Bugungi kundagi internetning rivoji
Bugungi kunda Internet bizning hayotimizga tobora kirib bormoqda. Internetda pochta, telefoniya, biznes(savdo, bank, auksion) ishlari ko`proq amalgam oshirilmoqda. Kundan-kunga tarmoqda axborot manbalari ko`paymoqda.
2004 yilgi hisobotga ko`ra Internetdan foydalanuvchilar soni 600 mln. kishidan ortiq edi. Internet deyarli ta`lim jarayoni uchun ideal muhit vazihfasini o`taydi. Bunga Internet foydalanuvchilarining dunyoning istalgan nuqtasidan tarmoq resurslaridan foydalana olishligi muhim omillardan biri sifatida ko`rsatilmoqda.
Tarmoq foydalanuvchilari va axborot sahifalari soni uzluksiz tarzda o`sib borib, ko`pchlik yoshlar uchun ermak va qulay vositaga aylanmoqda. AQSH da o`tkazilgan statistik tadqiqotlarga ko`ra Oliy o`quv yurtlarining yuqori kurs va kollejlari talabalarining 100% i Internetdan foydalanadilar. Talabalar Internetning faol foydalanuvchilari sifatida haftasiga o`rtacha 11 soatni online ga sarflaydilar. Har 10 talabadan 9 tasi kuniga elektron pochatasidan foydalanadilar. Internetdan yangilik, axborot va ish qidiradilar. Amerikalik 5 dan 17 yoshgacha bo`lgan bolalarning deyarli 90 % i kompyuterdan foydalanadilar , bu foydalanuvchilarning 59 % i Internetdan foydalanuvchilardir. 15 yoshli amerikaliklarning har to`rtinchisi Internetdan foydalanadilar, 10 yoshlilar guruhida bo`lsa 60 % ni, 16 va undan kattalarida bu ko`rsatkichlar 80 % ni tashkil etadi (bu ko`rsatkichlar ham vaqt o`tishi bilan ortib bormoqda).
Sayyoramizning 53 foizdan ko‘proq aholisi yoki 4,1 mlrd kishi internetdan foydalanish imkoniga ega va bu ko‘rsatkich oshishda davom etmoqda. Bu haqda Xalqaro elektr aloqasi ittifoqining “Raqamli taraqqiyotni o‘lchash: 2019 yil uchun faktlar va raqamlar” deb nomlangan dokladida aytilgan.
Ta’kidlanishicha, 2018 yildan 2019 yilgacha internet foydalanuvchilari soni 5,3 foizga oshgan.
Shu bilan birga, 3,6 mlrd kishi internetga kirish imkoniga ega emas. Ularning aksariyati eng kam rivojlangan davlatlar fuqarolari bo‘lib, bu davlatlarda 10 kishidan 2 kishigina internetga kira oladi. Yevropada bu ko‘rsatkich eng yuqori (82,5 foiz), Afrikada esa eng past (28,2 foiz) darajada.
2019 yil oxiriga kelib dunyodagi 57 foiz oila uyidan internetga kira oladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Yer aholisining 96 foizi mobil raqamli signaldan foydalanish hududida joylashgan. Bundan 93 foizini 3G yoki undan yuqoriroq avloddagi signal tashkil qiladi. Yevropa, G‘arbiy yarimsharda va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida mobil raqamli signal bilan qoplanganlik 95 foizni, arab davlatlarida 91 foizni, MDH hududida 88 foizni va Afrikada 79 foizni tashkil qiladi.
Ta’kidlanishicha, dunyoda 48 foiz ayollar va 58 foiz erkaklar internetdan foydalanadi.
1-rasm. Internetdan foydalanuvchilar (yoshi bo`yicha2004 yil)
2-rasm. Internetga ulangan kompyuterlar soni
Do'stlaringiz bilan baham: |