O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
Qarshi Davlat Universiteti
Pedagogika fakulteti
Fan: Ona tili va bolalar adabiyoti (5111800-Maktabgacha ta’lim: S: 1 kurs, 2 semestr)
Mustaqil ta`lim
Bajardi: Raximova Shoxsanam.
Qarshi 2021
Mustaqil ta’lim mavzulari:
1.Tilshunoslik fani haqida ma’lumot.
2.Til – taraqqiy qilib, o`zgarib boruvchi hodisa.
3.Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot.
4.Orfoepiya haqida umumiy ma’lumot.
5.Orfografiya (imlo).
6. Frazeologiya haqida m a’lumot
7.Leksikologiya haqida umumiy ma’lumot
8.Morfemika va morfema haqida umumiy m a’lumot.
9.Grammatika haqida umumiy ma’lumot.
10. So`z turkumlari.
11. Mustaqil va yordamchi so‘zlar.
12. Alohida olingan so`zlar guruhi.
13. Sintaksis. So`z birikmasi.
14. Gap haqida ma'lumot.
15. Gap bo`laklari . Bosh bo`laklar.
16. Ikkinchi darajali bo`laklar.
17. Uyushiq bo`lakli gaplar .
18. Ajratilgan bo`laklar.
19. Qo`shma gaplar. Bog`langan va bog`lovchisiz qo`shma gaplar
20. Ergash gapli qo`shma gap. Murakkab qo‘shma gaplar.
21. Uslubiyat(Stilistika) .Nutq uslublari.
22. Tinish bеlgilarining ishlatilishi.(Punktuatsiya).
1.Tilshunoslik fani haqida ma’lumot.
Tilshonoslik yoki lingvistika tillarni oʻrganuvchi fandir. Tilshunoslikning amaliy va nazariy turlari mavjud boʻlib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi (grammatikasi) va uning maʼnosi (semantikasini) oʻrganadi. Grammatika — morfologiya (soʻzlarning tuzilishi va oʻzgarishi), sintaksis (soʻzlarning iboralarga va gaplarga biriktrilish qoidalari) va fonologiya (tilni abstrakt tovushlar yordamida oʻrganish) fanlarini qamrab oladi. Amaliy tilshunoslik, asosan, tilshunoslikda oʻrganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash bilan shugʻullanadi. Amaliy tilshunoslik tarkibiga xorijiy tillarni oʻrganish va oʻrgatish, tarjima, nutq terapiyasi va nutq patalogiyasi kabi fanlar kiradi.
Tilshunoslik, lingvistika — til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari, tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan. Maqsadi, vazifasi va shu kabiga koʻra, T.ning bir necha yoʻnalishlari (sohalari) bor: umumiy T. — tilni umuman insonga xos hodisa sifatida oʻrganuvchi, asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgixususiyatlarni aniqlash va yoritish boʻlgan soha, xususiy T. — ayrim bir til belgixususiyatlarini oʻrganuvchi soha; amaliy T. — tildan foydalanish bilan aloqador amaliy masalalarni (eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika, transkripsiya, transliteratsiya va boshqalar) hal qilish metodlarini ishlab chiquvchi yoʻnalish; matematik lingvistika, strukturaviy tilshunoslik, kiyo’siytarixiy tilshunoslik va boshqa Paralingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika kabi sohalar soʻzlovchi (shaxs)ning jamiyatdagi faoliyati bilan aloqador til xususiyatlarini oʻrganadi.
Mazkur yoʻnalishlardan tashqari T.ning har bir tildagi muayyan sathlar va birliklarni oʻrganuvchi koʻplab tarmoq va boʻlimlari bor: semasiologiya til birliklari maʼnolarini oʻrganadi; fonetika va fonologiya tilning tovush qurilishini tekshiradi; leksikologiya va frazeologiya tilning lugʻaviy materialini tadqiq etadi. Soʻz yasalishining tadqiqot obʼyekti soʻzlarning yasalish usullari va ushbu usullarning mahsuldorligi boʻlsa, grammatika (morfologiya va sintaksis) soʻz oʻzgarishlarini va soʻzlarning gaplar va soʻz birikmalari sifatida birikishi qonuniyatlarini oʻrganadi. T. ning har bir boʻlimida yanada kichikroq (maydaroq) maxsus boʻlimchalar boʻlishi mumkin. Mac, leksikologiya doirasida onomastika boʻlimchasi boʻlib, u, oʻz navbatida, antroponimika, toponimika va boshqalarga boʻlinadi. Muayyan tilning hududiy farklanishi (differensiatsiyasi)ni dialektologiya oʻrganadi. Mazkur boʻlimlarning har birida tilning hozirgi ahvoli va uning tarixiy taraqqiyoti tadqiq etiladi (qarang Diaxroniya, Sinxroniya). Jahon tillari, ularning oilalari va guruxlarini oʻrganuvchi T. tarmoklari: arabistika (arabhunoslik), germanshunoslik, turkiyshunoslik, slavyanshunoslik, finugorshunoslik va boshqa Tillarning oʻzaro taʼsirlashuvi, yordamchi xalkaro tillarni yaratish nazariyasi va amaliyoti, shuningdek, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish muammolarini interlingvistika va tarjima nazariyasi oʻrganadi.
T. fan sifatida ona tili va xorijiy tillarni oʻrganishda, terminologiyani ishlab chiqish va takomillashtirishda, lisoniy matnlarni ilmiy sharhlashda, mashina tarjimasida muhim ahamiyatga ega; mavjud va xayoliy narsalar (moddiylik va gʻoyaviylik)ning oʻzaro aloqadorligi muammolarini hal qilish, ijtimoiy ongni va ijtimoiy mavjudot boʻlmish insonning oʻzini toʻgʻri tushunish uchun nazariy xulosalar chiqarishga imkon berdi. Til va tafakkurning , lisoniy va mantiqiy birlik (kattalik)larning oʻzaro aloqasi muammosi T. va falsafa tomonidan baravar, bir vaqtning oʻzida oʻrganiladi. Asosiy lingvistik metodlar sifatida tavsifiy (qiyosiy, konfrontativ, kontrastiv, tipologik), tarixiy (qiyosiytarixiy, komparativ) va normativstilistik (meʼyoriyuslubiy) metodlarni koʻrsatish mumkin. T.da yana maxsus tadqiqot usullari — lisoniy hodisalarni kuzatish, lisoniy eksperiment, lingvistik modellashtirish, lingvistik talqin usullari ham mavjud. T. falsafa va filol. fanlari tutashgan chegarada paydo boʻlgan.
T. muammolarini oʻrganish dastlab qad. Hindistondan boshlangan. Kds. xind T. mil. av. 6-asrdan oldin yaratilgan vedalarni til nuqtai nazaridan sharxlash natijasida vujudga keladi va mil. av. 5 —4-asrlarda yashagan Paninining grammatikasi tufayli yuksaklikka kutarildi. Bu asar nazmda yozilgan 3996 ta qoidadan iborat boʻlib, unda sanskrit fonetikasi va grammatikasi tavsif etilgan. Yunonistonda til mantiqqa bogʻliq holda, shuningdek, uning grammatik qurilishi nuqtai nazaridan oʻrganilgan (Geraklit va Demokritning qarashlari, Platon va Aristotelning asarlari, Frakiyalik Dionisiyning "Grammatika"si va boshqalar). Soʻzlarni turkumlarga ajratish Aristoteldan boshlangan (mil. av. 4-asr). Qad. yunon T.ning kamoloti Iskandariyadagi, qisman Pergan (Kichik Osiyo)dagi yunon tilshunoslarining faoliyati bilan bogʻliq. Iskandariya grammatika maktabi (mil. av. 3—2-asrlar) vakillari tomonidan yunon tili grammatikasi yozildi. Yunon T. asosida lotin T. vujudga keldi (M. T. Varron, E. Donat, Prissian va boshqalarning asarlari).
Keyinchalik arab (Bagʻdod, Kufa. Basradagi grammatika maktablari), kdd. yahudiy, oromiy (Andalusiya filologlarining 9— 12-asrlardagi asarlari) va turkiy (Koshgʻariy va Zamaxshariy asarlari) tillari ilmiy tavsif manbai boʻladi. Oʻrta asrlarda tilshunoslikning rivoji arab, shuningdek, arab tilida ijod etgan arab boʻlmagan filologlar nomi bilan bogʻliq. Arab T.ning rivojlanishida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Koshgʻariy, Zamaxshariy, Javhariy singari oʻrtaosiyolik olimlarning xam hissasi katta boʻlgan. Ibn Sino tovushlarni fonema nuqtai nazaridan tekshirgan boʻlsa, Javhariy, Koshgʻariy va Zamaxshariylar leksikologiya va leksikofafiya sohasida jahon tilshunosligiga katta yangiliklar kiritdilar. Maxmud Koshgʻariy va Zamaxshariy oʻzlarining "Devonu lugʻotitturk", "Muqaddimat uladab" asarlari bilan turkiy lahjalarni hamda boshqaboshqa oilalarga mansub tillarni qiyoslash va chogʻishtirish bilan T.da qiyosiytarixiy metod va tipologiyadan foydalangan dastlabki tilshunoslar sifatida nom qozonganlar. Filologik fanlar Uzoq Sharqda, xususan, Xitoy va Yaponiyada ham rivojlandi. Rossiyada T. 15— 16-asr lardan boshlab taraqqiy qildi.
M. V. Lomonosovning "Rus fammatikasi" asarida rus adabiy tilining fonetik, morfologik, qisman sintaktik xususiyatlari birinchi marta izchil bayon qilindi.
Uygʻonish davrida antik dunyo madaniy merosiga boʻlgan qiziqish klassik filologiyaning rivojlanishiga ham turtki boʻldi. Shu bilan bir katorda, yangi, zamonaviy yevropa tillarini mantiqiy asosda oʻrganish boshlandi. Qiyosiy metodika va tarixiylik tamoyilining qoʻllanishi qiyosiytarixiy T.ka asos soldiki, bu soha tillarning qarindoshligini oʻrganishda, tillarning genealogii: tasnifshsh ishlab chiqishda, qarindosh tillarning , tillar oilalarining , asosan, hindevropa tillari oilasining tarixiy taraqqiyotini oʻrganishda, tillarning qad. holatini qayta tiklashda va boshqalarda muvaffaqiyatlarga erishdi. T.dagi qiyosiytarixiy yoʻnalishning rivojlanishiga nemis olimlari F. Bopp, Ya. Grimm, A. F. Pott, A. Shleyxer, A. Dits, daniyalik R. K. Rask, chexiyalik Y. Dobrovskiy, avstriyalik F. Mikloshich, rus olimi A. X. Vostokov va boshqa katta hissa qoʻshdilar. Umumiy T. asoslari, tilni "faoliyat" va "faoliyat mahsuli" sifatida tushunish, tilning tashqi va ichki shakli haqidagi taʼlimot, tillarning tipologii tasnifi va boshqa muammolar nemis olimi V. Gumboldt tomonidan ishlab chiqildi. Uning fikrlari 19—20-asrlar gʻarb T.ning bir qancha yoʻnalishlari rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Gumboldt T. mantiqiylikdan qutulishi va oʻz metodiga ega boʻlishi kerakligini, tilning tizim xususiyatiga egaligini, uning 2 jixdti — tovush va maʼnosi borligini qamda ijtimoiy hodisaligini asosli bayon qildi. 19-asr oʻrtalarida A. Shleyxer T.da biologik nazariyalarni qoʻllashga urinib koʻrdi.
Lingvistik naturalizmni tanqid qilish negizida yosh grammatikachilar (nemis olimlari A. Leskin, K. Brugman, G. Ostxof, B. Delbryuk, G. Paul va boshqalar) maktabi shakllanib, u asosiy eʼtiborni jonli tillarni oʻrganishga karatdi. Ushbu maktab vakillari qiyosiytarixiy T.ning rivojini yangi bosqichga olib chiqdilar. 19-asrda hindevropashunoslikning asosiy tarmoqlari (ellinistikayunonshunoslik, romanistika, germanistika, slavyanshunoslik, keltshunoslik va boshqalar) batamom shakllanib boʻldi. Hindevropa tillari uchun ishlab chiqilgan qiyosiytarixiy metod tamoyillari ushbu oilaga kirmaydigan boshka tillarga ham tatbiq etildi. Shu tarika semitologiya, turkiyshunoslik, finugorshunoslik, afrikashunoslik kabi sohalar shakllanadi. T.ning 20-asr boshlaridagi rivojlanishida Ferdinand de Sossyurnnnt asarlari, birinchi navbatda, "Umumiy tilshunoslik kursi" (1916) muhim rol oʻynadi. Sossyur tilning belgi nazariyasini yaratdi, sinxroniya va diaxroniya, ichki lingvistika, tashki lingvistika va boshqa muammolarni tadqiq qildi. F. de Sossyur gʻoyalari keyinroq paydo boʻlgan lingvistik strukturalizm maktablarida: Praga lingvistik maktabi — funksional tilshunoslik, Kopengagen lingvistik toʻgaragi (glossematika), Jeneva maktabi, Amerika deskriptiv (tavsifiy) T.da yanada rivojlantiriladi.
Struktural oqimlar bilan bir katorda boshqacha yoʻnalishlar va qarashlar rivojlana boshladi: psixologik yoʻnalish (nemis olimlari X. Shteyntal va V. Vundt asarlari; rus olimi V. V. Potebilanya ham ushbu yoʻnalishga qoʻshiladi), neyrolingvistika va boshqa Materialistik dunyoqarashning keng yoyilishi bilan eksperimental fonetika va lingvistik geografiya xam rivojlana boshladi. Keyinchalik T.da yangi yoʻnalish va boʻlimlar: psixolingvistika, sotsiolingvistika, etnolingvistika, semiotik lingvistika, transformatsiyey lingvistika, matn lingvistikasi va boshqa paydo boʻladi. Hozirgi xorijiy T.da materialistik nazariyalar bilan bir qatorda idealistik tamoyillarga asoslangan nazariyalar ham (mas., lisoniy nisbiylik nazariyasi yoki yangi gumboldtchilik) mavjud.
2.Til – taraqqiy qilib, o`zgarib boruvchi hodisa.
Til to`xtovsiz ravishda o`zgarib turuvchi, taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy hodisadir. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog`liq. Tilning taraqqiyoti birinchi navbatda uning lug`at boyligida o`z aksini topadi. Kishilar hayotidagi o`zgarishlar, ilm-fan va madaniyatning taraqqiyoti leksikani boyitib boradi. Tilning tovushlar tizimi va grammatik qurilishi esa juda sekinlik bilan o`zgaradi. Buni til tarixini o`rganish orqaligina sezish mumkin.
O`zbek tili - o`zbek millatining tili, o`zbek tili - O`zbekiston Respublikasining davlat tili. Davlat tili sifatida o`zbek adabiy tilining mavqei beqiyos darajada o`sdi, xizmat doirasi kengaydi, lug`at tarkibi boyidi, fonetik tizimi, grammatik qurilishning takomillashuvida katta o`zgarishlar yuz berdi.
O`zbek milliy tili hozirgi o`zbek millatiga mansub bo`lgan barcha kishilarning umumiy va yagona tilidir. U o`zbek millatining shakllanishi bilan bevosita bog`liq. O`zbek millati shakllangunga qadar u urug` tili, qabila tili va xalq (elat) tili tarzida yashab, rivojlanib keldi.
O`zbek adabiy tili ijtimoiy vazifasining kengayishi natijasida uning lug`at tarkibida jiddiy o`zgarishlar ro`y berdi. Tilning leksikasi ichki imkoniyatlar bilan yangi yasalgan so`zlar va boshqa tillardan qabul qilingan so`zlar hisobiga boyib borishi ko`zga tashlanmoqda. Kishilar ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi, xalq xo`jaligidagi, madaniyat, fan-texnika sohasidagi ko`pgina o`zgarishlar yangi tushunchalarni, yangicha munosabatlarni keltirib chiqardi. Bularning hammasi o`zbek tili leksikasining ko`pgina yangi so`zlar hisobiga hamda boshqa tillardan o`zlashtirilgan so`zlar hisobiga boyishiga sabab bo`ldi. Masalan: broker, diler, makler, kompyuter, menejer, fermer, biznes va h. Ayrim o`zbekcha so`zlarning ma’nosida o`zgarishlar ro`y berib, ular boshqa ma’nolarda qo`llana boshladi. Masalan: ishbilarmon va tadbirkor so`zlari ilgari sifat turkumiga mansub bo`lib, belgi ifodalagan bo`lsa, hozirgi paytda bu so`zlar ot turkumiga o`tdi va shaxs ma’nosini ifodalaydigan bo`ldi. Bu jarayonlarning barchasi o`zbek tili lug`at boyligini yangi pog`onaga ko`tardi.
O`zbek tilining fonetik tizimida, grammatik qurilishida ham ma’lum o`zgarishlar sodir bo`ldi.
Jumladan, fonetik tizimda, o`zlashma so`zlarda o`zbek tiliga xos bo`lmagan bo`g`inning yangi turlari (so`z boshida va so`z oxirida ikki yoki undan ortiq undoshning qator kelishi) paydo bo`ldi: sport, stol, traktor, shkaf, magistr, kongress kabi. Shuningdek, o`zlashma so`zlarda ikki unlining o`zbek tili uchun xos bo`lmagan ketma-ket kelish holatlari kuzatiladi: aeroport, bionika, geologiya, teatr, poema kabi.
Grammatik qurilishda kelishik shakllari, ayrim ko`makchilarning ma’nosi va vazifasi kengaydi, kelishikli boshqaruv va ko`makchili boshqaruv me’yorlari belgilandi. Ot boshqaruvi asosida tuzilgan so`z birikmalari ko`proq qo`llana boshladi.
O`zbek tilining bundan keyingi taraqqiyoti leksikaning yana ham boyishi, grammatik qurilishning ichki qonuniyatlar asosida takomillasha borishi bilan bog`liq ravishda davom etadi.
3.Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot.
Fonologiya (fono... va ...logiya) — tilshunoslikning til tovush qurilishining strukturaviy (tuzilmaviy) va funksional (vazifaviy) krnuniyatlarini, tilning eng mayda, maʼno bildirmaydigan birliklari — boʻgʻinlar, fonemalarning tuzilishi va amalda qoʻllanishini oʻrganuvchi boʻlimi. Fonologiyaning fonetikadan farqi shundaki, uning diqqat markazida fizik hodisa sifatidagi tovushlarning oʻzini emas, balki ularning nutqda yanada murakkabroq maʼnoli birliklar — morfemalar, soʻzlarning tarkibiy qismi sifatida bajaradigan vazifasini oʻrganish turadi. Shu tufayli Fonologiyani baʼzan funksional fonetika deb ham ataydilar. Ruschex tilshunosi N. S. Trubetskoyning aniqlashicha, F. bilan fonetika oʻrtasidagi oʻzaro munosabat shundan iboratki, har qanday fonologik tavsifning ibtidosi maʼno farqlovchi tovushiy ziddiyatlarni aniklashdir; fonetik tavsif esa boshlangʻich nuqta va moddiy asos sifatida qabul qilinadi.
Fonologiyaning asosiy birligi — fonema, asosiy tadqiqot obʼyekti — fonemalarning zidlanishlari (oppozitsiyalari) boʻlib, bu oppozitsiyalar bir butun holda tilning fonologik tizimini hosil kiladi. Muayyan oʻrinda bir fonemaning ikkinchisiga qaramaqarshi qoʻyilishini namoyon etuvchi soʻzlar (burborbir kabi) kvaziomonimlar (soxta omonimlar) deyiladi. Odatda, tiddagi fonemalar soni kvaziomonimlar yordamida aniklanadi va bunda biryoʻla bir fonemani ikkinchisiga qarama qarshi qoʻyish orqali ularning farqlanish elementlari tasnif etiladi. Mas, tolsol soʻzlaridagi ikki fonema — t va s portlovchisirgʻaluvchi farqlanish elementlariga ega. Ularning har ikkisi ham til oldi, jarangsiz, shovqinli undoshlardir va bu belgilari farqlanmovchi elementlar deyiladi. Demak, fonema tilda oʻz vazifasini fonologik jihatdan farkdanuvchi va farqlanmovchi elementlar orqali bajaradi.
Fonologiya zamonaviy maʼnodagi mustaqil tilshunoslik fani sifatida 20-asrning 20—30-yillarida shakllandi; uning yaratuvchilari N. S. Trubetskoy, russhveysar olimi S.O.Karsevskiy, rusamerika tilshunosi R.S. Yakobsonlar boʻlib, ular 1928 yil Gaagada boʻlib oʻtgan Tilshunoslarning 1 xalqaro kongressida Fonologiyaning asosiy gʻoyalarini bayon etganlar. N. S. Trubetskoyning "Fonologiya asoslari" (1939) kitobi Fonologiya taraqqiyotidagi eng muhim bosqich boʻlgan. Fonologiya paydo boʻlishining ilk asoslari 19-asr oxirlarida nemis olimi I. Vinteler va ingliz olimi G. Suit asarlarida, umumnazariy jihatlari keyinchalik F. de Sossyur tadqiqotlarida shakllangan. Ayniqsa, F.ning rivojlanish asoslarini yaratishga ruspolyak tilshunosi I. A. Boduen de Kurtene katta hissa qoʻshdi: fonema gʻoyasi va uning prinsiplari ilk marta uning asarlarida ishlab chiqilgan. Boduen de Kurtene tadqiqotlari negizida Leningrad va Moskva fonologik maktablari shakllandi (oʻzbek tilshunoslarining fonologik tadqiqotlari ham asosan ana shu maktablar taʼsirida yaratilgan). Hozirgi kunda mazkur maktablarning fonologik nazariyalaridan tashqari Yevropa va AQShda yana 10 ga yaqin fonologik nazariyalar yaratilgan.
Oʻzbek tili Fonologiyasini oʻrganishda Ye.D. Polivanov, V. V. Reshetov, A. Nurmonov, A. Abduazizov va boshqalarlarning ilmiy ishlari ayniqsa ahamiyatlidir.
Fonologiya ham fonetika kabi umumiy Fonologiya, xususiy Fonologiya, tarixiy (diaxronik) Fonologiya va tasviriy (sinxronik) F.ga boʻlinadi. Umumiy F. fonemaning mohiyati, fonemalar oʻrtasidagi hamda fonema va tovush oʻrtasidagi munosabatlarni, fonemaning morfema va soʻzga boʻlgan pogʻonali munosabatini oʻrganadi; tilning fonologik (fonematik) tarkibini aniklashning metod va tamoyillarini belgilaydi. Xususiy Fonologiya, umumiy Fonologiyaning metod va tamoyillariga asoslangan holda, u yoki bu tilning fonologik tizimini oʻrganadi; oʻz navbatida, umumiy Fonologiyaga material beradi. Tarixiy Fonologiya maʼlum bir til fonologik tizimining tarixiy taraqqiyotini, tasviriy Fonologiya esa tarixiy taraqqiyot jarayonidagi muayyan bir davrning fonologik tizimini oʻrganadi.
4.Orfoepiya haqida umumiy ma’lumot.
Orfoepiya (orto... yun. epos — nutq, talaffuz) —1) tilshunoslikning adabiy talaffuz meʼyorlarini oʻrganuvchi boʻlimi; 2) muayyan milliy tilning talaffuz meʼyorlariga mos holda bir xil talaffuzni taʼmin-lovchi qoidalar tizimi va ularga rioya qilish. Ogʻzaki nutq talaffuzining bir xilligi, imlo (orfografiya) kabi lisoniy muomalani yengillashtiradi. "Orfoepiya" tushunchasi keng va tor maʼnoda 2 xil tushuniladi: keng maʼnoda — unga fonemalarni qoʻllash qoida va fonema allofonlari (vari-antlari)ni talaffuz qilish qoidalari kiritiladi; tor maʼnoda — faqat fonemalarni qoʻllash qoidalari kiritiladi. Orfoepiya koʻlamining bir xil belgilanmasligining sababi shundaki, baʼzi olimlar talaffuz meʼyorlari tushunchasiga faqat tovushlarni talaffuz qilishni, boshqalari esa urgʻuni ham, baʼzan variantdor grammatik shakllar hosil boʻlishini ham kiritadilar.
Tilning ichki kategoriyasi tarzidagi orfoepik meʼyor bilan qoidalashtirilgan meʼyor oʻzaro farqlanadi. Ulardan birinchisi ayni bir voqea-hodisani ifodalashning tilda namoyon boʻladigan yashirin imkoniyatlari mavjudligi bilan bogʻliq; bunda meʼyor — muayyan tilning aniq bir soʻzlovchilar jamoasida tegishli davr orasida mavjud boʻlishi bilan bogʻliq bir qancha ijtimoiy omillarning amal qilishi natijasidir. Ikkinchisi esa amalda mavjud boʻlgan meʼyorning turli lugʻatlar, maʼlumotnomalar va qoʻllanmalarda qoida va koʻrsatmalar tarzida shakllantirilgan aksidir. Qoidalashtirishda qoʻllash uchun toʻfi deb belgilanadigan faktlar tanlab olinadi. Qoidalashtirilgan meʼyor koʻpincha amalda mavjud boʻlgan meʼyordan orqada qoladi.
Orfoepiya milliy tilning shakllanishi bilan bir paytda, ogʻzaki nuqtning taʼsir doirasi kengaygan, ommaga qaratilgan nutqning yangicha shakllari rivojlangan paytda paydo boʻladi. Orfoepik meʼyorlarning shakllanish jarayoni turli milliy tillarda turlicha kechadi. Mac, hozirgi oʻzbek adabiy talaffuzi meʼyorlarining dastlabki ildizlari oʻtgan asrning 20—30-yillarida vujudga kelgan, bu sohada bir qancha tadqi-qotlar oʻtkazilib, orfoepik lugʻatlar nashr etilgan boʻlsada, oʻzbek talaffuz meʼyorlari toʻliq shakllangan deb boʻlmaydi.
Orfoepik meʼyor muammosi bir til birligining bir emas, ikki yoki undan ortiq ifodasi boʻlgan hollarda yuzaga keladi. Meʼyorda ayni paytda til tizimida mavjud boʻlgan yoki mavjud boʻlishi koʻzda tutilgan narsa saralanadi. Tizim doirasida yangi shakllarning paydo boʻlishi hamda eskilarini ekstralingvistik omillar taʼsirida asta-sekin siqib chiqarishi natijasida meʼyor oʻzgarishi mumkin. Meʼyorning oʻzgarishi (almashinishi) har bir tarixiy davr tilida variantdor meʼyorlarning ayni bir paytda mavjud boʻlishi mumkinligini inkor etmaydi. Vaqt oʻtishi bilan vari-antlardan biri yetakchiga aylanib, qolganlari kamroq qoʻllanib, isteʼmoldan chiqib ketadi. Variantlardan birining yetakchi deb tanlanishiga uning til ta-raqqiyotidagi obʼyektiv qonunlarga mu-vofiq kelishi, keng tarqalganligi, moʻʼtabar andozalarga (jamiyatning bilimli va madaniyatli vakillari talaffuziga) mosligi kabi omillar taʼsir koʻrsatadi. Orfoepiya rivojida namunali adabiy talaffuzni targʻib qiluvchi teatr, keyinchalik radio va televideniye katta rol oʻynagan. Sahna nutqi koʻpchilik tillarda orfoepik meʼyorlarning asosi hisoblanadi.
Nutqning harakteriga koʻra, adabiy talaffuzni 2 guruhga ajratish mumkin: toʻliq talaffuz; qisqargan talaffuz; maʼruzachilar, akterlar, diktorlar nutqi toʻliq talaffuzni aks ettiradi, chunki bunda har bir soʻz, uning morfemalari adabiy til qoidasiga mos ravishda toʻla, aniq, dona dona talaffuz qilinadi.
Soʻzlovchi oʻz nutqiga beparvo qarashi orqasida, oʻz shevasi taʼsirida ayrim fonemalar turli oʻzgarishlarga duch keladi, soʻzning baʼzi birliklari qisqaradi. Masalan, olib keldi — obkeldi; olib bordi — obbordi. Bu qisqartgan talaffuzdir.
Oʻzbek adabiy tilining asosiy orfoepik qoidalari unli va undosh fonemalarning talaffuzi, morfologik birliklarning aytilishi, soʻz birikmalarining talaffuz qilinishi kabilarni oʻz ichiga oladi. Shunga koʻra umumiy orfoepik meʼyorlar belgilanadi. Orfoepik meʼyorlar, odatda transkripsion belgilar vositasi bilan ifodalanadi.
Orfoepiya orfografiya bilan zich bogʻlangan. Biroq soʻzning yoki soʻz shakllarining jonli talaffuzi hamma vaqt ham ularning yozuvdagi ifodasiga teng boʻlavermaydi. Jumladan, yozuvda bor baʼzi tovushlar talaffuzda sezilmaydi: biroq, bilan, tuhmachchi, adabiyochchi kabi; yozuvda berilgan tovushlar talaffuzda tushib qoladi: badbax, ayol-man, abstrak, Samarqan kabi; yozuvda ifodalangan tovush talaffuzda bosh-qasi bilan almashtiriladi: obod-obot, kitob-kitop, peshvoz-peshvos kabi. Talaffuzdagi ana shu murakkab to-monlarni hisobga olgan holda yago-na orfoepik qoidalar yaratish lozim boʻladi.
5.Orfografiya (imlo).
Imlo (arab. — toʻgʻri yozish), orfografiya — soʻz va gaplarning, soʻz qismlarining fafika vositalari yordamida toʻgʻri yozilishi; muayyan tildagi toʻgʻri yozish qoidalari majmui. Bu qoidalar soʻzlarning tovush tarkibi hamda soʻz va uning morfologik tarkibining yozilishi, soʻzlarni qoʻshib yoki alohida yozish, bosh harflarni toʻgʻri qoʻllash, boʻgʻin koʻchirish va boshqa bevosita yozuv bilan bogʻliq boʻladi. Shu bois imlo qoidalari vaziyatga koʻra oʻzgarib ham turadi. Kirill yozuvidagi oʻzbek adabiy tilining Imlo qoidalari 1940 yildan shakllana boshlagan boʻlsa, 1956 yilda mukammal qoidalar toʻplami qabul qilingan. Oʻzbek adabiy tilida fonetik, morfologik, tarixiy-etimologik imlo qoidalari amal qiladi. Fonetik yozuv imlo qoidalariga muvofiq ayrim soʻzlarning oʻzak va qoʻshimchalaridagi oʻzgarishlar hisobga olinib, talaffuzga muvofiq yoziladi (koʻk+ga=koʻkka, bogʻ+ga=boqqa, buloq + ga=buloqqa va boshqalar). Morfologik Imlo qoidasiga koʻra, aytilishi va eshitilishidan qatʼiy nazar, aynan oʻz holicha yoziladi (ichdi, tushdi, boribdi; bunda qoʻshimchalar — ti — ipti tarzida talaffuz qilinsa ham, di, — ibdi shaklida yoziladi). Tarixiy-etimologik qoidaga amal qilinganda esa so`zlar o`z holicha yoziladi (kitob, Muhammad, kimyo, tovar, geografiya, Koreya, Fransiya va boshqalar). Oʻzbek tilining lotin grafikasi asosidagi (1995 yil da qabul qilingan) alifbosi boʻyicha asosiy imlo qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustdagi qarori bilan qabul qilingan.
6. Frazeologiya haqida m a’lumot.
Frazeologiya (yun. phrasis — ifoda, ibora va ...logiya) — 1) tilshunoslikning tilning frazeologik tarkibini (Frazeologizm) uning hozirgi holatida va tarixiy taraqqiyotida tekshiruvchi boʻlimi; 2) muayyan tildagi frazeologizmlar majmui.
Tilshunoslik boʻlimi sifatidagi Frazeologiyaning asosiy diqqat eʼtibori frazeologizmlar tabiatini va ularning kategorial belgilarini oʻrganishga, shuningdek, frazeologizmlarning nutqda qoʻllanish qonuniyatlarini aniqlashga qaratiladi. Frazeologiyaning eng muhim muammosi frazeologizmlarni nutqda hosil qilinadigan (yaʼni avvaldan tayyor boʻlmagan) soʻz birikmalaridan farqlab, ajratib olish va shu asosda frazeologizmlarning belgilarini aniqlashdir. Idiomafrazeologizmlar, frazeologik birikmalar va barqaror jumlalar (maqol va matallar, gapga teng boshqa frazeologizmlar) oʻrtasidagi muayyan tafovutlarga qarab koʻplab tadqiqotchilar Frazeologiyani 2 xil: tor va keng maʼnoda tushunadilar. Uni keng maʼnoda tushunilganda, Frazeologiya doirasiga maqol va matallar, folklorga xos barqaror jumlalar, baʼzi muloqot shakllari (salomlashish, xayrlashish jumlalari) ham kiritiladi. Lekin bu masala, yaʼni Frazeologiyani keng maʼnoda tushunish masalasi hanuz munozarali boʻlib qolmoqda.
Frazeologiyaning asosiy vazifalari yoki masalalari: frazeologik tarkibning izchilligini aniqlash va shu munosabat bilan frazeologizmning belgi(lik) xususiyatini oʻrganish; frazeologizmlar omonimiyasi, sinonimiyasi, antonimiyasi, polisemiyasi va variantdorligini tavsiflash; frazeologizmlar tarkibida qoʻllanuvchi soʻzlar va ularga xos maʼnolarning oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash; frazeologizmlarning soʻz turkumlari bilan oʻzaro munosabatlarini oydinlashtirish; ularning sintaktik rolini aniqlash; frazeologik birliklar tarkibida soʻzlarning yangi maʼnolari hosil boʻlishini oʻrganish va boshqa F. frazeologik birliklarni ajratish prinsiplarini, ularni oʻrganish, tasniflash va lugʻatlarda tavsiflash metodlarini ishlab chiqadi. Frazeologiyada ishlab chiqilgan oʻziga xos, xilma xil metodlar asosida tilning frazeologik tarkibi turlicha: struktursemantik, grammatik, vazifaviyuslubiy asoslarga ko`ra tasnif etiladi. Struktursemantik tasnif prinsipi asosiy hisoblanadi.
Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil tarmogʻi sifatida 20-asrning 40-yillarida rus tilshunosligida paydo boʻlgan. Uning dastlabki shakllanishiga rus olimlari A. A. Potebnya, I. I. Sreznevskiy, A. A. Shaxmatov asarlarida asos solingan boʻlsa, barqaror (turgʻun) soʻz birikmalarini alohida tilshunoslik boʻlimi — Frazeologiyada oʻrganish masalasi 20—40-yillardagi oʻquvmetodik adabiyotlarda — Ye.D.Polivanov, S. Abakumov, L. A. Bulaxovskiy asarlarida koʻtarib chiqilgan. Gʻarbiy Yevropa va Amerika tilshunosligida Frazeologiya tilshunoslikning alohida boʻlimi sifatida ajratilmaydi.
Oʻzbek tilshunosligida frazeologiya sohasidagi tadqiqotlar oʻtgan asrning 50-yillaridan boshlangan. Shu kungacha frazeologizmlar turli jihatlardan oʻrganilgan (Sh. Rahmatullayev, B. Yoʻldoshev, A. Mamatov va boshqalar), Frazeologiya boʻyicha bir necha lugʻatlar tuzilgan (Sh. Rahmatullayev, M. Sodiqova), yozuvchilardan Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Oydin, Said Ahmad asarlarining frazeologik tarkibi tadqiq etilgan. 70—80-yillarda SamDU qoshida frazeologik tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi va maxsus toʻplamlar chiqaruvchi markaz faoliyat ko`rsatgan.
7. Leksikologiya haqida umumiy ma’lumot.
Leksikologiya1 o`zbek tili kursining lug`at tarkibi (leksikasi)ni o`rganadigan bo`limidir.
Tilda mavjud bo`lgan barcha so`zlar va iboralar yig`indisi leksika deyiladi. Ular shu tilning lug`at boyligini tashkil etadi.
Leksikologiya tilning lug`at tarkibini ikki tomonlama: 1) ichki va 2) tashqi tomondan tekshiradi. Tilning lug`at tarkibini ichki tomondan o`rganadigan sohasi semasiologiya deb yuritiladi. Unda so`z va iboralarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati o`rganiladi. Har qanday so`z tilda paydo bo`lishi bilan o`zining shakli va ma’nosiga ega bo`ladi, borliqdagi predmet, hodisa, belgi, harakatlarni ifodalaydi. So`zdagi ma’no turli ta’sir va talablar asosida taraqqiy etib boradi. Demak, semasiologiya so`z hamda turg`un iboralarning ma’no xususiyatlarini tekshiradi.
Leksikologiyaning yana bir sohasi etimologiya3 deb yuritiladi. U tilning lug`at tarkibidagi so`z va iboralarning tarixan kelib chiqishini, yasama so`zlarning va boshqa tillardan kirgan so`zlarning ma’noli qismlarini izohlaydi. Demak, etimologiya so`zning ikki tomonini ham, ya’ni ichki – ma’no tomonini hamda tashqi – tovush tomonini ham tahlil qiladi.
Leksikologiya tashqi tomondan lug`at tarkibining hozirgi ahvolini, tilning lug`at tarkibida sodir bo`layotgan turli o`zgarishlarni: so`zlarning qo`llanish darajasini, ba’zi so`zlarning eskirib iste’moldan chiqib ketishini (sekretar, oblast kabi), fan, madaniyat va texnikaning uzluksiz rivojlanishi bilan tilning yangi so`zlar hisobiga boyishini, ba’zi so`zlar ma’nosida sodir bo`ladigan o`zgarishlarni (ma’no ko`chish hodisasini) o`rganadi.
Leksikologiyaning yana bir sohasi leksikografiya deb yuritiladi. Leksikografiyaning vazifasi tildagi so`zlarni yozma ravishda to`plashdir. Leksikografiya so`z va iboralarni ma’lum bir sohalar bo`yicha to`plab, muayyan tartibda keltiradi (alifbo tartibiga soladi) va lug`at kitoblari shaklida nashr etadi.
Leksikologiya tilning fonetika va grammatika bo`limlari bilan bevosita bog`liq. Fonetika nutq tovushlarini o`rganadi. Leksika shu tovushlar asosida shakllanadigan so`zni, grammatika o`z qonun-qoidalari asosida so`zlarni o`zaro bog`laydi va tilni fikr ifodalash uchun tayyorlaydi. Demak, tovush bo`lmasa, so`z bo`lmaydi, so`z bo`lmasa grammatikaning ham bo`lishi mumkin emas.
Ma’lumki, so`zlovchi tilning lug`at tarkibidan maqsadiga muvofiq tarzda foydalanadi. Bu leksikologiyaning uslubiyat bilan o`zaro bog`liq ekanini bildiradi.
Lug`at tarkibi shu tilda so`zlashuvchi xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniyat tarixi bilan bog`liq. SHuning uchun leksikologiya tarix, arxeologiya, adabiyot, falsafa kabi ijtimoiy fanlar bilan ham yaqindan aloqadadir.
8.Morfemika va morfema haqida umumiy m a’lumot.
So‘z yasalishining grammatika bilan boғliqligi (morfologiyada: ayniqsa, affiksatsiya yo‘li bilan yasalish; kategorial ko‘chish; sintaksisda: qo‘shma so‘z bilan so‘z birikmasi orasidagi munosabat va b.) uning tabiatidagi etakchi xususiyatlaridandir. Uzak va affikslarning analizi morfologiyada ham, so‘z yasalishida ham uchraydi, lekin bu ikki sohaning analizi-hodisaga qanday nuqtai nazardan yondashishi—har xil, shunday bo‘lsa ham, bari bir, har ikki soha uchun umumiy bo‘lgan hodisalar ham bor. SHunga ko‘ra, keyingi vaqtlarda bularni yoritishning yangi sxemalari paydo bo‘ldi: dastlab morfemalariing har ikki sohaga aloqador bo‘lgan tomonlari ayrim beriladi, bu ayrim qism morfemika deb ataladi, keyin so‘z yasalishi, undan keyin morfologiya bayon qilinadi. Bu yangi tartib ilmiy jihatdan puxta asoslangan bo‘lib, praktik tomondan ham afzalliklarga ega.
Morfemika so‘zning eng kichik ma`noli qismlari haqidagi ta`-limotdir. By kichik kismlar morfemalardir. Bu morfemalar turli ko‘rinishlarga ham ega bo‘ladi. Masalan, ishla so‘zadagi -la elementi hayda so‘zida -da formasida kelgan (lekin hay-hayla fe`lida yana -la tusida qo‘llangan), hozir ajralmaydigan unda so‘zida ham aslda shu -da affiksi bor (un—ovoz). Bu -la va -da ko‘rinishlari umumiy tarzda morfema deyiladi. Buning har bir ko‘rinishi esa morf sanaladi. Demak, morfema morflarning yiғindisidir. Bu turli ko‘rinishdagi qismlar, morflar, bir-biriga nisbatan allomorf sanaladi. Bu hol o‘zak morfemalarda ham uchraydi: tash-qi so‘zidagi tash elementi tish tusida ham uchraydi (chiq so‘zining kelib chiqishini eslang: tishiq — chiq). YAna: yuvmoq — yumoq (u ko‘ylakni yuvgan-yugan), to‘zғi-to‘zi (-ғi va -i), qo‘zғa va to‘zғi (-ғa va ғi), to‘zidi—to‘zғidi—to‘zғoq (to‘zi va to‘z, qo‘zi va qo‘z, qazi va qaz: qaziғan—qazgan), -gancha va -guncha (Bu formalar keyinroq differentsiatsiyaga uchragan), kuchuk uvladi—Bo‘ri ulidi (uv va u, -la va -li). Anglashiladiki, morfema deganimizda (o‘zak morfema ham, affiksal morfema ham), yuqoridagi kabi yaqin — o‘xshash morflarning yiғindisini ko‘zda tutamiz, shu har xil ko‘rinishlarning umumiy atalishini anglaymiz (lekin ma`lum morfologik modelga ko‘ra regulyar takrorlanadigan variantlar morf sanalmaydi). Morfema sostaviga ko‘ra, ko‘pincha, umumlashtirib aytganda, fonemalar kompleksidan, ba`zan bir fonemadan iborat bo‘ladi (har bir konkret ko‘rinishga nisbatan aytganimizda morf fonemadan iborat bo‘ladi), bir qancha so‘zlarda takrorlanadi, (bir xil ma`noda), muntazamlik xarakteriga ega bo‘ladi. Morflarning bir morfema sanalishi (-la va -da affikslarini eslang) ularning ma`no jihatidangina emas, balki formal tomondan (material-tovush tomonidan) ham yaqin-o‘xshash bo‘lishiga asoslanadi. Masalan, islamok va iskamoq fe`llaridagi -la va -ka yasovchi affikslarining semantik funktsiyasi bir xil, lekin bular orasida material yaqinlik-o‘xshashlik yo‘q, demak, bular sinonim affikslardir.
Morfemalar funktsiyasiga ko‘ra so‘z yasalishiga ham, so‘z o‘zgarishiga ham aloqador. Affikslarning so‘z yasovchi affikslar (derivatsion affikslar. Bunday so‘z yasash derivatologiya deyiladi) va so‘z o‘zgartuvchilar (relyatsion affikslar) tusidagi klassifikatsiyasi shu holatga asoslanadi. Bu hodisa so‘z yasalishi (affiksal) bilan paradigmatika orasida formal o‘xshashlik borligini ko‘rsatadi. Masalan, temir + chi (affiks orqali so‘z yasash)—temir+-ni (affiks orqali forma yasash: bir so‘zning formasini (keng ma`noda) hosil qilish). Ko‘rinadiki, «yasash» so‘zi har ikki ma`noda ham, umuman, hosil qilish (bir-biridan hosil qilish) ma`nosida umumiy nom bo‘lib qo‘llanadi. Bu so‘z: 1.uzum—uzum + ni, uzum+ga kabi hollarda so‘zning formasini hosil qilish ma`nosida qo‘llanadi. Har bir so‘z ma`lum bir formada bo‘ladi (uzum—nol’ forma, uzumni—tushum kelishigi formasi va b.), u shu hamma formalarning jamini o‘z ichiga olgan, umumlashtirgan birlik sanaladi. Uning hamma ko‘rinishlari bir so‘zning turli formalari sanaladi. Bundagi affikslar (-ni, -ga, -dan kabi) sintaktik funktsiyani bajaradi: so‘zlarni bir-biriga boғlaydi, so‘zning qo‘shilmadagi—gapdagi va so‘z birikmasidagi—sintaktik vazifasini ko‘rsatadi. Demak, bu formalar orasidagi har xillik grammatik farqdir. Bundagi ma`no grammatik bo‘lib, so‘zning leksik ma`nosi o‘zgarmagan. 2. Uzum—uzum + chi, uzum+zor kabi hollarda yangi so‘z hosil qilish ma`nosida qo‘llanadi. Bunda affiks leksik funktsiyani bajaradi: yangi leksik birlik hosil qiladi. Bunda juft (affiks qo‘shilmagan holat bilan affiks qo‘shilgan holat: uzum—uzumchi) orasidagi farq semantik plandagi farqdir. Demak, bu o‘rinda affiksatsiya orqali tuғilgan ikki hodisani ko‘ramiz: 1. Affiks—yangi so‘z yasash vositasi (uzum + chi). 2. Affiks—so‘z formasi hosil qilish vositasi. «YAsash, yasama» so‘zlari bu hodisalarning hammasi uchun ham—«hosil qilish, tuғdirish, yaratish» kabi ma`nolarda qo‘llanadi, lekin termin sifatida yangi so‘z yaratish ma`nosi uchun xoslangan: yasama so‘z (yasama so‘zi —sifat), yasalma (yasalish natijasida hosil bo‘lgan so‘z — yasalma so‘z, yasalma termini — ot).
Har bir tilning yasama so‘zlari shu tildagi so‘z yasash modellari asosida yaratiladi. Masalan, bajaruvchi shaxs otlarining yasalish modellari: ot (o‘zak-iegiz) +chi affiksi (kran+chi), ot + soz (samolyotsoz); sifatning ma`lum turlarini yasashning modellarn: ot+li (bolali), fe`l + q (ochiq); qo‘shma otlarning yasalish modellari: ot + ot (non jiyda, qo‘l arra, qo‘l soat), sifat+ot (ko‘k qar-ғa); abstrakt ma`noli otlarning yasalish modellari: sifat + lik (yaxshilik, kattalik), ravish + lik (tezlik); natija otlarining yasalish modellari: fe`l+m (to‘plam, boғlam), fe`l + n(tugun, bo‘ғin) va b.
So‘z yasash modellari, umuman, hosil qilish, yaratish sxemasi — andazasi ma`nosidagi umumlashgan, abstrakt hodisadir. Buning ayrim xususiyatlari: 1) yasalish modeli bir xil bo‘lgan so‘zlar struktura va ma`no tomonidan o‘xshash bo‘ladi; 2) so‘z yasash modellarining unumli yo unumsiz bo‘lishi uning—shu strukturadagi modelning yangi yasalma hosil qilish yo hosil qilmasligidandir. Masalan, qo‘shma so‘zning sifat+ot, ot+ot modellari unumli, uning izofa bilan hosil bo‘lishi (fasli bahor tusida) unumsiz: ko‘shma so‘z hosil qilmaydi; 3) model’ so‘zi abstrakt tushunchani bildiradi, lekin juda umumiylik va nisbatan umumiylik holatlariga qarab, uning sostavidagi elementlar ham turli tusga kiradi. Masalan, yasama so‘z hosil qilishning modellari: o‘zak+ suffiks, prefiks+o‘zak, lekin buning nisbatan aniq turlari haqida gapirganimizda, modelning qismlari ham shunga mos nomlardan bo‘ladi; ish otlari yasashning modellari: fe`l+q (suvoq, chopiq), fe`l+m (terim, o‘rim); qo‘shma so‘z hosil qilishning modeli: so‘z+so‘z, qo‘shma otlarning modellari: ot+ot, sifat+ot, son+ot va b. Qo‘shma so‘zning modellari so‘z birikmasining modellariga o‘xshaydi, lekin ularning hamma turi ham o‘xshash bo‘la bermaydi. Ko‘rinadiki, so‘z yasash modeli yasama so‘zning tuzilishi sxemasi, demak, bu sxema so‘z yasash sxemasidir. U so‘zning yasalish strukturasini tekshirishning umumlashtirilishidan tuғilgan: so‘zning yasalish strukturasini aniqlash bilan umumlashtirish natijasida so‘z yasash modellari belgilanadi, bu modellar tilning so‘z yasalish sistemasini tashkil qiladi.
9.Grammatika haqida umumiy ma’lumot.
Grammatika (yun. grammatike, gramma soʻzidan — harf, yozish) — tilshunoslikning tilning grammatik tuzilishini, yaʼni soʻzlarning shaklga ega boʻlish qonuniyatlarini, shuningdek, soʻz birikmalari va gaplarni tuzish qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimi. G. 2 qismdan — morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiyada soʻzning grammatik turkumlari va morfologik kategoriyalar, soʻz shakllari, sintaksisda esa soʻz shakllarining gap tarkibida oʻzaro birikish yoʻllari, ran va uning kategoriyalari, gapning tuzilish turlari bayon qilinadi. Demak, G.da soʻz shakli, grammatik maʼno, grammatik shakl, grammatik kategoriya, ran va uning kategoriyalari haqidagi tushunchalar markaziy oʻrinni egallaydi. Tilda oʻzining doimiy ifodalovchisiga ega boʻlgan, soʻz shakli va gapga xos umumlashgan maʼno grammatik maʼno sanaladi. Maʼlum grammatik maʼnoni ifodalash uchun xizmat qiladigan moddiy vosita grammatik shakl hisoblanadi. Grammatik shakllarni grammatik kategoriyani tashkil etgan unsurlar deyish mumkin. Aslida grammatik shakl deganda, maʼlum grammatik maʼnoning moddiy tomoni tushuniladi. Grammatik shakl grammatik kategoriyani tashkil etgan qismlarning bir tomonini — shakliy tomonini ifodalaydi. Shu bois, grammatik kategoriyalar grammatik shakllarning munosabatidan yuzaga kelgan umumiylik, deyilsa mantiqan toʻgʻri boʻlmaydi. Chunki grammatik kategoriya tarkibiga kirgan har bir qism ham, oʻz navbatida, shakl va mazmun munosabatidan tashkil topgan yaxlitlikdir. Shu sababli ayrim mualliflar grammatik kategoriya tarkibiy qismlari uchun grammema atamasidan foydalanmoqdalar.
Grammatik birliklarni grammatik kategoriyalarga birlashtirishda shu kategoriyaga xos umumlashgan maʼno asos boʻlib xizmat kiladi. Kategoriyaga xos bu umumlashgan maʼno mazkur kategoriyaga birlashgan har bir grammemada takrorlanadi. Shu bilan birgalikda kategoriya doirasidagi har bir grammemaning boshqasidan farq qiladigan maʼnosi ham bor. Ana shu maʼnolar kategoriya unsurlarining oʻzaro zidlanishida asos boʻlib xizmat kiladi. Shunday kilib, kategoriya maʼnosi bilan kategoriya tarkibidagi grammema maʼnosi oʻrtasida tur-jins munosabati mavjud.
G. maʼlum til qurilishini qanday oʻrganishiga koʻra, amaliy G. va nazariy G.ga boʻlinadi. Amaliy G. muayyan bir tilda gapning toʻgʻri qurilishi uchun zarur boʻlgan grammatik qoidalarni tavsiflaydi. U, oʻz navbatida, 2 turga boʻlinadi: tavsifiy va meʼyoriy G. Tavsifiy G. til grammatik qurilishini tavsiflash, bayon qilish bilan cheklanadi. Meʼyoriy G. esa til faktlarining til meʼyoriga munosabatini, maʼlum bir lisoniy birlik yoki qurilmaning toʻgʻri yoki notoʻgʻri qoʻllanganini oʻrganadi. Amaliy G.dan farqdi ravishda, nazariy G. til qurilishini tavsiflash bilan birga, til qurilishidagi birliklarning oʻzaro munosabatini oʻrganadi. Bu orqali har bir lingvistik birlikning til sistemasidagi oʻrni, qiymati belgilanadi. Nazariy G.da til grammatik qurilishining sistemaviy xususiyati ochiladi. Bevosita kuzatishda berilgan hodisalar zamirida yashiringan mohiyat belgilanadi. Shuning uchun ham nazariy G. umumiylik — xususiylik, mohiyat — hodisa, imkoniyat — voqelik dialektikasini oʻzida namoyon etuvchi til — nutq zidlanishiga asoslanadi.
Grammatik birliklar tadqiqotchi tomonidan qaysi tomondan oʻrganilishiga koʻra, G. faol, nofaol turlarga boʻlinadi. Shakldan maʼnoga qarab tadqiq qilish usuli — semasiologiya usulidir. Bu usulda maʼlum grammatik shakl qanday maʼno ifodalashi haqida gap boradi. Yuqoridagi usulda grammatik birliklarni oʻrganish nofaol G. sanaladi. Aksincha, mazmundan shaklga tamoyili bilan ish koʻruvchi G. faol G. hisoblanadi. Faol G.da u yoki bu mazmun qanday yoʻllar bilan moddiylashishi mumkinligi aniqlanadi.
Xuddi shu yoʻnalish bilan bogʻliq ravishda G. mazmuniy (mental), shakliy (formal) va vazifaviy (funksional) G.larga boʻlinadi. Mazmuniy G. mazmundan shaklga tamoyiliga amal qiladi. Obʼyektiv borliqning ongda aks etishi va ongda aks etgan obʼyektiv olam unsurlari umumlashgan obrazlarning tilda qanday oʻz ifodasini topishini mazmuniy G. oʻrganadi. Shakliy G. esa semasiologik tamoyil, shakldan mazmunga tamoyili asosida ish koʻradi. Grammatik kategoriyalarni tasnif qilishda shakl ustuvorlik kiladi. Bu yunalishda grammatik shakllarni oʻrganish jarayonida nolisoniy (ekstralingvistik) omillarning eʼtiborga olinishi shart emasligi taʼkidlanadi. Funksional G. da asosiy eʼtibor grammatik shakl va grammatik kategoriyalarning vazifasiga qaratiladi. Bunday G.larda lisoniy birlikning 3 tomoni: mazmun, shakl, vazifa (funksiya) dialektik birlikda olinadi.
G. muammolari dastlab qad. Hindistonda (tilshunos Paninining G.ga oid traktatida, miloddan avvalgi 5—4-asrlar), keyinroq Yunonistonda (Aristotel, miloddan avvalgi 4-asr, yunon tilshunosi Apollon Diskol, miloddan avvalgi 2-asr va boshqalarning asarlarida) ishlangan. Yunon grammatik anʼanalari lotin tilini oʻrganish jarayonida rivojlanib borgan.
Oʻzbekistonda G.ni oʻrganish tarixi Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asariga borib taqaladi. Bu jarayon oʻrta asrlardagi lugʻatshunoslik taraqqiyotida ham oʻz aksini topgan (Toli Imoniy Hiraviyning "Badoye ul-lugʻat" asari, 15-asr; "Abushqa" nomli chigʻatoycha-turkcha lugʻat, 16-asr va boshqalar).
Hozirgi oʻzbek tili G.si Yevropa G.si asosida yaratilgan. Bu jarayon 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Dastlab rus turkshunosi M. A. Terentyev "Turk, fors, qirgʻiz (qozoq) va oʻzbek tillarining grammatikasi" (1875) kitobini yozib, SanktPeterburgda nashr ettirgan. Bu kitob mahalliy tilni oʻrganmoqchi boʻlgan rusiyzabon kishilarga moʻljallangan edi. Oʻzbek tilining izchil ilmiy G.sini yaratishni 20-asrning 20-yillarida Fitrat, Gʻozi Yunus, Shorasul Zunnun va boshqa boshlab berdilar. Keyinchalik bu sohada A. Gʻulomov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Hojiyev, Sh. Rahmatullayev, Sh. Shoabdurahmonov, S. Usmonov, B. Oʻrinboyev va boshqa tilshunos olimlar katta ishlarni amalga oshirdilar.
10. Soʻz turkumlari — tildagi soʻzlarning ularda umumiy kategorial maʼnoning (maye. otlarda predmetlik, feʼllarda harakatholat), grammatik kategoriyalar yagona tizimining , oʻziga xos soʻz oʻzgarish, shakl va soʻz yasalish tiplarining , sintaktik vazifalar umumiyligining mavjudligiga qarab ajratiladigan guruxlari (Baʼzi adabiyotlarda "soʻzlarning leksikgrammatik kategoriyalari" deb ham ataladi). Demak, soʻzlarni guruhlarga, turkumlarga ajratishda asosan ularning sintaktik, morfologik va maʼnoviy (semantik) xususiyatlarining oʻxshashligi hisobga olinadi. St. avvalo 2 asosiy guruhga boʻlinadi: mustaqil Soʻz turkumlari va mustaqil boʻlmaganS. t. Birinchi guruhga oʻzbek tilida mustaqil soʻzlar, ikkinchi guruhga esa yordamchi soʻzlar, undovlar, tatslid soʻzlar va modal soʻzlar kiradi. Mustaqil soʻzlar lugʻaviy maʼnoga ega, nominativ vazifa bajaradigan, yaʼni predmet, hodisa, belgi, harakat kabilarni ataydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladigan soʻzlardir.
Soʻzlar jumlada egallagan pozitsiyalariga koʻra ham tasnif qilinishi mumkin. Gapda bir xil sintaktik pozitsiyada tura oladigan yoki bir xil sintaktik vazifa bajara oladigan soʻzlar bir Soʻz turkumlariga kiritiladi. Bunda sintaktik vazifalarning yigʻindisigina emas, balki ushbu vazifalardan har birining muayyan St. ga xoslik darajasi ham muhimdir. Bu vazifalar birlamchi va ikkilamchi turlarga boʻlinadi. Mas, oʻzbek tilida, boshqa bir qancha tillarda boʻlganidek, ot va feʼl turkumidagi soʻzlar oʻrni bilan ega vazifasida ham, kesim vazifasida ham kela oladi, lekin feʼl uchun kesimlik vazifasi birlamchi, egalik vazifasi ikkilamchi hisoblanadi. Xuddi, shuningdek, otlar uchun egalik vazifasi birlamchi, kesimlik vazifasi esa ikkilamchi hisoblanadi.
Har bir soʻz turkumi oʻziga xos grammatik kategoriyalar toʻplami bilan ajralib turadi. Bu kategoriyalar (mas, otlardagi kelishik, egalik, son; sifatlardagi daraja; feʼllardagi shaxsson, mayl, nisbat va boshqalar) har bir Soʻz turkumlari dagi aksariyat suzlarga tegishli buladiki, bu narsa suzlarni turkumlarga ajratishning morfologik mezoni sanaladi.
Hozirgi maktab grammatikalaridagi St. tizimi, yaʼni suzlarni turkumlariga ajratish qad. davrlarga borib taqaladi. Mil. av. 4-asrda Aristotel St.ni 7 ga, mil. av. 5-asrda hind tilshunoslari Yaska, Panini 4 ga boʻlganlar. Keyinroq, mil. av. 2—1-asrlarda aleksandriyalik filologlar Frakiyalik Dionisiy, Apolloniy Diskol, rimlik Varronlar aralash morfologik, semantik va sintaktik asoslarda 8 ga (otism, feʼl, ravish, sifatdosh, artikl, olmosh, kumakchi, bogʻlovchi) boʻlganlar. Bunda ismlar oʻz navbatida ot, sifat va son guruhlarini qamrab olgan. Soʻz turkumlarining bu tizimi maʼlum darajada arab grammatik anʼanalariga ham taʼsir koʻrsatgan: arablar ham feʼldan boshqa mustaqil suzlarni "ism" termini bilan ataydilar. Keyingi davrlarda (urta asrlar va 19—20-asrlarda) yevropa va rus tilshunosligida bu borada bir qancha tasniflar amalga oshirilgan bulsada, ular koʻpincha aleksandriyaliklar tasnifiga tayangan holda bajarilgan. Turli tillarda St. soni va ayrim turkumlarning hajmi turlichadir. Mas, St. soni hozirgi rus tilida koʻpincha 10 ta deb, oʻzbek tilida esa 10—12 ta deb (turli darsliklar) kursatiladi. Bular 6 ta mustakdl (ot, sifat, son, olmosh, ravish va feʼl), 3 ta yordamchi (koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklama) va 3 ta alohida (undovlar, taklid soʻzlar, modal suzlar) St. dir. St. sonining barkarorlashmaganligi kelgusida bu sohada yangi izlanishlar olib borish zarurligini kursatadi.
11. Mustaqil va yordamchi so‘zlar.
Mustaqil so'zlar orasidagi grammatik munosabatlarni ta'minlab, ular orasidagi modal ma'nolarni ifodalovchi lug'aviy ma'noga ega bo'lmagan so'zlar yordamchi so'zlar deyiladi.
Yordamchi so'zlar garchand mustaqil ma'no ifodalamasa-da, gapda turli grammatik munosabatlami shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ular so'zlarni o'zaro biriktirish, so'z va
gaplarni bog'lash, so'z va gaplarga qo'shimcha ma'no berish vazifalarini bajaradi. Bajaradigan vazifasiga ko'ra yordamchi so'zlar quyidagicha: ko'makchilar, bog'lovchilar, yuklamalar.
Ko'makchilar haqida ma'lumot. Ot yoki otlashgan so'zdan keyin kelib, shu so'zni boshqa bir so'z bilan birikishini ta'minlaydigan yordamchi so'zlar ko'makchilar deyiladi. Ko'makchi o'zidan oldin kelgan so'z bilan birgalikda fe'lga bog'lanadi. Ko'makchili so'zning boshqa so'z bilan bog'lanishi boshqaruvli bog'lanishdir. Ko'makchilar o'zi bog'langan so'zning ma'nosini to'ldirib keladi va shu boisdan o'zi bog'langan so'z bilan birgalikda bir gap bo'lagi bo'lib qoladi. Ko'makchilar lug'aviy ma'no ifodalamaydi, biroq grammatik ma'no bildiradi. Masalan, uchun sabab ma'nosini, tomon yo'nalish ma'nolarini anglatuvchi ko'makchilardir. Masalan, Samiev bu ishning muhimligini bilgani uchun telefon go'shagini ko'tarib, kerakli bo'lim bilan suhbatlashib topshiriq berdi. (T. Mai.)
Ko'makchilar ko'pincha kelishik qo'shimchalariga sinonim holda qo'llaniladi. Masalan, xat
ruchka bilan yozildi. Xat ruchkada yozildi.'Kitobni o'zim uchun oldim. Kitobni o'zimga oldim. Ko'makchi aslida boshqa biror so'z turkumlaridan ko'makchiga aylangan so'zlardir. Ularning ayrimlari o'z mustaqil ma'nosini yo'qotib, ayrimlari mustaqil ma'nosini qisman saqlagan holda ko'makchiga o'tgan. Ko'makchilar mustaqil ma'nolarini yo'qotish xususiyati va qaysi so'z turkumlaridan o'tganligiga ko'ra quyidagicha:
1. Sof ko'makchilar. 2. Ot ko'makchilar. 3. Fe'l ko'makchilar. 4 Ko'makchi otlar. Sof ko'makchilar o'z lug'aviy ma'nolarini butunlay yo'qotib tamoman ko'makchiga aylangan
so'zlardir: uchun, bilan, kabi, sayin, singari, sari, uzra, qadar, orqali, dovur kabi. Bu ko'makchilar boshqa so'zlar bilan birikib, turli grammatik munosabatlarni ifodalash uchun
xizmat qiladi. Ot ko'makchilar ot yoki ravishdan ko'makchiga siljigan so'zlardir: burun, ilgari, oldin, keyin, so'ng, tashqari kabi. Fe'l ko'makchilar fe'lning ravishdosh va sifatdosh
shakllaridan ko'makchiga o'tgan: qarab, ko'ra, yarasha, bo'ylab, qaraganda kabi. Ko'makchilar kelishikdagi otlarni boshqa so'zga tomon boshqaradi. Ko'makchilarning kelishikdagi otlarni boshqarishi quyidagicha: bosh kelishikdagi so'zni boshqaradigan ko'makchilar: bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sari, bo'ylab, uzra; b) jo'nalish kelishigidagi otni boshqaradigan ko'makchilar: tomon, qadar, dovur, qarab, qaraganda, ko'ra, yarasha; c) chiqish kelishikdagi otni boshqaradigan ko'makchilar: birin, ilgari,oldin, keyin, so'ng, buyon, boshqa, tashqari. Ko'makchi otlar. O'z lug'aviy ma'nosini qisman saqlagan bo'lib, ba'zi xususiyatlariga ko'ra ko'makchiga siljib qolganligi uchun ko'makchi vazifasida qo'llaniladigan otlar ko'makchi otlar deyiladi. Ko'makchi otlar o'zidan oldingi so'zlar bilan qaratqich qaralmish munosabati asosida birikib, butunlikni tashkil etadi. Quyidagi so'zlar ko'makchi otlardir: old, orqa, ket, o'rta, ich, opa, tag, ust, tepa, to'g'ri, yuza, haq, xusus, huzur. Ko'makchi otlar qaratqich, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishiklari qo'shimchalarini olgan holda qo'llanadi. Masalan:
Nizomjon nimalar bo’layotganiga tushunolmay, hamon supa oldida garang turardi. (S.A.)
Balki u alam ustiga yolg'on gapirgandir, a ? (T. Mai.) Tushga yaqin yomg'ir tindi -yu,bulutlar orasidan ko'm-ko'k ocmon va issiq yoz oftobi ko'rindi. (P.Q.) Ular ma'no jihatdan quyidagicha: 1. Vertikal yo'nalishdagi o'rinni ifodalovchi ko'makchi otlar: ost, ust, tag, tepa. 2. Gorizontal yo'nalishdagi o'rinni ifodalovchi ko'makchi otlar: old, orqa, ort, ket, ora, o'rta, yon, uch, tashqari, huzur. 3. Fikrning nima haqida ekanligini ifodalovchi ko'makchi otiar: to'g'ri, xusus, yuza.
Bog'lovchilar haqida ma'lumot. So'zlar va qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'lash uchun qo'llaniladigan yordamchi so'zlar bog'lovchilar deyiladi. Bog'lovchi so'zlar va gaplar o'rtasidagi munosabatlarni ta'minlasa ham ular bilan birlashmaydi. Yakka holda ham biror so'zga qo'shilgan holda ham biror gap bo'lagi bo'lib kelmaydi. Bog'lovcllilar qo'llanishiga ko'ra ikki xil: Yakka bog'lovchilar, takrorlanuvchi bog'lovchilar.
Yakka bog'lovchilar: va, ham, hamda, ammo, lekin, biroq, chunki, balki, basharti, shuning
uchun kabi. Takrorlanuvchi bog'lovchilar nutqda takror holda ishlatiladi: yo, yoki, goh, dam, ba'zan, bir, na (yo, yoki bog'lovchilari yakka holda ham ishlatiladi). Yo boshiga tushgan tashvish bilan bo'lib shogirdini chaqirgani yodidan ko'tarildimikan? (O.Yo.)
Bog'lovchilar gap bo'laklari va gaplarni qay tarzda bog'lasliiga ko'ra ikki xil: teng bog'lovchilar, ergashtiruvchi bog'lovchilar. Teng bog'lovchilar gap bo'laklari va gaplarni grammatik jihatdan tenglanish asosida munosabatlari bo'lmaydi. Teng bog'lovchilarning quyidagi turlari bor:
birikiruvchi bog'lovchilari, zidlov bog'lovchilari, ayiruv bog'lovchilari, inkor bog'lovchisi.
Biriktiruv bog'lovchilari: va, ham, hamda. Bu bog'lovcliilar uyushiq bo'laklarni va gaplarni
bog'laydi. Masalan. xayriyatki hukmdorlar oldida hayajonga tushish va ta'zim qilish odat
tusiga kirib qolgan. (P.Q.) Bu bog'lovchilar o'rnida -da, -u, yu yuklamalari ham ishlatiladi. Haligi yigit boshini ko'tarib Saidiyga bir qaradi-da, yana o'z ishi bilan mashg'ul bo'ldi. (A.Q.)
Zidlov bog'lovchilari: ammo, lekin, biroq. Bu bog'lovchilar mazmunan bir-biriga zid qo'yilgan gap va gap bo'laklarini bog'laydi. Tavba! Oradan shuncha yil o'tib ketibdi. lekin unutmabdi. (O'. U.)
-u, -yu yuklamalari zidlov bog'lovchisi vazifasida qo'llaniladi. Ozroq mizg'ib olmoqchi
bo'ldi-yu, tanasining zirqirab og'riganidan ko'z ilmadi.(S.A.)
Ayiruv bog'lovchilari: yo, yoki, goh, dam, ba'zan, bir. Bu bog'lovchilar asosan takrorlangan
holda qo'llanilib, gap bo'laklari va gaplarni bir-biridan ajratish hamda galma-gal yuz beradigan voqea-hodisalarni ifodalovchi gaplarni bog'lash uchun qo'llaniladi. Saltanat gohi
g'amgin kulimsirab goh xomush beg ‘ubor qizlik onlarini o'ylar edi.(0'.U.)
Inkor bog'lovchisi: na. Bu bog'lovchi uyushiq bo'lak va gaplarni bo'lihsizlik, inkor mazmuni asosida bog'laydi. Uning qilayotgan ishlarini ko'rib na yaxshi, na yomon derdi. (S.A.)
Ergashtiruvchi bog'lovchilar qo'shma-gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'lash uchun
ishlatiladi: agar, basharti, chunki, go'yo, go'yoki, garchi, toki, shuning uchun, —ki , (-kim). Bu bog'lovchilar qo'shma gap tarkibidagi gaplarni tobelash asosida bog'laydi. Ergashtiruvchi bog'lovchilar gaplarni mazmunan bog'lashiga ko'ra quyidagicha: aniqlov bog'lovchisi, sabab bog'lovchilari, maqsad bog'lovchisi, chog'ishtiruv bog'lovchilari, shart va to'siqsizlik bog'lovchilari: Aniqlov bog'lovchisi. -ki (-kim). Bu bog'lovchi eng ko'p qo'llaniliadi.Aniqlov bog'lovchisi deyarli ergashgan qo'shma gaplarning har xil turlarini o'zaro bog'lab, gapning biror bo'lagini izohlab, aniqlash uchun ishlatiladi. Oradan ikki oy o'tdi hamki inspektor chiqmadi. (A.Q.) Sabab bog'lovchilari: chunki, shuning uchun, negaki. Bu bog'lovchilar ergashgan qo'shma gap tarkibidagi asosiy fikrning yuzaga kelishidagi sababni ifodalash uchun ishlatiladi. Nega yaxshi ishlamaydi! Chunki yaxshi savodli, siyosiy bilimli muxbirlar kam. (A. Q.) Maqsad bog'lovchisi: toki. Bu bog'lovchi maqsad ma'nosini ifodalovchi ergashgan qo'shma gaplarni bog'lash uchun ishlatiladi. Chog'ishtiruv bog'lochilari: go'yo, go'yoki. Bu bog'lovchilar voqea -hodisalarni, narsa-predmetlarni o'xshatish uchun ishlatiladi. O'xshatish ergash gapli qo'shma gaplarni bog'lashda qo'llaniladi. "Bog'i maydon" darvozasiga yetganda go'yo yer yutganday yo'q bo'ldi-qoldi:(O.Yo.)
Bu bog'lovchi ko'pincha voqea- hodisaning noaniqligini, gumonligini ifodalashda ham
qo'llaniladi. Go'yo Shohrah Mirzo Samarqandga tashrif buyurganida mashhur bir temirchiga qilich buyurgan. temirchi esa qilich yasashdan bosh tortgan.(O.Yo.) Shart va to'siqsizlik bog'Iovchilari: agar, agarda, garchi , basharti, Bti bog'lovchilar yuzaga chiqishi shart bo'lgan voqea-hodisalarning muayyan fikrga zidligini, ammo uning yuzaga chiqishiga to'siq bo'la olmasligini ifodalaydi.
Shart va to'siqsizlik bog'Iovchilari shart va to'siqsiz ergash gaplarni o'zaro bog'laydi.
12. Alohida olingan so`zlar guruhi.
So‘zlovchining o‘z fikriga bo‘lgan munosabatini bildirgan so‘zlar modal so‘zlar deb ataladi. M: Ehtimol, xatosini tushungandir.
Modal so‘zlar mustaqil so‘zlar kabi predmet, belgi, harakat va shu kabilarni atamaydi, gap bo‘lagi bo‘lib kela olmaydi. Ular gapda kirish bo‘lak vazifasida keladi. Modal so‘zlarning ko‘pchiligi mustaqil so‘zlardan o‘sib chiqqan: 1. Otdan: aftidan, ehtimol, chog‘i, chamasi, mazmuni, haqiqatan, darhaqiqat.
2. Sifatdan: so‘zsiz, shubhasiz, tabiiy, rosti, ochig‘i, to‘g‘rirog‘i, ma’lumki. 3. Ravishdan: chindan, albatta, rostdan.
4. Bog‘lovchidan: balki.
5. Fe’ldan: keling, qo‘ying, qo‘yingki, deylik, demak, olaylik.
6. Olmoshdan: o‘z-o‘zidan, harqalay.
7. Sintaktik birliklardan: baribir, nafsilambriga, har holda, holbuki,
ishqilib.
13. Sintaksis. So`z birikmasi.
Sintaksis (yun. syntaxis — tuzilma, tartib, birikma 1) nutq birliklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos boʻlgan vositalari majmui; 2) grammatikaning soʻzlarni soʻz birikmalari va gaplarga, sodda gaplarni esa qoʻshma gaplarga birikish usullarini oʻrganuvchi, soʻz birikmalari va gaplarning tuzilishi, maʼnosi, oʻzaro taʼsirlashuvi hamda vazifalarini tadqiq etuvchi boʻlimi. "Sintaksis" termini soʻz birikmalari va gaplarni hamda ularning tilda qoʻllanishini qamrab oluvchi grammatik qurilish maʼnosini ifodalash uchun ham ishlatiladi. Tilning grammatik qurilishida Sintaksis juda katta ahamiyatga ega, chunki uning tarkibiga bevosita kishilarning muomala muloqot jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi sodda gap va qoʻshma gap kabi til birliklari kiradi. Sodda gap muayyan voqeahodisani, qoʻshma ran voqeahodisalar orasidagi aloqamunosabatni, ran boʻlagi esa voqeahodisa unsurlarining vazifalarini ifodalaydi.
Sintaksis morfologiya bilan chambarchas bogʻliqdir. Sintaksisda, xuddi morfologiyada boʻlgani singari, soʻz asosiy birlik hisoblanadi, lekin u shakl yasalishi jihatidan emas, balki soʻz shakllarining soʻz birikmasi va gaplarni tuzishdagi ishtiroki jihatidan oʻrganiladi. Soʻz birikmalari va gaplar tilning asosiy sintaktik birliklari va ularning har biri oʻz ichki xususiyatlariga egadir.
Gap, gap boʻlagi, soʻz birikmasi Sintaksisning asosiy birliklaridir. Bularga keyingi paytlarda abzats, period, matn kabi birliklar ham kiritilmoqda. Soʻz birikmasi tobe aloqa (bogʻlanish) vositalari — moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv yordamida ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzdan qosil boʻladi va faqat ran tarkibidagina amal qiladi. Gap S.ning markaziy birligidir. U struktursemantik qolip va nutq birligi boʻlmish fikr sifatida oʻrganiladi. Gap fikrni — tashqi olam bilan aloqa tufayli yuzaga keladigan histuygʻularni ifodalash vositasidir. Gap bir mustaqil soʻzdan ("qorongʻilashmoqda", "jimjitlik"), aksariyat hollarda esa bir necha soʻzdan hosil boʻladi. Asosan, sintetik tillar, shuningdek, analitik tillarning xususiyatlariga ega boʻlgan oʻzbek tilida gapdagi soʻzlarning bogʻlanish vositalari sifatida yordamchi soʻzlar — koʻmakchilar va bogʻlovchilarni, suz tartibini, ohangni va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Sof analitik tillarda gapdagi suzlarning bogʻlanish vositalari, asosan, yordamchi soʻzlar boʻlsa, agglyutinativ va amorf tillarda mazkur vazifani soʻz tartibi bajaradi.
Hozirgi Sintaksisda mavhum grammatik struktura sifatida gap tushunchasi hamda mazkur strukturaning nutqda aniq voqealanishi vositalari sifatida ifoda tushunchasi farqlanadi; shunga muvofik, ravishda gap nazariyasi va ifoda nazariyasi ham chegaralanadi. Gap Sintaksisi doirasiga uni shakllantirishning usul va vositalari, ifoda Sintaksisi doirasiga esa gapning aktual boʻlinishi vositalari hamda uning maʼno strukturasi muammolari kiritiladi.
S.da, shuningdek, gap boʻlaklari ham oʻrganiladi. Ular bosh (ega, kesim) va ikkinchi darajali boʻlaklar (toʻldiruvchi, aniqlovchi, hol)dan iborat. Keyingi paytlarda kesim gapning asosi ekanligi, undalma, kirish soʻz va kiritmalarga gapning uchinchi darajali boʻlaklari maqomini berish masalalari ham koʻtarilmoqda.
"Sintaksis" termini, garchi ayni hozirgi maʼnoda boʻlmasada, dastlab mil. av. 3-asrda Yunonistonda stoiklar tomonidan qoʻllangan. Sintaksisning ilk prinsiplarini yunon grammatisti Apolloniy Diskol morfologik negizda, xususan, soʻz turkumlari Si tarzida asoslagan. S. tarixi yevropa va rus tilshunosliklarida boʻlganidek turkiy tillarda (oʻzbek tilida) ham oʻziga xos rivojlanish bosqichlarini oʻtgan. Qomusiy alloma Mahmud Koshgʻariyning 11-asrda "Javoxir unnahvi fi lugotitturk" ("Turkiy tillar sintaksisi kridalari") asarini yaratganligi buning yaqqol isbotidir. 20-asrda oʻzbek tili sintaksisiga, qisman, sintaktik qurilishiga rus tilshunosligidagi nazariy tadqiqotlar maʼlum darajada taʼsir oʻtkazgan. Oʻtgan asrda oʻzbek tili sintaksisi sohasida Fitrat, Ayub Gʻulomov, F. Abdullayev; Gʻ. Abdurahmonov, M. Asqarova, A. Nurmonov, N. Mahmudov va boshqa jiddiy tadqiqotlar olib bordilar.
14. Gap haqida ma'lumot.
Gap — muayyan til qonuniyatiga koʻra grammatik va intonatsiyaviy shakllangan nutq birligi. Fikr shakllanishi va ifodalanishining asosiy vositasi. Gap soʻz, soʻz birikmalariga qarama-qarshi qoʻyiladigan sintaktik kategoriyadir. Predikativlik, modallik, xabar intonatsiyasi, marom-ohang, tugallanganlik, soʻzlar tartibi Gapning muhim xususiyatlaridandir. Kommunikativlik — Gapning bosh vazifasi. Gaplar quyidagi nuqtai nazardan tasnif qilinadi: a) tarkibidagi predikativ birlikning miqdoriga koʻra.
Bunda sodda gap, qoʻshma gap farqlanadi; b) kommunikativ vazifasiga koʻra. Bunda Gaplar 3 tur ga boʻlinadi: darak gap, soʻrok gap va undov gap; v) estetik vazifasiga koʻra emotsional (soʻzlovchining turli emotsiyasini, emotsional munosabatlarni ifodalovchi) gap hamda intellektual (hech qanday emotsiyalarsiz faqat fikrning oʻzini ifodalaydigan, kommunikativ vazifani bajaradigan) gaplar mavjud. Gap boʻlaklari G.ni tashkil etuvchi qismlar hisoblanadi. Oʻzbek, umuman turkiy tillar uchun til birliklarining nutqda grammatik xususiyatlar asosida birikuvidan tashkil topgan sintaktik butunlikdan iborat Gaplar xosdir.
15. Gap bo`laklari. Bosh bo`laklar.
Gapda biror so‘roqqa javob bo‘lgan vao‘zaro tobе boG‘langan so‘z yoki so‘z birikmasi gap bo‘lagi dеb ataladi. Gap bo‘laklarini bеlgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So‘zlarga so‘roq bеrish, ularning qaysi turkumga mansubligi, gap ichida joylashish tartibi, qanday qo‘shimchalar olishi tom ma'noda gap bo‘laklarining turlarini bеlgilashda asos bo‘la olmaydi. Gap bo‘laklarining turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kеsimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, hol hollanmishga nisbatan, to‘ldiruvchi to‘ldirilmishga nisbatan aniqlanadi. Nisbat bеriluvchi bo‘lak bo‘lmas ekan, u yoki bu gap bo‘lagi haqida gapirish mumkin emas.
Gap bo‘laklarining gap tarkibidagi mavqei bir xil emas. Ba’zi gap bo‘laklari gap qurilishida markaziy o‘rinni egallaydi, bunday bo‘laklarsiz fikr anglashilmaydi. Ayrim bo‘laklar esa gap qurilishida asosiy rol o‘ynamaydi, ularning ishtirokisiz ham bosh bo‘laklar orqali fikr anglashilaveradi. Shunga ko‘ra gap bo‘laklari ikki turga ajratiladi:
1) bosh bo‘laklar;
2) ikkinchi darajali bo‘laklar.
Bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qilmasdan, uni hajm jihatdan kengaytiradi yoki so‘z birikmasini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar bosh bo‘laklar bilan yoki o‘zaro tobe aloqada bo‘lib, ularni izohlash, aniqlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi.
Bosh bo‘laklar ega va kesimdan iborat. Ikkinchi darajali bo‘laklar aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holdir.
Gapning bosh bo‘laklari
1. Ega va uning ifodalanishi
Kesim orqali izohlanadigan fikr predmetni anglatadigan, gapning boshqa bo‘laklariga tobe bo‘lmagan bosh bo‘lakka ega deyiladi.
Ega keng ma’noda predmet tushunchasini bildirib, kesimdan anglashilgan predikativ belgining kimga yoki nimaga qarashliligini ko‘rsatadi.
Ega bosh kelishikdagi birliklar bilan ifodalanib, kim? nima? qayer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Ega, odatda, yakka so‘z: ot, olmosh, harakat nomi, otlashgan so‘z (sifat, son, olmosh, sifatdosh, ravishdosh, ravish, taqlid so‘z, undov so‘z, modal so‘z) bilan ifodalanadi.
Eganing ot bilan ifodalanishi. Bosh kelishikdagi atoqli yoki turdosh ot ko‘pincha ega vazifasini bajaradi: Sirdaryo hammasini yig‘ib olib, rosa kuchga to‘ladi-da.(P.Q.).
Chor-atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to‘ldi. (O‘.H.).
Eganing olmosh bilan ifodalanishi. Ega bosh kelishik shaklidagi ot o‘rnida qo‘llanuvchi olmoshlar bilan ifodalanadi: Ular kulimsirab askiyaga quloq solishdi (P.Q.) Kimdir unga darrov bir kosa ovqat keltirib berdi. (O‘.Usmonov). O‘zingiz juda aqlli, uzoqni ko‘radigan odamsiz. (S.Soliyev).
Eganing harakat nomi bilan ifodalanishi. Ega harakat nomi bilan ifodalana oladi: ... ariqdan oqqan suvning shildirashi eshitila boshladi... (P.Q.). Boshliq bo‘lish oson, boshlamoq qiyin. (Maqol).
Eganing otlashgan sifat bilan ifodalanishi. Sifatlar otlashib, gapda ega bo‘lib kelishi mumkin: Botir topsa, barcha yer, baxil topsa, bosib yer. (Maqol). Yaxshi yaxshining qadriga yetar. (Maqol).
Eganing otlashgan son bilan ifodalanishi. Sonlar ham otlashib, ega vazifasida keladi: Ikkovi ham bir-biriga juda o‘xshash... (P.Q.). Tarbiya axloq va oqillikka tayanmog‘i lozim. Birinchisi yaxshi fazilatni o‘stirsa, ikkinchisi ba’zilarning illatidan himoya qiladi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
Eganing otlashgan olmosh bilan ifodalanishi. Ega vazifasida sifat, son o‘rnida qo‘llanuvchi otlashgan olmosh bilan ham ifodalanadi: Bu, ehtimol, ona suti bilan kirgan g‘ayrishuuriy bir tuyg‘udir. (P.Q.). Odamlar uchun xuddi mana shunisi kerak edi. (CH.Aytmatov).
Eganing otlashgan sifatdosh bilan ifodalanishi. Bosh kelishikdagi otlashgan sifatdosh ega vazifasini bajaradi: Ishlagan xor bo‘lmas (Maqol). Qimirlagan qir oshar (Maqol). Birlashgan daryo bo‘lar, tarqalgan irmoq bo‘lar (Maqol).
Eganing otlashgan ravish bilan ifodalanishi. Ravish otlashganda, gapda ega bo‘lib kelishi mumkin: Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, oz so‘zning o‘zi yaxshi (Maqol). O‘qishning erta-kechi bo‘lmas (Maqol).
Eganing otlashgan taqlid so‘z bilan ifodalanishi. Taqlid so‘zlar otlashib ega vazifasini bajaradi: Otning dukura-dukuri relslarning tutashgan joyiga urilayotgan g‘ildirak tovushi bilan uyg‘unlashib ketardi. (Ch.Aytmatov). Bu shovqinlarni karnayning vat-vati bosib ketadi. (S.A.)
Eganing otlashgan undov so‘z bilan ifodalanishi. Ega vazifasida otlashgan undov so‘z kelishi mumkin: Yer kurrasida qadim-qadim zamonlardan yangragan musiqiy «qur-ey!» bunday keyin ham tinmaydi. (S.Nurov).
Eganing otlashgan modal so‘z bilan ifodalanishi. Otlashgan modal so‘z ega vazifasini bajarishi mumkin: Bor so‘ylaydi, yo‘q o‘ylaydi. (Maqol).
Ega ba’zan frazeologik ibora bilan ham ifodalanishi mumkin: Birovning ko‘nglini ko‘tarish qiyin, ko‘nglini cho‘ktirish esa oson.
Bundan tashqari, ega so‘z birikmasi yoki gapga teng predikativ birlik bilan ifodalanadi.
Eganing so‘z birikmasi bilan ifodalanishi. Ega vazifasida so‘z birikmasi kela oladi: Haqiqat va to‘g‘rilikni sevadigan odam doim vijdoni farmoniga itoat qiladi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
Eganing gapga teng predikativ birlik bilan ifodalanishi. Ega-kesim munosabati aks etgan predikativ birlik ega vazifasida kela oladi: Bilagi zo‘r birni yiqitadi, bilimi zo‘r – mingni (Maqol).
2. Kesim va uning ifodalanishi
Ega anglatgan predmetning predikativ belgisini ifodalaydigan, ega haqidagi hukmni bildiradigan bosh bo‘lak kesim deyiladi.
Kesim o‘zida predikativlikni aks ettiradigan, gapni grammatik jihatdan shakllantiradigan bosh bo‘lak hisoblanadi.
Kesim ifoda materialiga ko‘ra (qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra) ikki turga ajratiladi: 1) fe’l kesim; 2) ot kesim.
Fe’l kesim. Turli fe’l shakllari bilan ifodalanadigan kesim fe’l kesim deb yuritiladi: Yo‘l chetida zarg‘aldoqlar sayraydi. (P.Q.). O‘rik qiyg‘os gullaganda, birdan havo sovib, laylakqor yog‘ib berdi. (P.Q.).
Fe’l kesim ba’zan frazeologik ibora bilan ham ifodalanadi: Tog‘ etagida qishloqning mirzateraklari elas-elas ko‘zga tashlanadi. (P.Q.).
Ot kesim. Fe’ldan boshqa so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov va b.) bilan, shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalanadigan kesim ot kesim deb ataladi.
1) kesimning ot bilan ifodalanishi. Ot kesim vazifasida ko‘pincha bosh kelishikdagi ot, ba’zan esa o‘rin-payt, chiqish, jo‘nalish kelishiklardagi ot yoki ko‘makchi bilan qo‘llangan ot kelishi mumkin: Yoshning hurmati - qarz, qarining hurmati – farz. (Maqol). So‘zning ko‘rki - maqol. (Maqol). O‘sha kuni Norboy ota dalada edi. (P. Q.). Safaviylar ham o‘zimizning turkiy ulusdan. (P.Q)
Ot bilan ifodalangan kesim nafaqat bosh kelishik shaklida, ba’zan jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklar shaklida bo‘lishi mumkin, hatto ko‘makchi orqali shakllangan bo‘lishi mumkin. Masalan: Ilmu hunar yerga emas, elga. (Maqol). Haqiqat kuchda emas, kuch haqiqatda. (V.Kataev). Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun.(Maqol).
2) kesimning sifat bilan ifodalanishi: O‘rmon ichi sersoya, salqin.(P.Qodirov) Uning bo‘yi baland edi. (P.Qodirov)
3) kesimning son bilan ifodalanishi: Besh karra besh - yigirma besh. Qayiq kattagina, eshkagi to‘rtta edi. (P.Qodirov) So‘zimiz, va’damiz, ahdimiz bitta, do‘stlikda yaratgan baxtimiz bitta.(Maqol). 4) kesimning olmoshbilan ifodalanishi : Endi navbat sizniki. (P.Qodirov) Sen uning kimi bo‘lasan? (Ch.Aytmatov) Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun.(Maqol) 5) kesimning harakat nomi bilan ifodalanishi: Bir ko‘rgan bilish, ikki ko‘rgan tanish. (Maqol)
6) kesimning ravish bilan ifodalanishi: Podshoni kuyov qilishga havasmandlar ko‘p edi.(P.Qodirov). 7) kesimning modal so‘z bilan ifodalanishi: Oy tunda kerak, aql kunda kerak. (Maqol) Tengdoshlari ichida undan tez chopadigani, chillak otishda undan ustasi yo‘q.(P.Qodirov). 8) kesimning undov so‘z bilan ifodalanishi: Ellarni qutqazgan mardlarga balli! Mardlarni yetkizgan yurtlarga balli! (M.SHayxzoda)
Kesim tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1) sodda kesim yakka bir asosli fe’llar bilan ifodalangan kesimlar hamda bog‘lamasiz kelgan ot kesimlardir. Sodda kesim ifoda materialiga ko‘ra ikki xil: sodda fe’l kesim, sodda ot kesim. a) sodda fe’l kesim tuslangan fe’l, ravishdosh, sifatdosh bilan ifodalangan kesimdir. Masalan: Ot yiqilayotganda, Humoyun oyoqlarini uzangidan chiqarib egardan qumga sakradi. (P.Qodirov) Qalin qorlar erib, o‘tlar ko‘karib qoldi. (Ch.Aytmatov) b) sodda ot kesim fe’ldan boshqa so‘z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov so‘z, modal so‘z, shuningdek, fe’lning harakat nomi bilan ifodalangan kesimdir. Masalan: Yolg‘onchi kishi har kim qoshida beobro‘dir. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur») Keng-keng ko‘chalari bor-u, lekin markazi tiqilinch. (P.Qodirov) Soyda tosh ko‘p, terib chiqaraverasan. (P.Qodirov)
2) tarkibli kesim ikki va undan ortiq so‘z shakllarining qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan kesimdir. U doim yetakchi va yordamchi qismlardan tashkil topib, yetakchi qism asosiy ma’noni, yordamchi qism qo‘shimcha ma’noni ifodalaydi. Ifodalanishiga ko‘ra tarkibli kesim ham ikki xil bo‘ladi:
a) tarkibli fe’l kesim fe’lning analitik shakli bilan ifodalanadi. Bunda o‘zining leksik ma’nosini saqlagan fe’l yetakchi fe’l, qolganlari esa ko‘makchi fe’l yoki to‘liqsiz fe’l bo‘lib, yetakchi fe’ldan anglashilgan harakatning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan turli qo‘shimcha ma’nolarni ifodalaydi. Yetakchi fe’l asosan ravishdosh shaklida bo‘ladi. Masalan: Bu yumshoq, mulohazali odamga yotoqdoshlarning mehri oshib qolgan edi. (A.Muxtor). O‘rmon ichidan qushlarning sayrashi... eshitilib turadi. (P.Qodirov). b) tarkibli ot kesim fe’ldan boshqa so‘z turkumlarining bog‘lama bilan birikishidan yuzaga keladi. Bunda tarkibli ot kesimning ot qismini ot, sifat, son, olmosh, ravish yetakchi qismini tashkil qiladi, yordamchi qismini esa bog‘lama vazifasidagi «bo‘lmoq», «sanalmoq», «hisoblanmoq», «tuyulmoq» kabi fe’llar, shuningdek, «edi», «ekan», «emish» to‘liqsiz fe’li tashkil etadi.
Tarkibli ot kesimda asosiy ma’no yetakchi qism, ot qismida bo‘ladi. Yordamchi qism, bog‘lama esa qo‘shimcha ma’noni, grammatik ma’noni: mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalaydi.
O‘zbek tilida bog‘lamani qo‘llanishiga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin:
1. So‘z bog‘lamalari: bo‘lmoq, hisoblanmoq, sanalmoq, ko‘rinmoq, tuyulmoq, edi, ekan kabilar.
2. Affiks bog‘lama: -dir.
Affiks bog‘lama sodda ot kesim tarkibida qo‘llanib, doimiy sintaktik zamonni ifodalaydi. Masalan: Agar yolg‘iz esang hamdam kitobdir, Bilim subhidagi nur ham kitobdir,. (Abdurahmon Jomiy)
Ko‘pincha mazkur bog‘lama qo‘llanmasligi mumkin, nol shaklida ishlatilishi mumkin: Aqlning o‘lchovi – idrok Ø. (Maqol). Dono durdan a’lo Ø. (Maqol).
So‘z bog‘lama tarkibli ot kesimni shakllantiradi va turli mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan: Yomonga bosh bo‘lguncha, yaxshiga yo‘ldosh bo‘l. (Maqol). Uying tor bo‘lsa ham, ko‘ngling keng bo‘lsin. (Maqol). Shirboz qo‘zining tandir kabobi juda yaxshi bo‘ladi-da. (P.Qodirov). Avazning akasi Ortiq shu edi (P.Qodirov).
Tarkibli ot kesim harakat nomi + kerak, lozim, mumkin, shart, darkor kabi so‘zlar shaklida ham kelishi mumkin. Masalan: Endi jiyan panoh istab borsa, qanoti tagiga olishi mumkin. (P.Qodirov). Bu vatanni tashlab ketmoqchi bo‘lganlarga qat’iy zarba berilmog‘i lozim. (P.Qodirov).
Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi
Yozuvda ba’zan kesim bilan ega orasida tire ishlatiladi. Bu quyidagi holatlarda sodir bo‘ladi:
1. Kesim ot, olmosh, son bilan ifodalanib, -dir affiks bog‘lamasi qo‘llanmaganda: Mehnat - hurmatning toji. (Maqol). Tashqaridagi gap – kir o‘radagi mag‘zava (Shuhrat). To‘rt karra to‘rt - o‘n olti.
2. Gapning egasi yoki kesimi, yo bo‘lmasa ham egasi, ham kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, -dir bog‘lamasi bo‘lmaganda: Bekor yurish – illatning onasi, g‘urbatning makoni. («Tafakkur gulshani»). O‘qish - ulg‘ayish. (Maqol). Tilni bilish – dilni bilish (Maqol).
3. Ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanib, kesim tarkibida affiks bog‘lama ishlatilmaganda: Bular – ko‘m-ko‘k dov-daraxtlar. (K.Yashin).
16. Ikkinchi darajali bo`laklar.
Aniqlovchi
Predmet ma’nosini bildiruvchi so‘zni izohlaydigan va uning belgisini anglatadigan ikkinchi darajali bo‘lakka aniqlovchi deyiladi.
Aniqlovchi predmetning xususiyatini, qarashliligini va shu kabilarni ifodalaydi. Aniqlovchi leksik-semantik va grammatik jihatdan uch xil bo‘ladi: sifatlovchi, qaratuvchi, izohlovchi.
1. Sifatlovchi aniqlovchi
Aniqlovchining bu turi ot bilan ifodalangan bo‘lakka odatda bitishuv yo‘li bilan bog‘lanib, otdan anglashilgan predmetning belgi-xususiyatini, sifatini, miqdorini, o‘ringa munosabatini bildiradigan aniqlovchining bir turidir. U qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, necha?, nechanchi?, qachongi?, qayerdagi? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Sifatlovchi bog‘lanib kelgan so‘z sifatlanmish deb ataladi.
Sifatlovchi turli so‘z turkumlari bilan ifodalanadi:
1) sifat bilan: Quyoshning issiq, tansiq nurlari odamlarga xush yoqadigan bo‘lib qoldi. (O‘.Hoshimov). Rang-barang gullar, har xil ekinlar, bog‘lar, suvlar quyoshda yashnab tovlanadi (Oybek). Yaxshi so‘z, yaxshi muomala, ishq-muhabbat – insonni insonga, qalbni qalbga bog‘laydigan sehrli ip. (Sh.Ubaydullayev).
2) son bilan: Ikkita zog‘ora non bilan to‘rtta turshakni dasturxonga qo‘yib tamaddi qilgan bo‘ldim. (O‘.Hoshimov). Birinchi qor ham shu tepalik boshiga yog‘adi, birinchi maysalar ham Xirmontepa bag‘rida ko‘karadi. (O‘.Hoshimov). Uch-to‘rtta yirik-yirik qora qushlar nimanidir mo‘ljalga olib shoshilmay aylanishadi. (P.Qodirov).
3) olmosh bilan: Allaqaysi dengiz qushlarining odati qiziq ekan. (O‘.Usmonov) Har bir qiyinchilikdan so‘ng bir rohat bor. (Maqol).
4) ot bilan: Asfalt ko‘chaning u er bu erida suv xalqob bo‘lib yotardi. (O‘.Hoshimov). Kumush so‘zingni chaqaga mayda qilma. (Maqol).
-dagi affiksini olgan otlar ham sifatlovchi vazifasini bajaradi. Masalan: Uydagi har bitta buyum Ma’sudani esimga soladi. (P.Q.). Toshkentlik yosh olim... atrofdagi cho‘ponlarni to‘plab, ziyofat qilib bermoqda... edi. (P.Q.).
5) sifatdosh bilan: Unda dam oladigan va yo tunab qoladigan manzil yo‘q. (K.Yashin). Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt. (Maqol).
6) ravish bilan: Ko‘p befoyda narsalarni o‘rganganingdan ko‘ra senga doimo xizmat qiladigan besh-o‘nta yaxshi o‘gitni bilganing ma’qulroq. (Seneka).
7) taqlid so‘z bilan: G‘ir-g‘ir mayin bahor shamoli. (Oybek). Bir gala o‘rdak kanal bo‘yiga tushdi. Bularning g‘aq-g‘uq ovozi ancha vaqtgacha bosilmadi. (S.Ahmad).
Sifatlovchi ba’zan so‘z birikmasi bilan ham ifodalanadi. Masalan: Qarama-qarshi turgan ikki eshikning birini shaxt bilan ochdi... (P.Qodirov). Dunyoda xushfe’l, olijanob, hamisha ezgu niyat bilan ish qiladigan odamlar juda ko‘p (O.Husanov).
Sifatlovchi vazifasini gapga teng predikativ birliklar ham bajarishi mumkin: Himmati zo‘r kishining qimmati zo‘rdir. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
2. Qaratqich aniqlovchi
Bu aniqlovchi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifodalangan bo‘lakka muvofiqlashuv yo‘li bilan bog‘lanib, o‘zi ifodalayotgan shaxs yo predmetga boshqa bir shaxs yoki predmetning qarashli, tegishli ekanini bildiruvchi aniqlovchining bir turidir. U kimning? nimaning? qayerning? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Qaratuvchi bog‘lanib kelgan so‘z qaralmish deb yuritiladi.
Qaratuvchi quyidagicha ifodalanadi:
1) ot yoki ot o‘rnida qo‘llanadigan olmosh bilan: Tip-tiniq fazoning bir burchida turnalar karvoni ko‘rindi. Zum o‘tmay ularning o‘ychan sadolari havoni to‘ldirdi... (O‘.Hoshimov).
2) harakat nomi bilan: U bilan uchrashishning ming xil yo‘lini izladi. (S.Ahmad). Ovora bo‘lmoqning nima zarurati bor? (A.Qodiriy).
3) otlashgan sifat bilan: Nomardga ishi tushmagan mardning qadrini bilmas. (Maqol). Tekinning minnati ko‘p, mehnatning ziynati ko‘p. (Maqol). Qo‘rqoqning ko‘zi katta, ahmoqning so‘zi katta. (Maqol).
4) otlashgan son bilan: O‘nning yarmi – besh.
5) otlashgan olmosh bilan (sifat, son o‘rnida qo‘llanadigan otlashgan olmosh bilan): Buning sababi ko‘p. (P.Qodirov).
6) otlashgan sifatdosh bilan: O‘qiganning tili ko‘p uzun bo‘ladi. (Maqol).
7) otlashgan ravish bilan: Ertaning buguni bor, bugunning ertasi bor. (Maqol).
Qaratuvchi ba’zi hollarda so‘z birikmasi bilan ifodalanishi mumkin. Masalan: ... kim bo‘lsa ham beklardan birining shunday tinchsizlik chiqarishig‘a «mumkin va bo‘ladirg‘an ish» deb qarar edi. (A.Qodiriy). Cho‘qqida yashashning ta’rifi ulug‘, cho‘qqidan olam keng, cho‘qqida - yorug‘!!! (Shuhrat).
Qaratuvchi gapga teng predikativ birlik bilan ham ifodalanadi. Masalan: Uyda rohati yo‘qning ko‘chada farog‘ati yo‘q. (Maqol). Dili qing‘irning tili qing‘ir. (Maqol). Qizi borning nozi bor. (Maqol).
Qaratuvchi ikki xil shaklda bo‘lishi mumkin: belgili va belgisiz. Aniqlovchi qaratqich kelishigi affiksini olgan bo‘lsa, belgili bo‘ladi. Masalan: Har narsaning dalili bor: aqlning dalili – fikr, fikrning dalili sukutdir. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
Aniqlovchi qaratqich kelishigi affiksini olmagan bo‘lsa, belgisiz sanaladi. Masalan: Xullasi, ikkala qal’a ahli bir-biri bilan ahil, bir onaning bolasidek yashar ekan. (S.Ahmad). Mashina Hazrat Botir burulishiga kelganda, Tolibjon kabina tomini tapillatib urdi. (S.Ahmad).
3. Izohlovchi
Bu bo‘lak aniqlovchining bir turi sifatida o‘zi aloqador bo‘lgan so‘zga bitishuv yo‘li bilan bog‘lanib, uni boshqacha nom berish yo‘li bilan aniqlab, izohlab keladi.
Izohlovchi bog‘lanib kelgan so‘z izohlanmish deb qaraladi.
Izohlovchi, asosan, ot bilan ifodalanib, quyidagi ma’nolarni bildiradi:
1) unvonni: Orqadagi «Chayka»dan general Luqmonov tushdi. (S.Ahmad). Ro‘para kelgan bir ayoldan: «Professor Jabborov qayerda o‘tiradi?»- deb so‘radi. (O‘.Usmonov).
2) amalni: Qishloq xo‘jalik bo‘limining mudiri Zokir Qo‘shmoqov qotmadan kelgan, jikkakkina yigit bo‘lib, harakatchan yigit edi. (O‘.Usmonov). Ko‘rinishidan qo‘rs odamga o‘xshab ketadigan bo‘lim mudiri O‘sar Qurbonovich kirib keldi. (Y.Yakvalxo‘jaev).
3) kasbni, mutaxassislikni: Rafiqov idorada turolmaydi, chunki idorada hisobchi Umar Alidan boshqa hech kim yo‘q. (A.Qodiriy). Adabiyot o‘qituvchisi YAmin afandi bir dasta insholar yozilgan daftarlar ustiga bitta kitob qo‘yib, kirib kelarmish (Y.Yakvalxo‘jaev). U rassom O‘rol Tansiqboev asarlarining nushasini jurnallardan qirqib olib saqlardi. (S.Ahmad).
4) qarindoshlikni: Nomimni dadam emas, bobom Ahmadbek hoji qo‘ygan ekanlar. (Y.Yakvalxo‘jayev). Hojar xolam ham qozon nonni yopadilar-ku. (P.Qodirov). Saltanatning ukasi Mirvosil armiyadan ta’tilga kelgani, shunda qarindosh-urug‘larining barii yig‘ilganini xabarlashdi. (O‘.Usmonov).
5) laqabni: Mahamat chatoq keyingi fikrlarini bir safga jamlayotganday tag‘in bir oz jim qoldi. (O‘.Usmonov). Islom Novcha ketmonini qo‘liga olib, hammadan yarim gaz yuqori turgan qaddi bilan g‘o‘zaning ustiga keladi. (A.Qodiriy). Dalavoy kal dadangni tanirdi, o‘shandan so‘radim. (S.Ahmad).
6) taxallusni: Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek - taniqli o‘zbek yozuvchisi.
7) jinsni: Nahot qiz bola o‘z otasini shunchalik mensimasa? (O.Yoqubov). Maktab yonidagi ikki xonali uychada o‘qituvchi qiz Cho‘lponoy istiqomat qiladi. (P.Qodirov).
8) yaqinlikni: Yana do‘stim Mamajon Ali jonimga oro kirdi. (Y.Yakvalxo‘jayev). Malohatxon dugonasi Hamida bilan Akromni hazil-mutoyibalar bilan kuzatib qo‘yishar edi. (O.Yoqubov).
Izohlovchi ba’zan so‘z birikmasi bilan ham ifoda etiladi. Masalan: Ayniqsa, yosh olim Aziz Qosimovning xizmatlari salmoqli bo‘ldi. (O‘.Usmonov). Xonaga kichkina sandiqcha ko‘tarib, asab doktori Shamsiqamar kirib keldi. (Y.Yakvalxo‘jayev). Bu ma’ruza institutning bosh arxitektori Zafar Boboyevning bir loyihasi to‘g‘risida edi. (O.Yoqubov).
Izohlovchi izohlanmishdan oldin ham, undan keyin ham kelishi mumkin: So‘ng boshqarma boshlig‘i G‘iyosiddinovni esladi. (P.Qodirov). U dadasi bilan mendan tashqari, Oqsoqolga, Xolposh xolasiga, Potma-Zuhra kelinoyilariga salom aytibdi. (O‘.Hoshimov).
To‘ldiruvchi
Ko‘pincha fe’l bilan ifodalangan, ba’zan fe’ldan boshqa ayrim so‘zlar bilan ifodalangan bo‘lakka boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanib, uning ma’nosini to‘ldirib keladigan ikkinchi darajali bo‘lak to‘ldiruvchi deyiladi.
To‘ldiruvchi boshqaruvchi so‘zning talabiga ko‘ra kelishik affikslari (qaratqich kelishigidan tashqari) yoki ko‘makchilar orqali shakllanadi. Masalan: Aql va idrok quyoshga o‘xshaydi, ular dog‘larni bekitadi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
To‘ldiruvchi o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan (fe’l, sifat, ravish, ot, modal so‘z bilan) «to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish» sintaktik munosabatni yuzaga keltiradi.
To‘ldiruvchi ifoda materialiga ko‘ra egaga hamda qaratuvchiga o‘xshaydi, faqat grammatik shakl jihatdan ulardan farq qiladi.
To‘ldiruvchi quyidagicha ifodalanadi:
1. Ot bilan: Nodon kishi o‘zining nasl-nasabiga, olim kishi esa o‘zining ilm va adabiga tayanadi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Oy to‘lmagan bo‘lmasa ham, juda yorug‘, shabadada silkinayotgan terak barglarini bitta-bitta sanab chiqish mumkin. (P.Qodirov).
2. Olmosh bilan: Shaharliklar... o‘zlarini tog‘da yashayotganday his qilishadimi? (Sh.Xolmirzayev). O‘g‘il ham otaga shunchalik o‘rgandiki, u bilan birga yotadigan bo‘ldi. (Sh.Xolmirzayev).
3. Harakat nomi bilan: Xalqning hurmat qilishini tilasangiz, avval o‘zingiz hammani hurmat qiling. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Olim kishi... maqtashlar va olqishlarga uchib, o‘zini yuqori tutmaydi, kamtar bo‘ladi («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
4. Otlashgan sifat bilan: Yomondan qoch, yaxshiga quloch och. (Maqol). Aziz o‘g‘lim, yomonlar bilan suhbatdosh bo‘lma, ulardan arslondan qochganday qoch, hammaga rahm va shafqat ko‘zi bilan qara. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Botirdan yaxshi ish qolar, donodan – yaxshi so‘z. (Maqol).
5. Otlashgan son bilan: Chiqmasa... bittasini menga ber, bir-ikki oy boqay... (P.Qodirov). Ikkovga birov botolmas, otliqqa yayov etolmas. (Maqol).
6. Otlashgan olmosh bilan: Manmanlik yaramas odat ekanini anglang, hamisha buni yodingizda tuting. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Kattami, kichikmi - har qaysisini hurmatlab, yoshi va martabasiga ko‘ra muomala qiling. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
7. Otlashgan sifatdosh bilan: Ayrilganni ayiq er, bo‘linganni bo‘ri yer. (Maqol).
8. Otlashgan ravish bilan: Ko‘kka boqma, ko‘pga boq. (Maqol). Ko‘pni bilgan oz so‘zlar, oz bo‘lsa ham soz so‘zlar. (Maqol).
9. Otlashgan taqlid so‘z bilan: To‘g‘ri, studentlar allaqachon paxtadan qaytib, yomg‘irdan ivigan parklar yana oshiq-ma’shuqlarning shivir-shiviriga to‘ldi. (O‘.Hoshimov).
10. To‘ldiruvchi so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: O‘zingdan kichiklarni kamsitmang. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Ular bosh silkib, shundoq muhtaram odam bilan tanishganlaridan minnatdor ekanliklarini izhor qilishdi (O‘.Hoshimov).
To‘ldiruvchi gapga teng predikativ birlik bilan ham ifodalanishi mumkin: Yoshi ulug‘ni ulug‘lasa, baxt topar. (Maqol).
1. Vositasiz to‘ldiruvchi
To‘ldiruvchi o‘z vazifasi va shakliga ko‘ra ikki turga ajratiladi: vositasiz to‘ldiruvchi va vositali to‘ldiruvchi.
Vositasiz to‘ldiruvchi harakatni o‘ziga qabul qilgan, harakat o‘ziga bevosita o‘tgan predmetni bildiradi. Shu bois u odatda o‘timli fe’l bilan ifodalangan bo‘lakka bog‘lanadi.
Vositasiz to‘ldiruvchi ko‘pincha tushum kelishigidagi birliklar bilan ifodalanib, kimni? nimani? qaerni? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi: Bolani yoshdan asra, niholni boshdan asra. (Maqol). Aqlni beaqldan o‘rgan. (Maqol). U hamma qishloqlarni o‘zi aylanib chiqdi. (P.Qodirov).
Vositasiz to‘ldiruvchi ba’zan chiqish kelishigidagi so‘z bilan ham ifodalanadi: Temirjon quymoqdan ko‘p yemadi. (J.Abdullaxonov).
Vositasiz to‘ldiruvchi tushum kelishigi shaklidagi so‘z bilan ifodanganda, harakat butunlay predmetga o‘tadi, chiqish kelishigidagi so‘z bilan ifodalanganda esa, harakat qisman predmetga o‘tganligi anglashiladi.
Vositasiz to‘ldiruvchi ikki xil shaklda: belgili va belgisiz shaklda ishlatiladi. Belgili vositasiz to‘ldiruvchi tarkibida tushum kelishigi –ni affiksi saqlanadi: Bor borini yeydi, uyatsiz orini yeydi. (Maqol). Odamni po‘stin emas, ish qizdiradi. (Maqol). Belgisiz vositasiz to‘ldiruvchida –ni qo‘shimchasi qatnashmaydi, lekin uni tiklash mumkin bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, bunday vositasiz to‘ldiruvchi belgisiz tushum kelishigi shaklidagi so‘z bilan ifodalanadi: Non emoqchi bo‘lsang, o‘tin tashishdan erinma (Maqol). Tekin boylik axtarguncha, o‘zingga bop hunar top (Maqol).
2. Vositali to‘ldiruvchi
Vositali to‘ldiruvchi bosh, qaratqich, tushum kelishiklaridan boshqa kelishikdagi birliklar bilan hamda ko‘makchili ishlatilgan birliklar bilan ifodalanadi. Vositali to‘ldiruvchilarning ma’nolari va so‘roqlari turlichadir. Mazkur to‘ldiruvchilarni jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari affikslari hamda «bilan», «uchun», «to‘g‘risida», «haqida» kabi ko‘makchilar shakllantirib, ular kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? kim bilan? nima bilan? kim uchun? kim to‘g‘risida? nima xususida? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi. Masalan: Inson bilimga intiladi va qachonki unda bilimga tashnalik so‘nsa, u insoniylikdan mahrum bo‘ladi. («Tafakkur gulshani»). Do‘sting bilan sirdosh bo‘l (Maqol). Mineral tuz, bosh miya uchun zarur bo‘lgan efir moyi aksar yong‘oqning mag‘zidan olinadi. (J.Abdullaxonov). G‘oyib endi «studentlikning oltin davri» haqida zavq-shavq bilan hikoya boshladi. (J.Abdullaxonov). Mana endi uning yaxshi xislatlari to‘g‘risida gap ketyapti. (J.Abdullaxonov).
Vositali to‘ldiruvchi ko‘pincha fe’l bilan ifodalangan bo‘laklarga, ba’zan esa sifat, ravish, ot, modal so‘z bilan ifodalangan bo‘laklarga ham bog‘lanib keladi. Masalan: Bu – professor Jamolovning saxiyligi, yoshlarga mehr-muhabbatining mevasi, albatta. (J.Abdullaxonov). Temirjon gamma nurlarini hayot uchun faqat ofat manbai deb bilardi. (J.Abdullaxonov). Temirjon uning bu uyda xizmat qilishidan bexabar edi. (J.Abdullaxonov). Uning tashqi ko‘rinishi sokin tuyulsa-da, ichki dunyosi olam-olam orzularga boy... (J.Abdullaxonov).
17. Uyushiq bo`lakli gaplar.
Uyushiq bo`laklar - gapda bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarib, teng bogʻlovchilar yoki sanash ohangi bilan bogʻlangan ran boʻlaklari. Bunday boʻlaklar gapda birdan ortiq holda qator kelishi mumkin va bu gaplar Uyushiq boʻlakli gaplar hisoblanadi. Mac, Tobora koʻtarilayotgan quyosh oʻrik, olma, shaftoli va giloslarning shoxlariga oʻzining ertalabki yogʻdusini sepmoqda. Bu gapda oʻrik, olma, shaftoli va gilos soʻzlari uyushib kelgan. Ular bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarmoqda. Ular oʻzaro sanash ohangi va teng bogʻlovchi yordamida birikkan. Gapning barcha boʻlaklari uyushiq boʻla oladi: uyushiq egalar, uyushiq kesimlar, uyushiq aniqlovchilar, uyushiq toʻldiruvchilar, uyushiq hollar. Uyushiq boʻlaklar qismlari, odatda, bir xil grammatik shaklda boʻladi. Gapning boʻlaklari yakka-yakka holda yoki oʻziga bogʻliq soʻzlar bilan kengaygan holda uyushib kelishi mumkin: Abdulla Qahhorning ijodiy tajribasi kitobxonlar uchun ham, adabiyotshunoslar uchun ham, yosh yozuvchilar uchun ham bebaho bir manbadir (P. Qodirov). Kesim uyushib kelganda uni shakllantiruvchi vositalar (zamon, shaxs-son, mayl, tasdiq-inkor shakllari, bog'lama va ko'makchi fe'llar) oxirgi bo'lakka qo'shiladi: Mavzuni yaxshi tushunish uchun, avvalo, darsni diqqat bilan tinglash berilgan topshiriqlarni bajarish, muntazam takrorlash kerak; Men uzoq yillardan buyon shu shaharda yashab, o'qib, ishlab kelyapman.
Uyushiq bo‘lakli gaplarda ba’zan umumlashtiruvchi birliklar ham qatnashadi.
Ular uyushuvchilarni jamlab ko‘rsatadigan so‘z va so‘z birliklari bo‘lib, uyushiq
bo‘lakdan oldin yo keyin keladi. Uyushiq bo‘lakdan oldin kelgan umumlashtiruvchilar odatda izoh talab qiladi. Uyushiq bo‘lakdan keyin kelgan umumlashtiruvchilar esa yakunlash, xulosalash xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan:
Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong‘ulikka jimgina cho‘kdi. (Oybek).
Ko‘cha – ko‘y ham, dala ham, qishloq ham - hammasi mendan Ma’sudani
so‘roqlayotganday bo‘ladi. (P.Qodirov).
Uyushiq bo‘lakli gaplarda xilma–xil tinish belgilari qo‘llaniladi.
Uyushuvchilar o‘zaro bog‘lovchisiz (faqat sanash ohangsi bilan); zidlov
bog‘lovchilari, takrorlanuvchi bog‘lovchilar; bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar
yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo‘yiladi. Masalan:
Qashqardaryo, Surxondaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida bo‘lsangiz,
500-600 yillik chinorlarni ko‘rasiz. (A.Aminov). U doktorlarga goh zug‘um qilib,
goh yaxshi gapirib statsionardan chiqdi. (S.Ahmad).
Uyushuvchilar o‘zaro va, hamda, bilan biriktiruv bog‘lovchilari orqali,
shuningdek, yakka ayiruv bog‘lovchilari yordamida aloqaga kirishganda, ular
orasiga vergul qo‘yilmaydi: Anhorda suv sokin va ulug‘ vor oqardi.
(F.Musajonov). Salim ota bilan yigitlar mehmonni ... kuzatib tashqariga chiqishdi.
(S.Karomatov).
Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan oldin
kelsa, shu birlikdan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi: Hamma erda: uylarda, ko‘chalarda
ivirsib yotgan xazon yuzi ertalab qirovdan ... oppoq bo‘lib qoladi. (Oybek).
Umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan so‘ng kelganda, undan oldin
tire qo‘yiladi: Kishilar, xotinlar, bolalar – kutib oluvchilar vagon bo‘ylab
chopdilar. (R.Fayziy).
18. Ajratilgan bo`laklar.
Gapning bo‘laklari ajratilishi mumkin. Gap bo‘laklarini ajratish orqali murakkab fikr sodda, ixcham va ta’sirli ifodalanadi. Gapning hamma bo‘laklari ham ajratilishi mumkin:
Ajratilgan egalar: Men, Salimov To‘lqin, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida 1968 – yili tug‘ildim.
Ajratilgan kesimlar: Uyda ko‘p ish qildi – supurdi, kir yuvdi, tozaladi.
Ajratilgan aniqlovchilar: O‘sha otga mana bu bolaning, Qurbonberdining ishqi tushib qolgan ekan.
Ajratilgan to‘ldiruvchi:
Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam, Qo‘msayman birovni – allakimimni. (G‘.G‘)
Ajratilgan hol: Yillar mana shu xilda, osoyishta o‘tar edi.
Ajratilgan bo‘lak ikki vazifada keladi:
u o‘zidan oldingi mavhum ma’nodagi bo‘lakning ma’nosini izohlaydi va diqqatni ana shu bo‘lakka jalb qiladi;
o‘zi ifodalagan mazmunning ma’nosini ajratadi, diqqatni shu bo‘lakka qaratadi.
Bu xil ajratilgan bo‘laklar ham ikki turli bo‘ladi:
ajratilgan sifatlovchili aniqlovchilar: Borlig‘im-la farzandingman, sodiq, mehribon,
Ozarbayjon, Ozarbayjon!
ajratilgan ravishdosh qurilmalari:
Ey Farg‘ona!Tushkun kunlar bolasini tishida tishlab, yuvib, tarab, sevib, o‘pib, quchib, opichlab,
Ey baxtlarni balog‘atga yetkazgan ona!
19. Qo`shma gaplar. Bog`langan va bog`lovchisiz qo`shma gaplar.
Qoʻshma gap — tuzilishiga koʻra sodda gapga oʻxshash ikki va undan ortiq predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap; gapning struktural jihatdan alohida bir turi. Q.g . tuzilishi va qurilish materialiga koʻra sodda galdan farq qiladi. Sodda gapning qurilish materiali soʻz yoki soʻz birikmalari boʻlsa. Q.g .ning qurilish materiali sodda gaplardir. Sodda gap bitta predikativ asosdan, Q.g . esa ikki va undan ortiq predika-tiv asosdan tashkil topadi. Bir qancha turkiy tillarda, jumladan. oʻzbek tilida, Q.g .lar qanday mazmun munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: bogʻ-lovchisiz Q.g .; bogʻlangan Q.g .; ergashgan Q.g .
Tarkibidagi predikativ birliklar oʻzaro bogʻlovchi yoki bogʻlovchi vazifasidagi soʻz yordamida emas, balki boshqa vositalar yordamida birikkan Q. g . lar bogʻlovchisiz Q.g . hisoblanib, bunday Q.g .larda ohang muhim rol oʻynaydi. Bogʻlovchisiz Q.g .lar aksar hollarda bogʻlangan va ergashgan Q.g .lar bilan oʻxshash, munosabatdoshday koʻrin-sada, ular ana shu turdagi gaplarning bogʻlovchisiz varianti emas, balki Q.g .larning alohida turi hisoblanadi: "Saodatxon eshikni ochib yubordi, uyga muzday kuz havosi kirdi" (S.Zunnunova). "Sultonmurod oʻzini chetga olishga tirishdi, xalq toʻlqini uni surib ketdi" (Oybek).
Tarkibidagi predikativ birliklar oʻzaro teng bogʻlov-chilar yordamida birikkan (teng aloqali) Q.g .lar bogʻlangan Q.g . deyilib, uning tarkibiy qismlari shaklan mustaqil koʻrinsa-da, maz-munan va tuzilish jihatdan bir butunlikni tashkil etadi. Mas: "Bahor keldi va gullar ochildi". "Dil-afroʻz chindan ham oʻzgargan. Ammo oʻktam kulgusi, quralai koʻzlarining kibrona boqishi oʻsha-oʻsha edi" (Oʻ.Hoshimov).
Tarkibidagi predikativ birliklar (sodda gaplar) bosh va ergash holatida boʻlib, yaʼni bosh va ergash gaplardan tuzilib. ergashtiruvchi bogʻlovchilar, bir qancha feʼl shakllari, yuklama va koʻmakchilar, nisbiy soʻzlar va tobelanish ohangi yordamida birikib, biri ikkinchisini aniqlash, toʻldirish kabi vazifalarni bajaradigan Q.g . turi erga sh gan Q.g . yoki ergash g a p l i Q.g . deyiladi. Mas: "Bir kuni koʻchada ketayotsam, Umri bir bosh uzum koʻtarib kelyapti" (A.Qahhor) gapida-gi, "bir kuni koʻchada ketayotsam" qismi ergash gap boʻlib, u bosh gapdagi (Umri bir bosh uzum koʻtarib kelyapti) ishharakatning amalga oshish payti (vaqti)ni aniqlab, uni toʻldirmoqda, predikatdagi shaklga koʻra tobe holatda turibdi. Demak, bosh gap ergashgan Q.g . tarkibidagi hokim kom-ponent, yaʼni ergash gap tomonidan oʻzi yoki biror boʻlagi aniqlanadigan, ergash gap tobe boʻladigan gapdir. Mas.: "Qaysi kishi ertalab shunday mashq qilsa, u dardga chalinmaydi" gapi ega ergash gapli Q.g . boʻlib, undagi "udardga chalinmaydi" qismi bosh gap hisoblanib, bosh gapning egasi ergash gap orqali izohlanmoqda. Yoki "Shoshish kerak emas, chunki bu yil toshqin xavfi yoʻq" gapida esa "Shoshish kerak emas" bosh gap boʻlib, ergash gap bosh gapdan anglashilgan harakatning sababini koʻrsatmoqda. Ergash gapli Q.g . tarkibidagi tobe qism ergash gap hisoblanadi. Ergash gap bosh gapga er-gashib (tobelanib), bu gapni yoki uning biror boʻlagini qandaydir (payt, oʻrin, sabab, natija va boshqalar) jihatdan aniqlab, belgilab keladi. Oʻzbek tiliga doir mavjud darslik va qoʻllanmalarda ergash gaplar (ergash gapli Q.g .lar) mazmun va vazifalariga koʻra 14 turga ajratiladi.
Q.g . va uning turlari, Q.g .larning tabiati masalalari rus va yevropa tilshunosliklari qatori oʻzbek tilshunosligida ham keng , atroflicha oʻrganilgan. Bu sohada, ayniqsa, akad. Gʻ.Abdu-rahmonov va M.Asqarovalarningxizmatlarini alohida qayd etmoq kerak. Shuningdek, A. Gʻulomov, H. Gʻoziyev, F. Kamolov, A. Azizova, H. Rustamov, E. Azlarov, A. Kononov, E. Grunina, X. Ab-durahmonov, A. Nurmonov, N. Mahmudov va boshqa ham oʻzbek tilida Q.g . sintak-sisini oʻrganish va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshganlar. Keyingi yillarda (oʻtgan asrning 90-yillaridan) oʻzbek tilshunosligida Q.g .larni, umuman sintaktik hodisalarni yangicha nuqtai nazar bilan sistemaviy-struktur usulda oʻrganish boshlandi.
An’anaviy sintaktik nazariyalarda bog‘langan qo‘shma gaplar mavqei jihatdan teng huquqli bo‘lgan sodda gaplarning tenglanish munosabati asosida mazmun va grammatik jihatdan o‘zaro birikuvidan tashkil topgan gaplar sifatida talqin etiladi.20 Quyida bog‘langan qo‘shma gaplarning formal hamda semantik-sintaktik tadqiqi natijalari xususida fikr yuritamiz.
Bog‘langan qo‘shma gaplarni tashkil etuvchi teng huquqli qismlar shaklan mustaqil, mazmunan o‘zaro bog‘langan, ba’zan mantiqan biri-ikkinchisiga tobe gaplardan tashkil topadi. Bunday aloqa-bog‘liqlik qo‘shma gap qismlarining tuzilishida, kesimlarining mazmunan va grammatik munosabatida yoki umumiy gap bo‘laklarining mavjud bo‘lishida ko‘rinadi. Anglashiladiki, bunday turdagi qo‘shma gaplarning qismlari mantiqan bir-birini taqozo qilsa-da, grammatik jihatdan tobe bo‘lmaydi.
Bog‘langan qo‘shma gaplardagi birinchi komponent birmuncha mustaqillik xususiyatiga ega bo‘lsa, ikkinchi komponent birinchi gapga bog‘liq holda tuziladi. Bu qismlar birgalikda yaxlit sintaktik qurilmani, ya’ni qo‘shma gapni hosil qiladi.
Bog‘langan qo‘shma gaplar qismlari: 1) teng bog‘lovchilar; 2) teng bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadigan yuklamalar; 3) bo‘lsa, esa yordamchilari; 4) tenglik ohangi yordamida bog‘lanadi.
Olima S.Solixo‘jayeva nazariy manbalarda qayd etib kelinayotgan bog‘langan qo‘shma gap qismlarini biriktiruvchi bu vositalarning «absolyut holat emasligi»ni ko‘rsatadi. Uning fikricha, o‘zbek tilida shunday qo‘shma gap ko‘rinishlari ham mavjudki, ular shaklan ergashgan qo‘shma gaplarga o‘xshasa-da, aslida bog‘langan qo‘shma gaplardir. Masalan, grammatik formasi -b (-ib), -sa affiklari yordamida tuzilgan «Ha xu» deguncha oyning oyoqlari kelib, to‘y kunlari yaqinlashdi», «Birov konfet bersa, birov pechen’e beradi» gaplari bog‘langan qo‘shma gaplar hisoblanadi.
Shunisi xarakterliki, bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar, ular qanday til birligidan tashkil topishidan qat’iy nazar, qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga turli mazmuniy munosabatlarni ham shakllantiradi. G‘.Abdurahmonov bog‘langan qo‘shma gaplarni qismlari orasida shakllangan mazmuniy munosabatlar asosida quyidagi 5 turga ajratadi: a) qiyoslash munosabati; b) payt munosabati; v) ayiruv munosabati; g) sabab va natija munosabati; d) izohlash munosabati.
M.Asqarova ham bog‘langan qo‘shma gaplarda sabab, payt, chog‘ishtirish, zidlik, ayiruv va inkor munosabatlarining shakllanishini ko‘rsatadi. Olima bog‘langan qo‘shma gap qismlarini biriktiruvchi vositalar asosida uning quyidagi turlarini ajratadi:
a) biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar;
b) zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar;
v) ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar;
g) inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar.
Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap qismlari ma’lum bir paytda yoki ketma-ket ro‘y beradigan voqea-hodisani bildiradi hamda va, hamda, ham, -u (-yu), -da, bo‘lsa, esa yordamchilari orqali bog‘lanadi.
Va, hamda bog‘lovchilari, ham yuklama-bog‘lovchisi yordamida tuzilgan qo‘shma gaplarda bir vaqtda va turli vaqtlarda yuzaga kelgan voqea- hodisa yoki harakat ifodalanadi. Qiyoslang:
1. Qo‘shma gapda bir vaqtda yuzaga keladigan voqea-hodisa ifodalanadi: Mudir jadal qadam tashlagan holda to‘xtovsiz gapirar va uning so‘zlari hammani qiziqtirar edi. (P.T.)
2. Qo‘shma gapda turli vaqtda yuzaga kelgan voqelik yoki harakat ifodalanadi: Soy guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirg‘oqda tartibsiz o‘sgan o‘tlarni silkitar edi (S.Ahm.)
-da, -u (yu) yuklamalarining biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap tarkibida qo‘llanishida quyidagi holat kuzatiladi:
1. -da yuklamasi qo‘shma gap tarkibida harakatning odatdagidan ko‘ra tezroq bajarilishini ifodalaydi: Eshik g‘irch etib ochildi-da, ruxsat so‘rab Darveshali kirdi. (O.)
2. -u(-yu) yuklamasi hodisalarning bajarilish paytini, sababini, harakat yoki voqea-hodisaning to‘satdan, kutilmaganda va ketma-ket bajarilishini ko‘rsatadi: Shu payt to‘satdan ko‘cha eshigi ochildi-yu, Zunnunxo‘ja xaloslagancha kirib keldi. (A.Q.)
Bog‘lovchi vazifasida qo‘llanuvchi bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gaplarda ham bir paytda yoki ketma-ket sodir bo‘lgan voqealar ifodalanadi, shu bilan birga bunday tuzilishdagi gaplarda qiyos, izoh, zidlik kabi ma’no munosabatlari ham shakllanadi.24 Masalan: Uning gavdasi juda katta, tovushi bo‘lsa juda baland edi. (S.A.)
Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. Zidlov bog‘lovchili qo‘shma gap qismlari o‘z semantikasiga mos grammatik shaklni talab qiladi. Shu sababli bunday qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda ammo, lekin, biroq, balki zidlov bog‘lovchilari, bu bog‘lovchilar vazifasida qo‘llanuvchi -u(-yu) yuklamasi ishlatiladi. Ular mazmunan zid bo‘lgan qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi.
Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarda voqea-hodisaning yoki harakatning bir-biriga zidligi, shunga qaramay ulardan birining yuzaga kelishi yoki yuzaga kelmaganligi ifodalanadi. Masalan: Vasiyatnoma shunday ham tiklangani ma’lum bo‘lgani rost, lekin bundan bolaning xabari yo‘q-ku! (О‘.U.)
-u (-yu) yuklamalari zidlov bog‘lovchilari o‘rnida qo‘llanib, zid munosabatdagi bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lashga xizmat qiladi. Ba’zi hollarda bu bog‘lovchilar bilan birikkan qo‘shma gaplarda u(-yu) yuklamasi zidlikni kuchaytirish uchun qo‘llanadi. Masalan: Ishim nihoyatda ko‘p-u, kelmaslikka ilojim yo‘q. (So‘zl.)
Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarda ba’zan zidlik bilan birga to‘siqsizlik munosabati ham shakllanadi. Qiyoslang: Men u bilan gaplashmadim, lekin uning ko‘zlari ba’zi-ba’zida uzun kipriklari ostidan menga boqardi. (I.R.)
Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar ketma-ket yuzaga keladigan yoki bir-biri bilan almashinib turadigan, navbatma -navbat yuzaga keladigan birdan ortiq voqea -hodisa yoki harakatni ifodalab, semantik jihatdan ayiruv va ichki zidlik, izoh, qiyos, gumon, shart kabi ma’no munosabatlarni ifodalaydi.
1. Bir.., dam.., ba’zan.., goh.. bog‘lovchilari bilan shakllangan qo‘shma gaplar ketma-ket sodir bo‘lgan voqealarni ifodalab, semantik jihatdan zidlik va izoh ma’no munosabatlarini anglatadi. Masalan: Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi. (O.)
2. Yo, yoki, bo‘lmasa ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarda voqea-hodisalardan faqat birining sodir bo‘lishi aks etadi hamda qiyos, gumon, shart ma’no munasabatlari ifodalanadi. Masalan: Mayli siz keting bu shahardan, yoki biz ko‘chib ketamiz. (A.Q.)
Inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday qo‘shma gaplarda inkor munosabati ifodalanadi. Qo‘shma gap qismlari na... inkor yuklama-bog‘lovchisi yordamida bog‘lanadi. Bu bog‘lovchi qo‘shma gap qismlarining boshida takrorlanib kelib, yuzaga chiqmagan voqea-hodisalarni ifodalovchi gaplarni o‘zaro biriktirib, bog‘langan qo‘shma gapni hosil qiladi. Masalan: ... Na adresi bor, familiyasi bor, na pochta muhri. (As.M.)
Inkor bog‘lovchili qo‘shma gaplarning kesimlari, odatda, tasdiq shaklida bo‘ladi. Ba’zi hollarda ma’noni kuchaytirish uchun gap kesimi inkor shaklda ham qo‘llanadi. Masalan: ...Bu haqda na Kimsanoy bir narsa deya olmadi, na Anzirat xola. (A.Q.)
Inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarning kesimlari bir xil so‘z bilan ifodalanib, bir zamonda shakllanganda, ko‘pincha oxirgi kesim qo‘llanmaydi: Bular orasida bo‘lib o‘tgan mojarodan na Umidaning xabari bor, na Isroilning. (A.Q.)
Matn talabi bilan inkor bog‘lovchili qo‘shma gaplarda ba’zan hamma kesimlar qo‘llanmasligi mumkin: Cho‘chima jigarim, o‘z uyingdasan bu yerda , na g‘urbat, na ofat, na g‘am. (G‘.G‘.)
Xullas, an’anaviy sintaktik ta’limotda bog‘langan qo‘shma gaplar: biriktiruv, zidlov, ayiruv va inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarga ajratiladi. Har bir tur nafaqat bog‘lovchi vositalariga ko‘ra, balki ularda aks etgan mazmuniy munosabatlar asosida ham o‘zaro farqli belgilarini namoyon qiladi.
Bog‘langan qo‘shma gaplar ham barcha gap turlari kabi sintaktik shakl va u orqali ifodalanuvchi mazmunning dialektik birligidan tashkil topgan butunlikdir. Bog‘langan qo‘shma gaplarda semantik birliklarning har bir o‘z moddiy shakliga ega bo‘lganda, shakl va mazmun birligi buzilmaydi. Masalan, «Bahor keldi va hamma yoq yashil libosga burkandi» gapida shakl va mazmun bir-biriga muvofiq.
Shakl va mazmunning dialektik birligi ba’zan ziddiyatli bo‘lib, bu ziddiyat ularning bir-biriga nomuvofiqligi holatlarida yuzaga keladi. Bog‘langan qo‘shma gaplarda shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik ko‘pincha yashirin (implitsit) ifodalar orqali yuzaga keladi. Ma’lumki, gapda hamma fikr ham ochiq (eksplitsit tarzda) ifodalanavermaydi. Fikrni implitsit ifodalash asosida sintaktik shakl va uning mazmuni o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi. Masalan, «Gapirmoqchi edi, ammo tili og‘ziga tiqilib qoldi» gapida inkor xaraktyerda gi «U gapirmadi» axboroti ham ifodalanadi. Bu axborot ayni bog‘langan qo‘shma gapning ichki strukturasidan yashirin tarzda anglashiladi. Zidlov bog‘lovchili o‘ramning (-moqchi edi, ammo) presuppozitsiyaga ishorasi asosida tasdiq xarakteridagi gapda inkorni bildiruvchi axborot shakllanadi va bu holat bog‘langan qo‘shma gapda shakliy-mazmuniy nomuvofiqlikni yuzaga keltiradi. Bog‘langan qo‘shma gaplarda yuzaga kelgan shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik ularning noto‘g‘ri yoki chalkash tushunilishiga olib kelmaydi. So‘zlovchi va tinglovchilarning borliq haqidagi umumiy bilimlari va til ko‘nikmalari har qanday asimmetrik gapni, jumladan, bog‘langan qo‘shma gaplarni ham to‘g‘ri tushunishga yordam beradi.
Bog‘langan qo‘shma gaplarni shakl va mazmun munosabatiga ko‘ra simmetrik va asimmetrik gaplarga ajratish mumkin. Simmetrik gaplar shakl va mazmun birligini aks ettirsa, asimmetrik gaplarda shakl va mazmun nomuvofiqligi kuzatiladi.
Xullas, bog‘langan qo‘shma gaplar qurilish qolipi, sintaktik tarkibi, qismlarini bog‘lovchi vositalari, ohangi jihatidan gapning boshqa turlaridan farqlanadi. Bog‘langan qo‘shma gaplar bog‘lovchi vositalariga ko‘ra biriktiruv, zidlov, ayiruv va inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarga ajratiladi. Bog‘langan qo‘shma gaplar shakl va mazmunning munosabatiga ko‘ra: simmetrik va asimmetrik gaplarga bo‘linadi.
Tayanch tushunchalar: bog‘langan qo‘shma gaplar, bog‘langan qo‘shma gaplarning formal talqini, bog‘langan qo‘shma gaplarning formal tasnifi: biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar, zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar, ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar; inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar, ayiruv munosabati, qiyos munosabati, zidlik munosabati, izoh munosabati, shart munosabati, simmetrik gaplar, asimmetrik gaplar, shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik.
Bog`lovchisiz qo`shma gap
Qismlarining o`zaro bog`lovchi vositalarsiz birikishidan tuzilgan qo`shma gap bog`lovchisiz qo`shma gap deyiladi. Bunday qo`shma gaplarda predikativ qismlarni mazmun va qurilish jihatdan bog`lashda intonatsiya (ohang) etakchi vazifa bajaradi. Masalan: Tashqarida qor uchqunlanib turar, daraxtlarning shoxlari kumush rangda tovlanib, ko`zni qamashtirardi. (J.Abdullaxonov).
Bog`lovchisiz qo`shma gaplarning qismlari ko`pincha tenglik intonatsiyasi orqali bog`lanadi. Masalan: Oldindan salqin shabada esa boshladi, yo`l qishloqning tutzor ko`chasiga kirdi. (SH.Xolmirzaev). Piyozning po`sti ko`p, yomonning do`sti ko`p. (Maqol). Ba’zan bunday qo`shma gaplarning predikativ qismlari tobelik intonatsiyasi bilan bog`lanishi mumkin. Masalan: Ortiq ham o`zicha quvonib qo`ydi: sintetik o`tovning narhi salkam ikki ming so`m... (P.Qodirov).
SHuning uchun ham tenglik intonatsiyasi orqali tuzilgan bog`lovchisiz qo`shma gap mazmunan bog`langan qo`shma gapga, tobelik intonatsiyasi orqali tuzilgan bog`lovchisiz qo`shma gap ergashgan qo`shma gapga mos keladi. Ammo ba’zi bir bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari orasidagi intonatsiya tenglik va tobelik holatidan o`zgacha bo`ladi. Masalan: So`z doriga o`xshaydi, ortiqchasi zarar keltiradi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
Bog`lovchisiz qo`shma gapning turlari
Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlarining qanday shakllanishiga ko`ra, ikki xil bo`ladi:
1. Bir tipdagi qismlardan tashkil topgan bog`lovchisiz qo`shma gap. Bu xil qo`shma gap qismlarining kesimlari bir xil shakllangan bo`ladi: CHin muhabbat husn tanlamas, Husn uchun sevmas vafodor. (SHukrullo).
Bir tipdagi qismlardan tashkil topgan bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari orasidagi semantik munosabatlar quyidagicha bo`ladi:
1. Bir paytda sodir bo`ladigan voqea-hodisalar anglashiladi: Motor esa zo`r berib tirillar, mashina silkinar edi. (CH.Aytmatov).
Bunday paytda butun vujudida ajoyib bir safarbarlik sezar, xotirasi, zehni, shuuri bir nuqta atrofida inoq to`planardi. (P.Qodirov).
2. Ketma-ket ro`y beradigan voqea-hodisalar anglashiladi: Tog` tepasida to`planayotgan bulutlar tushga borib quyuqlashib ketdi, oftob g`oyib bo`ldi. (P.Qodirov).
3. Voqea-hodisalar qiyoslanadi: Bahodir qo`shinga boshchilik qiladi, donishmand yo`l ochib beradi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). YAngi libos – oroyish, yaxshi yo`ldosh – osoyish. (Maqol).
4. Voqea-hodisalar qiyoslanadi: Adolatparvar bo`lish oson - e’tiqoding uchun kurashish qiyin. (F.Musajonov).
II. Turli tipdagi qismlardan tashkil topgan bog`lovchisiz qo`shma gap. Bu xildagi qo`shma gap qismlarining kesimlari turlicha shakllanadi. Bunda qo`shma gap qismlaridan anglashilgan voqea-hodisalar bir-biriga bog`liq bo`ladi. Masalan: Aqlli, farosatli, ilmu hunarli kishilar bilan do`st bo`l. Hunarsiz kishida xosiyat bo`lmaydi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
Bog`lovchisiz qo`shma gapning bu turida tarkibidagi qismlar orasida quyidagi semantik munosabatlar yuzaga keladi:
1. Sabab munosabati anglashiladi: Havo yaxshi, dalada dehqonlar yig`im-terim bilan ovora. (Oybek). Nomarddan yordam so`rama, yuzingga soladi. (Maqol).
2. Payt munosabati anglashiladi: Quyosh pasayib oppoq cho`qqilar ustiga qo`na boshlagan, tog`ning qori ko`zni olar darajada yaltiraydi. (P.Qodirov).
3. To`siqsizlik munosabati anglashiladi: Bular bizni oyoq osti qilib tepyapti, sen uyda baqrayib o`tiribsan. (P.Qodirov). Biz ilmdan yiroqmiz, tajriba bor, xolos. (J.Abdullaxonov).
4. Natija munosabati anglashiladi: SHuncha xo`jalik yangi uylarga ko`chib kirdi, Oyko`l butunlay o`zgarib ketdi. (P.Qodirov).
5. Izoh munosabati anglashiladi: ... bir narsa mening esimda turibdi: Oyko`l g`allani ko`p olgan yillari chorvasi ham hozirgidan besh barobar ko`p edi. (P.Qodirov). Bu gapdan Ismat bobo bir cho`chib tushdi: u Kattaevning eng yaqin kishilaridan edi. (P.Qodirov).
6. Shart munosabati anglashiladi: Ozroq kutib turgin, tez kelaman. (S.Ahmad).
20. Ergash gapli qo`shma gap. Murakkab qo‘shma gaplar.
Ergash gaplarni tasnif qilish, vazifaviy turlarga ajratish birmuncha murakkabdir. Chunonchi, ayrim ergash gaplar tuzilishi (kesimning morfologik shakllanishi, ergashtiruvchi bog’lovchilar olishi kabi) jihatidan bir-biriga juda yaqin, xatto, bir xil bo’ladi. Masalan, Mohir musavvirlar devorga shunday rasmlar chiza oladilarki, ular devordan chiqib kelayotganga o’xshab ko’rinadi ("K.D"). Quyosh shunday charaqlab ketdiki, maysalarning rangi birpasda o’zgardi (A.Q.) gapla-rining har ikkalasida ham: 1) bosh gap birinchi o’rinda, 2) izohlanishi kerak bo’lgan so’z – shunday, 3) kesimlari fe'l bilan ifodalangan, 4) komponentlar -ki bog’lovchisi bilan birikkan, 5) -ki bosh gaplarning kesimlari tarkibida. Mana shunday o’xshashliklarga qaramay, birinchi gap aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap, ikkinchi gap natija ergash gapli qo’shma gaplardir. Yomg’ir tinganda, dalaga chiqar edik gapi vaziyat nuqtai nazaridan, ham payt ergash gapli qo’shma gap (yomg’ir tingan paytda, dalaga chiqar edik – bo’lib o’tgan harakat eslanayapti), ham shart ergash gapli qo’shma gap (yomg’ir tinsa, dalaga chiqardik – nutq momentidan keyin yuz berishi mumkin bo’lgan harakat mo’ljallana-yapti). Uni eslasam, o’zim ham xijolatdan kichrayib qolgandek bo’laman (E.A.) gapi ham shart, ham payt ergash gapli qo’shma gapni eslatib turadi. Yoki -sa bog’lovchisi shart ergash gapni bosh gapga tutashti-ruvchi vosita bo’lishiga qaramay, Borsam, yo’q ekansiz gapida payt ergash gapni bosh gapga tutashtirish uchun xizmat qilgan.
Demak, ergash gap turlarini farqlashda ergashtiruvchi shakllarga asoslanishning o’zi yetarli emas. Chunki bitta -ki bog’lovchisining o’zi ega, kesim, aniqovchi, to’ldiruvchi, shart, natija, sabab, payt ergash gaplarni; -sa bog’lovchisi esa aniqlovchi, shart, o’lchov-daraja, chog’ish-tirish-o’xshatish, o’rin, to’siqsiz ergash gaplarni biriktirishda ishtirok etadi.
Yuqoridagi mulohazalardan qat'i nazar, ergash gaplarning vazifaviy turlarini belgilashda quyidagilarga e'tibor beriladi:
1. Ergash gapli qo’shma gap bir butun holda olinib, mazmun va shakl birligi nazarda tutilgan holda tahlil qilinadi.
2. Ergash gapning butunlik tarkibidagi – qo’shma gap ichidagi aniq vazifasiga e'tibor beriladi. Ergash gap bosh gapga, bosh gap ergash gapga nisbatan belgilanadi. Ergash gapning mavjudligi bosh gap tufaylidir, ergash gap bosh gapning yoki uning biror bo’lagining mazmunini izohlab, bosh gap orqali ifodalanayotgan fikrni to’ldiradi. Bunda bosh gap mazmunining qaysi tomoni (masalan, voqelikning yuz berish sababimi, paytimi kabi) yoki bosh gapdagi qaysi bo’lak (egami, kesimmi kabi) izohlanayotganligi, undagi qaysi belgi-xususiyatlar aniqlashtirilayotganligi, mana shu belgi-xususiyatlarning turlari kabilar-ga e'tibor qaratiladi. Bosh gap mazmunining turli tomondan izohlash zaruriyati ergash gaplarning vazifaviy tomondan turlicha shakllanishiga sabab bo’ladi.
3. Ergash gaplarni tasnif qilishda, asosiy mezon bo’lmasa ham, ergashtiruvchi shakllarga – bog’lovchilarga, ularning ma'nosiga, qaysi o’rinda qaysi gap tarkibida qo’llanganligiga e'tibor beriladi. Masalan, sifatdoshlar ergash gapning kesimi bo’lib kelganda, ko’pincha, paytda, zamonda, vaqtda kabi so’zlari; avval, keyin, so’ng, burun kabi payt ko’makchilari qo’shilib keladi va o’zi qo’shilgan komponentning payt ergash gap ekanligini; uchun, chunki, negaki, sababki, shuning uchun, sababli, tufayli shakllari o’zi qo’llangan qo’shma gapni sabab ergash gapli qo’shma gap ekanligini ko’rsatib turadi. Yoki kesimi -sa ham, -sa-da, qaramay, -gani bilan shakllarida hosil bo’lgan ergash gaplarning to’siqsiz; agar, garchi so’zlari bilan boshlanadigan ergash gaplarning, ko’pincha, shart (ba'zan to’siqsiz) ergash gap ekanligi sezilib turadi.
4. Nisbiy so’zlarga e'tibor beriladi. Chunki ular ko’pincha ergash va bosh gaplar tarkibida bir-biriga moslashib qo’llaniladi. Birinchi kompo-nent o’qilishi bilanoq, nisbiy olmoshlar mavjud sintaktik qurilmalarning ergash gapli qo’shma gap ekanligini, qaysi komponent ergash gap, qaysisi bosh gap; ergash gap bo’lsa, uning qaysi turi ekanligini ma'lum darajada ko’rsatib turadi. Masalan, kim, u, o’sha nisbiy olmoshlari ega ergash gapli qo’shma gapni; qancha, shuncha o’lchov-daraja; qayerda, shu yerda o’rin; kimning, uning aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplarni ko’rsatadi.
5. Transformatsion usul ham ergash gapning vazifaviy turlarini aniqlashga va ularni farqlashda yordam beradi. Bunda har xil usullar bor:
1) ergash gap kesimining shakli o’zgartirilib, undagi ergashtiruvchi shakllar – bog’lovchi vositalar o’zining sinonimik variantiga qiyoslab ko’riladi. Buning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini gapning mazmuni boshkaradi. Qiyoslang: Men yaxshilarga ergashib, tuppa-tuzuk ko’zim ochilib qoldi (O.) – Men yaxshilarga ergashganligim uchun (sababli, tufayli, bois) (yoki ergashganligimdan) tuppa tuzuk ko’zim ochilib qoldi (sabab ergash gapli qo’shma gap). Kessondan havo chiqdimi, demak, suv o’pirib kiradi (Asq.M.). – Kessondan havo chiqsa, demak, suv o’pirib kiradi (shart ergash gapli qo’shma gap). O’zi ko’rmasa, bolalari ko’rar yorug’likni, – dedi kimdir osoyishta tovush bilan (O.) – O’zi ko’rmasa ham, bolalari ko’rar... (to’siqsiz ergash gap). Qo’l kalta bo’lgandan keyin, qayoqqa uzatasiz. (O.) – Qo’l kalta bo’lsa, qayoqqa uzatasiz (shart ergash gapli qo’shma gap).
2) qo’shma gapning mazmuni, qo’shma gapligi saqlangan holda komponentlarining o’rni almashtirilib, biror sinonimik variantiga solish-tirib ko’riladi: Omad menga kulib boqdi, chunki men haq edim (G’.G’.) – Men haq bo’lganim uchun, omad menga kulib boqdi. Demak, tarkibida chunki so’zi bo’lgan komponent sabab ergash gapdir.
Tarkibida nisbiy olmoshlar mavjud bo’lgan ergash gapli qo’shma gaplar transformasiya qilinganda, ergash gaplarning vazifaviy turlari yanada oydinlashadi. Bunda nisbiy olmoshlar bosh gap tarkibida qanday shaklda bo’lgan, qaysi bo’lak vazifasini bajargan, qaysi bo’lakka bog’langan bo’lsa, transformasiya natijasida gaplik shaklidan chiqib, nisbiy so’zlar o’rnida qo’llangan, ularni almashtirgan (kompensatsiya qilgan) "ergash gap"lar ham shunday holatni saqlaydi. Kimki mehnat-sevar bo’lsa, u el hurmatiga sazavor bo’ladi – Mehnatsevar el hurmatiga sazovor bo’ladi. Kimning niyati pok bo’lsa, uning yo’li ham ochiq bo’ladi – Niyati pokning yo’li ham ochiq bo’ladi. Nima eksang, o’shani o’rasan –Ekkan narsangni o’rasan. Qayerda suv bo’lsa, u yerda hayot bor – Suv bor joyda hayot bor kabi va b.
Demak, birinchi gap – ega, ikkinchi gap – aniqlovchi, uchinchi gap – to’ldiruvchi, to’rtinchi gap – o’rin ergash gapli qo’shma gaplar ekan.
Ergash gaplarni quyidagi turlarga ajratamiz: 1) ega ergash gap, 2) kesim ergash gap, 3) to’ldiruvchi ergash gap, 4) aniqlovchi ergash gap, 5) ravish ergash gap, 6) o’lchov-daraja ergash gap, 7) chog’ishtirish va o’xshatish ergash gap, 8) sabab ergash gap, 9) maqsad ergash gap, 10) payt ergash gap, 11) o’rin ergash gap, 12) shart ergash gap, 13) to’siqsiz ergash gap, 14) natija ergash gap.
Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan eganing yoki qo’llanilmagan eganing mazmunini izohlab, to’ldirib, aniqlashtirib keladigan ergash gap ega ergash gap deyiladi. Masalan, Kimki mehnatni sevsa, u hurmatga sazovor bo’ladi ("S.") gapida birinchi komponent (ergash gap) ikkinchi komponentdagi (bosh gapdagi) u olmoshi bilan ifodalangan eganing mazmunini aniqlagan: u hurmatga sazovor bo’ladi. Mehnatni sevgan hurmatga sazovor bo’ladi. Kimlar maktab qurshshshida ishtirok etgan bo’lsa, navbatdagi yig’ilishda qatnashadi (gazetadan) gapida ergash gap (Kimlar maktab qurilishida ishtirok etgan bo’lsa) bosh gapdagi qo’llanilmagan ega (ular)ning mazmuni bilan bog’langan va u bajarishi kerak bo’lgan vazifani aniqlagan: navbatdagi yig’ilishda kimlar qatna-shadilar? – ular, ya'ni maktab qurilishida ishtirok etganlar.
Ega ergash gapli qo’shma gaplarda ergash gap tarkibida, uning egasi sifatida kim, kimki, kimda-kim, har kim, har kimki, nima, nimaiki, nimaki, qaysi, qaysi kishi, shunisi, shu narsa kabi nisbiy so’zlar; bosh gap tarkibida, uning egasi sifatida u, o’sha, shu, o’zi, o’sha narsa, hamma, hammasi, barcha, barchasi kabi nisbiy so’zlar bir-biriga muvofiqlashib qo’llaniladi: Kimki mehnatdan qo’rqmasa, u tuproqdan oltin ajratadi ("S.") Ko’pchilikda nimaiki xayr-saxovat bo’lsa, barchasi sizlarniki (Asq.M.). Men nimaiki so’zlagan bo’lsam, hammasi sening foydangdir ("K.D."). Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur. (B.).
Ega ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar (ergashtiruvchi bog’lovchilar) bilan tutashadi:
1. Fe'lning shart mayli shakli -sa elementi bilan: Kimki birovga choh qazisa, o’zi yiqiladi. (Maqol.) Kimda kim Tangriqul hojining yer-mulki musodara qilinsin desa, qo’l ko’tarsin. (A.Q.)
2. -r-ar+ekan, -mas+ekan shakllari orqali. Bunda ergash gapning kesimi sifatdoshning -r-ar,-mas shakli+ekan yordamida yasalgan shakl-da kelib, bosh gapga bog’lanadi va bosh gapdagi olmosh egani izohlaydi: Kimki el-yurt xizmatida bo’lar ekan, u hech qachon yomonlik ko’rmaydi. ("K.D.") Kimki birovning haqidan tortinmas ekan, u albatta xor bo’ladi. ("K.D.") Kimki dilozor erur, o’zi el aro xor erur. (N.)
3. -ki orqali. Bunda -ki bosh gapning kesimi bilan shakllanadi. Bu yerning shunisi yaxshiki, istagancha kasb o’rganish mumkin. (Asq.M.) Javobingizdan shu narsa aniq bo’ldiki, siz til-adabiyot fanini sevar ekansiz. Ikki soatdan keyin ma'lum bo’ldiki, Qalandarov RayONOga jo’nab ketibdi... (A.Q.)
Nutqimizda kamida uchta sodda gapning bog‘lanishidan tuzilgan qo‘shma gaplar ham mavjud. Maktab darsligida ularga quyidagicha ta’rif beriladi: “Uch va undan ortiq sodda gaplarning birikishidan tarkib topgan gaplar murakkab qo‘shma gaplar deyiladi”.
MURAKKAB QO‘SHMA GAPLAR
Ergash gapli qo`shmagaplar tarkibida asosan niiiisbiy olmoshlar va ba`zi o`rinlarda ko`rsatish olmoshlari qo`llaniladi. Nisbiy olmoshlar asosan ergash gap tarkibida , ayrim hollarda bosh gap tarkibida qo`llaniladi.
Ergash gapli qo`shmagaplar tarkibida asosan niiiisbiy olmoshlar va ba`zi o`rinlarda ko`rsatish olmoshlari qo`llaniladi. Nisbiy olmoshlar asosan ergash gap tarkibida , ayrim hollarda bosh gap tarkibida qo`llaniladi.
Ko`rsatish olmoshlari odatda bosh gap tarkibida ( siz shuni unutmangki, ...)yoki bosh va ergash gaplarning tarkibida bo`ladi. ( Bog` shunchalik meva berdiki, bunchalik hosil ko`pdan beri olinmagan edi).
Murakkab qo`shma gap turlari.
Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gaplar
Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap
Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap
Aralash murakkab qo‘shma gaplar
Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gaplar.
Bunday gaplar tarkibida uchta va undan ortiq sodda gap o‘zaro bog‘lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog‘langan bo‘ladi (avvalgi mavzuda bu gaplar bog‘lovchilarsiz tuzilgan murakkab qo‘shma gap deb atalgan edi): Bu sahroda maysalar ham, chechaklar ham yo‘q, qushlar, bulbullar ham sayramaydi, buloqlar qaynab toshmaydi.
Aralash murakkab qo‘shma gaplar.
Tarkibida ham ergashgan qo‘shma gap, ham bog‘langan qo‘shma gap yoki bog‘lovchisiz qo‘shma gap ishtirok etgan gaplar aralash turdagi qo‘shma gaplar deyiladi. Bunday qo‘shma gaplar to‘rt va undan ortiq sodda gaplardan tashkil topadi: Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi.
Bunday gaplar tarkibida ikki va undan ortiq bosh gap mavjud bo‘ladi: Tog’ va osmon shunday tiniqki, nafas olish shunday yengilki, keksa odam ham bu yerda musaffo bolalik yillarini eslaydi.
Birdan ortiq ergash gap bir bosh gapga tobelanib kelsa, bir necha ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Bunday gaplar tarkibidagi ergash gaplar bosh gapdan, shuningdek, bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Botirjon klubdan chiqqanida, quyosh sharq ufqida terak bo‘yi ko‘tarilib, bulut darvoza oralig‘ida charaqlab turardi.
Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap
Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap
Ergash gaplarni bosh gapga bog’lanishi
To‘g’ridan-to‘g’ri ergashish (birgalik ergashish).
21. Uslubiyat(Stilistika). Nutq uslublari.
Stilistika (yun. stylos — yozuv, xat tayokchasi), uslubshunoslik, uslubiyat — tilshunoslikning til uslublarini tadqiq etuvchi, tilning leksikfrazeologik, fonetik, morfologik, soʻz yasalishi va sintaktik sathlarda sinxroniya va diaxroniya nuqtai nazaridan funksional katlamlanishining mohiyati va oʻziga xosliklarini oʻrganuvchi, adabiy tilni turli lisoniy vaziyatlarda, yozma adabiyotning xilmaxil tur va janrlarida, ijtimoiy hayotning turli sohalarida qoʻllash meʼyerlari va usullarini tavsiflovchi tarmogʻi. S.da parallel sinonimik til ifodalaridagi maʼnoviy va ekspressiv nozikliklar, lisoniy birliklarning oʻzaro munosabatdosh variantlari oʻrganiladi. Bunday variantlarda ular orasidan muayyan nutqiy vaziyat uchun zarur boʻlganini tanlab olish imkoniyati mavjud boʻladi.
Zamonaviy S. turli lingvistik yoʻnalishlar va maktablarda turlicha tushuniladi, shu bilan birga har bir nuqtai nazar, S.ning asosiy oʻrganish mavzui boʻlmish uslubning serqirraligi sababli, oʻz obʼyektiv asosiga ega. S. til meʼyor (norma)lari bilan uzviy bogʻlikdir. S. oʻz navbatida funksional S, lisoniy birliklar S.si, matn S.si, badiiy adabiyot (badiiy nutq) S. si, amaliy S, qiyosiy S, tarixiy S. kabi turlarga boʻlinadi.
Funksional S. adabiy tilning oʻz tarixan shakllangan koʻrinishlari (funksionaluslubiy birliklari) asosida tabaqalanishini, yaʼni uslublar tizimini, bu tizimning ichki strukturaviy shakllanish qonuniyatlarini oʻrganadi va tavsiflaydi. Funksional S. nazariy tadqiqot mavzui sifatidagi adabiy tilning asosiy funksionaluslubiy birliklarini tipologik tasniflash va ajratishning umumiy prinsiplarini ishlab chiqadi.
Lisoniy birliklar S. si adabiy tilda odatdagi nutqiy vaziyatlarda, turli maʼnoviy va ekspressiv mazmundagi matnlarda barcha satxlar birliklarining mavjud til meʼyorlari nuqtai nazaridan amal qilishi (qoʻllanishi)ni oʻrganadi. Bunda lisoniy birliklarning variantlari (variantdor shakllar, parallel tuzilmalar, lugʻaviy va sintaktik sinonimlar)ning uslubiy boʻyogʻini chogʻishtirish muhim ahamiyatga ega. Lisoniy birliklar S.si bir tomondan funksional S. bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, ikkinchi tomondan matn S. siga juda yaqin turadi.
Badiiy adabiyot (badiiy nutq) S. si tilning adabiyotda qanday qilib sanʼat hodisasiga aylanganini tekshiradi, uning badiiy qoʻllanishi, unda estetik va kommunikativ vazifalarning birga qoʻshilishi usullarini aniklaydi. Badiiy asar S. si faqat yozuvchining tildan foydalanishdagi oʻziga xosligini, asar tilining xususiyatlarini tadqiq etish bilan chegaralanadi. Uslubning muhim unsuri boʻlgan tilning asardagi vazifasini aniklashga yordam beradi, ammo asar tilining barcha xususiyatlarini oʻrganish uning mavzuiga kirmaydi. Koʻpincha bir masalani S. ham, adabiyotshunoslik ham oʻrganadi. Badiiy nutq S.si til materialining aniq bir badiiy tizimdagi estetik vazifasini aniqlashga harakat qiladi. Shuning uchun badiiy adabiyot S.sida eng muhim tadqiqot mavzui yozuvchi va muayyan badiiy asar tilidan iborat boʻladi, yaʼni individual uslub muammosi birinchi oʻringa qoʻyiladi. Aniq bir asar tilini taxlil qilish orqali umumlashma xulosalar chiqariladi, bir qancha asarlarga, yozuvchilar ijodiga xos xususiyatlar aniqlanadi (mas, Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Shuhrat ijodlarining oʻziga xos uslubiy xususiyatlari). Natijada badiiy nutqning bir qancha qonuniyatlari, tipologik prinsiplari ishlab chiqiladi.
Qiyosiy S. — turli tillardagi uslubiy hodisalarni qiyoslab oʻrganish. Qiyosiy S. tarjima nazariyasi bilan uzviy aloqadordir. Tarixiy S. tilning turli tarixiy davrlarda qoʻllanishini tadqiq etadi. U nafaqat muayyan til uslubiy meʼyorlarining oʻzgarib turishini, balki adabiy til tuzilishining shakllanish va rivojlanish yoʻllarini, adabiy til bilan badiiy nutqning oʻzaro munosabatlari tarixini ham oʻrganadi. Amaliy S. nutq madaniyati talablariga muvofiq keluvchi uslubiy tavsiyalarni qamrab oluvchi amaliy soha hisoblanadi.
S.ning fan sifatida shakllanishi, rivojlanishi va oʻrganilishi Gʻarbda antik davrlarga, Sharkda esa oʻrta asrlarga toʻgʻri keladi. S. Sharq mamlakatlarida, jumladan, Oʻzbekistonda, garchi hozirgiday aloqida sogʻa sifatida boʻlmasa ham, lekin tilshunoslik (grammatika, lugʻat), adabiyotshunoslik (ilmiy badeʼ, istiora, tafsir), shuningdek, ilmi insho, voizlik, notiklik sanʼati kabi fanlar tarkibida oʻrgatib kelingan. Oʻtgan asrda Oʻzbekistonda S, ayniqsa umumiyfunksional S. va badiiy adabiyot S.si mustaqil fan tarmogʻi sifatida shakllana va rivojlana boshladi. Bunda Fitrat, Choʻlpon, Oybek, P. Qodirov kabi yozuvchilarning , M. Qoʻshjonov, Q. Samadov, I. Qoʻchqortoyev, A. Shomaqsudov singari olimlarning hissalari katta.
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi dеyiladi.
O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.
1. So’zlashuv uslubi
Kеng qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi.
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!
So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Bu uslubda so‘zlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. So‘zlashuv uslubining yana bir o‘ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha so‘z – daplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi. Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir. Adabiy til esa ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi.
Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli sheva hisoblanadi. Bir qancha shevalar yig‘indisi lahja deyiladi. Sheva va lahjalar ma’lum bir hududda yashovchi aholining mahalliy so‘zlashuv tilidir (masalan, Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi kabi).
2. Ilmiy uslub
Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo’ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
3. Rasmiy-idoraviy uslub
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo’lishi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma'lum bo’lgan ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi: O’z lavozimini suiistе'mol qilganligi uchun M.Ahmеdovga hayfsan e'lon qilinsin.
4. Ommabop (publitsistik) uslub
Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo’l hosil еtishtirish uchun fidokorona mеhnat qilishyapti.
5. Badiiy uslub
Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish bahor o’z sеpini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.
Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi.
Og’zaki nutq turlari
Siyosiy-ijtimoiy nutq:
1. Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy iqtisodiy mavzudagi nutq.
2. Sessiya, konferenciyadagi nutq.
3. Siyosiy sharh.
4. Harbiy vatanparvarlik nutqi.
5. Miting nutqi.
6. Rasmiy-diplomatik nutq.
7. Ilmiy-ommabop nutq.
2. Akademik nutq:
1. O'quv yurtlari ma'ruzalari.
2. Ilmiy nutq (ma'ruzalar).
3. Ilmiy sharh.
4. Ilmiy axborot.
3. Sud nutqi:
1. Qoralovchi (prokuror) nutqi.
2. Jamoatchi-qoralovchi nutqi.
3. Oqlovchi (advokat) nutqi.
4. Jamoatchi oqlovchi nutqi.
5. O'z-o'zini himoya qilish nutqi.
4. Ijtimoiy-maishiy nutq:
1. Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi).
2. Ta'ziya (motam nutqi).3. Tabrik nutqi (tost).
5. Diniy nutq:
1. Hutba.
2. Va'z.
Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlar
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko‘rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So‘zlar ma’lun nutq uslubiga xoslanish – xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlarga bo‘linadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar uslubiy xoslanmagan yoki betaraf so‘zlar deyiladi.
Tovush, urg‘u, bo‘g‘in, undalma, morfema, omonim, sinonim, uslubiyat kabi qator so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlardir. Chunki bu so‘zlar asosan tilshunoslik fani doirasida qo‘llaniladi.
Osmon, xalq, bayram, o‘quvchi, dars, tushlik, salomatlik, odam kabi so‘zlar barcha nutq uslublari doirasida birdek qo‘llanish imkoniga egaligi sababli uslubiy betaraf so‘zlar qatoriga kiradi. Ya’ni, so’zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatiladigan so’zlar uslubiy bеtaraf so’zlar hisoblanadi: suv, tog’, bola, xat.
Me’yor tushunchasi
Nutq mаdаniyati to‘g‘risidа gаp bоrаr ekаn, tаbiiyki, nutqdа so‘zlаrning o‘rinli vа o‘rinsiz ishlаtilishi to‘g‘risidа hаm bаhs bоrаdi. Qo‘llаngаn til birligini to‘g‘ri yoki nоto‘g‘ri dеyilgаndа, аlbаttа, mа’lum bir o‘lchоv (mеzоn) gа аsоslаnishimiz tаyin. Mаnа shu o‘lchоv (mеzоn) tilshunоslikdа аdаbiy til mе’yori dеb yuritilаdi.
Hаr bir lаhjаning, so‘zlаshuv tilining, аdаbiy tilning o‘z mе’yorlаri bo‘lgаnidеk, nutqning аlоhidа ko‘rinishlаri bo‘lgаn аrgоlаr, jаrgоnlаr hаm o‘z mе’yorigа egа. Хususiy mе’yorlаr quyidаgichа ko‘rsаtilаdi:
1. Diаlеktаl mе’yor.
2. So‘zlаshuv nutqi mе’yori.
3. Аrgоlаr, jаrgоnlаr mе’yori.
4. Аdаbiy til mе’yori (аdаbiy mе’yor).
Аdаbiy mе’yor. Mа’lum bir hududdа tаrqаlgаn uzus imkоniyatlаri o‘shа hududdа yashоvchi аhоli uchun istisnоsiz tushunаrli bo‘lаdi, ya’ni аlоqаni yеngil аmаlgа оshirishgа imkоn bеrаdi. Bu - tilning o‘zi mе’yordаn ibоrаtligini ko‘rsаtаdi. Mе’yor - tilning yashаsh shаklidir.
Аdаbiy mе’yor uzusgа аsоslаnаdi, undаn оlinаdi. Аdаbiy mе’yor аdаbiy til bilаn birgа tug‘ilаdi, bаdiiy аdаbiyotning, хаlq mаdаniyatining tаrаqqiyoti bilаn rivоjlаnib, o‘z qоnun -qоidаlаrini mustаhkаmlаb bоrаdi.
Аdаbiy mе’yor uzusdаn оlingаnligi sаbаbli hаmmа uchun tushunаrli bo‘lаdi. Shuning uchun jаmiyat tаrаqqiyotidа muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Jаmiyat а’zоlаrini uyushtirishdа, kаttа vаzifаlаrgа оtlаntirishdа аdаbiy til, uning mе’yorlаri jаmiyat uchun nihоyatdа zаrurdir.
O‘zbеk аdаbiy tili mе’yorlаri ilmiy аsаrlаrdа quyidаgichа tаsnif qilinаdi:
1. Lеksik - sеmаntik mе’yor.
2. Tаlаffuz – (оrfоepik) mе’yor.
3. Yozuv (grаfikа) mе’yori.
4. Fоnеtik mе’yor.
5. Аksеntоlоgik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘llаsh) mе’yor.
6. Grаmmаtik (mоrfоlоgik vа sintаktik) mе’yor.
7. So‘z yasаlish mе’yorlаri.
8. Imlоviy mе’yor.
9. Uslubiy mе’yor
10. Punktuаtsiоn mе’yor.
Аdаbiy mе’yorning оg‘zаki vа yozmа ko‘rinishlаri mаvjud bo‘lib, оg‘zаki аdаbiy mе’yorning rivоjlаnishigа хаlq qiziqchilаri, аskiyachilаri, lаtifаgo‘y хаlq shоir - bахshilаri kаttа hissа qo‘shsаlаr, yozmа аdаbiy mе’yorning shаkllаnishidа bеlgilаngаn yozuv shаkli аsоsidа yozib qоldirilаdigаn yozmа аdаbiyotning хizmаti chеksizdir. Umumаn оlgаndа, аdаbiy til mе’yorini o‘rgаnish yangi hоdisа emаs. Til mе’yori vа аdаbiy mе’yor muаmmо sifаtidа nutq mаdаniyati ilmiy sоhа dеb tаn оlingungа qаdаr hаm o‘rgаnib kеlingаn. Аdаbiy til mе’yori, uning shаkllаnish, rivоjlаnish, stаbillаshuv qоnuniyatlаri nutq mаdаniyati sоhаsining tеkshirish оbyеkti hisоblаnаdi.
Uslub — tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilmaxil koʻrinishlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Nutq Uslub tilning vazifasi bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ham ular vazifaviy (funksional) U. deb yuritiladi. Vazifaviy U. deganda, tildan farq qiladigan qandaydir aloxdda narsa tushunilmaydi, balki aniq bir adabiy til tarkibi ichida qaraladigan, oʻziga xos xususiyatlari, xizmat qilish doirasi bilan oʻzaro farq qilib turadigan yordamchi tizim tushuniladi.
Vazifaviy U. nutqkoʻrinishlarining asosiy vazifalariga, yaʼni aloqa, xabar berish, taʼsir etish vositasi boʻlishiga koʻra turli qismlarga boʻlinadi. Adabiy tilning quyidagi vazifaviy U.lari mavjud: 1) soʻzlashuv U.; 2) rasmiy U.; 3) ilmiy U.; 4) publitsistik U.; 5) badiiy U. Vazifaviy U.ni nomlash va atash ham ularning qanday aloqa doirasida ishlatilganligiga qarab belgilanadi. Soʻzlashuv U.i — kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining oʻziga xos amal qilishidir. Vazifaviy U.ning bu turi oʻziga xos ish koʻrsatish sharoiti, yaʼni fikr olishuvning bevositaligi, til vositalarini saylab ishlatilmasligi bn, shuningdek, ohang vositalari, mimika, imoishora kabilardan keng foydalanish, oddiy leksik va frazeologik birliklarning , ekspressivemotsional vositalarning keng ishlatilishi bilan ajralib turadi. Mas, farzand — jujuq, dunyodan oʻtmoq — jon bermoq, imtihondan oʻta olmaslik — imtihondan yiqilmoq kabi juftliklarning ikkinchisi asosan soʻzlashuv U.iga xos. Soʻzlashuv U. i fonetik, leksik, morfologik va sintaktik oʻziga xosliklarga ega. Rasmiy U. (rasmiy ish qogʻozlari U.i) — hozirgi oʻzbek adabiy tilining rasmiy yozishmalar va yuridik ishlarda amal qiladigan bir koʻrinishidir. Qonunlar matnlari, farmonlar, buyruq va koʻrsatmalar, shartnomalar, har xil rasmiy hujjatlar, tashkilotlar oʻrtasidagi yozishmalar rasmiy uslubda yoziladi. Bu U. boshqa U.dan lugaviy va grammatik xususiyatlari jihatidan farqlanadi. Rasmiy U.da soʻz va soʻz shakllarini qoʻllashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish U.ida kichraytirish, erkalash qoʻshimchalarini olgan soʻzlar, koʻtarinki,tantanavor yoki shevaga oid soʻzlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan soʻzlar, oʻxshatish, mubolagʻa kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi shakllar ishlatilmaydi. Rasmiy ish qogʻozlari matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, mazmuniy toʻliklikdan iborat zaruriy sifatlari undagi oʻziga xos soʻz qoʻllash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali taʼmin etiladi. Bu U.dagi ran qurilishi, odatda, tasniflovchi, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga asoslanadi. Shuning uchun ham rasmiy ish qogʻozlari (hujjatlar)da nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq boʻlakli gaplar koʻp koʻllanadi. Pekin ran tarkibida odatdagi soʻz tartibiga qatʼiy rioya qilinadi. Rasmiy U.da surok, va undov gaplar deyarli qoʻllanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Matn birinchi shaxe yoki uchinchi shaxe tilidan yoziladi. Rasmiy ish qogʻozlari matnini tuzishda turgʻunlashgan, qoliplashgan soʻz birikmalaridan keng foydalaniladi. Mas, buyrukda "... soʻm maosh bilan ... lavozimiga tayinlansin", yoki xizmat yozishmalarida "Sizga ...ni maʼlum qilamiz". "...ga korxona kafolat beradi" kabi qoliplashgan tuzilmalar qoʻllanishi mumkin.
Ilmiy U. — fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan vazifaviy U.dir. Bu U.da tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq taʼriflanadi, tushuntiriladi. Vazifaviy U.ning bu turi terminologik va mavhum leksikaning , murakkab sintaktik tuzilmalarning qoʻllanishi, soʻzlarning asosan aniq, toʻgʻri maʼnoda ishlatilishi, maxsus iboralarga egaligi va sh.k. bilan ajralib turadi. Ilmiy U.da yana fanning turli sohalariga oid ramz (simvol) va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi. Ilmiy U. oʻz ichida quyidagi mayda U. ga boʻlinadi: ilmiy ish U., ilmiytexnik U., ilmiyommabop U., ilmiypublitsistik U. Fanning u yoki bu sohasiga tegishli tushunchalarni ifodalovchi terminlarga boyligi ilmiy U.ning eng asosiy xususiyatlaridan biridir.
Publitsistik U. vazifaviy U.ning bir turi boʻlib, u ijtimoiy, siyosiy soʻz va iboralarning qoʻllanishi, janrlarning xilma-xilligi va buning natijasida til vositalaridan uslubiy foydalanishning rang-barangligi va sh.k. belgilar bilan xarakterlanadi. Publitsistik U. ijtimoiysiyosiy adabiyotlarda, vaqtli matbuotda, siyosiy chiqishlarda, majlislardagi nutqlar va sh.k.da oʻz ifodasini topadi. Ijtimoiysiyosiy bilimlarni targʻib qiluvchi va keng xalq ommasiga yetkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang-barangligi bilan kishilar ongiga koʻproq taʼsir etadi. Publitsistik U.ning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik asosiy oʻrinni egallaydi, yaʼni qisqa, loʻnda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi. Publitsistik U.da til vositalaridan foydalanishda muallifning individual U.i deyarli ajralib yoki sezilib turadi. Ayniqsa, bu holat ocherk, felyeton, badiiy publitsistik makrlada tez koʻzga tashlanadi. Badiiy U.da ham bu holat mavjud; rasmiy U.da esa bunday xususiyat yoʻq. Publitsistik U. baʼzi qoʻllanma va ilmiy adabiyotlarda "ommabop U.", "matbuot U.i" kabi terminlar bilan ham ataladi.
Badiiy U. — tilning kommunikativ va estetik vazifalari birligi bilan boshqa U.ga xos unsurlardan keng foydalanishi, ekspressiv va tasviriy vositalarning koʻp ishlatilishi, soʻzlarning obrazli, koʻchmametaforik qoʻllanishi va sh.k. belgilari bilan ajralib turadi. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud boʻlgan barcha lugʻaviy birliklarning ishtirok etaverishi va ularning muhim bir vazifaga — estetik vazifani bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq U.ining oʻziga xos xususiyati deb qarash kerak boʻladi. Chunki ana shunday imkoniyat boshqa vazifaviy U.da chegaralangandir. Adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmlardan, dagʻal soʻzlardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlmagani holda ularni badiiy U.da oʻrni bilan qoʻllash mumkin. Vazifaviy U.ning hech birida til oʻzining tuzilish jihatlari, lugʻat tarkibi, yaʼni soʻzning maʼno boyligi va rang-barangligini, toʻgʻri va koʻchma maʼnolarni badiiy nutq U.idagichalik namoyish qila olmaydi, grammatik qurilishi, yaʼni gaplarning barcha tiplari bilan ishtirok eta olmaydi. Badiiy adabiyotning barcha janrlarida soʻz ishlatish va soʻz tanlash imkoniyatlariga bir mezon bilan yondashib boʻlmaydi. Har qaysi adabiy janrning tasvir usuli, soʻz tanlash yoʻsini shu janrdagi asarning umumiy mavzusiga, janr turiga boglik boʻladi. Mas, bayon shaklida yozilgan roman, hikoyaning til vositalari bilan satirik yoki yumoristik asarning til vositalari bir xil emas. Bulardan tashqari, sinonim soʻzlarning u yoki bunisidan foydalanish ham badiiy asar janriga bogʻliq. Mac, bashar, samo, oraz, mujda soʻzlari, asosan, nazmda qoʻllanadi. Nasrda yoki soʻzlashuv nutqida esa bularning sinonimlari — odam, osmon, yuz, shamol, xushxabar soʻzlari keng qoʻllanadi. Badiiy nutq U.ida yozilgan asarlarni tasviriy vositalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Uslubiy figuralar deb ataluvchi tasvir vositalari — inversiya, takror, oʻxshatish, sifatlash, metafora, jonlantirish, antiteza, gradatsiya, ellipsis, ritorik soʻroqlarning badiiy U.da faol qoʻllanishi bu U.ning oʻziga xos tarkibi mavjudligini koʻrsatadi. Til vositalarining vazifaviy chegaralanishi ularning nutq jarayonida ham farqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
22. Tinish bеlgilarining ishlatilishi. (Punktuatsiya).
Punktuatsiya (lot. punctum — nuqta; kichkina dogʻ) — 1) alifbodan tashqari boʻlgan grafik belgilar {tinish belgilari) tizimi boʻlib, grafika va orfografiya (imlo) bilan birgalikda yozma tilning asosiy vositalarini tashkil etadi. P.ning asosiy vazifasi yozma (bosma) matnni qismlarga ajra-tish, grafik jihatdan shakllantirish-dir; 2) yozma matnni punktuatsion ras-miylashtirishni tartibga soluvchi, har bir til uchun tarixan shakllangan qoidalar, meʼyorlar; 3) P. tizimi krnu-niyatlarini, shuningdek, tinish belgilarining qoʻllanish meʼyorlarini oʻrganadigan tilshunoslik boʻlimi.
Muayyan milliy til grafikasi (yozuvi) 2 xil vositadan: harflar (alifbo) va tinish belgilari (punktuatsiya) tizimidan iborat. P. tarixi, punktuatsion tizimniig paydo boʻlishi, tinish belgilarining soni turli tillarda turlicha namoyon boʻladi. Mac, punktuatsion tizim hozirgi maʼno va koʻrinishda Gʻarbiy Yevropa tillari yozuvlarida 15—16-asrlarda, rus yozuvida 18-asr da, uzbek yozuvida esa 19-asrning 2yar-mida paydo boʻlgan. Yoki ingliz tili punktuatsion tizimida apostrof va defis ham tinish belgisi hisoblanib, ularning jami 12 ta boʻlsa, hozirgi oʻzbek P.si quyidagi 10 ta tinish belgisidan iborat: vergul, ikki nuqta, koʻp nuqta, nuqta, nuqtali vergul, soʻroq belgisi, tire, undov belgisi, qavs, qoʻshtirnoq. P.ning qoʻllanishida ham tillararo tafovut boʻlishi mumkin, mas, ispan tilida soʻroq va undov belgilari gapning boshida va oxirida qoʻyiladi.
P. tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini taʼminlashda muhim vositadir. Oʻz navbatida, muayyan tiddagi P. anʼanalarining mustahkamlanishi va takomillashuvida tanikli yozuvchilarning ijo-di hamda tinish belgilarining qoʻllanish kridalarini belgilovchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega. Hozirgi uzbek P.sining shakllanishi, rivoji, uning oʻrganilishi Fitrat, S. Ibrohimov, H. Gʻoziyev, O. Usmon, Gʻ. Abdurahmonov, K. Nazarov va boshqa tilshunoslarning nomi bilan bogʻliq. Tinish belgilari(2af-1 homework) - muayyan tilda yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlari (ran boʻlaklari)ning oʻzaro mantiqiygrammatik munosabatlarini koʻrsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga (harflar va Tinish belgilari) mansub boʻlib, u qoʻshimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) maʼlum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish belgilari ning yozuvda qoʻllanishi oʻziga xos tizimga ega. Bu tizim — Tinish belgilari miqdori, qoʻyilish tartibi va qoʻllanish prinsiplari yigʻindisi — punktuatsiyanp vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) xamda til birliklari (soʻzlar, morfemalar) bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish belgilari ning asosiy vazifasi nutqning mazmuniy boʻlinishini koʻrsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir.
Hozirgi oʻzbek yozuvida Tinish belgilari soni 9 ta: nuqta, soʻroq belgisi, undov belgisi, vergul, qavs, tire, koʻp nuqta, nuqtali vergul, qoʻshtirnoq. Ularning aksariyati 19-asr 2yarmida ayrim gaz. va toshbosma kitoblarning nashr etilishi bilan paydo boʻlgan.
Tinish belgilari oʻz vazifasiga koʻra, 2 ga boʻlinadi: a) chegaralovchi Tinish belgilari — muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umuman gapning chegarasini bildirish, bironbir gap boʻlagini intonatsionmazmuniy jihatdan ajratib koʻrsatish, nutq qaratilgan shaxs yoki predmet nomi qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi (soʻzlovchi)ning subʼyektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini koʻrsatish uchun xizmat qiluvchi T.6.: qavs, qoʻshtirnoq, yagona qoʻshaloq belgi sifatida qoʻllanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b) ajratuvchi Tinish belgilari — mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va ergash gaplar, bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarning predikativ qismlari)ni, gapning uyushgan boʻlaklarini, birgalik ergashishli qoʻshma gagsharni, gapning ifoda maqsadiga koʻra turlarini, nutqning boʻlinganligini koʻrsatuvchi T.6.: nuqta, soʻroq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, koʻp nuqta. Baʼzi Tinish belgilari ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta oladi. Tinish belgilari tuzilish jiqatdan ham 2 ga boʻlinadi: a) bir elementli Tinish belgilari — vergul, tire, nuqta; b) koʻp elementli Tinish belgilari Bu guruh, oʻz navbatida, 2 elementli (surok, va undov belgilari, ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs), 3 elementli (koʻp nuqta) va 4 elementli (qoʻshtirnoq) Tinish belgilari ga ajraladi. Qoʻllanish oʻrniga koʻra, Tinish belgilari 3 guruhga boʻlinadi: gap oxirida qoʻllanadigan Tinish belgilari (nuqta, soʻroq va undov belgilari), gap oʻrtasida qoʻlanadigan Tinish belgilari (vergul) va aralash, yaʼni gapning turli oʻrinlarida qoʻllaniladigan Tinish belgilari (tire, ikki nuqta, qoʻshtirnoq, qavs, kup nuqta).
Tinish belgilari ning qoʻllanish usuli va tartibi punktuatsiyaning mantiqiygrammatik, uslubiy va differensiatsiya (farqlash) prinsiplari asosida belgilanadi.
Tinish belgilarining turlari va vazifalari.
Zamonaviy kirill, lotin, arab, ibroniy, hind yozuvlarida tinish belgilari quyidagi funktsiyalarni bajaradigan farqlanadi:
matnning to'liq semantik segmentlarini ajratib ko'rsatish - ularning kommunikativ turi, hissiy ranglanishi, to'liqligi darajasi (davr, savol va undov belgilari, ellipsis) bir vaqtning o'zida ko'rsatilishi bilan jumlalar;
gap qismlari (vergul, nuqta-vergul, ikki nuqta, chiziqcha) orasidagi bog'liqlik ko'rsatkichi;
to'g'ridan-to'g'ri nutqni, tirnoqlarni (tirnoqlarni) ta'kidlash;
individual so'zlar va iboralarga nisbatan hissiy munosabat ko'rsatkichi (tirnoq, qavsdagi savol va undov belgilari);
etishmayotgan matnni ko'rsatish (ellipsis);
so'zlarning qisqartirish belgilari (nuqta, defis, chiziq va boshqalar).
Tinish belgilari bitta va juftlashgan... Juft tinish belgilariga ikkita vergul va ikkita chiziqcha (jumla qismlarini bitta belgi sifatida ajratishda ishlatiladi), qavs va tirnoq kiradi.
Qizil chiziq maxsus tinish belgisi sifatida ta'kidlangan bo'lib, u matnning katta semantik segmentlarini ajratish, hikoyaning yangi "mavzusi" ga o'tishga, shuningdek so'zlarni bir-biridan ajratib turadigan bo'shliqqa xizmat qiladi. Tinish belgilar tizimi evropa tillari miloddan avvalgi 1-asr Aleksandriya grammatikalaridan kelib chiqqan. e. (Vizantiya Aristofanlari, Aristarxlar, Frakiyalik Dionisiy) va qabul qilishgan zamonaviy ko'rinish XV asr oxirida (Alda Manucius tizimi). Antik davr va zamonaviylikning boshqa yozuv tizimlarida tinish belgilari boshqacha. Eng keng tarqalgan so'zlar bo'linish belgilari
(ko'plab tizimlarda bo'sh joy va ":" Efiopiya yozuvida) va jumlaning chegara belgilari (hind yozuvida sanskritcha va tibet tilida vertikal chiziq, Efiopiyada "::" va boshqalar). 20-asrda Evropa punktuatsiya tizimi boshqa yozuv tizimlariga kirib boradi. Shunday qilib, u butunlay yoki o'zgartirilgan holda yapon, xitoy va koreys harflaridan olingan va qisman (qavslar, ellipslar, ba'zi tizimlarda - savol va undov belgilari, tirnoqlar) Tibet, Efiopiya, Birma, Tailand, Lao, Khmer yozuvlariga kirib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |