5. Shaxsning irodaviy sifatlari Kishining irodasi o`z sifatlari, ya`ni kuchi, axloqiyligi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha namoyon bo`ladi. Iroda ma`lum kuchga ega bo`ladi, ba`zi hollarda irodasi kuchli, boshqa hollarda esa kuchsiz namoyon bo`ladi. Kuchli irodaga kosmonavtlarning irodasi misol bo`ladi. Kishi irodasining kuchsizligi uning juda arzimas qiyinchiliklarining ham enga olmasligida ko`rinadi. Masalan, biror ishni bajarishga yoki biror ishni boshlashga o`zini majbur qila olmaydi. Iroda kuchi - o`zini tuta bilishda, jasurlik, qat`iyat, matonat va chidamlilikda namoyon bo`ladi. O`zini tuta bilish - kishining oldiga qo`ygan maqsadlarining amalga oshirishga qarshilik qiladigan ichki holatini engishda ko`rinadigan irodadir. O`zini tuta bilish og`riq hissini, toliqish, qo`rquv va g`azabni engishda namoyon bo`ladi. O`zini tuta bilish ayni paytda keraksiz bo`lgan reflekslarga, odatlarga yo`l qo`ymaslikdir. Dadillik - kishilik hayoti va omonligi uchun xavfli bo`lgan qarshiliklarni engishda ko`rinadigan kuchli iroda. Masalan, parashyutchi har gal sakraganda dadillik qiladi. Dadillik o`zini tuta bilish bilan bog`liqdir. Mustaqillik - irodaviy harakatlar motivlarida va shu bilan birgalikda qaror qabul qilishda namoyon bo`ladi. Mustaqillikning mohiyati shundan iboratki, odam o`zining ish - harakatlarining tevarak - atrofdagilarining tazyiqi, tasodifiy taassurotlar bilan emas, balki o`z ishonch e`tiqodlarini, bilimlari va tegishli vaziyatda qanday ish to`tish kerakligi haqida tasavvurlariga asoslanib belgilaydi. Mustaqillikning qarama -qarshi tomoni tasirlanuvchanlikdir. Bu shundan iboratki, bunda odam o`zgalarning ta`siriga tez beriladi, hamda uning harakat motivlari o`zida tarkib topgan xususiy qarashlar, ishonch aqidalar asosida emas, balki tashqaridan ko`rsatilgan ta`sir natijasi sifatida paydo bo`ladi. Qat`iyat-o`ylab qo`yilgan qarorni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta`minlovchi g`oyat muhim sifatdir. Qat`iylik odamdan uzoq vaqt davomida hech bir pasaymaydigan irodaviy zo`r berish va kuch - quvvatni taqozo qiladi. Belgilangan maqsadga erishishdagi qiyinchiliklar odamni hayiqtirmaydi, og`ishmay intila boradi. Qaysarlik - odam oqilona asoslarga ega bo`lishga qaramay harakat qilish illatidan, ilgari oz o`ylab qabul qilingan qarordan voz kechish qobiliyatiga ega bo`lishidir. Qaysarlik real sharoitga tik qaramay, o`zgargan vaziyatga epchillik bilan moslasha olmaslikdir. Mana shunday hollarda odam irodasining sustligi namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |