ko‘plab imkoniyatlarni o‘zida mujassam qilgan. Badiiy matn, ma’lumki, badiiy uslub talablari, qoliplari asosida shakllantiriladi, shuning uchun unda poetik, romantik, tantanavor ifoda shakllaridan keng foydalaniladi. So‘zlarning tanlanishi, gap tuzilishi, leksik - semantik, ritmik - intonatsion birliklarning qo‘llanishi ham mazkur uslub talablaridan kelib chiqadi. Badiiy matnning lisoniy xususiyatlaridan eng muhimi ham shundaki, unda emotsional bo‘yoqdor so‘zlarga, sheva so‘zlariga, tarixiy va arxaik so‘zlarga, jargon va argolarga, ko‘chma ma’noli so‘zlarga, ma’nodosh, shakldosh, o‘xshash talaffuzli va zid ma’noli so‘zlarga, shuningdek ibora, maqol-matal va aforizm kabi birliklarga keng o‘rin beriladi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, har qanday matn o‘ziga xos sistemadir. Buni o‘zaro bir-birini taqazo qiladigan halqalar majmuiga o‘xshatish mumkin: tovush(harf)lar ^ so‘zlar ^ iboralar ^ gaplar ^ abzats ^ bo‘lim, qism, boblar.

Matn tarkibidagi bu uzvlarning o‘zaro munosabati gapdagi so‘zlarning bir-biri bilan bo‘lgan munosabatiga o‘xshaydi. Lekin matnning tarkiblanishi gapdagi tarkiblanishdan tubdan farq qiladi. Gapning sintaktik qolipi turg‘unlashgan, asrlar davomida shakllangan, hamma uchun qulay foydalaniladigan va deyarli o‘zgarmas bo‘ladi. So‘zlovchi yoki muallif o‘z niyatiga ko‘ra mazkur qoliplardan ixtiyoriy ravishda foydalanaveradi. Matndagi holat bundan boshqacharoq. Matnda so‘zlar orasidagi munosabatdan ko‘ra gaplar o‘rtasidagi aloqadorlik muhim hisoblanadi. Agar gaplararo ham mazmunan ham shaklan aloqadorlik mavjud bo‘lmasa, matn butunligi haqida ham gapirish mumkin emas. Badiiy matndagi kompozitsion butunlik tushunchasi makon va zamon muvofiqligi, ifoda va qolip uyg‘unligi, hamda motivatsion yaxlitlik tushunchalari bilan uzviy bog‘liq.

Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida bunday bog‘liqliklarga alohida e’tibor qaratish lozim.

Badiiy matn tili tilshunoslikning dolzarb mavzularidan biri ekanligi uchun ham, unga bo‘lgan qiziqish kengayib bormoqda. Shu boisdan ham o‘zbek tilshunosligida keyingi yillarda badiiy adabiyot tili masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlar ko‘paymoqda. Ma’lumki, badiiy matn fikriy ifodaning o‘ziga xos shaklidir. Biroq, har qanday badiiy ifoda inson hayotini, dunyoqarashining bir qismi, shuning uchun ham badiiy adabiyot insonning turmush tarzini ifodasidir. Shunday ekan badiiy adabiyot tili inson tilining badiiy shakli bo‘lib obrazlilikka asoslanadi. Shuning uchun ham badiiy adabiyot tilini o‘rganish tilshunoslik fani uchun ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik bo‘lib, doimo dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolaveradi.

Badiiy matn tili vazifasi nuqtai nazaridan tilning boshqa shakllaridan keskin ajralib turadi. Shu boisdan badiiy adabiyot tili umumiy asosiga ko‘ra ham lingvistik, ham estetik jihatdan tahlil qilishni talab qiladi.

