Bajardi: Orinbayev Nurlan



Download 11,67 Mb.
bet3/4
Sana30.04.2022
Hajmi11,67 Mb.
#596855
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliyot 2021 0b86c54716d0d1b04184ada64c3e52f3

Chatqol tizmasi - Gʻarbiy Tyan shandagi togʻ tizmasi. Qirgʻiziston va Oʻzbekiston hududlarida. Fargʻona va Chatqol vodiylarini birbiridan ajratib turadi. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa 220 km choʻzilgan. Shimoli-sharqiy qismida Talas Olatovidan Terekbel dovonining gʻarbrogʻida ajralgan, janubi-gʻarbda Chirchiq vodiysida tugaydi. Balandligi 3000–3500 m, eng baland joyi 4503 m. Chatqol tizmasi da birbiridan daryolar bilan ajralgan bir kancha togʻ massivlari bor. Bulardan yiriklari Surenota, Qizilnura, Uchtosh, Arashon, Sargardon, Qumbel va boshqa Chatqol tizmasi asimmetrik tuzilishga ega. Shimoliy va shimoli-gʻarbiy yon bagʻirlari Chatqol daryosi vodiysidan tik koʻtarilgan. Janubiy va janubi-sharqiy yon bagʻirlari esa kiyaroq. Suvayirgʻich qismida koʻplab tik koʻtarilgan choʻqqilar bor. Yon bagʻirlari zich daryo vodiylari bilan kesilgan, denudatsion yuzalar tarqalgan.
Tektonik jihatdan gersin burmalanishi davrida shakllangan antiklinoriy. Hozirgi balandligiga bugungi kunlarda ham davom etayotgan yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan. Chatqol tizmasi, asosan, paleozoy davri choʻkindi, metamorfik, otqindi togʻ jinslari (slanets, ohaktosh, granit, granodiorit, porfir va
boshqalar)dan tashkil topgan. Etaklarida poleogen va neogen  toʻrtlamchi davr shagʻal, gil, konglomerat, lyoss katlamlari uchraydi. Suvayirgʻich va unga yondosh qismlarida qad. muzliklar qoldirgan muzlik yotqiziqdari (morenalar) ham tarqalgan. Iqlimi kontinental, kishi sovuq, yozi salqin, sernam. Yiliga 1000 mm dan ziyod yogʻin tushadi (gʻarbiy qismida yogʻingarchilik kamroq).


2,2.O’simliklari. Dasht oʻtlari, siyrak daraxtli archa oʻrmonlari, oʻtloqidasht va dasht oʻsimliklari oʻsadi. Tumandagi oʻrmonzorlarning aksari qismi oʻrmon xoʻjaligi tomonidan barpo qilingan. Bahor oylarida turli oʻtoʻlanlar, lola, chuchmoma, boychechak atrofni gilamdek qoplab ajib bir manzara hosil qiladi. Dashtlar qurg'oqchilikka chidamli o'simliklarning eng boy jamoalari - kserofitlardir. Ular iqlimi iliq bo'lgan joylarda keng tarqalgan, ammo o'rmon o'sishi uchun yog'ingarchilik etarli emas. Dasht qurg'oqchilikka chidamli ko'p yillik otsu o'simliklar jamoati tomonidan ifodalangan o'simlik turi, maysazor o'tlar, kamdan-kam hollarda chakalak va piyoz.


2,3.Hayvonot dunyosi.Ugom tizmasida  hayvonlardan oʻrmonlarda qobon, boʻrsiq, olmaxon, tizmaning baland qismlarida kiyik, qor qoploni, boʻri, ayiq va boshqa; qushlardan kaklik, kaptar, bulbul, chumchuq, lochin, kalxat va boshqa yashaydi.

Chotqol tizmasida  yovvoyi hayvonlardan qobon, boʻrsiq, olmaxon; tizmaning baland qismlarida kiyik, qor qoploni, silovsin, boʻri, ayiq, tulki va boshqa; qushlardan kaklik, kaptar, bulbul, qirgʻiy, lochin, kalxat va boshqa uchraydi. Boʻrsiq, qashqaldoq — sut emizuvchilar turkumining susarsimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvon. B.lar urugʻining yagona turi.
Olmaxon — kemiruvchilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasining bir turi. Gavdasining uz. 40 sm gacha. Janubiy Osiyo, Afrika va Yevropada tarqalgan. Asosan, oʻrmonlarda yashaydi. Koʻzi va eshitish organi yaxshi rivojlangan. Tunda faol. Daraxt kovaklarida yoki oʻt-oʻlanlardan toʻkdlgan inlarda yashaydi. Meva, urugʻ, hasharot va boshqa bilan oziklanadi. Sichqonsimon O., bogʻ O.i, oʻrmon O. i, yongʻoqzor O.i va polchoq O. uchraydi. Ayrim O.lar terisidan kiyim tikiladi. Oʻrmon O.ining moʻynasi sargʻish-kulrang. Qishda uyquga kiradi. Yilda 1 marta may oyida 3—6 ta bola tugadi. O.larning ayrimlari bogʻdorchilik va togʻlardagi mevachilikka zarar keltiradi.

2,4.Tuproqlari. Balandlik zonalari boʻyicha boʻz tuproq, togʻ jigarrang tuproq va baland togʻ ochqoʻngʻir oʻtloqi dasht tuproqlar tarqalgan. Tog’ tuproqlari to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlarni olimlarimizning ilmiy asarlaridan topish mumkin. Mualliflar o’z asarlarida tog’ tuproqlari hosil bo’lish jarayonlarini, asosiy tog’ tuproq tiplari, ularning morfologiyasi, xossa va xususiyatlari, gumus hosil bo’lish jarayonlari, bu tuproqlarning vertikal mintaqaviylikka mansubligi va nihoyat tog’ o’lkasi tuproqlarining atrof-muxit ekologiyasini yaxshilashdagi ijobiy rolini ko’rsatib o’tganlar. Tog’ tuproqlari to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlarni olimlarimizning ilmiy asarlaridan topish mumkin. Mualliflar o’z asarlarida tog’ tuproqlari hosil bo’lish jarayonlarini, asosiy tog’ tuproq tiplari, ularning morfologiyasi, xossa va xususiyatlari, gumus hosil bo’lish jarayonlari, bu tuproqlarning vertikal mintaqaviylikka mansubligi va nihoyat tog’ o’lkasi tuproqlarining atrof-muxit ekologiyasini yaxshilashdagi ijobiy rolini ko’rsatib o’tganlar.



2,5.Suvlari. Chirchiq — Toshkent viloyatidagi daryo. Sirdaryoning yirik oʻng irmogʻi. Daryo havzasi janubiy va sharqda Qurama tizmasi va Chatqol togʻ tizmalari, shimolida Talas Olatovi va uning gʻarbiy tarmoklari bilan chegaralangan. Gʻarbiy Tyanshan togʻlaridagi qor va muzliklardan Chatqol, Koʻksuv va Piskom daryolari boshlanadi. 1971 yil gacha Chinoz Chorvoq soyligida Chatqol va Piskom daryolari qoʻshilishidan hosil boʻlar edi. Endilikda daryo Chorvoq suv omboridan boshlanadi va Chinoz qishlogʻi yonida Sirdaryoga quyiladi. Uzunligi 154 km, havzasining maydoni 14240 km². Chirchiq tez oqadigan tipik togʻ daryosi, togʻli qismida chuqur, tor va nishab oʻzanda tez oqadi. Ugom daryosi qoʻshilgandan soʻng Chirchiq vodiysi kengayadi. Chirchiqga bir necha irmoqlar kelib quyiladi. Eng yiriklari Ugom daryosi va Oqsoqotasoy. Qolgan mayda irmoqlari (Qizilsuv, Shoʻrobsoy, Ozodboshsoy, Oqtoshsoy, Tovoqsoy, Qorangkoʻlsoy, Oltinbeksoy, va boshqalar)ning baʼzilari yoz va kuz oylarida qurib qoladi. Vodiyning tekislik qismida daryoga birorta ham irmoq qoʻshilmaydi. Chirchiq qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Suv sarfi Xoʻjakent qishlogʻi yaqinida 221 m³/sek., Chinoz qishlogʻi yonida 62 m³/sek. Eng koʻp suv sarfi 2160 m³/sek. (1959 yil 8 aprel) va 1452 m³/sek. ga (1914 yil 14 may) yetgan. Bunday katta suv sarfi Chirchiq daryosi uchun xos emas. Eng kam suv sarfi 22m³/sek. boʻlgan (1956 yil fevral). Chirchiq Sirdaryoga yiliga 164 m³/sek. suv quyadi. Suv oqimining 52,4% mart—iyun oylarida, 32,1% iyul—sentabr va qolgan 15,5% oktabr— fevral oylarida oqadi. Yanvar—fevral oylarida suvi kamayib, 52 m³/sek. dan oshmaydi. Chirchiqda loyqa oqiziqlar kam. Togʻlardan chiqib tekislik boʻylab oqqanda suvi koʻplab irrigatsion tarmoqlar orqali sugʻorishga olinadi. Zaxariq, Boʻzsuv, Qorasuv, Shimoliy Toshkent kabi kanallar Chirchiq daryosidan suv oladi. Daryodan gidroenergetikada ham keng foydalaniladi. Qodiriya, Tovoqsoy, Oqqovoq, Oqtepa, Salor va uchta Quyi Boʻzsuv, Chorvoq (quvvati 600 ming kVtsoat, Gʻazalkent) GESlar kaskadi shular jumlasidandir. Chirchiq suvi, asosan, Toshkent viloyati hududidagi ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi (Chirchiq — Boʻzsuv sistemasi Oʻzbekiston hududida 100 ming gektardan ziyod yerni sugʻoradi), shuningdek, Toshkent, Chirchiq, Yangiyoʻl, Gʻazalkent shaharlarini va koʻp qishloqlarni suv bilan taʼminlaydi. Chirchiq oʻrta oqimida uning oʻng sohilidagi terrasalarda Toshkent shahri joylashgan.

Ugom (Oqburxon, Tikanak) — Toshkent viloyatidagi daryo. Chirchiq daryosining oʻng irmogʻi. Daryo havzasi shim.dan Talas Olatovi, gʻarbdan Qorjontov, sharkdan Ugom tog tizmalari bilan chegaralangan. Bir necha buloq suvlarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uz. 68,5 km, xavzasining maydoni 870 km². Ugom Chorvoq suv omborining quyi toʻgʻonidan oʻtgach, Chirchiq daryosiga quyiladi. Asosan, qor va qisman yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Daryoning oʻrtacha yillik suv sarfi 43 m³/sek.dan (koʻp suvli yilda), 12 m³/sek.gacha (kam suvli yilda). Toʻlinsuv davri martda boshlanadi, eng koʻp sutkalik suv sarfi aprel va iyunda boʻlib oʻtadi va 177 m³/sek.dan (koʻp suvli yilda) 54,5 m³/sek.gacha (kam suvli yilda) yetadi. Toʻlinsuv davri avg . da tugaydi. Daryo tez oqadi, oʻzanida ostonalar hosil qilgan. Oʻrta oqimi vodiysida keng terrasalar, daraxtzor, butazor va oʻtloqlar mavjud. Daryo vodiysida Chorvoq qishlogʻi, dam olish uylari, bolalar oromgohlari joylashgan.

Piskom — Toshkent viloyatidagi daryo. Chirchiq daryosining oʻng bosh irmogʻi. Maydontol tizmasining shimoliy yon bagʻridan oqib tushadigan Maydontol va Piskom tizmasining shimoli-gʻarbiy yon bagʻridan oqib tushadigan Oygay-ing soylarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, shimoli-sharqdan janubi-gʻarb tomon oqadi va Chorvoq soyligiga kelganda Chatqol daryosi bilan qoʻshilib, Chirchiq daryosini hosil qiladi. Uz. 70 km, havzasining maydoni 2840 km².
Piskom bosh qismida chuqur togʻ vodiysida toshlar orasidan, soʻngra terrasali keng vodiyda oqadi. Piksomning havzasi ancha baland (oʻrtacha balandligi 2645 m) boʻlib, unda umumiy maydoni 130 km²ga yaqin 140 dan ortiq kichik muzlik bor. Piskom qor-muzlik suvidan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 82 m³/sek. Yillik oqimning 47% mart — iyun, 38% iyul— sentabr, qolgan 15% esa oktabr — fevral oylarida oqib oʻtadi. Suvi martdan kupaya boshlaydi, iyun—iyulda eng koʻp, yanvar—fevralda esa eng kam boʻladi. Eng koʻp suv sarfi 700 m³/sek. va undan ortiq, eng kam suv sarfi 10 m³/sek. gacha. Piskom ancha loyqa daryo (har 1 m³ suvida oʻrtacha hisobda 200 g loyqa boʻladi). Piskomga 40 dan ortiq soy va jilgʻalar kelib qoʻshiladi. Ulardan eng yiriklari: Ixnachsoy, Qoraqizsoy, Teparsoy, Aksarsoy va Novalisoy.


Download 11,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish