maxy P*Y-C(y)
C(y) – umumiy xarajat;
Y – umumiy mahsulot hajmi;
R – narx.
Bu yerda foyda umumiy daromaddan (PY)umumiy xarajatni C(y)ayrilganiga teng. Firma foydani maksimallashtirishda chekli daromad, chekli xarajatga teng bo‘lgan nuqtaga asoslanadi. Bu nuqtada bir birlik qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishdan olinadigan qo‘shimcha daromad shu qo‘shimcha mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketadigan qo‘shimcha xarajatga teng bo‘ladi. Agar shu shart bajarilmasa firma qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarib foydani oshirishi mumkin bo‘lardi.
Raqobatlashuvchi firma bo‘lsa chekli daromad tovar narxiga teng bo‘ladi. Masalan, firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini ∆y ka oshirdi, unda qo‘shimcha daromad ∆R teng:
∆R = P ∆Y
Bundan (p – o‘zganmas bo‘lgani uchun), qo‘shimcha bir birlik mahsulotdan oladigan daromad qo‘ydagicha aniqlanadi:
Demak, chekli daromad tovar narxiga teng. Shunday qilib, raqobatlashuvchi firma ishlab chiqarish hajmini Y ni chekli xarajat tovar narxiga teng bo‘lgan nuqtada tanlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |