Mavzuning dolzarbligi. Hozir davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyo mamlakatlarining moliya-bank tizimiga, real sektor korxonalari faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Ushbu salbiy ta'sirning oqibatlariga barham bеrish byudjеt, fiskal va monеtar siyosatlarning mazmuniga, taktik maqsadlariga sеzilarli darajadagi o`zgarishlar kiritilishiga sabab bo`ldi. Ushbu jarayonda Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan faol pul-krеdit siyosatini shakllantirish muhim o`rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, pul-krеdit siyosati makroiktisodiy o`sish barqarorligiga bеvosita ta’sir ko`rsatadi; ikkinchidan, pul-krеdit siyosati global inqiroz ta’sirida likvidliligini yo`qotib qo`ygan banklarning joriy likvidliligi va to`lovga qobilligini tiklash imkonini bеradi; uchinchidan, Markaziy bank pul-krеdit siyosati orqali inflyatsiya darajasiga bеvosita ta'sir kursatadi. Shu sababli, Markaziy Osiyo mamlakatlarida inqirozga qarshi choratadbirlar dasturini amalga oshirishda pul-kredit siyosatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O`zbekistonda, joriy bozor kon’yukturasi keskin yomonlashib borayotgan sharoitda korxonalarning tashqi bozordagi raqobatdardoshligini ta`minlash maqsadida, maxsulotlarni eksport qilayotgan korxonalarga aylanma mablag`larine to`ldirish uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70 foizidan ortiq bo`lmagan stavkalarda 12 oygacha bo`lgan muddatli imtiyozli kreditlar berish joriy qilindi. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga beriladigan mikrokreditlar yillik foiz stavkasi amaldagi 5 foizdan 3 foizga tushirildi1 . Bu esa, o`z navbatida, pul-kredit siyosatining taktik maqsadlaridan ichki talabni rag`batlantirish maqsadida foydalanish, pul-kredit siyosati instrumentlarining moslashuvchanlik darajasini oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. 1 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4051-sonli «Mikrokreditbank» aktsiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini qo`llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish choratadbirlari to`g’risida»gi Farmoni. O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karomov inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda pul-kredit siyosatining muhim ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlab, eksportyor korxonalar va kichik biznes subyektlariga imtiyozli kreditlar berishni rag`batlantirish, ichki talabni rag`batlantirish orqali investitsion harajatlarni moliyalashtirish hajmini oshirish zarurligini e’tirof etdilar2 . Taxlillarimiz ko`rsatishicha, Markaziy Osiyo davlatlari Markaziy banklarining faol pul-kredit siyosatini shakllantirish borasida yechimini kutayotgan ayrim muammolar mavjud. Ya’ni, pul-kredit siyosati instrumentlarining moslashuvchanlik darajasi pastligicha qolayotganligini qayd etish mumkin.
Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi 2006-yildan 15 foiz darajasidan o`zgarmasdan, 2011 yilning 1-yanvaridan 12 foizga tushirildi. Bundan tashqari, markazlashgan kreditlarning tijorat banklari passivlari hajmida past darajada qolmoqda. 2011-yilning 1-yanvar holatiga, respublikamizning yirik tijorat banklari passivlari hajmida markazlashgan kreditlarning salmog`i atiga 1,4 foizni tashkil qildi3. Shunungdek, mamlakatimizda monetizatsiya koeffitsienti past darajada qolmoqda. Xususan, 2010 yilning yakunida monetizatsiya koeffitsienti 21,0 foizni tashkil qildi. Xolbuki, ushbu koeffitsient XVF ekspertlari tavsiyasiga ko`ra, kamida 30 foiz bo`lishi kerak. Umuman olganda, Markaziy Osiyo mamlakatlari Markaziy banklarining faol pul-kredit siyosati shakllantirilishini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishning zarurligi ushbu dissertatsiya mavzusining dolzarbligini belgilaydi. Muommoning o`rganilganlik darajasi. Pul-kredit siyosatini shakllantirish va amalga oshirish masalalari qator horijlik iqtisodchi olimlar – A.Shvarts, J.Keyns, M.Fridmen, I.Fisher, G.Kassel, J.Mid, J.Matuk, L.Katao, L.Krasavina, M.Terronza, M.Pivovarova, M.Ershov, O.Lavrushin, P.Samuelson, R.Mandell, 2 R.Dornbush, R.Makkinnon, S.Fisher, F.Maxluplar tomonidan tadqiq etilgan va muhim ilmiy-amaliy xulosalar shakllantirilgan. M.Fridman restriktsion pul-kredit siyosatini amalga oshirishni taklif qilgan bo`lsa, J.Keyns to`lovga qobillik talabini rag’batlantirishga qaratilgan ekspansionistik pul-kredit siyosatini qo`llash shart-sharoitlarini asoslab bergan. O`zbekistonlik iqtisodchi olimlardan A.Vahobov, T.Bobakulov, N.Jumayev, O.Namozov, R.Shomurodov, B.Dushayev, Sh.Karaliyev larning ilmiy ishlarida ushbu masalaning ayrim nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. T.Bobakulov o`zining ilmiy izlanishlarida pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqqan. O.Namozov pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishning kontseptual asoslarini tadqiq qilgan. Sh.Karaliyev esa, Markaziy bankning inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish jarayonida faol pul-kredit siyosatini shakllantirish masalasini tadqiq qilib, xulosa va takliflar bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |