Mavzuga doir savollar
1. Trigger qanday xotira elementi hisoblanadi ?
Javob: Trigger - bir razryadli ikkilik axborot (“0”yoki”1”) ni saqlaydigan xotira elementi.
2. Triggerda nechta chiqish msvjud ?
Javob: Triggerda 2 ta chiqish mavjud, : to‘g‘ri Q va inversli Q.
3. Asinxron trigger nima ?
Javob: . Asinxron triggerda kirish signallari, triggerning holatiga ularning bevosita kirishlarga uzatilish momentidan boshlab ta’sir etadi
4. Sinxron triggerlar qanday ishlaydi ?
Javob: Sinxron triggerlarda sinxronlashtiruvchi signalni C boshqaruv kirishiga uzatilgandan so‘ng ta’sir etadi.
5. Funksional imkoniyatlarga ko'ra triggerlar qanday turlarga bo'linadi ?
Javob: Funksional imkoniyatlarga ko'ra triggerlar quyidagi turlarga bo'linadi:
- «0» va «1» xolatlarga aloxida-aloxida o'rnatiladigan triggerlar (RS-trigger);
- kirish bo'yicha informasiyani qabul qiluvchi triggerlar (D-trigger yoki kechiktirish triggeri);
-sanoqli kirishga ega triggerlar (T-trigger);
- J va K informasion kirishli universal triggerlar (JK-trigger).
6. D-triggerlar qanday triggerlar ?
Javob: D-triggerlar Bu tipdagi triggerlarda faqat bitta axborot kirishi mavjud bo‘ladi.
7. Raqamli qurilmalar o‘zining bajaradigan vazifalariga ko‘ra necha turga bo‘linadi ?
Javob: Raqamli qurilmalar o‘zining bajaradigan vazifalariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi; hisoblash, mantiqiy, eslab qolish, moslashtirish, vaqt, raqamli – uzluksiz o‘zgartkich, signallarni kiritish va qabul qilib olish, raqamli o‘lchov o‘zgartgichlari kabi qurilmalarga bo‘linadi.
8. Ketma – ket harakatlanuvchi jamlovchi hisoblagich nimadan iborat ?
Javob: Ketma – ket harakatlanuvchi jamlovchi hisoblagich to‘rtta ikki pog‘onali T – triggerdan iborat bo‘ladi.
9. Reversiv hisoblagichlarda qanday amallar bajariladi ?
Javob: Reversiv hisoblagichlarda sonlarni qo‘shish va ayirish amallari bajariladi .
10. Jamlagichlar nimalardan iborat va qanday amallar bajariladi ?
Javob: Jamlagichlar. Bu raqamli qurilmada ikki sonni qo‘shish amali bajariladi. Odatda jamlagichlar ikkilik sonlari jadvali bo‘yicha ishlaydigan bir razryadli jamlovchi sxemalar yig‘ilmasidan iborat bo‘ladi.
Xulosa
Men ushbu mustaqil ishim davomida Triggerlarga oid barcha juda kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Triggerlar ikkilik ma’lumotlarni saqlovchi xotira qurilmasi. uning vazifasi elektron sxemalarda buyruqlarni saqlaydi. Triggerlar barcha mantiqiy qurilmalarda ishlatiladi. Triggerlar asinxron va sinxron triggerlarga bo‘linadi.
~ ~
Do'stlaringiz bilan baham: |