Bajardi: KBBI-3 magistranti Beknazarov Shahzod Savol: Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish asoslari va tartibi.
Javoblar Xalqaro hisob-kitoblar deganda, turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar natijasida yuzaga keladigan pullik talablar va majburiyatlar yuzasidan to’lovlami amalga oshirish tizimi tushuniladi.
Xalqaro hisob-kitoblarning turli shakllari mamlakatlarning yuridikva jismoniy shaxslari tomonidan keng qo’llaniladi.
Tovarlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonlarining baynalmilallashuvi, xalqaro hisob-kitoblarning mazmunida yangi o’zgarishlar paydo bo’lishiga olib keldi. Xalqaro hisob-kitoblar keng kamrovli bo’lib, u eksport-import operatsiyalari, tijorat tusiga ega bo’lmagan to’lovlar - sayyohlik, sport, fukarolar tomonidan xorijiy davlatlarga pul o’tkazishlar, xorijiy davlatlarda diplomatik va savdo vakolatxonalarini ochish, uzga davlatlar hududida harbiy qismlarni saqlash hamda kapitallar va kreditlarning harakati bo’yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblarni o’z ichiga oladi.
Har kuni jahon valyuta bozorlarida 1 trln. AQSH dollari miqdorida xalqaro hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Shuni 40 foizi AQSH dollarida amalga oshiriladi. Dunyo bo’yicha jami konvertsion operatsiyalarning 90 foizi 5 ta valyutada amalga oshiriladi.
Jumladan:
1.AQSH dollari (USD). - 40%
2.evro (EURO) - 30%
3.Yaponiya ienasi (JPY). - 15%
4.Angliya funt-sterlingi (GBP). - 8-10%
5.Shveytsariya franki (SNF). -1-2%.
Xalqaro hisob-kitoblar 2 guruhga bo’linadi: hujjatlashtiriladigan; hujjatlashtirilmaydigan to’lovlar.
Hujjatlashtiriladigan to’lovlarga:
1.Hujjatlashtirilgan akkreditiv;
2.Inkasso bilan amalga oshiriladigan hamma to’lovlar kiradi. Hujjatlashtirilmaydigan to’lovlarga:
1.To’lov topshiriqnomasi;
2.Cheklar;
3.SVIFT (SWIFT) kiradi.
Hujjatlashtirilmaydigan to’lovlami turkumlashda mezon shartlarini to’lov shartlari utaydi. Agar, har qanday hisob-kitob quyidagi 3 to’lov asosida amalga oshirilsa, bu hujjatlashtirilmaydigan hisob-kitob bo’lib hisoblanadi:
l.Oldindanto’lash;
2.Tovami olgandan so’ng to’lash;
3.Ochiq hisobvaraqlar bo’yicha hisob-kitoblar.
Xalqaro hisob-kitoblarning asosiy shakli sifatida quyidagilami ko’rsatish mumkin:
1. To’lov topshiriqnomalari;
2. Cheklar;
3. Hujjatlashtiriladigan akkreditiv;
4. Inkasso.
SVIFT (SWIFT) - bu ma'lumotlarni uzatish va operatsiyalarni amalga oshirish tizimi bo’lgani uchun, uni hisob-kitoblaming mustaqil shakli sifatida hisobga olish maqsadga muvofiq emas.
MDH davlatlarida valyutalar kotirovka qilinadigan doimiy valyuta birjalarining mavjud emasligi, ushbu davlatlarning valyutalaridan davlatlararo hisob-kitoblarda foydalanishga tuskinlik qiladi. Erkin almashinadigan valyutalar (EAV) bilan hisob-kitob qilishga asoslangan tizim eng qulay tizim hisoblanadi. Lekin, EAVning etishmasligi sababli, bu tizimdan to’liq foydalanishning imkoni yuk edi. MDH davlatlari o’rtasidagi hisob-kitoblar muammosini hal qilish uchun, 1994 yilda Minskda Davlatlararo bank tashkil etildi. Bu bank kliring markazi vazifasini utashi kerak edi. Lekin, Markaziy banklarning faoliyatida muvofiqlik bo’lmaganligi tufayli, ushbu bank xakkoniy faoliyat ko’rsatmayapti.
Xalqaro hisob-kitoblarda qatnashuvchi sub'ektlar bo’lib, hukumatlar, davlat organlari, Markaziy banklar, tijorat banklari, maxsus moliya-kredit institutlari (Pensiya fondlari, sug’urta kompaniyalari, kredit ittifoqlari, lombardlar va h.k.), korporatsiyalar, xalqaro va hududiy moliya-kredit tashkilotlari (XVF, JTTB, ETTB, ORB va h.k.) hisoblanadi.
Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish bo’yicha, birinchi o’rinni tijorat banklari egallaydi. Sababi shundaki, xalqaro operatsiyalarning asosiy qismi - tashqi savdo operatsiyalari va kapitallar hamda kreditlaming harakati bo’yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblarga to’g’ri keladi. Ushbu hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi tijorat tuzilmalarining milliy va chet el valyutalaridagi joriy hamda depozit hisob-rakamlari, tijorat banklarida joylashgan. Markaziy banklar esa, tijorat tuzilmalariga kredit-hisob-kitob xizmatlarini ko’rsatish huquqiga ega emas. Demak, tijorat banklari orqali tijorat tusidagi operatsiyalarning asosiy qismi amalga oshiriladi.
Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi mavqei, ularning moliyaviy jihatdan mustahkamligiga, elektron aloqa tizimlari bilan yaxshi jixozlanganligiga, obro’siga, rivojlangan, keng tarmoqli xorijiy flliallar va bo’linmalari, ko’p sonli vakillik hisob-rakamlariga ega ekanligiga bog’liq. Tijorat banklarining xorijiy bank va korporatsiyalar bilan amalga oshiradigan har qanday operatsiyalari talab va majburiyatlar orqali o’tadi. Masalan, O’zbekiston Respublikasidagi tijorat bankining mijozi Avstriyaga paxta tolasini eksport qildi, deylik. Bunda import qiluvchi o’z bankiga, ya'ni Avstriyadagi tijorat bankiga junatilgan tovarlar summasini to’lash to’g’risida ko’rsatma beradi. Avstriya banki to’lov summasini o’zidagi O’zbekiston bankining vakillik hisob-rakamiga o’tkazadi. Ushbu vakillik hisob-rakami,O’zbekiston tijorat banki uchun «Nostro» deb ataladi, Avstriya tijorat banki uchun «Vostro» deb ataladi. Har qanday tijorat banki har bir valyuta turi uchun bittadan vakillik hisob-rakami ochadi. Odatda, ushbu hisob-rakamlari, xalqaro hisob-kitoblarda keng qo’llanuvchi erkin almashinadigan valyutalarda ochiladi. Hozirgi kunda xalqaro hisob-kitoblarda eng keng qo’llanuvchi beshta davlatning milliy valyutasini ko’rsatish mumkin(5-jadval).
Valyuta kursining doimo tebranib turishi sababli, tijorat banklari ularni diversiflkatsiya qilib turadi. Valyuta kurslarini diversiflkatsiya qilish deganda, zahiralar tarkibidagi nobarqaror valyutani sotish va ularning o’rniga barqaror valyutalarni sotib olish tushuniladi. Hozirgi kunda diversiflkatsiya, asosan, uchta valyuta - evro, Yaponiyaning ieni va Shveytsariyaning franki hisobidan amalga oshirilmoqda.
Xalqaro hisob-kitoblarda asosan milliy valyutalarning ishlatilishi ulardan foydalanish samaradorligini kurs tebranishlari hamda ushbu valyutalar emitentlari bo’lmish mamlakatlarning iqtisodiy va valyuta siyosatiga bog’liqligini kuchaytiradi. Xalqaro hisob-kitoblarning holati bir qator omillarga bog’liqdir: mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlar; valyuta qonunchiligi; Xalqaro savdo qoidalari hamda udumlari; bank amaliyotlari; tashqi savdo shartnomalari va kredit bitimlarining shartlari.
Tashqi iqtisodiy bitimlarning valyuta-moliyaviy va to’lov shartlari. Xalqaro savdo shartnomalari bo’yicha hisob-kitoblar o’ta murakkab bo’lib, bank hodimlarining yuqori malakaga ega bo’lishliligini talab etadi. To’lov olinishining tezligi va kafolati hamda banklar orqali operatsiyalar o’tkazishning xarajatlar summasi hisob-kitoblar shakllari va shartlarining tanloviga bog’liqdir. Shu sababli tashqi savdo bo’yicha hamkorlar muzokaralar borasida to’lov shartlarining ikir-chikirlarini kelishib oladi va so’ngra ushbu shartlarni shartnomaga kiritib rasmiylashtiradi. Shartnomalarning valyuta-moliyaviy va to’lov shartlari tuzilayotgan paytda eksportyor manfaatlarini importyor manfaatlariga teskari ekanligi odatda ko’zga tashlanadi. Bunda eksportyor valyutaning maksimal summasiga nihoyatda qisqa vaqt ichida ega bo’lishni xohlaydi, importyor esa aksincha iloji boricha kam miqdordagi valyutaning hajmini to’lash, tovarlar olinishini tezlashtirish hamda mazkur tovarlar to’la sotilgunga qadar to’lov muddatini iloji boricha kechiktirishdan manfaatdordir. Bitimlarning valyuta-moliyaviy va to’lov shartlarini tanlanishi mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlarning xarakteri, kontragentlar kuchlarining o’zaro nisbati, ularning ushbu sohadagi malakasi va mazkur tovar bilan savdoning an'analari hamda udumlariga bog’liqdir. hukumatlararo kelishuvlar hisob-kitoblarning umumiy tamoyillarini belgilaydi, tashqi savdo shartnomalarida esa ushbu hisob-kitoblar amalga oshirilishining batafsil shartlari ko’rsatiladi. Mazkur shartlar quyidagi asosiy elementlarni o’z ichiga oladi: baho valyutasi; to’lov valyutasi; to’lov shartlari; to’lov vositalari; hisob-kitob shakllari hamda ushbu hisob-kitoblarni amalga oshiradigan banklar.
Baho valyutasi va to’lov valyutasi. Baho valyutasi va to’lov valyutasi tanloviga (baho darajasi, kredit bo’yicha foiz stavkasi katta-kichikligidan farqli o’laroq) ma'lum bir darajada bitimning valyuta samaradorligi bog’liqdir. eksport va import shartnoma baholari turlichadir hamda ular ushbu shartnomalarga kiritiladigan, tovarlarni eksportyordan importyorga etib berilishi bilan bog’liq (eksportyor mamlakat omborida saqlanishi, portgacha bo’lgan yo’l va portdagi saqlanish, chet eldagi yo’l, xorijdagi ombor hamda importyorga tovarlarni yetkazish xarajatlari) qo’shimcha xarajatlarga bog’liqdir. Tovarlar baholarini aniqlashning quyidagi besh asosiy tamoyili mavjud:
1.Shartnomani tuzayotgan paytda baholar qat’iy belgilanadi hamda ushbu shartnoma ijrosi mobaynida belgilangan baholar o’zgarmaydi. Ushbu uslub jahon bozorida baholarning pasayishi tendensiyasi mavjud bo’lgan paytda qo’llaniladi.
2.Shartnomaga qo’l qo’yilayotgan paytda bahoni (tovar yetkazilish kuniga bo’lgan u yoki bu tovar bozorining kotirovkalari asosida) belgilash tamoyili qayd etiladi, bahoning o’zi esa bitimning ijrosi mobaynida belgilanadi. Ushbu uslub odatda bozor baholarining ko’tarilishi tendensiyasida qo’llaniladi.
3.Shartnoma tuzilayotgan paytda baho qat’iy belgilanadi, ammo bozor bahosi shartnomadagi bahoga nisbatan aytaylik 5%dan ortiqroq hajmga o’zgarsa, u o’zgarishi mumkin.
4.Xarajatlarni tashkil etuvchi elementlar hajmini o’zgarishiga bog’liq bo’lgan sirpanuvchan baho. Masalan, jihoz (asbob-uskuna)lar yetkazib berilishiga buyurtma berilganda, yuqori kon'yunktura sharoitlarida buyurtmachi manfaatlarida cheklovlar kiritiladi (baho o’zgarishining umumiy chegarasi yoki baho "sirpanishi"ni xarajatlarning bir qismiga va qisqa muddatga tarhalishini).
5.Aralash shakli: bahoning bir qismi qat’iy belgilanadi, bir qismi esa sirpanuvchan shaklda o’rnatiladi.
Baho valyutasi bu, tovarga bo’lgan baho ifodalanadigan valyutadir. Tovarning bahosi qat’iy belgilanadigan valyutani tanlashda tovarning turi va yuqorida aytib o’tilgan xalqaro hisob-kitoblarga ta'sir etuvchi omillar, ayniqsa hukumatlararo kelishuvlarning shartlari hamda Xalqaro udumlar katta ahamiyat kasb etadi. Ba'zida shartnomaning bahosi, valyuta xavf-xatarlarini sug’urtalash maqsadida bir nechta (ikki va undan ko’p) valyutada yoki standart (SDR, EKYU- 1999 yilda "Yevro"ga o’zgartirilgan) valyuta savatida ko’rsatiladi.
To’lov valyutasi bu, importyor (yoki qarz oluvchi) majburiyatlari so’ndirilishi kerak bo’lgan valyutadir. Valyuta kursining barqarorsizligi sharoitida baholar nisbatan barqaror bo’lgan valyutada, to’lov esa odatda importyor mamlakat valyutasida belgilanadi. Agarda baho valyutasi va to’lov valyutasi o’zaro muvofiq kelmasa, unda shartnomada bir valyutani ikkinchi valyutaga qayta hisoblanish kursi o’zaro kelishiladi (yoki XVF SDR negizida qayd etiladigan pariteti, yoki valyutalarning bozor kursi bo’yicha). Shartnomada qayta hisoblanish shartlari belgilanadi: 1)ma'lum bir turdagi to’lov vositasining kursi - trattasiz to’lovlar yuzasidan telegraf pul o’tkazmasi yoki kredit bilan bog’liq hisob-kitoblar bo’yicha vekselni; 2)ma'lum bir valyuta bozorida (sotuvchi, sotib oluvchi yoki uchinchi tarafning) tuzatish va muvofiqlashtirishlar vaqti aniqlab olinadi (masalan, to’lov amalga oshirilishidan bir kun avval yoki to’lov kuni); 3)qayta hisoblash amalga oshiriladigan kurs kelishib olinadi: odatda o’rtacha kurs, ba'zida valyuta bozorini ochilishiga, yopilishiga bo’lgan sotuvchi yoki sotib oluvchi kurslari, yoki kunning o’rtacha kursi.
Baho va to’lov valyutalarining o’zaro muvofiq kelmasligi - bu, valyuta tavakkalchiligini sug’urta qilishning eng odiy uslublaridan biridir. Agarda baho valyutasining kursi (masalan AQSh dollarining) pasaygan bo’lsa, unda to’lov summasi (fransuz franklarida) mutanosib ravishda kamayadi va aksincha. Baho valyutasi kursining pasayishi xavf-xatari eksportyor (kreditor) zimmasiga, uning ko’tarilish xatari esa importyor zimmasiga tushadi.
To’lov shartlari tashqi iqtisodiy bitimlarning muhim elementidir. Ularning ichida quyidagilar farqlanadi: naqdli to’lovlar, kredit taqdim etilishi bilan hisob-kitoblar, naqdli to’lov bo’yicha opsionli kredit (tanlov huquqi bilan).
Xalqaro hisob-kitoblardagi naqdli to’lov tushunchasi deganda eksport tovarlari sotib oluvchiga yetkazib berilganidan so’ng ularga pul to’lanishi yoki tovarlar shartnoma shartlariga muvofiq yetkazib berilganligi to’g’risida guvohlik beruvchi hujjatlarga qarshi bo’lgan to’lov ko’zda tutiladi. Biroq zamonaviy sharoitlarda tovar importyor mamlakatiga ko’p holatlarda to’lov amalga oshirilishi lozim bo’lgan hujjatlardan avval etib keladi va sotib oluvchi tovarlarni ularga haq to’lanishidan avval saqlash (trast) tilxati, bank kafolati evaziga olishi mumkin. Shunday qilib, tovarlar so’nggi manzil portiga yetkazib berilganidan so’ng to’lov amalga oshiriladi, tovarlar jo’natilganligi to’g’risidagi ogohnomaga qarshi amalga oshiriladigan to’lovlar bundan mustasno. Kontragentlar kelishuviga hamda sotilayotgan tovarlar xususiyatlariga bog’liq bo’lgan holda importyor ma'lum bir bosqichda to’lovni amalga oshiradi: jo’natilish portida tovarlarni yuklash ishlari tugaganligi tasdiqini olgandan so’ng; tovar hujjatlarining komplekti (schyot-faktura, konosament, sug’urta polisi va boshqalar)ga qarshi; ba'zida to’lovni 5-7 kunga, neft yetkazib berish bo’yicha esa 30 kunga kechiktirish bilan; so’nggi manzil bo’lgan portda importyor tomonidan tovarni qabul qilib olinib bo’lgandan so’ng. Tovarning turiga bog’liq bo’lgan holda ba'zi holatlarda hisob-kitoblarning aralash shartlaridan foydalaniladi: qisman hisob-kitob- tovar hujjatlari topshirilganidan so’ng amalga oshadigan to’lov; yakuniy hisob-kitob- tovarlar qabul qilib olinganidan so’ng (tovarlar so’nggi manzil portiga etib kelganidan so’ng sotib oluvchi tomonidan qabul qilib olinadi va ularning sifat xarakteristikalari tekshiriladi, chunki transportirovka davrida ularning sifati buzilgan bo’lishi mumkin).
Xalqaro to’lovlar valyutalar o’zaro almashuvi hamda tashqi savdo ishtirokchilari tomonidan bir-biriga kreditlar taqdim etish jarayonlari bilan chambarchas bog’lanib ketadi. Xalqaro valyuta-kredit va hisob-kitob operatsiyalarining o’zaro bog’liqligi ushbuda o’z ifodasini topadi. Sotilayotgan tovarning turiga (masalan, mashinalar va jihozlar) hamda sotuvchilar bozorida raqobatning kuchayishi va yangi mahsulot iste'mol bozorlarini kengaytirish maqsadida ularning kreditdan foydalanishga qaratilgan intilishlariga qarab tashqi savdo operatsiyalari bo’yicha hisob-kitoblar tijorat kreditidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Tijorat krediti tovar sotuvchisi tomonidan sotib oluvchiga bir necha oydan 5-8 yilgacha, alohida holatlarda esa bundan ham katta muddatlarga taqdim etiladi. Tashqi savdo operatsiyalarida importyor tijorat krediti evaziga uni so’ndirishga qaratilgan, oddiy veksel shaklidagi qarz majburiyatini yozib beradi yoki eksportyor tomonidan berilgan o’tkaziladigan veksellar-trattalarda to’lovni amalga oshirishga yozma tarzdagi rozilik (aksept) beradi.
Tovar qiymatining ma'lum bir qismiga tijorat hujjatlari taqdim etilganidan so’ng, qolgan qismiga esa shartnomada belgilangan davrdan so’ng haq to’langanda tijorat krediti shaklidagi tovarlar uchun hisob-kitoblar naqdli to’lovlar bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin. Tashqi savdo shartnomai ijrosining ma'lum bir bosqichida shartnomadagi taraflar, tijorat kreditidan tashqari, bir-birlarini majburan kreditlashlari mumkin. Masalan, bo’nak shaklidagi to’lovlarda importyor eksportyorni, ochiq hisobvaraq bo’yicha hisob-kitoblarda esa sotuvchi sotib oluvchini kreditlaydi.
Hisob-kitoblar shartlarining muqobil shakli naqdli to’lovning opsionli kreditidir. Agarda importyor sotib olingan tovar uchun to’lovni kechiktirish huquqidan foydalansa, unda u naqdli to’lovda taqdim etiladigan diskont (skidka)dan mahrum bo’ladi. Hisob-kitoblar xalqaro muomalada ishlatiladigan turli xil to’lov vositalari, ya'ni veksellar, to’lov topshiriqnomalari, bank o’tkazmalari (pochta va telegraf), cheklar, plastik kartochkalari yordamida amalga oshiriladi. Xorijiy instrumentlar (Foreign items, ingl.) - boshqa mamlakatda deponentga olingan hamda ushbu mamlakatda to’lanishi lozim bo’lgan cheklar, veksellar (oddiy va o’tkaziladigan) va muomalaning boshqa kredit vositalari. Shartnoma to’lov shartlarining eng murakkab qismi bo’lib hisob-kitob turini tanlash hamda ushbu hisob-kitoblarni amalga oshirish ikir-chikirlarini shakllantirib izohlash hisoblanadi. Kontragentlarning bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan manfaatlarini xalqaro iqtisodiy munosabatlarda o’zaro bog’lash va ularning to’lov munosabatlarini tashkil etish hisob-kitoblarning turli shakllaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.