Bajardi: mansurov rustam xakimjonvich 1-seminar topshirig’i



Download 19,7 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi19,7 Kb.
#718518
Bog'liq
1-SEMINAR topshirig’i


BAJARDI: MANSUROV RUSTAM XAKIMJONVICH
1-SEMINAR topshirig’i
1.Sportcha yurish texnikasi izohlang?
2.Yengil atletikada yugurish texnikasi deganda nimani tushunasiz?
3.Yengil atletikaning sakrashni nechta fazasi bor(yugurib kelib uzunlikka
sakrash)?
4.Yengil atletikada uloqtirishni qanday turlari bor?
5.Yengil atletikaning turlarini yoriting?


JAVOBLAR:
1.Sportcha yurish — yengil atletika turi; odatdagi yurishdan tik holatda tayanilayotgan oyoqni, albatta, toʻgʻri qolda, tizzani bukmasdan yurish bilan, yugurishdan — harakatning betayanch bosqichi boʻlmasligi (tovonni bosish shartligi) bilan ajralib turadi. Syu. tezligi odatdagi yurishdan 2—2,5 baravar yuqori boʻladi, bunga katta (105— 115 sm) va teztez (minutiga 180—200 ta) qadam tashlash bilan erishiladi. Musobaqalar stadion yoʻlkasida va asfalt yoʻllarda oʻtkaziladi. Erkaklar 10–50 km (rasmiy xalqaro musobakalarda — 20 va 50 km), oʻsmirlar — 3– 10 km; ayrim mamlakatlarda ayollar — 3–20 km masofada musobakalashadilar. Syu. musobaqalari 19-asr 2-yarmida avval Buyuk Britaniyada, keyin Kanada, AQSH, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda oʻtkazila boshladi. 1908 yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildiengil atletika yurish yugurish sakrash uloqtirish va kupkurash mashqlaridan iborat yengil atletika mashqlarining kelib chiqish tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi odamlar yurish yugurish sakrash uloqtirish mashqlaridan zarur harakat sifatida qadim zamonlardan beri mexnatda va kundalik xayotda qo`llanib kelgan. Ibtidoiy jamoa tizimida yengil atletika mashqlari odamlarning mexnat faoliyati bilan chambarchas bog`liq edi.
Yugurish sakrash va uloqtirish qadimiy Gresiyada anchagina rivoj topdi. Jismoniy mashqlarning boshqa turlari qatori ular qo`ldorlarning harbiy-jismoniy tayyorarligida katta o`rin egalladi va qabilalar hamda umumgrek diniy bayramlarning muhim qismini tashkil etadigan bo`ldi Bunday tantanalarning eng ahamiyatlisi Olimpiya o`yinlari hisoblanadiFeodal jamiyatida ayniqsa ilk o`rta asrlar davrida jismoniy mashqlar xalq ommasiga rasm bulgan edi Burjua jamiyatida yugurish sakrash va uloqtirish dastlab jismoniy tarbiya gimnastika sestemasiga kiritdilar. Burjuaziya kapitalistik korxonalar uchun jismoniy baquvat ishchilarga va bosqinchilik armiyasi uchun soldatlarga muxtoj edi.Burjuaziya an`anaviy xalq o`yin qoidalaridan olingan atletik mashqlarga e`tibor bera boshladi. Bular orasida takomillashish jarayonida sportcha yurish sakrash va uloqtirish tusini olib yengil atletika tarkibiga kiradigan sakrash va uloqtirish mashqlari ham bor edi Hozirgi zamon yengil atletikasi Angliyada boshqa mamlakatlarga nisbatan oldinroq paydo bo`lla boshladi. 1837 yili bu erda 2 km ga yaqin masofaga yugurishdan Regbi shaxri kolledji o`quvchilarining dastlabki musobaqalari buldi. Keyinchalik musobaqa programmasiga qisqa masofaga yugurish tusiqlar osha yugurish va og`ir narsalarni uloqtirishni qusha boshladilar 1851 yildan boshlab musobaqalar programmasiga yugurib kelib balandlikga va o`zunlikga sakrash kiritildi .

Yurish- insonning joydan-joyga kuchishidagi oddiy usul bulib turli yoshdagi kishilar uchun ajoyib jismoniy mashq hisoblanadi O`zoq va tekis yurganda badandagi barcha musqo`llar ishlaydi organizmdagi yurak qon tomirlar nafas olish va sestemalar faoliyati kuchayadi natijada modda almashinishi ortadi. Jismoniy mashq sifatida odatdagi yurishning avalo sog`lamlashtirishga ahamiyati bor. Oddiy yurishdan tashqari yurishning boshqacha xillari ham buladiPaxodda yurish safda yurish va sportcha yurish. Musobaqalarda yurishning texnika jihatidan eng kiyin lekin eng foydali hili sportcha yurish qo`llaniladiUning tezligi oddiy yurishga nisbatan ikki marta ortiq yurish musobaqalari stadion yulkalarida va oddiy yo`llarda 3 km dan 50 km gacha masofada o`tkaziladiYurish musobaqasida qatnashuvchilar qoidasi belgilangan yurish texnikasi hususiyatlariga rioya qilishlari kerak. Bularning eng asosiysi bir lahza bulsa ham ikkala oyoq bir vaqtda erdan o`zilib qolishiga yo`l quymaslikdan iborat. Oyoqlardan birontasi erga tegmay turgan fursat sodir bulgudek bulsa, sportchi yurishdan yugurishga utgan hisoblanadi. Bu qoidani bo`zgan sportchi mahsus sud`yalar musobaqadan chetlatadilar.


2.Yugurish - joydan joyga kuchishning tabiy usulidir. Bu jismoniy mashqning quproq tarqalgan turi bulib, juda kup sport turlari (futbol, basketbol, tennis va boshqalar) tarkibiga kiradi. Yugurishning juda kup xillari yengil atletika har xil turlarining organiq qismi hisoblanadi.Shugullanuvchilarning imkoniyatlariga qarab, masofa o`zunligini va yugurish tezligini o`zgartirish bilan ish miqdorini har xil qilish, odamning chidamligini, tezkorligi va boshqa fazilatlari rivojlanishiga ta`sir etish mumkin. Yuqori tezlikda yugurish shug`ullanuvchilarga, xususan ularning yurak-qon tomir va nafas olish sistemalariga qo`yilgan talabni oshiradi va chidamlilikni rivojlantiradigan zur vosita bulib xizmat kiladi. Juda katta tezlikda yugurish esa, tezlikni rivojlantirish uchun mashg`ulotlarga kiritiladi.Yugurish bilan shug`ullanish jarayonida kishi irodasi mustaxkamlanadi, o`z kuchini taqsimlay olish , tusiqlarga o`ta bilish ochiq joyda muljal ola bilish qobiliyati hosil buladi.Yugurish- har tamonlama jismoniy rivojlanishning asosiy vositalardan biridir. Barcha mutaxassislikdagi yengil atletikachilarning ham, boshqa sport turlari bilan shug`ullanuvchilarning ham trenirovkalarida yugurishga kup e`tibor berilish , shuningdek faol dam olish, sog`lomlashtirish va ish qobiliyatini saqlash vositasi sifatida yugurishning ulushi katta ekani.Yugurish – yengil atletikaning hamma turlari ichida eng hammabop jismoniy mashqdir. Yengil atletika musobaqalarida yugurish va estafetaning turli xillari etakchi o`rin tutadi, ularga tomoshabinlar ham juda qiziqadi. Shuning uchun yugurish musobaqalari eng yaxshi tashviqot vositalaridan biri hisoblanadi.Yengil atletikada yugurishning tekis yugurish, tusiqlar osha yugurish , estafetali yugurish va tabiiy sharoitda yugurish xillari buladi.Tekis yugurish ma`lum masofaga yoki vaqtbay tarzda yugurish yulkasida (soat strelkasi harakatiga teskari yo`nalishda) o`tkaziladi. 400 metrga va undan qisqa masofaga yugurishda har bir yuguruvchi uchun alohida yo`lka ajaratiladi. Qolgan masofalarga yugurish umumiy yo`lkada o`tkaziladi.


Belgilangan masofani o`tish uchun sarflangan vaqt sekundomer bilan o`lchanadi. Bir soatlik va ikki soatlik yugurishda vaqt chegaralangan bulib, natija shu vaqt ichida bosib o`tilgan masofa tarzida metr hisobida aniqlanadi.
Tusiqlar osha yugurishning ikkita xili bor: 1) g`ovlar osha yugurish – bunda yugurish yo`lkasida bir-biridan bir xil o`zoqlikda masofadagi muayyan joylarga quyilgan bir tipdagi tusiqlardan oshib, 60 dan 400 m masofaga yuguradi:
3000 metrga tusiqlar osha yugurish (stipl`-chez) – bunda yugurish yo`lkasida u er- bu erda mustahkam o`rnatilgan tusiqlar osha maydon sektorlaridan birida qovlangan chukurga tuldirilgan suvdan kechib yuguriladi.
Estafetali yugurish – bunda jamoa-jamoa bulib yuguriladi: jamoada yuguruvchilar qncha bulsa , masofa ham shuncha etaplarga bulingan buladi. Estafetali yugurishdan maqad –estafeta tayoqhasini bir-biriga o`zatib uni mumkin qadar tez startdan marragacha etkazib borishdir. Etaplar oralig`i bir xil ( qisqa va o`rtacha masofada ) yoki har hil aralash masofada bulishi mumkin. Estafetali yugurish quproq maydon yo`lkalarida , ba`zan esa shahar ko`chalarida (aylanma va yuldo`zsimon estafetalar) o`tkaziladi.
Tabiiy sharoitda yugurish - bunda past-baland ochiq joylarda (kross) yugurilsa, 15 km va undan o`zok mosafalarga esa yullarda (shosseda, sukmok yullarda) yuguriladi. Yengil atletikadagi eng o`zoq , ya`ni marofoncha masofa 42 km 195 m ga teng

3. Sakrash - tusiqlardan o`tishnig tabiiy usuli bulib, qisqa vaqt ichida asab-musqo`l kuchiga maksimal zur berish bilan harakterlidir. Yengil atletik sakrash mashg`ulotlarida sportchilarning o`z tanalarini idora qila bilish, kuchlarni yig`a bilish qobiliyatlari takomillashadi, kuch , tezlik chaqqonlik, mardlik orta boradi. Sakrash – oyoq tana musqo`llarini kuchaytirish va sakrovchanlikni xosil qilish uchun eng yaxshi mashqlardan biri bulib faqat yengil atletikachilarga emas, balki boshqa sport turlarining vakillariga ham, ayniqsa basketbolchilarga , voleybolchilarga va futbolchilarga zarurdir.Yengil atletik sakrash ikki turga bo`linadi: 1) imkon boricha balandroq sakrash maqsadida vertikal tusiqlardan o`tish – balandlikka sakrash va langarchup bilan sakrash: 2) imkoni boricha o`zoqqa sakrash maqsadida gorizontal tusiqlardan o`tish –o`zunlikka sakrash va uch xatlab sakrash, Sakrashda erishilgan natijalar metr va santimetr bilan ulchanadi.Sakrash turgan joydan va yugurib kelib ijro etiladi.Uch xatlab sakrash va langarchup bilan sakrash musobakalari ayllar uchun utkazilmaydi. Bularni bajarish vaqtida xosil buladigan katta zarbalar ayollar ichki organlari xolatini bo`zib quyishi mumkin.


4. Uloqtirish – maxsus snaryadlarni o`zoqlikka itqitish va uloqtirish mashqlaridir. Bularning natijalari metr va santimetr bilan aniqlanadi. Uloqtirish asab-musqo`l kuchlanishi qisqa vaqtda maksimal bulishi bilan harakterlidir. Bunda qo`l, elka kamari va tana musqo`llarigina emas, balki oyoq musqo`llari ham faol qatnashadi.Yengil atletika snaryadlarini o`zoqqa uloqtirish uchun, kuch, tezlik, chaqqonlik, yuqori darajada rivoj topgan bulishi va o`z kuchini yig`a bilmoq zarur.


Uloqtirish bilan shug`ullanish bu muhim fazilatlarni taraqqiy ettiribgina qolmasdan, butun tana musqo`llarining garmonik rivojlanishiga ham yordam beradi.Yengil atletik uloqtirishlar ijro usulida qarab uch turga bo`linadi: 1) bosh ortidan boshlab uloqtirish (nayza va granata): 2) aylanib uloqtirish (disk, bosqon): 3) itqitish (yadro).Uloqtirish usullarining farqi syanaryadlarning shakli va og`irligiga bogliqdir. Yengil, ushlash ung`ay bulgan snaryadlarni to`g`ridan yugurib kelib, bosh ortidan boshlab o`zoqqa uloqtirish mumkin , og`irroq snaryadlarni aylanib uloqtirish ungayroq: maxsus tutqichi bulmagan , og`ir snaryad yadroni esa itqitish ungayroq.
5. Yengil atletika — sportning eng ommaviy turlaridan biri; turli masofalarga yugurish, sportcha yurish, sakrash (balandlikka, uzunlikka, uch hatlab, langarchoʻp bilan), uloqtirish (nayza, lappak, bosqon), yadro irgʻitish, koʻpkurash (oʻnkurash, yettikurash) mashqlarini oʻz ichiga oladi. Yengil atletikada 50 dan ziyod mashq bor, ulardan 49 tasi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiri-tilgan (2000 yilgi Sidney olimpiadasida erkaklar Yengil atletikaning 22, ayollar 20 turida musobaqalashishdi). Bundan tashqari, Yengil atletika zamonaviy beshkurash va triatlon sport turlarining bir mashqini tashkil etadi, barcha sport turlarining mashgulot, taʼlim muassasalarining oʻquv, harbiy-tayyorgarlik, salomatlik mashqlari, oʻquvchi-yoshlarning "Alpomish" va "Barchinoy" sport sinovlari dasturidan joy olgan. Gomerning "Iliada", Ibn Sinoning "Tib qonunlari" va b. kitoblarda Yengil atletika mashqlariga oid maʼlumotlar uchraydi. Qad. Olimpiada oʻyinlarida (mil. av. 776 yildan mil. 394 yilgacha) asosan Yengil atletika boʻyicha musobaqalar uyushtirilgan. Zamonaviy Yengil atletikaning rivojlanishida 19-asrda Angliyada (1837 yildan) musobaqalar, Afinada (1859 yildan) umumgrek oʻyinlari oʻtkazilishi va olimpiada tiklanishi (1896 yildan)ning ahamiyati katta boʻldi. 1912 yilda Xalqaro havaskor Ye. a.chilar federatsiyasi (IAAF) tuzilgan, unga 200 mamlakat aʼzo (2001 yil; Oʻzbekiston Yengil atletika federatsiyasi 1993 yildan aʼzo). IAAF 1977 yildan jahon kubogi (hoz. kunda Gran-pri musobaqalari), 1983 yildan jahon birinchiligi musobaqalarini oʻtkazib keladi. Oʻzbekistonda Yengil atletikaga qiziqish 1885 yilda Margʻilonda shu turga moslashtirilgan oʻyingoh barpo etilgandan keyin kuchaydi. Toshkentda 1902 yildan Yengil atletika musobaqalari, 1919 yildan mamlakat birinchiliklari, 1927 yildan spartakiada oʻtkazila boshlagan. Oʻzbekistonda 135 mingdan ziyod kishi 140 dan ortiq murabbiy qoʻl .ostida Yengil atletika bilan shugʻullanadi, murabbiylardan 3 nafari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi, 10 nafari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi unvoniga ega (2001). Oʻzbekistonlik Yengil atletikachilar 1952 yildan Olimpiada oʻyinlarida qatnashadi. Olimpiadalarda Marina Shmonina (4x100 m ga estafetali yugurish, 1992) oltin, Rodion Gataulin (langarchoʻp bilan sakrash, 1988) kumush medalni qoʻlga kiritgan, Ramil Gʻaniyev (oʻnkurash, 1996) 8-oʻrinni egallagan. Oleg Ryaxovskiy (uch xatlab sakrash), Roza Babich (200 m ga toʻsiqlar osha yugurish) va Tatyana Biryulina (nayza uloqtirish) jahon rekordini yangilagan. Ashur Normurodov (uzok, masofaga yugurish) uch marta sobiq Ittifoq chempioni boʻlgan (1967— 69). Osiyo oʻyinlarida 1994 yilda Svetlana Munkova (balandlikka sakrash), Ramil Gʻaniyev (oʻnkurash), Oksana Yarigina (nayza uloqtirish), 1998 yilda Oleg Veretelnikov (oʻnkurash), Sergey Voynov (nayza uloqtirish) oltin medal bilan taqdirlangan Yengil atletika AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kuba, Xitoy kabi mamlakatlarda yaxshi rivojlangan
Download 19,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish