Bajardi: Tursunov Axmadjon Mustaqil ishi


Suniylik va shialik o’rtasidagi farqlar



Download 262,46 Kb.
bet2/2
Sana01.01.2022
Hajmi262,46 Kb.
#305954
1   2
Bog'liq
Islomdagi mashablar va yo'nalishlar

2.Suniylik va shialik o’rtasidagi farqlar.

Shia oqimining mazhablari quyidagilar:

Zaydiya, Isno’ashariya, Ja’fariya, Ismoiliya, Ubaydiya, Karmatiylar va boshqalar.

Abu Abdulloh Halimiy shunday degan:

“Ahli sunnaning asosiy xususiyati uchta:

  • har amirning orqasida namoz o‘qish (ya’ni ularni fosiq va fojirga ajratmaslik);
  • har bir davlat rahbarining rahnamoligida jihod qilish (ya’ni ular bilan birga jang qilish, ularga qarshi jang qilmaslik);
  • ahli qibladan bo‘lgan har bir kishiga janoza namozini o‘qish (ya’ni ularni kofir demaslik)”.

Xorijiylik. Hazrat Alining yon berganidan norozi bo‘lgan uning 12 ming askari bo‘ysunishdan bosh tortib, Harura nomli qishloqqa ketdilar. Bu guruh keyinchalik «Xorijiylar» (yoki al–xavorij, xorijiya) deb ataldi. Ba’zi manbalarda ularning nomi ilk to‘plangan joylariga nisbat berilib, «Haruriya» deb ham ataladi. Xavorijlar o‘zlariga Abdulloh ibn Vahb Rosibiyni amir etib saylab, Ali va Mu’oviyani yo‘q qilish payiga tushdilar. Xalifa Alini 660 yilda xorijiy Abdurrahmon ibn Muljam o‘ldirgach, xavorijlar ikki firqaga bo‘linib, biri Iroqda qoldi, ikkinchisi Arabiston yarim oroliga ketdi. Umaviylar davrida xavorijlarga qarshi keskin kurash olib borildi. CHunki ular Umaviylar davlatiga katta xavf solardilar. Bu davrda xavorijlar kuchayib, Kirmon, Fors, YAmoma, Hadramavt, Toif va YAman kabi shahar va o‘lkalarni egalladilar.

Hokimiyat Umaviylardan Abbosiylar sulolasi (749–1258) qo‘liga o‘tganidan keyin ham bu toifa bir muddat o‘z kuchini yo‘qotmadi. Biroq Abbosiylar uzoq vaqt ularga qarshi uzluksiz olib borgan kurashlaridan so‘nggina xavorijlar inqirozga yuz tutdi.

Shialik. Siffin jangi natijasida haruriylar bilan deyarli bir paytda o‘zini “shiatu Ali” (Alining guruhi) deb atagan aliparast oqim ham yuzaga keldi. VII asr oxirlariga kelib SHialik, Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yo‘nalishga aylangan. SHialik boshda har qanday ixtilof va aqidaviy farqlardan xoli holda, faqat siyosiy harakat sifatida namoyon bo‘lgan edi. Keyinroq diniy ixtiloflar, aqidaviy farqlar vujudga kelgan. Sha so‘zining to‘liq shakli “ash–Shia” (tarafdorlar, guruh, partiya) yoki “Shiatu Ali” (Ali tarafdorlari) bo‘lib, bu nom hazrat Aliga ergashganlar va ularning avlodlariga nisbatan berilgan.

Shialikda imomat asosiy diniy ruknlardan hisoblanib, u jamiyat manfaatlaridan emas, balki din ruknlaridan kelib chiqadi deb e’tiqod qilinadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra, rahbar xalq tomonidan saylanmay, balki rahbarlik meros sifatida o‘tadi. Rasululloh Alini xalifa etib tayinlagan, undan keyin esa xalifalik uning avlodlarida qonuniy meros sifatida vasiyat yo‘li bilan uzatiladi. Ular Alining xalifalikka haqli ekanligini ilohiy deb biladilar, imomlik ularda payg‘ambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanib, Alloh bandalari orasidan payg‘ambarlarini tanlab, ularni gunohlardan saqlagani va ularga “ilmi ladun” (Allohhuzuridan berilgan ilm) bergani kabi, xalifalarni ham shunday tanlaydi deydilar. Abu Bakr, Umar va Usmonlar esa bu huquqni Alidan zo‘rlik bilan tortib olishgan, Ali o‘sha davrda xalifalikni boshqarganmi yoki yo‘qmi bundan qat’i nazar, Alining xalifaligi Rasululloh vafotlarining birinchi kunidan boshlangan, deb da’vo qiladilar.

Zaydiylar. Mazkur firqa asoschisi Zayd ibn Ali Madinada tug‘ilgan (698–740). Zayd ibn Ali ilm yo‘lida Basraga borib mo‘‘tazila, qadariya, jahmiya va boshqa turli firqalar aqidalari asoslarini o‘rgandi.

Zaydiylar e’tiqodiga ko‘ra:

– bir vaqtning o‘zida ikki o‘lkada ikki imomga bay’at qilish joiz

– imomlar begunoh emas;

– taqiya (sharoit og‘irlashgan paytda e’tiqodni sir tutish) nojoiz;

– sahobalar haqida noloyiq so‘zlarni aytish mumkin emas;

– Abu Bakr, Umar va Usmon (r.a.)lar ham xalifalikka loyiq bo‘lganlar.

Imom Zayd ibn Alining “Majmu’” nomli kitobidagi qarashlari zaydiya fiqhining asosini tashkil qiladi. U ham boshqa faqihlar kabi birinchi o‘rinda Qur’onni, keyin esa sunna, ijmo, qiyos, istihson, so‘ngra aqlni shariat asoslaridan deb hisoblaydi.

Ja’fariya. Shialikning imomiya firqasidagi imomlardan biri Abu Abdulloh Ja’far as–Sodiq 699 yil Madinada tug‘ilgan. U Imom Muhammad ibn al–Boqirning o‘g‘li bo‘lib, ota tarafidan nasabi Ali ibn Abi Tolibga, ona tarafidan nasabi Abu Bakr as–Siddiqqa boradi. U Islomda birinchilardan bo‘lib falsafa yo‘nalishiga asos solgan. Bundan tashqari u fiqh, hadis, kalom ilmlarida ham peshqadamlardan bo‘lgan. Ja’fariya mazhabining sunniylik mazhablaridan farqli tomoni shundaki, ularda qiyos bilan fatvo chiqarish usuli tan olinmaydi, hadislardan faqat payg‘ambar xonadonidan bo‘lgan ahli bayt rivoyat qilganlarinigina qabul qiladilar. Bundan tashqari ularda vaqtinchalik nikoh – “mut’a” va taqiya halol deb hisoblanadi.

Ismoiliya. Islomdagi shia oqimining asosiy shahobchalaridan biri bo‘lib, Islom tarixida juda muhim o‘rin tutgan. Ushbu firqa vakillari turli mamlakatlarda “botiniya”, “sab’iya”, “qarmatiya”, “ta’limiya”, “mulhidiya” va hokazo nomlar bilan atalganlar.

Ismoiliyaning paydo bo‘lishi VIII asrda shialar orasidagi bo‘linishdan boshlandi. SHialarning keyinchalik “imomiylar” deb atalgan bir guruhi Ja’far as–Sodiqning kichik o‘g‘li Muso al–Kozimni ettinchi imom deb tan oldilar. Chunki Imom Ja’far ichkilik va maishatga berilgan katta o‘g‘li Ismoilni vorislikdan mahrum etib, imomlikni kichik o‘g‘liga vasiyat qilgan edi.

3.Mazhablarning paydo bo’lishi va ular orasidagi farqlar.

Mazhab so‘zi arabcha “yo‘l, yo‘nalish” ma’nosini bildirib, istilohda esa “biror diniy masala, muammo bo‘yicha muayyan mujtahid olimning fatvosiga ergashish” ma’nosini bildiradi. Ilk islom davrida mazhablar ko‘p bo‘lgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan ular orasidan 4 yirik mazhab: hanafiylik, molikiylik, shofeiylik, hanbaliylik ajralib chiqqan. Bu to‘rt mazhab ikki aqidaviy ta’limot: moturidiya va ash’ariya bilan birgalikda “Ahli sunna val jamoa” deb ataladigan sunniylik yo‘nalishini tashkil etadi.

Hanafiy mazhabi. Hanafiylik asoschisi Imom A’zam Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobitdir. U hijriy 80-150 milodiy 699- 767 yillarda hayot kechirgan. Ko‘fa shahrida voyaga etgan. Zirikliy “Al–A’lom” kitobida Imom A’zamning otasi Sobit haqida quyidagilarni qayd etgan: “Sobitning otasi Zutiy Ali (r.a.)ning oldiga boradi va unga hadya berib, o‘g‘li Sobitning haqiga duo so‘raydi. Ali ibn Tolib uning va avlodlarining haqiga baraka tilab duo qiladi”. No‘mon ibn Sobit Ko‘fa shahrida ilm ahllari orasida voyaga etdi. Bilimi chuqur inson sifatida tanildi. O‘z kasbi orqasidan kun kechirar edi. Chunki otasidan unga katta boylik meros qolgan edi va uni tijoratga sarf etib, daromadini ilmu ma’rifat yo‘lida sarf etardi.

No‘mon ibn Sobit tarixga ikki sharafli nom bilan kirdi.

Abu Hanifa, ya’ni to‘g‘ri yo‘lda sobit turuvchilar rahnamosi.

Imom A’zam, ya’ni buyuk imom.

Abu Hanifa yoshlik chog‘idayoq Qur’oni karimni yodladi va uning ma’nolarini fahmlashga intildi. Keyinchalik mantiq va kalom ilmi bilan shug‘ullanib, bu borada atrofdagilardan o‘zib ketdi. U Hammod ibn Abu Sulaymon (r.h.) bilan uchrashganidan so‘ng fiqh ilmiga qiziqadi va Hammoddan 18 yil davomida tahsil oladi. Umri davomida 55 marta haj qildi. Har bir hajda ko‘plab ilm ahllari bilan muloqotga kirishdi. Imom A’zam (r.h.) ustozlarining adadi 4000 ga etishi manbalarda qayd etilgan. Ulardan 8 tasi sahoba, 39 tasi tobe’in edi. Hofiz as-Solihiy esa "Uqud al-juman" kitobida: “Imom Abu Hanifa sakkiz sahobiy va bir ayoldan hadis rivoyat qilgan”, deydi va ularning nomlarini keltiradi. Bular:

1.Anas ibn Molik, Amr ibn Horis, Abdulloh ibn Anis, Abdulloh ibn Horis, Ibn Juz’ az-Zubaydiy, Jobir ibn Abdulloh, Abdulloh ibn Abu Avfo, Voila ibn Asqo’, Oysha bint Ajrad (r.a.).

“Bag‘dod tarixi” kitobida keltirilishicha, Abu Hanifa hukmdor Abu Ja’far Mansur huzuriga kirganida uning oldida o‘tirgan Iso ibn Muso hukmdor Mansurga: "Bugungi kunda dunyoning eng etuk olimi ushbu Abu Hanifadir", dedi. SHunda Mansur Abu Hanifaga: "Ey No‘‘mon! Ta’limni kimdan olgansan?”, dedi. U : "Umarning izdoshlari orqali Umardan, Alining izdoshlari orqali Alidan, Abdullohning izdoshlari orqali Abdulloh ibn Mas’uddan oldim. Ibn Abbos davrida er yuzida undan ko‘ra olimroq kishi yo‘q edi (ya’ni, ibn Abbos shogirdlaridan ham ta’lim olganliklarini aytmoqchilar)", dedi. Shunda Abu Ja’far Mansur: "Haqiqatan ham sen o‘zingga kuchli hujjat to‘plagan ekansan", dedi. Imom A’zam (r.h.) o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan faqih va muhaddis olimlaridan ta’lim oldi. Jumladan, mashhur muhaddis Imom A’mashdan hadislarni o‘rganar va yod olar edi. Imom A’mashning oldida Abu Hanifa bir odamning fiqh borasidagi savoliga javob berdi. SHunda A’mash: “Nimaga asoslanib bunday javob berding?”, deya so‘radi. Imom A’zam: “O‘zingiz rivoyat qilgan hadislarga asoslanib” deb, bir nechta hadisni sanab berdi. Imom A’mash shogirdining zakovatiga qoyil qolib: “Ey faqihlar jamoasi, sizlar tabib, biz muhaddislar esa dorishunos ekanmiz”, dedi. Haqiqatan, oyat va hadislardan har kim ham hukm chiqara bilmaydi. Balki, bu mujtahid va faqihlarga xosdir. Afsuski, bugungi kunda islom manbalaridan o‘zicha fatvo olishga intilib, mazhablarga, o‘tgan olimlarning xizmatiga bepisandlik qilayotganlar turli ixtilof va ziddiyatlarga sababchi bo‘lmoqdalar.



Hanbaliy mazhabi. Hanbaliylik asoschisi Imom Ahmad ibn Hanbaldir. U hijriy 164 – 241, milodiy 780- 855 yillarda hayot kechirgan. Ahmad ibn Hanbalning to‘liq ismi - Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal ibn Hilol ibn Asad az-Zuhaliy al-Marvaziy al-Bag‘dodiydir. Kelib chiqishi arablardan bo‘lmish Ahmad ibn Hanbalning naslu nasabi Robia Adnoniya ismli mashhur ayol mansub bo‘lgan SHaybon qabilasiga borib taqaladi. SHaybonning nasabi Nazzor ibn Ma’d ibn Adnonda Muhammad (a.s.)ning nasablari bilan tutashadi. Otasi Ahmadning yoshligida vafot etib ketdi va uning tarbiyasi bilan oilasi shug‘ullandi.
Download 262,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish