Kunduzgi smena soat 8-00 dan 20-00 gacha
Tungi smena soat 20-00 dan 8-00 gacha
Stansiya navbatchisi (DSP)
Stansiya navbatchisining ish jarayoni
Stansiya navbatchisi – temir yo‘l stansiyasi boshlig‘ining smena bo‘yicha yordamchisi bo‘lib, pozdlarni qabul qilish, jo‘natish, o‘tkazib yuborish, stansiyaga tutash peregonlarda poyezdlar harakatini nazorat qilish, shuningdek temir yo‘l tarmog‘ining alohida punkitida manyovr harakatlarini boshqarish kabi ishlarga bevosita rahbarlik qiladi.
DSP stansiya boshqaruvchisi bo‘lib, u navbatchilik davrida poyezdlar harakat grafigini bajarilishi va xavfsizligi uchun yuqori darajada javobgardir. DSPdan tashqari hech kimga stansiyaga poyezdlarni qabul qilish, ularni o‘tkazib yuborish va jo‘natish bo‘yicha buyruqlar berishga ruxsat etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |