1-misol. Yashikdan tavakkaliga bitta detal olindi. Unin standart bo’lishi nostandart ekanligini istisno qiladi. ‘’Tavakkaliga olingan detalning standart bo’lishi’’ va ‘’ Tavakkaliga olingan detalning nostandart bo’lishi’’ hodisalari birgalikda bo’lmagan hodisalardir.
Agar hodisalar elementar hodislar fazosining qism to’plamlari sifatida qaralsa, u holda hodisalar o’rtasidagi munosabatlarni to’plamlar o’rtasidagi munosabatlar sifatida talqin qilish mumkin. Birgalikda bo’lmagan hodisalar-bu umumiy elementar hodisalarga ega bo’lmagan hodisalardir.
Agar eksperiment natijasida A hodisaning ro’y berishidan B hodisaning ro’y berishi albatta kelib chisa, A hodisa B hodisani ergashtiradi deyiladi va bu A B orqali belgilanadi. Agar A B va B A bo’lsa, u holda A=B bo’ladi.
2-misol. Shashqol tosh tashlanmoqda. ‘’4 raqamli tomon chiqdi’’ hodisasi ‘’juft ochko chiqdi’’ hodisasini ergashtiradi.
Ikkita A va B hodisalarning yeg’indisi deb, yo A hodisaning yo B hodisaning yoki shu ikkalahodisaning ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga aytiladi. U A+B yoki A U B orqali belgilanadi. Bir nechta hodisalarning yig’indisi deb, shu hodisalardan hech bo’lmaganda bittasining ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga aytiladi.
3-misol. Zambarakdan ikki marta o’q uzilmoqda. Agar A hodisa birinchi o’q uzishda nishinga tegish, B esa ikkinchi o’q uzishda nishonga tegish hodisasi bo’lsa, u holda, A+B hodisasi yo birinchi o’q uzisda, yoki ikkinchi o’q uzishda, yoki ikkala o’q uzishda nishonga tegish hodisasi bo’ladi.
Ikkita A va B hodisalarning ko’paytmasi deb, A va B hodisalarning birgalikda ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga aytiladi. U AB yoki A∩B orqali belgilanadi. Bir nechta hodisalarning ko’paytmasi deb shu hodisalardan hammasining birgalikda ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga aytiladi.
4-misol. O’q uzishda nishonga tegish va xato ketish qarama- qarshi hodisalar. Agar A nishonga tegish bo’lsa, u holda Ᾱ xato ketishdir.
A hodisaning ro’y berishi va B hodisaninng ro’y bermasligidan iborat bo’lgan hodisa A va B hodisalarning ayirmasi deb ataladi va A\B orqali belgilanadi.
Agar ikkita hodisadan birining ehtimolligi ikkinchisining ro’y berishi yoki ro’y bermasligiga bog’liq bo’lmasa, u holda bunday hodisalar bog’liqmas deb ataladi. Aks holda bu hodisalar bog’liq deb ataladi.
5-misol. Tanga 2 marta tashlanmoqda. Birinchi tashlashda gerbning chiqishining ehtimolligi ikkinchi tashlashda gerbning chiqishiga bog’liq emas. Shunday qilib, A va B hodisalar bog’liq emas.
Agar bir nechta hodisaning ixtiyoriy ikkitasi o’zaro bog’liq bo’lmasa, u holda bunday hodisalar juft-juft bilan bog’liq emas.
A hodisaning B hodisaning ro’y berganligi shartidagi ehtimolligi shartli ehtimollik deb ataladi va P(A\B) orqali belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |