Genetik axborot - oqsil molekulasining tuzilishi haqidagi axborotning DNK (dezoksiribonuklein kislota)da nukleotidlarning birin-ketin kelish tartibi shaklida kimyoviy tilda yozilishi. G. a.niig realizatsiya qilinishi replikatsiya va transkripsiya holida amalga oshadi. Replikatsiya jarayonida DNK oqsil sintezida bevosita ishtirok etmaydi. Ona hujayra boʻlinayotganida DNK ham ikkiga ajraladi. Har bir zanjir qarshisida komplementarlik asosida ik-kinchi DNK zanjiri hosil boʻladi. DNK replikatsiyasi deb ataladigan bu jarayon irsiy belgilarning nasldannaslga oʻzgarmay oʻtishini taʼminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |