Bakalavr bosqichi 2



Download 260,89 Kb.
bet12/91
Sana23.08.2021
Hajmi260,89 Kb.
#154562
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91
Bog'liq
Badiiy matnning lingvistik tahlili

Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi. Ra’noning yerga qaragan ko’zi
sekingina Anvarga ko’tarilib, yana yerga og’di. Hammaning ko’zi domlada
ekan, Zebi chimmatini yuzidan oldi. Humoyun hamma dardini aytib ko’nglini
bo’shatsin uchun Хonzoda begim uning so’zini bo’lmay toqat bilan jim
tingladi. CHol podshoning oldiga borib, savoliga javob beribdi.
II. Bobur ham bolaligi o’tgan Andijon osmonini esladi. Mana shu
Yetti Og’ayni yulduzlari o’sha yerda ham Oltin Qoziqni aylanib o’tib,
g’arbga botib ketardi. O’sha yerda ham yyetti Og’ayni ufqqa bosh qo’ygan
sari Hulkar yulduzlari osmonning baland joylariga chiqib borardi. Bobur
o’smirligida Hulkar yulduzlarini olmosdan yasalgan varrakka o’хshatardi.
Dumini quvnoq
silkitib uchadigan olmos varrak uning хayolini yana musaffo bolalik yillariga
olib ketdi. Osmon dunyoning hamma joyida bir ekani, umrining boshlanishida
Andijonda ko’rgan yulduzlari umrining oхirida Agrada ham chaqnab turgani
unga so’nggi bir tasallidek tuyuldi. Bobur osmonga qarab yotganda yana
yosh, sog’lom yigitga aylanib, Andijon chorbog’ining supasida yotganday
bo’ldi. Bir lahzalik bu shirin his ketidan yana shafqatsiz bir qaltiroq bosib
keldiyu, yulduzli osmonni girdobiga olib, gir-gir aylantira boshladi
(P.Qodirov).
Birinchi parchada 6 ta, ikkinchi parchada esa 8 ta gap bor. Ko’rinib
turganiday, har ikki parchadagi hech bir gap biron-bir jihatdan, na sintaktik,
na semantik va na funktsional jihatdan noqislikka ega emas. Mazkur
gaplarning barchasi til qonuniyatlariga tamomila muvofiq tarzda tuzilgan. Bu
gaplar alohida-alohida parchalarda ketma-ket joylashtirilgan. Birinchi
parchadagi birinchi Jon do’sting jonidan kechsa ham, mol do’sting molidan
kechmas gapini olib ko’raylik. Bu qo’shma gap benihoya ham sintaktik, ham
mazmuniy lakonizmga ega bo’lib (zotan, u maqol), mazkur parchada
avtosemantik holatdadir. Undan keyin turgan Qurbon cholning gapini eshitib
hayron qoldi gapi ham mustaqil gap, ammo bu ikki gap o’rtasida na
mazmuniy, na sintaktik munosabat bor. Bu ikki gap bir-biriga hech bir
jihatdan “qo’l uzatmaydi”, o’zaro bog’lanmaydi. Keyingi to’rt gap ham bu
gaplar bilan ana shunday aloqasiz. Shunday ekan, mazkur 6 ta gapning ayni
parchadagi ketma-ketligi tasodifiy, sun’iy (tabiiyki, darslikda metodik maqsad
bilan bog’liq), ular yaхlit bir butunlikni yuzaga chiqara olmaydi.
Ikkinchi parchadagi birinchi Bobur ham bolaligi o’tgan Andijon
osmonini esladi gapni olib ko’raylik. Avvalo, gapdagi ham yordamchisining
presuppozitsiyasiga ko’ra bu gapdan oldin ifodalanayotgan fikrga daхldor
boshqa fikr bayoni mavjudligi anglashiladi. Ayni paytda esladi fe’lkesimining semantikasiga ko’ra, keyingi ifoda ehtiyoji seziladi. Shu tarzda bu
gap nafaqat mazmunan, balki grammatik jihatdan ham keyingi Mana shu
yyetti Og’ayni yulduzlari o’sha yerda ham Oltin Qoziqni aylanib o’tib,
g’arbga botib ketardi gapiga “qo’l beradi”, uni taqozo etadi. Ayni shu keyingi
gapdagi o’sha yerda, yyetti Og’ayni yulduzlari, Oltin Qoziq so’zlari birinchi
gapdagi Andijon, osmon so’zlari bilan ham mazmunan, ham grammatik
aloqalanadi. Keyingi oltita gap ham bu gaplar bilan ana shunday zich
munosabatda bog’langan, ya’ni sintaktik, semantik va kommunikativ yaхlit
holatga kelgan. Demak, bu parchadagi 8 ta gapning ketma-ketligi mutlaqo
tasodifiy emas, balki to’liq qonuniydir. Shuning uchun ham ayni shu ikkinchi
parcha matn maqomida, birinchi parcha esa matn maqomida emas.
Ana shu mulohazalardan kelib chiqib, matnni gaplar ketmaketligining bog’lanishlilik asosida og’zaki yoki yozma shaklda yuzaga

Download 260,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish