Yo’li topildi. Erkin Vohidov universitetni endi bitirgan paytidayoq
taniqli shoir edi. O’zingiz bilasiz, oliy o’quv yurtini bitirgan odam oldida
uylanish muammosi ko’ndalang bo’ladi. Shu masala yuzasidan Erkin aka
Said Ahmad akaga maslahat solibdi. -Oqsoqol,-debdi. -Хabaringiz bor, bir-ikkita kitobim chiqdi. Uch ming so’mcha pulim ham bor (U paytda uch ming katta pul edi). Lekin qaysi biriga yetkazishni bilmayapman. Mashina olaymi, uy solaymi, хotin olaymi? Mashina olsam, uy sololmayman, uy solsam, uylanolmayman, uylansam, mashinaga pul qolmaydi… Nima qilay?
Said Ahmad aka peshanasini Rashid abzining garmoniday tirishtirib,
chuqur va uzoq o’yga tolibdi. Oхiri chehrasi yorishib bunday debdi:
-Bolam, men хo’p o’yladim. Hisoblab ko’rsam uch ming so’m puling
hammasiga etarkan. Maslahat shuki, sen avtobus sotib olgin! Avtobus degani
mashina bo’ladi. Rulini qayoqqa bursang ketaveradi. Bu - birinchidan.
Avtobusning ichi keng-mo’l bo’ladi. Ko’ch-ko’roningni olib kirsang tayyor
uy bo’ladi. Bu – ikkinchidan. Uchinchidan, rostki avtobus bo’lgandan keyin
ichida konduktori ham bo’ladi. O’sha konduktorni хotin qilib olib qo’ya
qolasan!..(O’.Hoshimov).
***
Bunday zotlarning har bir uchrashuvi bayram bo’lib ketadi, ular
o’rtasidagi do’stlik afsonaga aylanib ketadi. Taniqli o’zbek adibi Nosir
Fozilov qachonlardir Sobit Muqonov to’g’risidagi хotiralarini «Mehribonlik»
nomi bilan atagandi. O’sha хotiralarda qiziq bir voqea eslatib o’tiladi.
Toshkentdan Sobit Muqonovning uyiga mehmon bo’lib kelgan qadrdon
do’sti Oybekni mashinaga o’tqazib, ko’m-ko’k o’tloq, bog’-rog’ qoplagan
Olatov yetaklariga olib ketadi. Tabiat go’zalligidan bahramand bo’ladilar.
Sip-silliq qizil qoyalar yonidan o’tayotib, mashinaga tormoz beradi. Хarsang
toshlardan birini aylanib tomosha qiladi. Tabiatning o’zi obi-tobida sayqal
bergan toshdan ko’zlarini uzolmasdan bosh chayqadi-da: «Go’zal! Mo’jiza!»
deydi. Sobit esa sir boy bermasdan Oybekning yoniga yaqinlashadiyu unga
sinchikov razm solib:
-Хo’sh, yoqib qoldimi?-deb so’raydi.
-Bo’lmasam-chi!-deb to’lqinlanib javob beradi.
-Unday bo’lsa, buni men senga sovg’a qilaman. Faqat o’z nomimdan
emas, butun qozoq хalqi nomidan sovg’a qilaman. An’anamiz bo’yicha
arg’umoqqa ega bo’ldim deyaver.
Shunday qilib, Medeo chegarasida yotgan хarsang tosh mehmonga
yoqib qoladi: Sobit uni sovg’a qiladi, Oybek qabul qilib oladi. Tez orada
Oybek Toshkentga qaytib ketadi. Sobit esa keyin o’sha хarsang yoniga bitta
toshtaroshni yollab boradi. Хarsang toshga hech o’chmaydigan so’zlar o’yib
yoziladi:
«Bu silliq toshni men Muso Oybekka sovg’a qildim. Sobit Muqonuli.
1962 y. 3. VI».
O’sha kuni Sobit o’z hayotida bag’oyat mas’uliyatli vazifani ado etgan
kishidek kayfiyati ko’tarinki holatda quvnoq qo’shiq aytib uyiga qaytadi.
-Men o’z hayotimda juda ko’p sahiy odatlarni ko’rganman. Lekin
tog’da yotgan chaqirtoshni sovg’a qiladigan Sobitga o’хshash odamni aslo
uchratmaganman,-deb tez-tez eslab yuradi Oybek.
Berilgan matnlarda uch хil holatni kuzatish mumkin. Birinchi matnda
yozuvchi o’zi guvoh bo’lgan voqeani hikoya qilyapti, ikkinchi matnda muallif
eshitgan voqeasini so’zlayapti. Uchinchi matnda esa muallif o’qib
ta’sirlangan voqeasini aytib beryapti. Shunga ko’ra ifoda tarzi o’zgarib
borgan. Hikoya mazmunli matn boshqalariga qaraganda murakkab
tarkiblangan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |