13-Maktabgacha ta’lim tashkiloti
direktori: N.O.Roziqova
13-MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI
07.10.2021 Buxoro shahri
Qatnashdilar:
MTT direktori N.O.Roziqova , MTT tarbiyachilari Hasanova O.S, Sharipova Sh, Sultonova Sh.Y, Durmatova G.O, Rahmonova Sh.
BuxDU Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti, Maktabgaha ta’lim kafedrasi o’qituvchilari N.N.Hamroyeva.
Kun tartibi:
“MTT o’qituvchilariga o’quv-uslubiy yordam berish, ilg’or usullarni joriy qilish va mashg’ulotlarini olib borish bo’yicha amaliy yordam berish” bo’yicha o’tkazilgan trenning mashg’uloti muhokamasi
Eshitildi:
N.O.Roziqova (yig’ilish raisi) so’zga chiqib, “MTT o’qituvchilariga o’quv-uslubiy yordam berish, ilg’or usullarni joriy qilish va mashg’ulotlarini olib borish bo’yicha amaliy yordam berishda hozirgi bosqichda yuqori malakali, erkin fikrlaydigan, faol ishlaydigan o'qituvchini tarbiyalash muammosining dolzarbligi barchaga ayon. Tarbiyachiga yangi pedagogik fikrlashni, ta'lim tizimidagi murakkab muammolarni hal qilishga tayyorligini va uning pedagogik mahoratini oshirishga yordam beradigan maxsus tashkil etilgan uslubiy ish yordam berishi xususida gapirdi.
O.S.Hasanova (MTT tarbiyachisi) Bolalarning ta'lim tizimini muvaffaqiyatli rivojlantirish uning nazariyasi va metodologiyasini ishlab chiqmasdan turib tasavvur qilib bo'lmasligi, bu jarayonda uslubiy faoliyat muhim rol o'ynashi, har bir tarbiyachining mahoratini oshirish, jamoaning ijodiy salohiyatini umumlashtirish va rivojlantirish, bolalarning ta'lim, tarbiya va rivojlanishining maqbul natijalariga erishishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidan oqilona foydalanish kerakligi xususida gapirdi.
N.N.Hamroyeva (MT kafedrasi o’qituvchisi) so’zga chiqib, uslubiy ishlarning mazmunini tarbiyachilar faoliyati va natijalari bilan doimiy bog'liqligi har bir tarbiyachining kasbiy mahoratini oshirishning uzluksiz jarayonini ta'minlashi, shu bilan birga, uslubiy ishlar tabiatan oldindan sezgir bo'lib, butun o'quv jarayonini fanning yangi yutuqlariga muvofiq ravishda rivojlantirish uchun javobgardir. Biroq, bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasalari o'qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish bo'yicha boshqaruv harakatlarining past samaradorligi muammosi mavjudligi, to’g'ri rejalashtirishning yo'qligi, cheklangan shakllar, otarbiyachining o'ziga xos qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olish yo'qligi bilan izohlanishi xususida gapirdi.
Sh.Y.Sultonova (MTT tarbiyachisi) so’zga chiqib, tarbiyachi pedagogikasi darajasiga muvofiq metodist metodik ishlarning individual variantlarini ishlab chiqishi,past darajadagi tarbiyachilar bilan olib boriladigan uslubiy ishlar pedagogik faoliyatni rag'batlantirishga, nazariy bilimlarni o'zlashtirishga qaratilgani, o'rta darajadagi tarbiyachilar bilan - ijodkorlikni rag'batlantirish va individual pedagogik tizimni yaratishda bunday seminar treninglar ko’proq tashkil etilishi kerakligi xususida gapirdi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib,
Do'stlaringiz bilan baham: |