Badiiy matn tili masalasi munozarali masalalardan hisoblanib, bu mavzuni adabiyotshunoslar, tilshunoslar, uslubshunoslar o‘rganishi lozim degan qarashlar mavjud. Chunonchi akademik V.V.Vinogradov badiiy adabiyot tili filologiya fanining bir-biridan farqli ravishda tilshunoslik hamda adabiyotshunoslik aspektida o‘rganilishi lozim bo‘lgan obyekti deb hisoblasa.2 V.P.Grigoryev badiiy adabiyot tili lingvopoetik tadqiqotlar uchun asosiy obyekt bo‘lganidek, lingvistik poetika uchun ham obyekt bo‘lib qolishini ta’kidlaydi.3

Badiiy tilning yetuk tadqiqotchilarining bu fikrlari badiiy adabiyot tilining keng ko‘lamdagi tadqiqot obyekti ekanligidan dalolat beradi. Yuqorida qayd etilgan bu fikrlar badiiy adabiyot tilini o‘rganish sohasida hali ko‘plab munozarali masalalar mavjudligini, bu masalalarni to‘g‘ri hal qilish uchun badiiy adabiyot tili tushunchasi har tomonlama o‘rganilishi lozim bo‘lgan muammolardan biri ekanligi ma’lum bo‘ladi.



Badiiy matn tilini o‘rganish va tahlil qilish dolzarb muammolardan biri ekanligi, badiiy adabiyot tilining adabiy til taraqqiyoti yo‘llarini belgilab berishda chuqur ahamiyatga ega ekanligidadir. Chunki, badiiy adabiyot tili adabiy tilning rivojlantiruvchi manbalardan biri, adabiy normani shakllantirib boruvchi, adabiy til uchun yangi normativ vositalarni tavsiya etuvchi tildir. Shu nuqtai nazardan qaraganda badiiy adabiyot tilini o‘rganish umumlingvistik masalalardan biri hisoblanadi va uni ko‘proq lingvistlar o‘rganishi maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, badiiy adabiyot tilining keng o‘rganilayotgan aspektlaridan biri lingvo-stilistik aspektdir. Badiiy matn tilini bu usulda o‘rganish tilshunoslik uchun qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, adabiyotshunoslik uchun ham shu darajada muhimdir. Chunki, til vositalari badiiy asarda fikr, tushuncha ifodalavchi vosita sifatida chegaralanib qolmaydi, balki badiiy asar asosini tashkil qiluvchi obrazlilikka xizmat qiladi. Badiiy matnning mazmuni, g‘oyasi ana shu obrazli til tufayli vujudga kelishi natijasida asarning estetik mohiyati oshadi. Shunga ko‘ra badiiy adabiyot tili obrazli til bo‘lib, ham kommunikativ, ham estetik vazifa bajaradi. Bu badiiy adabiyot tilining funksional doirasi kengligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, badiiy adabiyot tilining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilovchi omillardan biri badiiy asar tilining ta’sirchanligi bilan bog‘liqdir. Badiiy asar tilining ta’sichan bo‘lishida til elementlaridan mahorat bilan foydalanish muhimdir. Shu jihatdan ham yozuvchining til imkoniyatlaridan unumli foydalanishiga alohida e’tibor beriladi. Bu esa har bir asarning badiiy jihatdan pishiq bo‘lishini ta’minlaydi. Bu o‘z-o‘zidan har bir yozuvchining so‘z qo‘llash mahorati, uning har bir so‘zdan unumli foydalanish darajasini belgilaydi. Gap badiiy adabiyot tili va uni o‘rganish haqida borar ekan, unda til elementlarining ishlatilish meyori xususida to‘xtalish lozim. Negaki, badiiy asar tilining ta’sirchan bo‘lishi ijodkor mahorati bilan bog‘liq bo‘lib, mahorat bilan ishlatilgan har bir til elementi voqea-hodisalarni tasvirlashda, xarakterlarni ochishda xizmat qilib, badiiy matnning ta’sirchan, obrazliligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Shu boisdan, ijodkorlar umumxalq tilning imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali o‘z asarlari tilining takrorlanmasligini, turli tashbehlar va obrazlarga boyligini ta’minlashga harakat qiladilar. Bu jarayonda umumxalq tili badiiy matnlar asosida sayqallanib, til vositalarining mavjud imkoniyatlari oydinlashib boradi. Adabiy tilning normativ vositalarining tanlanishi, uning sayqallanishi adabiy tilning boyib borishining asosi shu-tarzda paydo bo‘ladi. Bu holat badiiy adabiyot tilini maxsus o‘rganishni taqazo qiladi.


Download 260,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish