Qovushqoqlik. Haqiqiy real suyuqliklar truba ichida harakatlanganda, uning ichida ichki ishqalanish kuchlari hosil bo‘lib, siljishiga to‘sqinlik qiladi. Suyuqliklarning bir qatlamdan ikkinchi qatlamga siljishi uchun sarf bo‘lgan kuch qovushqoqlik deyiladi. N’yuton qonuniga binoan, suyuqlikning siljishi uchun zarur bo‘lgan kuch shu qatlamning yuzasiga, so‘rilish tezligi gradientiga va shu suyuqlikning qovushqoqlik koeffitsientiga to‘g‘ri proportsional bog‘langan:
bu yerda T - ta’sir etayotgan kuch; F - yuza;
- tezlik gradienti; - qovushqoqlik koeffitsienti.
Tenglamadagi qovushqoqlik koeffitsienti dinamik qovushqoqlik koeffitsienti yoki qovushqoqlik deyiladi. Qovushqoqlik suyuqliklarning fizik xususiyatlariga va temperaturasiga bog‘liq bo‘lib, keng oraliqda o‘zgaradi. Masalan, glitserinning qovushoqligi suvnikiga nisbatan bir necha marta kattadir.
Dinamik qovushqoqlik koeffitsientining shu suyuqlik zichligiga nisbati kinematik qovushqoqlik deyiladi va bilan belgilanadi
SI sistemasida kinematik qovushqoqlik m2/s birligida o‘lchanadi.
Baozan nisbiy qovushqoqlik tushunchasi ham ishlatiladi. Bunda biror suyuqlik qovushoqligining suvning qovushoqligiga nisbati olinadi.
Temperatura ortishi bilan suyuqliklarning qovushoqligi kamayadi, gazlarniki esa ko‘payadi. Suyuqliklarning qovushoqligi gazlarnikiga nisbatan bir necha marta kattadir. N’yutonning ichki ishqalanish qonuniga bo‘ysinadigan suyuqliklar N’yuton suyuqliklar deyiladi. Kolloid eritmalar, moyli buyoqlar smolalar, past temperaturada ishlatiladigan surkov moylari N’yuton suyuqliklariga kirmaydi.
Suyuqlikning harakati tezlik, sarf, bosim va boshqa kattaliklar bilan harakterlanadi.
Vaqt birligi ichida oqib o‘tgan suyuqlik miqdori m3/soat, l/soat, l/s, m3/s birliklarida o‘lchansa hajmiy sarf, agar kg/soat, kg/s da o‘lchansa massaviy sarf deyiladi.
Trubada oqayotgan suyuqlikning tezligi trubaning devorlariga yaqinlashgan sari kamayadi, chunki suyuqlik harakati ishqalanish kuchi tufayli sekinlashadi va suyuqlik zarrachalari devorga yopishib, minimal tezlik bilan harakat qiladi.
Suyuqlikning haqiqiy tezligini o‘lchash juda qiyin, chunki suyuqlik zarrachalari oqimning har bir nuqtasida alohida tezlikka ega bo‘ladi.
SHuning uchun zarrachalarning tezligi o‘rtacha kattalik bilan aniqlanadi. hajmiy sarf miqdorining truba ko‘ndalang kesimiga nisbati o‘rtacha tezlik deyiladi.
, [ m/s]
bu yerda V - hajmiy sarf miqdori, m3/s; S - trubaning ko‘ndalang kesimi, m2.
Yuqoridagi tenglikdan:
V = wS, [m3/s].
Bu tenglik sekundli sarf tenglamasi deyiladi.
Truba yoki boshqa shakldagi kanalda suyuqlik ikki hil rejimda, ya’ni laminar yoki to‘lqinsimon rejimda harakat qiladi. Oqimlarnig harakat rejimini birinchi bo‘lib 1833 yilda ingliz fiziki O. Reynolds rangli eritmalar yordamida suyuqlikning ikki xil - laminar va turbulent rejimda bo‘lishini aniqladi.
Adabiyotlar Нашокин В.В. Техническая термодинамика и теплопередача М., 1980. 217-227 б. Лариков Н.Н. Теплотехника. М.,1986 й. 121-136 б. Асраев Р.А., Эфендиев А.М., Сафаров Р.Т. Иссиқлик техникаси. Бухоро 2001 й. 74-79 б.
Do'stlaringiz bilan baham: |