Ta'lim sohasida raqamli texnologiyalarning roli va o’rni Internetning o`qituvchi uchun qulay bo`lgan omillari qaysilar ?
Bu omillarini asosiylarini sanab o`tamiz:
Mustaqil ravishda tarmoqdagi axborotlar orqali o`z malakasini oshirish.
Tijorat hamda notijorat tashkilotlarining Internet tarmog`idagi masofaviy ta`limini o`zlashtirishi jaroyonida o`z malakasini oshirish.
Dars o`tish uchun Internet tarmog`idan materiallar qidirish.
Hokimiyat serveridan normativ hujjatlar qabul qilish.
Yangi pedgogik tehnologiyalarga oid axborotlar olish.
Talabnomalar jo`natish, konferensiya, tanlov va grantlar, hisobot va konferensiyalarga chiqish haqidagi axborotlarni olish.
Dasturiy ta`minot olish.
O`z ishlarini chop qilish va o`z ishlari to`g`risida ma`lumotlar yuborish.
Hamkasb va do`stlar bilan xat yozishmalar. Fikrdoshlar va hamkasblarni boshqa shaharlar va davlardan qidirish.
Internet magazinlarida savdo qilish.
Ish qidirish.
Internet tehnologiyalarini ta`lim sohasidagi quyidagi afzalliklarini sanab o`tish munkin: bu fanlarni o`zlashtirilishni yaxshilanishi; tarmoq savodxonligini ortish(Kompyuter va Inernet bilan muloqot qilishdagi yangiliklar); o`rganishga bo`lgan munosabatni yaxshilanishi; mustaqil ta`lim va tadqiqotlar malakasini takomillashishi; amaliy malaka samaradorligini oshishi.
Vaqt o`tishi bilan Internetda eng muhim fanlarning eng yaxshi ma`ruzalari chop qilinishi kutilmoqda. O`qituvchilar bu ma`lumotlardan o`z darslariga asos sifatida foydalanishlari mumkin. Ma`lumotlar jo`natishda tezlikning ortishi bugungi matn ko`rinishidagi Internetni multimediyali interaktiv telekanalga aylanishi boshorat qilinmoqda. Bugungi kunda Internetdan ajralishlik mukammal bo`lgan ta`limdan mahrum bo`lishlikdir.
Ta’limning shaxsga yo’naltirilganligi
Zamonaviy ta’lim jarayoni raqamli texnologiyalardan foydalangan holda
Universallashtirishga intilib, ta’lim berishda insonlarni bir-birlariga maksimal
Darajada o’xshash qilib modellashtiradi (ya’ni, moslikni talab qiladi). Xozirgi
Zamondagi maktab va universitetlar o’z talaba-o’quvchilarini klassik “qora
Qutilar” ko’rinishida tasavvur qilib, ularning barchasiga bir xil ma’lumot beradilar
Va bilim oluvchilarning individual hususiyatlarini hisobga olmagan holda ulardan
Javob reaktsiyasini kutadilar. Bunday yondoshuv ko’pchilik tomonidan allaqachon
Voz kechilishi kerak bo’lgan industrial davr anaxronizmi sifatida tushuniladi.
Kimlardir bu muammoni o’quv jarayoiniga ko’proq o’qituvchlarni jalb qilgan
Holda hal qilishni taklif qiladilar. Chunki bunda har bir o’quvchiga alohida
diqqate’tibor qaratilib, ularning talab-istaklarini va qobiliyatlarini nazarga olgan
holda O’quv jarayonini optimal ravishda tashkil etish mumkin. Lekin bu juda ham
Qimmatga tushadigan tadbir bo’lgani uchun, pedagogika bo’yicha ko’pchilik
Mutahassislar ta’lim jarayoniga zamonaviy komp’yuterlarning dasturiy-texnik
Vositalarini va imkoniyatlarini jalb qilish yaxshi natijalarga olib kelishi
Mumkinligini ta’kidlamoqdalar. Agarda shu yo’ldan borilsa, kelajakda
Komp’yuterlar tegishli dasturiy-texnik ta’minot yordamida har bir o’quvchi yoki
Talabaga uning intellektual, emotsional va bilim darajasiga muvofiq ravishda
Individuallik o’quv dasturlarini tuzib bera olgan bo’lar edilar. Misol sifatida 2008
Yilda tijoriy ko’rinishda asos solingan va Knewton — deb nomlangan o’quv
Tizimini ko’rsatishimiz mumkin.