5- Topshiriq. Xizmat ko'rsatuvchi dasturlar bilan ishlash. Xizmat ko'rsatuvchi dasturlar.
Kompyuterda amaliy dasturlar bilan ishlash jarayonida, faqatgina bu dasturlami boshqarishni bilish bilan cheklanib qolmaslik lozim. Kompyuterdagi haqiqiy holat va undagi amaliy ishlar foydalanuvchidan yanada chuqurroq bilim talab etadi, ya’ni axborotlaming bir butunligani saqlay bilish, ulami har xil kutilmagan harakatlardan himoya qilish, kompyuterdagi ruy beradigan buzilishlardan saqlash, virus tarqatuvchi dasturlar ta’siridan va foydalanuvchi o’zining yo’l qo’yadigan xatolaridan saqlay bilishi lozim.
Arxivga olish dasturlari. Eng keng tarqalgan servis dasturlardan biri bu fayllami, fayllar guruhini siqib yozish, qadoqlab yozish yoki arxivga olish uchun mo’ljallangan dasturlardir. Ma’lumotlami siqish- bu faylda saqlanayotgan axborotlaming qayta tartiblanish jarayoni bo’lib, unda axborotning hajmi kichrayib, saqlanishi uchun diskdan kam joy talab etadi. Arxiv fayl sifatida bir yoki bir necha fayllami siqilgan ko’rinishda yozish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |