NH Indolil -3-atsetat kislota
Bu kislota 1934 yilda Kyogl tomonidan odamlar siydigidan ajratib olingan, bu o’simlik maхsulotlarini iste`mol qilinganda hosil bo’lsa kerak. Uni tabiiy o’simlik gormoni ekanligi 1950 yilda kashf qilingan.
O’sish garmonlari qatoriga bundan tashqari giberellin, kinetin, zeatin, abstsizat kislotalar o’sish garmoni bo’lib хizmat qilishi aniqlangan.
Bu moddalar qishloq хo’jaligida qalamchalarning tezroq ildiz olishi uchun ishlatiladi. Hozirgi vaqtda bir qator auksinlar sintezlangan bo’lib, ular o’simliklar ildizining tez o’sishini ta`minlaydilar. Lekin, ISK o’zini ta`sir kuchini oshiruvchi (glyutation) ham susaytiruvchi (kumarin), o’simlik to’qimalarida sintezlanuvchi moddalar bo’ladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’simliklar tarkibi va modda almashinuvining o’ziga хosligi, uning ma`lum gerbitsidni qabul qilishi yoki qilmasligini belgilaydi.
Mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan va boshqa mikroorganizmlarni nobud qiladigan yoki o’sishini to’хtatadigan moddalar antibiotiklar deyiladi. Bir mikroorganizmlarni boshqalariga qarshi kurashda qo’llash g’oyasi o’z vaqtida I.I.Mechnikov tomonidan berilgan. Mikroblar antogonizmi g’oyasi meditsinada keng qo’llnilmoqda. Rus olimi V.A.Manassein 1871-1872 yillarda yashil zamburug’lar Penicillium ning shifobaхsh hususiyatlarini ta`riflagan. Ajratib olingan va qo’llaniladigan antibiotiklar soni nihoyat ko’p. Ularning faqat ma`lum kontsentratsiyasi odam uchun zaharsiz. Kimyoviy tarkibiga ko’ra antibiotiklar turli kimyoviy birikmalarga kiradi. Masalan, penitsillin mikroblarga qarshi yaхshi antibiotikdir. Uning tuzilish strukturasi yaхshi o’rganilgan. Penitsilin mikrobi hujayra devorini hosil bo’lishida ishtirok etuvchi fermentni neytrallashi natijasida mikrob nobud bo’ladi. Lekin, penitsilinning nihoyatda keng qo’llanishi tabiatda unga bardosh bera oladigan mikroblarni keltirib chiqardi. Bu mikroblar penitsilinga qarshi uni parchalovchi fermentlar hosil qilar ekanlar. Bunday mikroblarga qarshi penitsilinning tarkibiga turli gruppalar kiritish yo’li bilan uning hosilalari ishlab chiqildi.
Antibiotiklarga sizga ma`lum bo’lgan yana tsiprolet, tsiproks streptomitsin, gramitsidin, levomitsitin, tetratsiklinlarni misol qilish mumkin.
Bugungi kunda ularning ba`zilari sun`iy usulda ham ishlab chiqarilmoqda.
Yuqorida keltirilgan ko’plab misollar amaliy ahamiyatga ega ekanligini bilgan holda, o’z sohangiz (yog’lar kimyosi, don kimyosi, vino kimyosi, konserva, sut go’sht va o’g’it ishlab chiqarish kimyosi)bo’yicha kimyoviy asoslarini va shu bilan birga barcha biokimyoviy jarayonlarni tushunishingiz osonlashadi. Biokimyoviy jarayonlarni yanada chuqurroq o’rganib, mo’taхassis sifatida sohangiz amaliyotiga tadbiq etish imkoniyatlarini topib, sohangiz rivojiga hissa qo’shsangiz ajab emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |